Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
TOPINAMBUR (Helianthus tuberosus)NING VATANI, SISTEMATIKASI VA
BIOLOGIYASINING TAHLILI
Pardayeva Shahnoza Turg'un qizi
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti
Topinambur astradoshlar (Astraceae) oilasiga kiruvchi ko'p yillik tuganak mevali o'simlik bo'lib bu o'simlikning paydo bo'lish tarixi, topinamburning vatani, sistematikasini, biologiyasining tahlili to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Qanday tuproq iqlim sharoitida yaxshi hosildorlikka erishish masalalarini o'z oldimizga reja qilib olganmiz.
Kalit so'zlar: Topinambur (yer noki) kelib chiqish tarixi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, morfologiyasi, biologiyasi, namlik harorat, yorug'lik, tuproq tiplari, almashlab ekish.
Jerusalem artichoke is a perennial fruit-bearing plant belonging to the Astraceae family. Information is provided on the history of the emergence of this plant, the homeland of Jerusalem artichoke, systematics, and analysis of biology. We have planned the issues of achieving good productivity in the conditions of the soil and climate.
Keywords: Topinambur (earthen pear) history of origin, distribution, chemical composition, morphology, biology, humidity, temperature, light, soil types, crop rotation.
Топинамбур-многолетнее клубнелуковичное плодовое растение, относящееся к семейству Астровые (Astraceae), представлены сведения об истории возникновения этого растения, анализе Родины, систематики, биологии топинамбура. В каких почвенно-климатических условиях мы планируем добиться хорошей урожайности.
Ключевые слова: топинамбур (земляная груша) история происхождения, распространение, химический состав, морфология, биология, влажность температура, свет, типы почв, севооборот.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Kirish. Topinambur - yer yuzida keng tarqalgan eng muhim oziq-ovqat, yem-xashak ekinlaridan biridir. Yer noki yoki topinamburning vatani Shimoliy Amerika. Hozir ham yer noki Shimoliy Amerikada yovvoyi holda o'sadi. Bu ekin Shimoliy Amerikadan Yevropaga Amerika qit'asi kashf etilgandan keyin keltirilgan.
Yevropada yer noki juda tez tarqala boshlagan. Hozirda bu ekin ayniqsa Fransiyada, Vengriya, Polsha, Skandinaviya davlatlarida juda keng tarqalgan [1]. Topinambur Amerika qit'asidan XVIII asrda Fransiyaga xindularning- "Topinamba" qabilalari kelib o'zi bilan birga oziq-ovqat sifatida olib kelgan. Keyinchalik shu qabila nomi bilan atalib, -"topinamba" va topipambur deb nomlangan. Qayd etishilaricha Braziliya hindularining-"Topinamba" qabilasi vakillari Fransiyaga kelishganda yer nokini o'zlari bilan olib kelishgan. Keyinchalik bu ekin Parijda topinambur nomi bilan atalgan.
Ko'pgina manbaalarda topinambur vatani Braziliya, Peru deb ko'rsatishgan va bu fikr XIX asr oxirigacha saqlanib qolgan. Amerikalik olim Aza Grey XIX asr oxirlarida topinamburni vatani Amerika, Kanada ekanligi qayd etadi [10]. Topinambur Turkiyada «eralmasa» ya'ni yer olmasi deb nomlansa, Germaniyada «erdanfel». Bolgariyada yalong'och (golie), Rossiyada zemlyanaya grusha, Qozog'istonda Xitoy kartoshkasi, O'zbekistonda topinambur deb yuritila boshlangan
Topinambur astradoshlar (Asteraceae) oilasiga kiruvchi ko'p yillik tuganak mevali o'simlik. Helianthus t. avlodiga 100 dan ortiq turlar mansub bo'lib, ularning faqat ikkita turi - Helianthus annus L - kungaboqar va Helianthus tuberoses L (yer noki, topinambur) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega. V.Mishurovning fíkricha topinambur Komi Respublikasida 1934-1935 yillarda ekila boshlagan. T.B.Lapshina Komi Respublikasi botanika bog'ida 140 ta nav namunalari (55 ta nav, 76 ta duragaylar, 2 ta yovvoyi shakllar) o'sishi, rivojlanishi o'rganilgan [2]. Dastlab Rossiyada topinambur introduksiya navlari namunalarini V.Kosmartov, N.Rozmanova, T.Votinovalar o'rganishgan. Nelianthus L avlodini K.Linney dastlab tavsiflagan. Bu avlodga dastlab 9 ta turni, keyinchalik yana ikki turini kiritib jami 11 ta turni tavsiflaydi. Juda ko'p mualliflar Nelianthus L avlodiga 200 dan ortiq turlar kirishini qayd etishadi [4]. Nelianthus L. avlodiga 40 yangi tur kiritilganini qayd etadi va ularni tavsiflaydi. Olim topinambur va kungaboqarni 108 turlarini borligi qayd etadi va ularga tavsif beradi. Tadqiqotchilar o'rtasida Nelianthus L avlodiga kiruvchi turlar soni bo'yicha yagona fikr yo'q. F.A. Saltiperov 264 turni, S.V. Xayzer, 67 turni,S.P. Postipanov 100 turni Nelianthus L Ne
[1].
