Научная статья на тему 'YIRIK SHOXLI HAYVONLAR DOMINANT TREMATODOZLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORA-TADBIRLARI'

YIRIK SHOXLI HAYVONLAR DOMINANT TREMATODOZLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
30
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Endless light in science
Область наук
Ключевые слова
gelmint / dominant trematodalar / dikrotselioz / invaziyalar / hayvonlar / parazitlar / gijjasizlantirish / degelmintizasiyalar

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xosilova Go‘zal Abdiqayumovna

Yirik shoxli hayvonlarda uchraydigan turli xil kasalliklar respublikamiz chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday kasalliklar ichida trematodozlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada kavsh qaytaruvchi hayvonlar trematodozlarining tavsifi, qo‘zg‘atuvchilarining morfologiyasi, kasalliklar epizootologiyasi, klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlari, diagnostikasi va oldini olish choralari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YIRIK SHOXLI HAYVONLAR DOMINANT TREMATODOZLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORA-TADBIRLARI»

UDK 595. 122: 596

YIRIK SHOXLI HAYVONLAR DOMINANT TREMATODOZLARI VA ULARGA QARSHI

KURASH CHORA-TADBIRLARI

XOSILOVA GO'ZAL ABDIQAYUMOVNA

Qarshi Davlat universiteti, Zoologiya kafedrasi assistenti,

Qarshi, Uzbekistan

Anotatsiya: Yirik shoxli hayvonlarda uchraydigan turli xil kasalliklar respublikamiz chorvachilik tarmog'ining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bunday kasalliklar ichida trematodozlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada kavsh qaytaruvchi hayvonlar trematodozlarining tavsifi, qo'zg'atuvchilarining morfologiyasi, kasalliklar epizootologiyasi, klinik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlari, diagnostikasi va oldini olish choralari bo'yicha batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

Калит сузлар: gelmint, dominant trematodalar, dikrotselioz, invaziyalar, hayvonlar, parazitlar, gijjasizlantirish, degelmintizasiyalar

Mamlakatimizda keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami tobora kengayib bormoqda. Natijada tarmoqda ham sifat, ham natijadorlik borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Ammo, soha rivojiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan qator omillar mavjud. Xususan, turli xil kasalliklar respublikamizda chorvachilik tarmog'ining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bunday kasalliklar ichida trematodozlar alohida ahamiyatga ega. Parazitar kasalliklarga, shu jumladan trematodozlarga qarshi kurash chora-tadbirlari yuqumli kasalliklarda olib boriladigan tadbirlardan tubdan farq qiladi. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash, seroterapiya, dezinfeksiya va karantin kabi tadbirlar keng qo'llaniladi. Parazitar kasalliklarda esa emlash va seroterapiya amaliyotda keng qo'llanilmaydi. Lekin, karantin va cheklashlar parazitar kasalliklarda ham o'rnatiladi [1].

Parazitar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan umumiy chora-tadbirlarga hayvonlarni to'la qimmatli oziqlantirish, ularni saqlashda qulay zoogigiyenik shart-sharoitlar yaratish, veterinariya-sanitariya qoidalariga so'zsiz amal qilish, tabiiy yaylovlarni yaxshilash va sun'iy madaniy yaylovlar tashkil etish, suv ichadigan joylarning gigiyenik holatlarini yaxshilash, go'nglarni biologik qayta ishlash, xo'jaliklardan mollarni chetga olib chiqishda ularni parazitar kasalliklarga tekshirish, xo'jalikka olib kelinayotgan yangi hayvonlarni ham maxsus tekshirishlardan o'tkazish va ularga karantin joriy etish, zarur holatlarda bunday hayvonlarni emlash va gijjasizlantirish va hokazo ishlar kiradi. Hayvonlarni yaylovlarning quruq maydonlarida boqish, o'tlatadigan maydonlarni almashtirib turish, yosh va katta yoshdagi hayvonlarni alohida boqishni tashkil qilish yaylov profilaktikasi tadbirlaridan bo'lib hisoblanadi. Hayvonlarni bog'lab boqishni tashkil etish ko'pchilik geo va biogelmintlarning tarqalishining oldini oladi. Hayvonlar saqlanadigan binolar va ferma atrofi xududlari muntazam ravishda tozalanib turilishi va dezinvaziya qilinishi zarur [2].

