Научная статья на тему 'YOSH AVLODNI MILLIY MUSIQA VOSITASIDA TARBIYALASH'

YOSH AVLODNI MILLIY MUSIQA VOSITASIDA TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
329
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat / barkamol / ta‟lim-tarbiya / avlod / meros / etnomadaniyat / Culture / spirituality / competent / education / generation / heritage / ethnoculture

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — F. Xakimova

Ushbu maqolada milliy musiqa va xalq qo„shiqlari vositasida yosh avlodni tarbiyalash, ularning ma‟naviyatini oshirish xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article is devoted to educating the younger generation through national music and folk songs , raising their morale

Текст научной работы на тему «YOSH AVLODNI MILLIY MUSIQA VOSITASIDA TARBIYALASH»

YOSH AVLODNI MILLIY MUSIQA VOSITASIDA TARBIYALASH

F. Xakimova

"Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi mudiri, dotsent v.b.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada milliy musiqa va xalq qo'shiqlari vositasida yosh avlodni tarbiyalash, ularning ma'naviyatini oshirish xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Madaniyat, barkamol, ta'lim-tarbiya, avlod, meros, etnomadaniyat

АННОТАЦИЯ

Данная статя посвяшена воспитанию подрастаюшего поколения через насионалную музику и народние песни, поднчтию их моралного духа.

Ключевые слова: Культура, духовност, развитие, образование, поколение, наследство, этнокультура

ABSTRACT

The article is devoted to educating the younger generation through national music and folk songs , raising their morale

Keywords: Culture, spirituality, competent, education, generation, heritage, ethnoculture

Mustaqillik yillarida yurtimizda katta bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda, madaniyat va san'at sohalarida ham salmoqli o'zgarishlar yaqqol ko'zga tashlanmoqda. O'sib kelayotgan yosh avlodni, yoshlarimizni har taraflama sog'lom, bilimli, madaniyatli va barkamol shaxs bo'lib yetishishlari, ma'naviy boy va keng dunyoqarashga ega bo'lishlari davlatimizning doimo diqqat-markazidadir.

Yosh avlodni ta'lim-tarbiyasida, ma'naviy-ruhiy kamolotida an'anaviy musiqadan samarali foydalanish alohida o'rin tutadi.

Musiqiy ta'lim-tarbiyaning maqsadi yosh avlodni milliy musiqa boyligimizni chuqur idrok eta oladigan va milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, nafaqat o'z milliy an'analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan xabardor hamda ularni hurmat qiladigan komil inson bo'lib voyaga yetkazishdan iboratdir.

O'zbek xalqining har bir xonadonida dutor, doira yoki boshqa milliy cholg'usi bo'lishi, bu milliy musiqa merosimizga bo'lgan e'tibordir.

Ma'lumki, kundalik hayotimizni bezaydigan milliy qo'shiqlarimiz shu bilan birga serjilo kuylarimiz mavjud. Ularni tinglaganimizda dillarimiz zavqqa to'ladi, hissiyotlarimiz yanada jo'sh uradi. Musiqa insonga ma'naviy ozuqa berish bilan birga inson tarbiyasini oshirishda muxim axamiyatga ega. Shuning uchun inson dilining nozik torlarini chertuvchi ohanglar bejiz yangramaydi. Musiqiy merosimiz rivojini ustoz-shogirdlik maktabining o'ziga xos uslubiyotlarini yaratgan ustozlarimiz hoji Abdulaziz Abdurasulov, usta Olim Komilov, o'zbek musiqashunos olimi akademik Yunus Rajabiy kabi san'atimizning buyuk siymolarisiz tassavur eta olmaymiz. An'anaviy kuy-qo'shiqlarimizni avloddan-avlodga o'tishida ustoz murabbiylarning xizmatlari tahsinga loyiqdir. Bizning kelajagimiz bo'lmish farzandlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qo'shuvchi, yurt taraqqiyotiga fidoiy, barkamol farzandlar bo'lib yetishishida ta'lim dargohlarining o'rni beqiyosdir.

An'anaviy xalq qo'shiqlarining umrboqiyligi, ulardagi ma'naviy-axloqiy niyatning pokligi, musiqiy ohanglarning uzviyligidadir.

Ularda insoniy kechinmalar, ma'no va iltijolar andishaga boy, hayotiy va samimiy, shuning uchun tinglovchiga zavq bag'ishlaydi, ko'nglini ko'taradi. Bunday ma'naviy go'zallik taronalari xalq musiqasining ajib va o'lmas an'anasiga aylangan.