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
avlodiga kirishni ko'rsatishdi. S.S. Davtidovich o'zining "zemlyanaya grusha" monografiyasida topinamburni keng tarqalgan 7 turini tavsiflaydi [1].
Topinambur - Helianthus tuberoses ni (2p=102) geksoployd guruhga kiruvchi vegetativ yo'l bilan ko'payuvchi kungaboqar deb hisoblashgan. A. V. Anashenkoning ta'kidlashicha, geksaployd turlar kungaboqarni tetroployd shakllariga nisbatan ayrim belgilari bo'yicha kam o'zgaradi. Bir tur doirasida polirmorfizmni kamayib borishi genomda ploidlikni oshib borishi bilan bog'liqligini ko'satadi. Geksaploid navlarda allopoli-ploidlikni yuqori bo'lishini, turlarda yangi belgilarni aynan tuganaklarni hosil bo'lishini ko'rsatadi. Tuganaklar Helianthus L avlodining boshqa turlarida yo'q.
Topinamburning vegetativ va generativ organlarining tuzilishini turlicha tavsiflaydi. Topinambur yer ustki organlarining tuzilishiga ko'ra kungaboqarga o'xshash. Uning poyalarining bo'yi 2-4 m, tik o'sadi, shoxlanadi, serbarg, poyasida yashil yoki siyohrang dog'lari bor. Bitta o'simlikda 1-5 dona dag'al tukli poyalar hosil bo'ladi.
Barglari - savatcha, uzunchoq tuxumsimon, keng tuxumsimon, uchi o'tkirlashgan, yirik, chetlari arrasimon. Unib chiqish fazasida barglar to'plam ko'rinishda bo'lsa, shonalash yoki g'unchalashda poyaning pastki qismida ular qarama-qarshi yoki mutovkasimon joylashgan, o'rta va uchki qismlarida navbatlashib joylashgan hamma barglarining ikki tomoni qattiq, kalta tuklar bilan qoplangan. Barglarda uchta uzinasiga ketgan tomirlar bor.
To'pguli - savatcha, kungaboqarnikiga o'xshash, ammo unikidan kichikroq, diametri 2-5 sm. To'pguli asosiy poya va yon shoxlarining uchida joylashadi. To'pgullar soni 1-5 donadan 50 tagacha bo'ladi. Gullarining changlanishi chetdan shamol yoki hashorotlar yordamida o'tadi.
Mevasi - kungabokarnikidan kichikroq pista 1000 urug'ining vazni 7-9 g. Kechpishar navlarning urug'lari janubiy mintaqalarda pishib yetiladi. Kechpisharlarniki Markaziy - qoratuproq mintaqalarida to'la yetiladi.