Invazion kasalliklar, shu jumladan trematodozlar qo'zg'atuvchilariga qarshi kurash chora -tadbirlarining asosi bo'lib, biologik, kimyoviy va fizikaviy kurash choralari hisoblanadi. Ularga go'ngni biotermik usulda zararsizlantirish, yaylovlarni haydash va ularda meliorasiya ishlarini olib borish, xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lmagan, keraksiz suv havzalarini quritish, yaylov maydonlarini almashtirish va uzoq yillarga mo'ljallangan madaniy yaylovlar yaratish kiradi. Barcha holatlarda tadbirlar parazitlar va ularning oraliq xo'jayinlari hamda tarqatuvchilari miqdorini keskin kamaytirishga yoki ularni butunlay yo'qotishga qaratiladi.

Parazitlarga qarshi kurash choralari ichida, kasallik qo'zg'atuvchisini hayvon organizmidan tashqarida yo'qotish usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun invazion kasalliklar qo'zg'atuvchilarining tuxum va lichinkalari, oraliq xo'jayinlari va tarqatuvchilari tashqi muhitda biologik va kimyoviy usullar bilan yo'qotiladi. Gelmintozlarning oldini olishda hayvonlarning ozuqasiga maxsus kimyoviy preparatlarni qo'shib berish tavsiya qilinadi.

Uy va qishloq xo'jalik hayvonlarini saqlash va oziqlantirish sharoitini yaxshilash, invazion kasalliklar oldini olishda muhim tadbir bo'lib hisoblanadi.

Degelmintizasiya (gijjasizlantirish) - kimyoviy dori-darmonlar, ya'ni antgelmintiklar qo'llash yo'li bilan hayvonlar organizmini gelmintlardan holos qilish hisoblanadi. Bu usul gelmintozlarga qarshi kurash tadbirlari ichida eng muhimi hisoblanadi. U nafaqat davolash usuli, balki gelmintozlarning oldini olishning kuchli vositasidir. Chunki hayvon organizmini gelmintlardan tozalash yo'li bilan invazion elementlarning tashqi muhitda tarqalishining oldi olinadi.

Hayvonlarni shistosomadan gijjasizlantirish uchun eng samarali preparat prazikvantel (dronsit) hisoblanib, u 0,025 g/kg dozada bir marotaba qo'llaniladi [3].

Ambilgar yirik shoxli hayvonlarga - 30-40 mg/kg, qo'y va echki-larga - 20-25mg/kg

dozada; mirasil-D preparati esa yirik shoxli hayvonlarga - 25-30 mg/kg, mayda shoxli hayvonlarga -10-25 mg/kg dozada berilsa, shistosomalarga qarshi yaxshi samara beradi. Asemidofen preparati shistosomozga qarshi qo'llanilganda, kamroq samara berishligi aniqlangan [4].

Degelmintizasiyaning samaradorligi asosan yaxshi va yuqori sifatli antgelmintiklarga bog'liq. Antgelmintiklarning sifati ularga qo'yiladigan quyidagi talablar orqali aniqlanadi:

- dori vositasining kam miqdorida yuqori samaradorlikka erishish va jinsiy voyaga yetmagan gelmintlarga ham o'ldiruvchi ta'sir etish;

- zaharli ta'siri kam bo'lishligi yoki umuman bo'lmasligiga erishish;

- tejamlilik - preparat narxining arzon bo'lishi va bir bosh hayvonga kam miqdorda sarf qilinishi;

- preparatni qo'llash usulining oddiy bo'lishi;

- uzoq saqlanganda ham o'z sifatini saqlab qolishi, barqarorlik va boshqa shunga o'xshash talablar [5].

