Научная статья на тему 'YEVROPA MOLIYAVIY SEKTORIDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISHNING ILG‘OR XORIJ TAJRIBALARI'

YEVROPA MOLIYAVIY SEKTORIDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISHNING ILG‘OR XORIJ TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy sektor / investitsiyalar / diversifikatsiyalash / moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi / xavfsizligi / riskliligi / daromadliligi va likvidligi / Financial sector / investments / diversification / reliability / safety / riskiness / profitability and liquidity of financing sources

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ne’Matova Gulchehra Hayotjon Qizi

Ushbu maqola yevropa moliyaviy sektorida moliyaviy risklarni boshqarishning ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganadi, ular asosida tahlillar orqali ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu tajribalar uchun qo‘llaniladigan usullar, erishilgan aniq natijalar ko‘rib chiqiladi va moliyaviy sektorining barqarorligi va raqamli transformatsiyasiga ta’siri muhokama qilinadi. Moliyaviy risklarni boshqarishning ilg‘or xorij tajribalari ahamiyati ham ushbu tadqiqot ishida yoritib beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FINANCIAL RISKS IN THE EUROPEAN FINANCIAL SECTOR ADVANCED FOREIGN MANAGEMENT EXPERIENCES

This article deals with financial risks in the European financial sector studies advanced foreign experiences of management, based on which it is considered through analysis. It also examines the methods used for these experiments, the concrete results achieved, and the impact on the sustainability and digital transformation of the financial sector. The importance of foreign best practices in financial risk management is also highlighted in this research paper

Текст научной работы на тему «YEVROPA MOLIYAVIY SEKTORIDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISHNING ILG‘OR XORIJ TAJRIBALARI»

YEVROPA MOLIYAVIY SEKTORIDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISHNING ILG'OR XORIJ TAJRIBALARI

Ne'matova Gulchehra Hayotjon qizi

O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqola yevropa moliyaviy sektorida moliyaviy risklarni boshqarishning ilg'or xorij tajribalarini o'rganadi, ular asosida tahlillar orqali ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu tajribalar uchun qo'llaniladigan usullar, erishilgan aniq natijalar ko'rib chiqiladi va moliyaviy sektorining barqarorligi va raqamli transformatsiyasiga ta'siri muhokama qilinadi. Moliyaviy risklarni boshqarishning ilg'or xorij tajribalari ahamiyati ham ushbu tadqiqot ishida yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: moliyaviy sektor, investitsiyalar, diversifikatsiyalash, moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi, xavfsizligi, riskliligi, daromadliligi va likvidligi.

УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ БАНКОВ В ЭПОХУ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ: ИНТЕГРАЦИЯ И АНАЛИЗ ВОЗДЕЙСТВИЯ

Неъматова Гулчехра Хаётжон кизи

Магистрант Банковско-финансовая Академия Республики Узбекистан

Аннотация: В данной статье рассматриваются финансовые риски в европейском финансовом секторе, изучает передовой зарубежный опыт управления, на основе которого он рассматривается посредством анализа. В нем также рассматриваются методы, использованные для этих экспериментов, конкретные достигнутые результаты и влияние на устойчивость и цифровую трансформацию финансового сектора. В данной исследовательской работе также подчеркивается важность передового зарубежного опыта управления финансовыми рисками.

Ключевые слова: финансовый сектор, инвестиции, диверсификация, надежность, безопасность, рискованность, доходность и ликвидность источников финансирования.

FINANCIAL RISKS IN THE EUROPEAN FINANCIAL SECTOR ADVANCED FOREIGN MANAGEMENT EXPERIENCES

Nematova Gulchehra Khayotjon kizi

Master student of the Banking and Finance academy Republic of Uzbekistan

Abstract: This article deals with financial risks in the European financial sector studies advanced foreign experiences of management, based on which it is considered through analysis. It also examines the methods used for these experiments, the concrete results achieved, and the impact on the sustainability and digital transformation of the financial sector. The importance of foreign best practices in financial risk management is also highlighted in this research paper.