Ildiz tizimi - tuganaklardan ko'payganda popuk, pistalardan ko'paytirilganda o'q ildiz. Ildizlari 2 m chuqurlikka kirib boradi, ularni ishchi yuzasi (faol yutuvchi) kartoshkanikiga nisbatan 6-8 marta ko'proq. Yer osti novdalari stolonlar deyiladi. Stolonlarni yuqori bo'g'in oralig'i (4-6) yo'g'onlashadi va tuganaklar hosil qiladi. Seleksiya navlarida stolonlarning uzunligi 5 - 40 sm gacha o'zgaradi. Stolonlar qancha kalta bo'lsa ular tup atrofida shuncha tig'iz joylashadi, bunday navlar intensiv nav talablariga javob beradi. Tuganaklari noksimon, uzunchoq, ovalsimon yoki duksimon, yuzasi silliq yoki g'adur-budur. Rangi
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
oqdan tortib qizil - siyohrangacha. Ko'zchalari, qavariqligi bilan kartoshka tuganaklarini ko'zchalaridan farq qiladi. Tuganaklar soni bitta o'simlikda seleksion nav bo'lsa, 20-30 tagacha, yarim yovvoyi formalarda 70 tagacha bo'lishi mumkin. Ammo yarim yovvoyi navlarda tuganaklar maydaroq bo'ladi. Bitta tuganakning vazni 10 g dan 1000 g gacha o'zgaradi. Bu ko'rsatkich navga, ekish minta qasiga, agrotexnikaga bog'liq. Kartoshka tuganagidan farqli ravishda topinambur tuganagida probka qatlami bo'lmaydi, shuning uchun ular tez so'liydi, yaxshi saqlanmaydi.
Topinamburning biologik xususiyatlari ham hozirga qadar to'la o'rganilmagan, topinambur biologiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Uning tuganaklarida probka bo'lmaganligi uchun tuproqda ko'mib saqlanadi yoki qishda o'simlikda qoladi va ularni bahorda kovlab olinadi. Tuproqda yaxshi qishlab chiqqanligi uchun u ko'p yillik ekin sifatida o'stiriladi. Har yili uning yer ustki organlari nobud bo'ladi. Tuganaklarida inulin pollisaxarid va boshqa qand moddalari bo'lganligi uchun hamma mintaqalarda topinambur qishlab chiqadi.
Bahorda har bir tuganakdan 1- 3 novda hosil qilib ko'karadi va to'pni hosil qiladi [1]. Topinambur vegetatsiya davomida zahira moddalarni yer usti generativ organlari (pista) va tuganaklarida to'playdi. Vegetatsiya davrining boshlanishida stolonlarning yo'g'onlashuvigacha novdalari juda sekin o'sadi, tuganaklarni hosil bo'lish oldidan poyalarni hosil bo'lishi kuchayadi, stolonlarni yo'g'onlashuvi davrida sekinlashadi. Poyalarning maksimal o'sishi yozning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi
Rossiya federatsiyasi sharoitida iyul-avgust oylarida yashil massa hosilining 50% to'planadi. Sutkalik poyaning o'sish jadalligi 4-5 sm yetadi. Keyin o'sish jarayoni sekinlashadi, o'simlik g'unchalar, gullar hosil qiladi, barglardan plastik moddalarni novda va tuganaklarni o'sishi tezlashadi. Topinambur yem-xashak, texnik maqsadlar uchun va oziq-ovqat sifatida keng qamrovli foydalanishga yaroqli o'simliklardan biridir [6].
Topinamburning tuganaklarini hosil bo'lishini boshlanishi, stolonlarning yo'g'onlashish yer nokining nav xususiyatlariga, ekilish mintaqalariga, kun uzunligiga, ob-havoga, qo'llanilgan agrotexnik usullariga bog'liq. Olimlarning ma'lumotariga ko'ra, tuganaklarni yo'g'onlashuvi va yer osti massasinig ortib borishi O'zbekiston Respublikasi sharoyitida sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida davom etadi. Bu ko'rsatkichlar shimoliy mintaqalarda sovuq erta tushishi munosabati bilan erta sentyabr, oktyabr oyida tugaydi [5]. O'zbekistonda topinambur asosan sug'oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Yetarli namlik
[2].
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
harorat, yorug'lik, oziqa maydonlari bo'lganda topinambur juda yuqori ko'k mas sa va tuganak, hosilini shakllantiradi. Zarafshon vodiysining ob-havo sharoiti yer nokining biologiyasiga juda mos, yozi quruq issiq va sovuq bo'lmaydigan kunlar ko'p.