Qo'llanilish natijasi va maqsadi bo'yicha majburiy (davolash), preimaginal, diagnostik va profilaktik degelmintizasiyalar farq qilinadi.

Majburiy degelmintizasiya - yaqqol klinik belgiga ega hayvonlarni davolash va ular o'limining oldini olish uchun yilning istalgan vaqtida qo'llaniladi.

Preimaginal degelmintizasiya - hayvon organizmida gelmint hali jinsiy voyaga yetmasdan va tashqi muhitga tuxum yoki lichinka ajratmasdan avval o'tkaziladi. Bunda invaziya tarqalishining oldi olish imkoniyati tug'iladi.

Diagnostik degelmintizasiya - biror bir gelmintozga koprologik usulda tashxis qo'yish imkoniyati bo'lmasa, ammo u yoki bu gelmintozga gumon qilinganda qo'llaniladi.

Profilaktik degelmintizasiya - yilning ma'lum vaqtlarida, gelmintozlarning epizootologik holati va gelmintlar biologiyasini hisobga olgan holda, avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilib, hayvonlar yoppasiga degelmintizasiya qilinadi [6].

Degelmintizasiyadan maqsad hayvonlarni gelmint tashuvchanlikdan ozod qilish va shu orqali klinik belgilarning rivojlanishining va invaziya tarqalishining oldini olish.

Xo'jaliklarda degelmintizasiya o'tkazish uchun alben (granulasi va tabletkasi), albazen granulasi tavsiya etiladi. Panakur qo'y va echkilarga ikki kun qatorasiga 22,2 mg/g dozada oziqa bilan guruh usulida (har bir guruhda 80-120 bosh hayvon) beriladi. Qoramollarga bir marta, har bir hayvonga alohida, 33 mg/kg dozada 0,5-1,0 kg omuxta yem bilan birgalikda beriladi. Undan tashqari, hayvonlarga albendazolni 20 mg/kg dozada berish mumkin. Politrem, tiabendazol, faskoverm, fazineks kabi preparatlar yo'riqnoma asosida qo'llanilganda yaxshi samaraga erishiladi. Dikroseliylar fassiolalarga nisbatan antgelmintiklarga ancha chidamli bo'lganligi sababli hayvonlarni bir oy ichida qayta gijjasizlantirish tavsiya qilinadi.

Antgelmintik preparatlarning sifatini baholash uchun ikki xil mezondan foydalaniladi: a) gelmintlardan butunlay holi bo'lgan hayvonlar sonini foizda ifodalovchi ekstens samardorlik. Masalan, 100 bosh hayvon degelmintizasiya qilindi, shundan 75 bosh hayvon gelmintlardan butunlay ozod bo'ldi. Bunda ekstens samaradorlik 75 % ga teng. b) hayvonlarga preparat berilgandan keyin chiqqan gelmintlarning degelmintizasiyagacha bo'lgan gelmintlarning umumiy miqdoriga nisbatan foizini ifodalovchi intens samaradorlik. Masalan, gijjasizlantirishga qadar hayvonlarda o'rtacha 10

tadan gelmint bor edi, antgelmintik berilgandan keyin esa o'rtacha 2 tadan gelmint qoldi. Intens samaradorlik 80 % ga teng [7].

Dezinvaziya (fransuzcha des - yo'qotish ma'nosini anglatuvchi old qo'shimcha, latincha invasio - hujum qilish, biror organizmga bostirib kirish) - tashqi muhitda odam, hayvon va o'simliklar invazion kasalliklari qo'zg'atuvchilarining kasallik chaqiruvchi elementlarini (gelmintlar tuxumi va lichinkalari, koksidiyalar oosistlari va boshqalarni) yo'qotish.

Veterinariya amaliyotida profilaktik, odatiy va yakunlovchi dezinvaziyalar ajratiladi Dezinvaziya obyektlariga - chorvachilik binolari, tuproq, hayvonlar chiqindilari va boshqalar kiradi.

