Научная статья на тему 'YONG‘OQ – JUGLANSNING KELIB CHIQISH TARIXIGA NAZAR'

YONG‘OQ – JUGLANSNING KELIB CHIQISH TARIXIGA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzum / olma / limon / yong‘oq / anor / tosh yong‘oq / yupqa po‘choqli yong‘oq.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Akbarov Rahmatillo, Qozimurodov Sunnatillo, Rasulova Arofatxon

Ushbu maqolada Yong‘oq – juglansning kelib chiqish tarixi, O‘zbekistoga kirib kelishi, rivojlanishi to‘g‘risida, shuningdek, yong‘oqning tur xillaridagi farqlari xaqida ham qimmatli manbalar asosida ma’lumotlar keltirilgandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YONG‘OQ – JUGLANSNING KELIB CHIQISH TARIXIGA NAZAR»

YONG'OQ - JUGLANSNING KELIB CHIQISH TARIXIGA NAZAR

Akbarov Rahmatillo

katta o'qituvchi Qozimurodov Sunnatillo Rasulova Arofatxon

4-bosqich 21.64 guruh agranomiya anorchilik ta'lim yo'nalishi talabalari

Agrar qo'shma fakulteti FarDU

Аннотация. Ushbu maqolada Yong'oq - juglansning kelib chiqish tarixi, O'zbekistoga kirib kelishi, rivojlanishi to'g'risida, shuningdek, yong'oqning tur xillaridagi farqlari xaqida ham qimmatli manbalar asosida ma'lumotlar keltirilgandir.

Kalit so'zlar: uzum, olma, limon, yong'oq, anor, tosh yong'oq, yupqa po'choqli yong'oq.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev muntazam viloyatlarga tashrifi chog'ida fermer va dehqonlar bilan uchrashib, aholi xonadonlarida bo'lib, uzum, olma, limon, yong'oq, anor va boshqa serdaromad daraxt va ekinlar ekish zarurligini alohida ta'kidlamoqda. Qishloq xo'jaligini tubdan isloh qilish, tomorqalardan unumli foydalanish borasida zarur ko'rsatmalar bermoqda.

Yurtimizda lalmi yerlardan foydalanishni rag'batlantirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo'lgan yong'oq ishlab chiqarish hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong'oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong'oq yetishtirish bo'yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etishga e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 1 iyundagi "Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalqimizda «Bir tup yong'oq eksang, hosilidan yetti avloding bahramand bo'ladi», degan gap bor. Zero, yong'oq ko'p yillik daraxt, juda sekin o'sadi va uzoq

umr ko'radi. Qishlog'imizda asosan mahalliy yong'oq navlari - tosh yong'oq, yupqa po'choqli yong'oq o'sadi. Bir tup voyaga yetgan katta yong'oqdan 500 kilogrammgacha hosil olish mumkin.

Ma'lumki, yong'oq mevali o'simliklar foydali o'simliklar orasida alohida o'rin tutadi. Yong'oq mevali o'simliklar Farg'ona vodiysida qadimdan ma'lum. Vodiyda yong'oq, bodom, pista eng ko'p tarqalgan mevali o'simliklardir. Ular mevali o'simliklar orasida eng sevimlisi hisoblanadi va har jihatdan yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.

Yong'oq mevali o'simliklarning turli shakldagi mevalari yog', oqsil va uglevodlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ko'pchilik oziq mahsulotlariga nisbatan ularning kaloriyaliligi ancha ortiq. Yong'oq mag'zidan oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlarida va taomlar tayyorlashda foydalanib kelinmoqda. Yong'oq mevalarining bir necha yil saqlanishi muhim xususiyatlaridan biridir. Ularni uzoq masofalarga tashib borishda ham qiyinchilik bo'lmaydi.

Yong'oq mevali o'simliklar orasida eng qadimiylaridan biri bo'lib, ulardan foydalanish va o'rganish ham qadim zamonlardan boshlangan, hozirda ham uni har jihatdan o'rganish davom etmoqda. Shuning uchun ham xalq xo'jaligini rivojlantirishda yong'oq alohida ahamiyatga ega.

Yong'oq - Juglans turkumiga mansub o'simliklar yong'oqdoshlar oilasiga kiradi. U 40 ga yaqin turga ega bo'lib, ular asosan shimoliy yarim sharning iliq-mo'tadil, subtiropik va tiropik iqlimga ega bo'lgan mintaqalarda tarqalgan yirik daraxt o'simliklardir.