Topinamburning past va yuqori haroratga chidamliligi nav xususiyatlariga, irsiyatga tuproq namligi, havoning nisbiy namligiga bog'liq holda o'zgaradi [1,7,9]. Topinamburning turli navlarining haroratga talabi turlicha va ular nav xususiyatlariga bog'liq holda unib chiqishdan pishishgacha 2000°C dan 2800°C gacha faol haroratni talab qiladi. Topinamburning yer ustki organlari sovuqga chidamli. Topinambur 4-5°C, 5°C sovuqqa chidamliligini o'z tajribalarida kuzatishganida topinamburning tuganaklari 8°C dan 45°C sovuqga bardosh berishganligini qayd etishdi [2,8]. Topinambur Shimoliy Kavkaz sharoitida 55-60°C issiqqa tuproqda yetarli namlik bo'lganda, bemalol chidashini ta'kidlaydi. Topinambur yuqori haroratga yaxshi chidaydi va uning tuganaklari aynimaydi.
Topinambur yorug'likka talabiga ko'ra - qisqa kun o'simligi. Yorug'lik kuni uzunligini 9-10 soatga qisqarishi 20-25 kun davom etsa gullashini 15-2 soatga tezlashtirishni, o'sish nuqtasini soyalatib urug' hosilini pishishini tezlashtirishni taklif etishadi. Izolyasiyaning kamayishi bilan, tup qalinligini ortishi bilan ko'k massa va tuganak hosili kamayadi. Navlarning o'suv davri qancha uzun bo'lsa ular kun uzunligining qisqarishiga shuncha ta'sirchan bo'ladi [1,8]. Tez pishar navlar kun uzunligiga ta'sirchan emas va ularni pistalari Noqoratuproq mintaqasida ham pishib yetiladi (Vavilov va boshqalar, 1980 Shimoliy mintaqalarda, uzun kun sharoitida topinambur ko'p yashil massa hosili kam tuganak hosilini shakllantiradi. Topinamburni quruqchilikka chidamli o'simliklar guruhiga kiritishmaydi. Ammo topinamburni kuchli rivojlangan ildiz tizimi tufayli qurg'oqchilikka chidamli ekin deb hisoblashadi.
Tajribalarinig ko'rsatshicha topinambur eng yuqori hosilni tuproq namligi, tuproq to'la nam sig'imiga nisbatan 80- 90% bo'lganda eng yuqori hosil olinadi. Topinambur ko'k massasida 20-25% gacha quruq modda saqlaydi, shundan asosiy qismi uglevodlar iniulin bo'lib, organizmda erkin parchalanadi. Bulardan tashqari almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar, vitaminlar va kletchatka saqlaydi [1,2].
Topinambur 100 gramm tuganagida 0,76 m saqlaydi. Tuganagida hazm bo'ladigan polisaxarid inulin saqlashi qandli diabet bilan og'rigan bemorlarga tavsiya etiladi. V.Lexnovich malumotiga ko'ra, topinambur ko'p yillik va ko'k massa beradigan, inulin saqlaydigan istiqbolli o'simlik
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
hisoblanadi. Ta'kidlashicha topinamburning tuproqdagi namlikning yetishmasligiga chidamligi unib chiqish va stolonlarning hosil bo'lishini boshlanish fazasiga to'g'ri keladi. Tuproqda namlikning yetishmaslik davri stolonlarning yo'g'onlashishi va g'unchalarning hosil bo'lish davriga to'g'ri keladi, hamda bu holat Rossiya federatsiyasi sharoitida yozning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu davrda mustaqil hamdo'stlik mamlakatlarining ko'pchilik mintaqalarida nam bilan ta'minlanganlik sharoiti o'suv davrining o'rtasiga nisbatan yaxshiroq bo'ladi [1,7].
Topinambur barcha tuproq tiplarida (sho'rxoklar, botqoqlashgan tuproqlar bundan mustasno) yaxshi o'sadi. Ammo yuqori hosilni topinambur faqat unumdor tuproqlarda shakllantiradi. Eng yuqorgi hosil qora tuproqlarda allyuvial-o'tloq tuproqlarda, o'tloq-bo'z tuproqlarda olingan. Topinambur yengil qora tuproqlarda yaxshi o'sadi, rivojlanadi, yuqori hosil beradi. Og'ir loy tuproqlarda topinambur tuganaklar deformatsiyalanadi, shakli notekis bo'ladi. Bu o'simlikni yuqori hosil shakllantirishi uchun o'rtacha mexanik tarkibga ega, qumoq tuproqlar eng qulay. Ma'lumotlarga ko'ra yer nokini O'rta Osiyoda ariq bo'ylarida qumli va toshloq tuproqlarda muvaffaqiyat bilan o'stirish mumkin [2,3].