Dezinvaziyaning quyidagi usullari mavjud:

Mexanik usul - zararsizlantirilayotgan obyekt invazion kasalliklar qo'zg'atuvchilaridan yoki invazion elementlardan mexanik ravishda tozalanadi. Yig'ilgan chiqindilar belgilangan joylarga olib borilib zararsizlantiriladi.

Fizikaviy usul - invazion elementlarni yo'qotish uchun quyosh nuri, ultrafiolet lampalar, quritish, muzlatish, yuqori harorat, ionlovchi radiatsiya, elektroenergiya va boshqalardan foydalaniladi.

Kimyoviy usul - turli xil kimyoviy vositalar, oksidlovchilar, organik birikmalar, ishqorlar, og'ir metall tuzlari, kislotalar yordamida invazion elementlar ma'lum xududlardan yo'qotiladi.

Biologik usul - invazion kasalliklar qo'zg'atuvchilariga qarshi kurashda ularning biologik agentlaridan (tabiiy kushandalaridan) foydalanishga asoslangan. Masalan, trematodalar oraliq xo'jayinlari - suv mollyuskalari sonini cheklashda suv havzalarida o'rdak va g'ozlar boqiladi [8].

Yuqorida bayon etganlarni inobatga olgan holda xulosa qilish mumkinki gelmentozlarga, xususan uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchilar dominant gelmentozlariga qarshi kurashning bioekologik jihatdan ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish kelgusida mazkur hayvonlarning parazitar kasalliklar bilan kasallanishi va gelmentlarning invasion elimentlarini tabiatda tarqalishini oldini olishda yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Shakarboyev E.B., Xosilova G.A., Azimov D.A., Jumamuratov J.E. Uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchi hayvonlar dominant trematodozlari va ularga qarshi kurash chora-tadbirlar/ Amaliy tavsiyanoma. - Qarshi: «Intellekt» nashriyoti, 2023. - 45 bet.

2. Xosilova G.A., Shakarboyev E.B. Qashqadaryo viloyatida qoramollar gelmintofaunasi// Хоразм Маъмун академияси. - Хива, 2023 й. - № 9\1. - Б. 20-23.

3. Азимов Ж.А., Шакарбоев Э.Б., Голованов В.И., Акрамова Ф.Ж., Исакова Д.Т., Салимов Б.С., Изатуллаев З.И., Маматов Ш.С. ^ишлок хужалик хдйвонлари ва паррандаларнинг трематодозларига карши кураш чора-тадбирлари буйича тавсиялар. - Toшкент, 2006. - 50 bet.

4. Хосилова Г.А., Шакарбоев Э.Б. ^ашкадарё вилояти уй кавш кайтарувчилари гельминтлари// ^арДУ хабарлари. - ^арши, 2023. - Махсус сон (63). - Б. 79-83.

5. Хосилова Г., Исмаилова Г. Положительное и негативное значение моллюсков в балансе природы. Научный прогресс, 2021. - 2 (5), C. 397-400.

6. Шакарбоев Э.Б., Жумамуратов Ж.Э., Хосилова Г.А. Трематодофауна позвоночных узбекистана// Основные материалы международной научно-практической конференции «Сохранение биоразнообразия горных экосистем в условиях изменения климата» посвященной 80-летию института биологии нан кр №1 иб нан кр. - Бишкек, 2023. - Б. 4551.

7. Шакарбоев Э.Б., Хосилова Г.А., Жумамуратов Ж.Э., Трематоды млекопитающих Узбекистана// Узбекиский биологический журнал. - Ташкент, 2023. - Б. 21-24.

8. Шакарбоев Э.Б., Жумамуратов Ж.Э., Хосилова Г.А., Хуразов С.Ж. Гельминты домашних парнокопытных животных северо-западного региона Узбекистана// Флора Исследование живой природы Кыргызстана. - Бишкек, 2022. - №1. - Б. 35-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.