Научная статья на тему 'GREK YONG‘OG‘INING KELIB CHIQISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI'

GREK YONG‘OG‘INING KELIB CHIQISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

478
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Grek yong„og„i / o‘sishi va rivojlanishi / ko‘payishi / payvand / samaradorlik / zamonaviy yong„oq plantatsiyalari / changlanish / yong„oq mevasi / agrotexnikasi / oziqlantirish / yog„oqchik / yong„oq mag„zi. / Грецкий орех / рост и развитие / размножение / прививка / продуктивность / современные плантации грецкого ореха / опыление / плоды ореха / древесина / ядро ореха.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Uchqun Baxtiyor O„G‘Li Haydarov, Lola Bahromovna Xalmirzayeva

Grek yong„og„ining kelib chiqish markazlari, tarqalish areali va geografiyasi, o„sish va rivojlanishi uchun yetarli bo„ladigan iqlim hamda tuproq sharoitlari haqida so„z yuritilgan. Shuningdek, yong„oq o‟simligining respublikamizda moslanish omillari ilmiy asoslar bilan ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представленны данные о центрах происхождения грецкого ореха, ареал распространения и география, климатические и почвенные условия, подходящие для произрастания и его развития. Также приводятся научно обоснованные факторы адаптации растения грецкого ореха в нашей республике.

Текст научной работы на тему «GREK YONG‘OG‘INING KELIB CHIQISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

GREK YONG'OG'INING KELIB CHIQISHI VA BUGUNGI KUNDAGI

AHAMIYATI

Uchqun Baxtiyor o'g'li Haydarov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Agrobiologiya fakulteti 1-

bosqich talabasi

Lola Bahromovna Xalmirzayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali "O'simlikshunoslik va meva sabzavotchilik" kafedrasi katta

o'qituvchisi, q.x.f.f.d. (PhD)

ANNOTATSIYA

Grek yong'og'ining kelib chiqish markazlari, tarqalish areali va geografiyasi, o'sish va rivojlanishi uchun yetarli bo'ladigan iqlim hamda tuproq sharoitlari haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, yong'oq o'simligining respublikamizda moslanish omillari ilmiy asoslar bilan ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Grek yong'og'i, o'sishi va rivojlanishi, ko'payishi, payvand, samaradorlik, zamonaviy yong'oq plantatsiyalari, changlanish, yong'oq mevasi, agrotexnikasi, oziqlantirish, yog'oqchik, yong'oq mag'zi.

ANNOTATSIYA

В данной статье представленны данные о центрах происхождения грецкого ореха, ареал распространения и география, климатические и почвенные условия, подходящие для произрастания и его развития. Также приводятся научно обоснованные факторы адаптации растения грецкого ореха в нашей республике.

Ключевые слова: Грецкий орех, рост и развитие, размножение, прививка, продуктивность, современные плантации грецкого ореха, опыление, плоды ореха, древесина, ядро ореха.

ABSTRACT

The centers of origin, distribution area and geography of walnut, climate and soil conditions suitable for growth and development are discussed. Also, the adaptation factors of the walnut plant in our republic

May 12-13

853

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

have been revealed on scientific grounds.

Keywords: Walnut, growth and development, propagation, grafting, efficiency, modern walnut plantations, walnut, pollination, nutrition, wood, nut kernel.

Grek yong'oq (Juglans regia L.) haqli ravishda dunyoning o'nta qimmatli o'simliklaridan biri hisoblanadi. Uning har bir qismi xo'jalik ahamiyatiga ega. Mevali ekin sifatidagi xususiyatlaridan tashqari, o'rmon xo'jaligi va dekorativ daraxt sifatida ham keng tarqalgan.

O'zbekiston grek yong'og'ning kelib chiqish markazlaridan biri sanaladi. Respublikaning Korjantog', Ugom, Piskom, Chotqol va Hisor tizma tog' larining yon bag' irlarida juda katta yong'oq o'rmonlari qadimdan mavjud. Bo'stonliq tumanidagi tizma tog' larda ancha qalin yong'oqzorlar mavjud. Shu bilan birga, ko'pgina xududlarda shaxsiy tomorqalarda ham yong'oq asosiy daraxt hisoblanadi [1, 3, 5, 8].

Ko'pgina dendrolog olimlarning fikricha, Markaziy Osiyoda, xususan O'zbekiston hududidagi tabiiy yong'oqzorlarda grek yong'og'ning turli-tuman xillari uchraydi. Ular shakli, vazni, tusi, po'sti, mag' izi, sermoyligi, ta'mi, hosildorligi, o'sish sharoiti kabi belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tabiiy yong'oqzorlardagi yong'oq turlaridan selektsiya ishlarida foydalanish muhim ilmiy yo'nalishlardan hisoblanadi.