Keywords: Financial sector, investments, diversification, reliability, safety, riskiness, profitability and liquidity of financing sources.

KIRISH

Har qanday iqtisodiy o'sishning asosini investitsiyalar tashkil etadi. Shuning uchun ham investitsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning zaruriy shartlaridan biri investitsion loyihalarni moliyalashtirish samaradorligini ta'minlash hisoblanadi. Bu esa, o'z navbatida, investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklarni boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishni, loyihalarni moliyalashtirish jarayonida korxona va tashkilotlarning samarali faoliyatni va tijorat banklarining investitsion kreditlaridan foydalanish samaradorligini oshirishni taqozo qiladi. Ayni vaqtda, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida investitsion loyihalarni moli-yalashtirishning samaradorligini oshirishda bir qator dolzarb muammolarning mavjudligi ko'zga tashlanmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Investitsiyalar, investitsion loyihalar va ularni moliyalashtirish, investitsiyalashdagi risklar bo'yicha bir qator yevropalik va mahalliy olimlar tadqiqot olib borishgan. Ular o'z tadqiqotlarida turlicha o'zlarining nazariy qarashlarini bayon etishgan. Bizning fikrimizcha, investitsiyalar ssuda, aksiyadorlik, tadbirkorlik, pul, tovar, ishlab chiqarish kapitalidan farq qilgan holda jami risklar majmuini o'zida mujassam etadi va kapitalni yo'qotish, boy berish ris-kini minimallashtirishni nazarda tutadi. Kapitaldan farq qilgan holda investitsiyalar ongli ravishda aniq va aniq bo'lmagan risklar bilan bog'lanadi. Investitsiya kapitalini moliyalashtirish manbalarining turlicha nisbatlariga qarab risklar majmui ham har xil bo'ladi.

Bank investitsiyalariga bank, kredit, bozor, foiz va boshqa risklar xos bo'lsa, investitsiyalarda risklar diapazoni ancha keng bo'lishi mumkin. Investitsiyalashning fundamental prinsipi diversifikatsiyalash va aniq maqsadlarga erishish uchun investitsiya kiritish maqsadlarini murosaga keltirish, muvofiqlashtirishdan iborat bo'lsa, kreditlashda esa kreditni qaytarishlik, to'lovlilik kabi maqsadlar ko'zlanadi. Investitsiyalashning asosiy maqsadi - kapitalning joriy qiymatini saqlab qolish va loyihani boshqarishda ishtirok etish yo'li bilan jamg'arishni amalga oshirishidan

iborat, kredit esa bevosita boshqarishda ishtirok etmas-ligi ham mumkin. Ayrim tarjima nashrlarda "investitsiyalar - bu daromadlarning doiraviy aylanishiga mablag'larni qo'yish (qo'shish)dir" degan fikrlar ham uchraydi155.

Bizning nazarimizda, resurslarni band etishga bunday din-amik yondashuvlarni o'rinli deb hisoblash mumkin. Ayrim iqtisodchilar uzoq muddatli investitsiyalar tushunchasidan foydalanganlarida kapital qo'yilmalarni nazarda tutadilar va bu bilan investitsiyalarning mazmuni va mohiyatini ochib berishni o'zlaridan soqit qiladilar1. J. Keyns investitsiyalarni "ushbu davrning ishlab chiqarish faoliyati natijasida kapital mulk bahosining joriy ortishi" tarzida, "ushbu davrda topilgan daromadning iste'molga ishlatilmagan qismi" tarzida ta'riflaydi. Nazarimizda, bu o'rinda gap kapital mulkdan unumli foydalanish haqida bormoqdaki, bu aslida reinvestitsi-yalashning o'zidir.