Birinchi bor yong'oqni sistematikasi Dodl tomonidan 1909-yili o'rganilgan. U yong'oqning sistematikasini o'rganishda ularning barg morfologiyasini asos qilib oldi va yong'oq turkumini 3 turga bo'lgan. (Juglans regiah, Juglans fallax Dode, Juglans kamao'nia Dode). 1920-yili M.G.Popov yong'onqning faqat bir turini (Juglan) tan olgan holda ikki turni ajratgan.

Ularni sistemaga solishga M.G.Popov tur va turchalarni tarixi va geografik tarqalishini hisobga olmagan. Keying olib borilgan izlanishlar natijasida yong'oqning 2 turi ajratilgan (J.Regiah va J. follax Dode), J.follax ikkinchi turga nisbatan

qadimiyligi va namli, issiq muhit sharoitda o'sganligi, bargaining yupqa, tiniqligi, ko'p tukli bargchaligi, mevasining mag'izlarini ajratib olish biroz qiyinligi (mag'izlar orasiga kiruvchi parda - tosiqlarni yog'ochlashganligi) bilan ajralib turadi.

jadval-1

Yong'oqning Juglans fallax va Juglans gedta turini farqlovchi belgilar

№ Belgilari Juglans fallax Juglans gedta

1 Shox-shabbalari Yoyiq Sharsimon

2 Barglari Ko'p juftli (5-6) Kam juftli (3-4)

3 Barg uzunligi 60-100 sm 20-50 sm

4 Barg eni 10-15 sm 5-8 sm

5 Barschalar soni 9-13 dona 3-9 dona

6 Changchili to'pguli 2 dona 1-3 dona

7 Urug'chili gul soni 1 1-40

8 Yil davomida gullash soni 1 marta 2 marta

9 Mevalashni boshlanishi 12-13-yil 1-8-yil

10 Mevalari yetilish davri Oktyabr Sentabr

11 Meva vazni 4-6 gr 12-20 gr

12 Hosildorligi 5-10 kg 30-400 (1000) kg

Mevasidan ajralmaydi

13 Mag'iz Oson ajraladi

14 Ta'mi Achchiqroq Yoqimli

15 Yog'i 40-60 % 60-80 %

16 Oqsil 12-20 % 8-12 %

17 Uglevod 15-16 % 6-7 %

18 Ko'payishi va qayta Urug'i, to'nka bachki, Urug'i, to'nka

tiklanishi payvand bachki, payvand

19 Tuproq Qora qo'ng'ir Qo'ng'ir

1000-2300 m balandlikda 600-2000 m balandlikda

20 Yashash sharoiti

21 Umri 1000 yilga yaqin 300-500 yil.

J.Gedta esa birinchi turdan keyinroq paydo bo'lganligi, nisbatan qurg'oqchil-kontinental sharoitdan shakilanganligi 600-2000 metr dengiz sathidan balandliklarda o'sish bargchalarini kam juftliligi, qalin va qattiqligi bilan shuningdek, endi karp va mag'iz oraliqlaridagi tosiqlarni yupqa parda shaklida bo'lishi bilan harakterlanadi.

Har ikki tur ham tabiiy tanlanish natijasida ko'p sonli shakkilar va sortlarni hosil qilgan. Bu sortlar Fransiya, Bolgariya,Germanya, Amerika kabi mamlakatlarda yetishtirilgan sortlardan bir muncha yuqori turadi. Hozirgi kunda bu ikki turning yuzdan ortiq shakl va sortlari mavjud bo'lib, ular mevasining shakli, katta kichikligi mag'zining rangi, endokarpning toshsimon, qog'ozsimon ko'rinishda bo'lishi bilan farqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Агафонов Н.В., Смирнов С.К., Саленков С.Н. Особенности роста и плодоношения винограда Кишмиш черный при обработке растений гибберелловой кислотой и тидиазуроном // Изв. ТСХА, 1989. - Вып. 2. - С. 109117.

2.Азимов А.Р. О применении гиббереллина в виноградарстве северного Таджикистана // Виноградарство и виноделие СССР. - М., 1983. - № 2

3.Батукаев А.А. Влияние сплошной обработки раствором гиббереллина семенных сортов винограда в условиях Узбекской ССР на рост, плодоношение и качество урожая // М, 1987. -20 с. Деп. во ВНИИТЭИ Агропром 07.08.87, № 369 ВС - 87

4.Buriyev X.Ch., Yenileyev N.Sh. va b. Mevali va rezavor mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda hisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi. - T., 2014. -64 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.