Yong' oq o'zining mazasi jihatidan boshqa hamma mevalardan afzalroqdir. Grek yong'og'i- eng foydali va to'yimli yong'oq, yurak hastaligini davolaydigan, qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi, miyani oziqlantirib faoliyatini yaxshilaydi, suyaklarni mustaxkamlab bo'g'imlardagi og'riqlarni yengillashtiradi, qandli diabet hastaligiga ham foydali. Grek yong'og'ining kaloriyasi 656 KKallni tashqil etadi. Shuning uchun ham aholi uni ko'p iste'mol qiladi. Yong'oqqa ayniqsa konditer sanoatining ehtiyoji katta. Bundan tashqari, yong'oq daraxtidan qimmatbaho yog' och olinadi. Bu daraxtlar ko'kalamzor va o'rmon barpo qilishda, ayniqsa tog'li rayonlarda keng foydalaniladi [2, 4, 9].

Grek yong'og'ining kelib chiqishi. O'zbekistonda XX asrning 90-yillarida ushbu ekinni mevali daraxt sifatida madaniylashtirish ishlari keng miqyosda olib borilmagan. Yong' oqzorlar asosan o'rmon xo'jaliklarida barpo etildi, ular juda qalin ekilib, asosan eroziyaga qarshi kurash vazifasini o'tagan. Ko'pgina holatlarda yong' oqni eroziya va tuproq ko'chkisi havfi

KIRISH

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

bo'lgan tik qiyaliklarda ekilgan.

Ayrim ilmiy-tadqiqot ishlari o'rmon yong'oqzorlari ustida olib borilgan, ular ekspeditsion va monitoring ko'rinishda bo'lgan. Madaniy yong'oqchilik bo'yicha amaliy va innovatsion tadqiqotlar kam bajarilgan. Ayrim kichik yong' oqzorlarni hisobga olmaganda, katta maydonlarda mevali yong'oq plantatsiyalari barpo etilmagan. Sohaning eksport imkoniyati yuqori bo'lsada, undan foydalanilmay kelingan.

Keyingi yillarda O'zbekiston hukumati bog'dorchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelmoqda, xususan yong' oq mevali ekinlar, shu jumladan grek yong'og'ga katta e'tibor qarori qabul qilindi [6, 9].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi "Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to'g' risida" gi qarorida lalmi yerlardan foydalanishni rag'batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo'lgan yong' oq ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong'oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong'oq yetishtirish bo'yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi vazifalar belgilab berilgan. Mamlakatimizning tog'li xududlari iqlim sharoiti yong'oq, bodom, pista kabi daraxt ko'chatlarining o'sishi va yuqori hosil berishi uchun nisbatan qulay joylar hisoblanadi. Jumladan, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg' ona, Toshkent kabi viloyatlarda bu kabi daraxtlardan mo'l hosil olish mumkin.

2017 yil iyunida O'zbekistonda 2017-2020 yillarda yong'oq ishlab chiqarish hajmini oshirish bo'yicha davlat dasturi qabul qilingan. Ushbu dastur 4 ta bosqichni qamrab olgan:

- birinchi bosqich (2017-2019 yillar) - yong'oq ko'chatlarini respublikaga olib kelish;

- ikkinchi bosqich (2018-2019 yillar) - yong'oqni payvandlash uchun payvandtaglarni keltirish;

- uchinchi bosqich (2020 yil) - laboratoriya sharoitida yong'oqning tegishli mintaqa tabiiy-iqlim sharoitlariga mos yuqori hosildor navlarini ishlab chiqarish;

- to'rtinchi bosqich (2018-2020 yillar) - yong'oq yetishtirish va uni ichki hamda tashqi bozorda sotishni yo'lga qo'yish.

Yong'oq plantatsiyalarini barpo etish uchun qariyb 10 ming

May 12-13

855

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

gektar yer ajratilgan. Respublika bo'yicha Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg'ona viloyatlarida yong'oqzorlar barpo etildi. Bundan tashqari, ana shunday plantatsiyalarni yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollargacha kreditlar ajratilgan. Shu sababli, grek yong'og' daraxtini biologiyasi va ekologiyasini o'rganish, uning zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan agrotexnikasini yaratish, ayniqsa uni zararli organizmlardan himoya qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Ayrim olimlarning fikricha, Yevroosiyonig Shimoliy muz okeani bilan chegaradosh shimoliy-sharqiy quruqlik qismi bundan 10-11 ming yil ilgari okean muzliklarini katta tezlikda quruqlikka qarab harakatga kelganligidan qisqa vaqt ichida undagi keng bargli issiqsevar mezofit o'simliklarni (qora o'rmonlarni) va ular bilan bog'liq bo'lgan hozirgi tropik mintaqalarga xos faunani bosib oladi. Bu mintaqada iqlimni sovib, keskin pasayib ketishi issiqsevar tropik jonivorlarning yo'qolishiga yoki iliq o'lkalarga ko'chishiga sababchi bo'lgan. Jumladan, sovuqdan janubga qarab uchgan qushlar o'zi bilan mazkur hudud florasining mahalliy vakillaridan yong' oq, pista va boshqa o'simliklarning meva va urug'larini issiq o'lkalarga olib kelgan. Shu bois, ular Sibir, Qozog'iston orqali Markaziy Osiyoga, keyinchalik Afg'oniston, Eron, Turkiya, Yunonistonga yetib borgan. Yunon yong'og'ni dastlab Gretsiyada, keyinchalik Yevropa mamlakatlari bo'ylab tarqalib ketishi so'ngi davrlarda yanada kuchaydi. Yunonistondan bu daraxt g'arbga (Ispaniya), Markaziy Yevropa mamlakatlari bo'ylab sharqqa (Rossiya, Ukraina) va boshqa davlatlarga tarqaldi [4, 5,