Topinambur XXI asr o'simligi, keng qamrovli foydalanishga yaroqli oziq-ovqatda chorvachilikda va farmatsevtika sanoati uchun qimmatli xom-ashyo hisoblanadi. Topinamburdan Amerika hindulari 5-7 ming yil oldin ham iste'molda foydalanganligi, bir yilda ikki hosil olinishi qimmatli xususiyatdir. U sovuqga bardoshligi, qo'rg'ochilikga va ortiqcha namlikda muqobil o'sishi, tuproq sharoitida moslanuvchanligi, tez o'sishi, rivojlanishi mayda 5-10 gramm tuganakdan urug'lik sifatida ishlatilishi, bir yilda 80-90 tonnagacha ko'k massa 30- 40 tonna tuganak shakllantirishi ahamiyatga egadir [2].
Ko'p yillik tuganakli o'simlik, tashqi ko'rinishidan kungaboqarga o'xshaydi, faqat ko'p yer osti novdalari, kartoshka singari ko'p tuganaklar paydo qilishi bilan farq qiladi. Chetdan changlanuvchi ildizlarning asosiy qismlari tuproqning 10-30 sm qavatida joylashgan tupida 10 tadan 20 tagacha tuganaklar hosil bo'ladi.
Topinambur tuganaklari tarkibida 3-4 % oqsil, 13-18 % inulin, mineral moddalar (temir, marganets, kalsiy, magniy, kaliy, Natriy, kremniy) klechatka, B1, B2, va C vitaminlari uchraydi. Topinambur tarkibida temir, kremniy, sink, va B1, B2, va C vitaminlarining miqdori kartoshka, sabzi va osh lavlagiga qaraganda 3 barobar ko'p bo'ladi. Topinambur baland bo'yli 4-5 metrgacha, 80-100 yirik barg, 1-2 kg gacha organika hosil qiladi. O'simlik tabiat noqulayliklariga o'ta bardoshli plastik xususiyati va juda katta ko'payishi
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
koeffitsientiga ega. O'simlik ko'k massasi toza holida, aralash (tuganagi bilan) holida va siloslangan senaj qilib tayyorlanganda chorva mollari sevib iste'mol qiladi. O'simlik almashlab ekish dalalariga kiritilmagan, ferma oldi yem-xashak almashlab ekish yerlarda, bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik siloslanadigan ekin sifatida ekiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, topinambur (helianthus tuberosus) o'simligining qanday tuproq iqlim sharoitida yaxshi hosildorlikka erishish masalalarini o'z oldimizga reja qilib, bu bo'yicha o'z tajribalarimni olib boryabman. Shuning uchun Topinambur o'simligining kelib chiqishi, tarqalishi, morfologik va biologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilib olmoqdaman.
REFERENCES
1. Варламова Е.Н Влияние стимуляторов роста и минералных удобрений на сбор клубней топинамбура сорта —СкороспелкаИ.ВИ Международный симпозиум. «Новые и нетрадиционные растения и перспективы их исползования» Том ИИИ .М-2005.
2. Бейсенбиев Е.Б. Земляная груша. (топинамбур) //Агробиологические особенности и промыл леннотехнические значение земляной груши.Алма-Ата: Изд. Ан Коз . 1947, с. 4-51.
3. Вавилов ПП. Растениеводство. Москва. Агропомиздат. 1986, с. 299-305.
4. Государственный рсестр селексюнных достижений, допущенных кисползованию. Сорта растений (официалное издание). Москва.1997.
5. Давидович С.С. Земляная груша. М.,Селхоз 1957,с 3-92
6. Добродомов ЕЛ. Влияние сроков пасадки на продуктивност топинамбура и тописолнечника // Топинамбур и тописолнечник — проблемы возделываня и ннсползования.
7. Крикунова Л.Н.,Александрова М.М Хранение и переработка селхозсыря.2000
8. Лехнович В.С. Земляная груша. Ленинград. Издание Всесоюзного института Прикладной Ботаники и Новых култур. 1929. 82 с.
9. Лебедев И.А Петренко Г.ЙА. Земляная груша (топинамбур). Возделывание я кормовое исползование // М.Л., Гос. изд-во колхозной и совхозной литературы.
1934. с .5—140.
10. Otaboeva X.N. va boshqalar. O'simlikshunoslik. Toshkent, mehnat, 1989, 189-190 betlar
May 12-13