Shuningdek, an'anaviy xalq kuy-qo'shiqlari soddaligi, xalqchil mo'jaz shakli, obrazlarning serqirra ma'nodorligi va nafisligi bilan ajralib turadi.

An'anaviy xalq musiqasining inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini tadqiq qilish quyidagi xulosalarga olib keladi. An'anaviy x alq, musiqasi asrlar osha avloddan-avlodga o'tar ekan, bu jarayonda u boyib, xalqning fikri-o'yi, dardi, orzusi-yu, donishmandligini o'zida mujassamlashtiradi. O'zining an'anaviyligi, oddiyligi va buyukligi, ta'sirchanligi, ko'plab badiiy merosga boyligi bilan millatning nafaqat sevimli san'at turi balki etnomadaniyatshunoslikning muhim shakliga aylandi. An'anaviy musiqaning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish barkamol insonni shakllantirishda hozir ham muhim vazifa bo'lib xizmat qiladi;

Xalq musiqasining tarixan sinalgan qamrovi ancha kengdir:

a) ruxiy,

b) estetik;

v) ma'rifiy;

g) tarbiyaviy imkoniyatlari insonni ma'naviy jihatdan kamol topishida muhim o'rin tutadi yaxshi samaralar beradi;

Ma'naviy ta'sirning boy manbai hisoblangan marosim musiqasi ahloq-odob va milliy hayot tarzini shakllantirishga ta'sir ko'rsatuvchi beshik to'yi, sochqi sochish, birinchi qadam, soch olish, sunnat to'yi, muchal to'yi, sovchilik, qiz oshi, nikox, to'yi, turli o'lanlar va yor-yorlar, laparlar, tortishmachoq, tanga sochish, oyna

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

ko'rsatar, yuz ochar, kelin va quyov salomlari kabilarda: Diniy marosimlardan Bibi seshanba, Bibi mushkulkushod, qurbonlik qilish, iftorlik motam (marosimlari kabilarda katta ahamiyat kasb etadi;

Marosim musiqasi badiiy-estetik manba ham hisoblanadi. Marosimlar tarkibiga kiruvchi ko'pgina folklor janrlari zamonaviy san'atning shakllanishi uchun benazir asos bo'lib qolgan. Ijro etiladigan yoki foydalaniladigan barcha xalq san'ati asarlari tinglovchi, tomoshabin va ishtirokchilarning badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishga yordam beradi; Marosimlar tarkibida ishtirok etuvchi musiqiy asarlar an'anaviy jarayonning tarbiyaviy usullaridan, buyruq, namuna, o'rnak, nasihat, o'git, murojat, kinoya, piching, kesatiq, tanqid, ma'qullash kabilarni, shuningdek, tarbiya vositalari sifatida badiiy-estetik manbalar, dramatik holatlar, tajriba almashish, ko'nikma hosil qilish jarayonlarida zarur bo'lgan g'oyaviy jihatlarini birlashtiradi;

An'anaviy xalq musiqasida xalqning ma'naviy madaniyati durdonalari to'plangan bo'lib, hozirgi mustaqillik davrida o'zlikni anglash va milliy ongni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy musiqamizni, kuy-qo'shiqlarimizni, an'ana va marosim, urf-odatlarimizni, o'rganish hozirgi kunda alohida ahamiyatga egadir.

Ulardan namunalar maktablarda, Oliy va o'rta maxsus ta'lim maskanlarida kengroq va batafsilroq o'rgatilsa, o'quv dasturlariga ko'proq kiritilsa, yoshlarni boy milliy musiqiy merosimizga qiziqtirishimiz bilan bir qatorda ularni asrab-avaylashga, kelgusi avlodga yetkazishga muvaffaq bo'lar edik.

Xulosa qilib aytganda, milliy musiqa merosimizga bo'lgan qiziqish va mehr-muhabbatni oshirish, musiqa amaliyotiga poydevor yaratish, yoshlarda milliy g'ururni shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Shu bilan birga musiqiy ta'lim-tarbiya insoniy fazilatlarni tarbiyalab, yosh avlodda bir qator hayotiy malaka, jumladan, idrok va sezgirlik, chaqqonlik va shijoat, yaratuvchanlik va ijodkorlik kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S.B.Saidiy. Cholg'ushunoslik va cholg'ulashtirish asoslari darsligi. "Musiqa" nashriyoti. Toshkent.,2016.

2. Sh.Raximov, A.Saidov. "Cholgu ansambli" T., 2012.

3. Sh.Raximov, Sh.S.Yusupov. "Cholgu ijrochiligi" T.,2012.

4. M.A.Ilxomov. Cholg'u ijrochiligi. "Mehnat nashriyoti", T., 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.