Ulug' rus biologi, madaniy o'simliklarning kelib chiqishi markazlari ta'limotining asoschisi N.I.Vavilov (1931) grek yong'og'ning dastlabki kelib chiqish genmarkazi O'rta Osiyo markazi - Afg'oniston, Shimoli-G'arbiy Hindiston, Tojikiston, O'zbekiston va G' arbiy Tyan-Shan xududlarini qamrab oladi.

N.I.Vavilov ta'kidlashicha, O'rta Osiyoning tog'li va tog' oldida, Tyan-Shan tog' larida, Kavkaz ortida mevali daraxtlarning, shu jumladan grek yong'og'mning dunyo resurslari to'plangan.

O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston hududlarida hozirgacha juda katta tabiiy yong'oqzorlar saqlangan. Ayniqsa, Farg'ona vodiysida grek yong'oqning turli shakllarini uchratish mumkin. O'zbekistonning Korjantog', Ugom, Piskom, Chotqol va Hisor tizma tog'larining yon bag'irlarida tabiiy yong'oqzorlar mavjud. Ular ancha

7].

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

qalin holda Bo'stonliq tumani tizma tog'larida o'sadi. Qirg'iziston va Tojikiston tog' va tog' oldi hududlari tabiiy yong'oqzorlarida grek yong'og'ning juda qimmatli va noyob turlari uchraydi.

Grek yong'oq ko'p qirrali va qimmatli xususiyatlarga ega bo'lganligi tufayli juda qadimdan ko'p mamlakatlarda madaniylashtirilgan. Ko'pgina olimlar fikricha, yong'oqni birinchi bo'lib qadimgi Fors bog'larida o'stira boshlangan. Keyinchalik yong'oq Fors mamlakati ko'chatxonasidan Gretsiyaga olib kelingan.

Qadimgi dunyo botanigi, tabiatshunos va faylasufi Geofrast o'simlikning fors yong'oq deb nomlagan. Yong'oq Gretsiyadan Rimga keltirilgan. Mashhur Rim olimi Varron (eramizgacha 116-97) va Pliniy (24-79) o'z asarlarida grek yong'oq deb atashgan. Forslar, greklar va rimliklar grek yong'oqni juda qadrlaganlar va ular hududlarida o'stirishgan hamda undan oziq-ovqat, dorivor va shifobaxsh o'simlik sifatida foydalanishgan. Yong'oq Rimdan Bolqonga, undan G'arbiy Yevropaga -Frantsiya, Ispaniya mamlakatlariga, keyinchalik butun Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Grek yong'oq ayrim xalqlarda fors, grek, podsho yong'oq ham deb atalgan.

Shunday qilib, grek yong'oq eramizdan oldin juda ko'p qabila va xalqlarda madaniylashtirilgan, yer yuzida keng tarqalgan va hozirgi vaqtda Turkiya, Italiya, Ruminiya, Frantsiya, Rossiya, Ukraina, Makedoniya, Gretsiya, Bolgariya, Ispaniya, AQSh, Eron, Afg'oniston, Kavkaz orti mamlakatlari, Xitoy, Hindiston, Moldaviya, Germaniya, Vengriya, Yaponiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari va dunyoning boshqa mamlakatlarida katta maydonlarni egallagan. Grek yong'oq yer yuzidagi eng qadimiy va nodir daraxtlardan hisoblanadi. Ko'p yuz yillar o'tishi bilan yong'oqning yangi-yangi nav turlari paydo bo'lgan. Keyinchalik butun yer yuzida, shu jumladan O'zbekistonda ham keng tarqalgan [8, 9].

Yong'oq hosilini 1 tonnasidan 0,5 tonna mag'iz chiqib, o'z navbatida mag'izidan 200-300 kilogramm moy, 250-300 kilogramm kunjara olish mumkin. Yong'oqning yarim tonna po'chog'idan 100-200 kilogramm aktivlashgan ko'mir va ko'plab qayroq toshlar ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Uning chiqindisi bo'lmish yashil po'chog' idan teri-ko'nchilik sanoati uchun zarur bo'lgan 100-150 kilogramm oshlov moddalari olish mumkin.

Yong'oqning bargidan turli xil vitaminlardan tashqari, rassomchilikda ishlatiladigan har xil rangdor bo'yoqlar olinadi. Shuningdek, yong'oq tibbiyotda, konditer sanoatida va boshqa sohalarda ham ishlatilmoqda. Uning poyasidan o'ymakor duradgorchilikda keng foydalanilmoqda.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Grek yong'og'ini Karl Linney Juglans regia deb nomlagan, bu lotin tilidan "shoh yong'oq" ma'nosini beradi. Qadimgi greklar ushbu o'simlikni shoh yong'oq deb atashgan. Yong'oq haqida qadimgi grek mutafakkirlari Dioskorid, Sitseron, Pliniy va Vergiliylar yozishgan.

Yong'oqning mag'zi yupqa po'st bilan qoplangan. Uning mag'zi to'rt qismdan iborat. Qadimgi topishmoqda aytilgan: "Bitta ko'ylakda to'rt og'ayni". Aprel-may oylarida gullaydi, shamol yordamida changlanadi, mevasi avgust-sentyabrda pishib yetiladi.

Grek yong'og' 400 dan 1000 yilgacha yashashi haqida ma'lumotlar mavjud. Yovvoyi holda 10-12 yildan so'ng hosil bera boshlaydi. Daraxtlar 100-180 yildan so'ng eng ko'p hosil bera boshlaydi. Bitta daraxtdan 1 kilogrammdan 300 kilogrammgacha hosil olingan. Brokgauz va Efronlarni "Entsiklopediya lug'ati"da XIX asrda Kavkazda ayrim yong'oq daraxtidan 100 pudgacha hosil olingan. Hosili ko'p bo'lishi va uzoq umr ko'rishi tufayli, ayrim xalqlarda grek yong'og' mo'l-ko'lchilik, to'qchilik va uzoq umr ko'rish ramzi hisoblanadi. Qadimgi greklar bir-birlariga tantanalarda yong'oq ulashgan, to'y-hashamlarda yong'oq asosiy oziqa bo'lgan. Kavkaz va Moldaviyada hozirgacha bola tug'ilsa, unga atab yong'oq ekilish an'anaga aylangan.

Xulosa: Ushbu o'simlik tabiyatimiz ko'rki bo'lishi bilan birga shifobaxsh xususiyatlarga ham ega. O'zbekistonda formatseftika mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojni qondrish, hamda oziq-ovqat zahira miqdorini yanada oshirish. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tez va sifatli tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shuni nazarda tutgan holda grek yong'og'ini yetishtirish asosiy masalalardan hisoblanib kelmoqda. Grek yong'og'ining moyiga bo'lgan talab ortib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, inson tanasida turli virus va bakterial kasalikklarga qarshi immunitetni hosil qilish hisoblanadi. Yong'oq moyi bundan tashqari aqliy faoliyatni yaxshilash, ko'zning ko'rish qobiliyatini oshiradi, inson umrini uzaytirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. X. Atabayeva. O'simlikshunoslik. Toshkent, 2004 y.

2. E. Umrzoqov. Grek yong'ogi. Toshkent, 2022 y.

3. T. Ostonaqulov, Meva -sabzavotchilik ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi, Toshkent, 2002 y.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

4. Ostonakulov, T., Alimardonov, O., Amanturdiev, I., & Shamsiev, A. (2021). Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 11907-11916.

5. Халмирзаев Б.Х., Умурзаков Э.У., Холмирзаева Л.Б. Унаби (Ziziphus jujube Mill.)

Монография. Самарканд- 2021

6. F.Xoshimov, S.Otoqulov, L.Xalmirzayeva. Совершенствование технологии выращивания унаби (ziziphus jujuba mill) FOOD SAFETY: GLOBAL AND NATIONAL PROBLEMS Abstracts of IV International scientific-practical conference (October 14-15, 2022, Samarkand)

7. Akbarov Husan Uzbekhonovich,. "FACTORS AFFECTING THE PRODUCTIVITY OF FRUIT GROWING ON FARMS." ResearchJet Journal of Analysis and Inventions 2, no. 08 (2021): 50-56.

8. Akbarov, H. "Improvement of the System of Production, Storage and Transport of Garden Products" International journal of research in management & business." studies 6, no. 3 (2019): 116.

9. Djurayeva S.F., Rizayev Sh.X. Tuproqqa ishlov berishning tuproq mikrofaunasiga ta'siri. Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan, SB TSAU Conference. 2022. Pp. 577-582.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.