Bozor iqtisodiyotida moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi, xavfsizligi, riskliligi, daromadliligi, likvidligi, aniq maqsadlari va ularga erishish usullari o'rtasida chambarchas aloqadorlik bor. Ko'zlangan samaraga xavfsizlik, daromadlilik, kapital o'sishi va investitsiyalar likvidligi oqilona qo'shilganda investitsiya maqsadlarini kelishtirish, murosaga keltirish orqali erishiladi. "Risk" so'zi italyancha "risicare" so'zidan olingan bo'lib, urinmoq, jur'at qilmoq degan ma'noni anglatadi. P. G. Grabova risk tushunchasini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan olimlardan biri bo'lib, riskni daromadlarning, resurslarning bir qismini yo'qotish xavfi sifatida talqin qiladi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar mazmuniga ko'ra moliyaviy risklar hisoblanadi.

Moliyaviy risklar deganda moliyaviy resurslarni, ya'ni pul shaklidagi resurslarni yo'qotish xavfi tushuniladi. Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy risk tushunchasining talqini bo'yicha munozarali fikr va mulohazalar mavjud emas.

Ammo moliyaviy risklarning tarkibi xususida iqtisodchi olimlar o'rtasida jiddiy munozaralar mavjud. Masalan, V. Moskvin moliyaviy risklarning tarkibiga inflyatsion riskni, deflyatsion riskni, valyuta riskini va likvidlilik riskini kiritadi2. Boshqa bir taniqli iqtisodchi olim I. Balabanova moliyaviy risklarning tarkibiga quyidagilarni kiritadi3:

- inflyatsion risk;

- deflyatsion risk;

- valyuta riski;

- likvidlilik riski;

- investitsion risk;

- kredit riski;

1 Qarang: Полфреман Д., Форд Ф. Основы банковского дела. - М.: Инфра- М, 1996 (пер. с англ.), 141 ber.

2 Qarang: М. Ф. Овсийчук, Сидельникова Л. Б. Методы инвестирования капитала. - М. : Буквица, 1996, 57 bet.

3 В. А. Москвин. Управление рисками при реализации инвестиционных проектов. -М. :ФиС, 2004. -с. 697 И. Т. Балабанова. Риск-менежмент. -М. :Дело, 1996. -с. с. 22-27. 8 Шенаев В. , Ирниязов Б. Проектное кредитование. Зарубежный опыт и возможности его использования в России. - Москва: Консалтбанкир, 1996. - с. 53.

- foiz riski.

METODOLOGIYA

Mavzuni ilmiy o'rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, yevropa moliyaviy sektorida moliyaviy risklarni boshqarishning ilg'or xorij tajribalari asosida ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Rivojlangan sanoat mamlakatlarida (AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiyada) investitsion loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga berilgan kreditlar bo'yicha kredit riskini boshqa-rish bir qator aniq tamoyillarga asoslanadi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:

1. Investitsion loyihalar bo'yicha ishlab chiqilgan biznes rejalarning mukammal ishlanganligi.

Biznes rejalarning mukammal ishlanganligi uning har bir bo'limi bo'yicha investitsion risklarning to'liq hisobga olinganligida, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish strategiyasining to'g'ri tanlanganligida, inves-titsion loyihaning samaradorligiga ta'sir qiluvchi har bir asosiy omilning ta'sir mexanizmining inobatga olingan-ligida namoyon bo'ladi.

Biznes rejada mahsulot sotiladigan bozor chuqur tahlil qilingan bo'lishi lozim. Chunki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida tovarlarning taqchilligi mavjud emas, balki tovarlarni sotish muammosi mavjud. Shu sababli, mazkur mamlakatlarda investitsion loyihalar bo'yicha tuzilgan biznes rejalarda asosiy e'tibor mahsulot sotiladigan bozorlarni o'rganishga qaratiladi. Biznes rejalardagi asosiy bo'limlardan yana biri ishlab chiqarishni tashkil etilishidir. Ishlab chiqarishning to'g'ri tashkil etilganligi pirovard natijada mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada oshib ketishining oldini oladi. Bu esa, ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda, biznes rejalarni tuzishda investitsion loyihani boshqarish samara-dorligiga alohida e'tibor qaratiladi. Buning sababi shundaki, sanoati rivojlangan mamlakatlar bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning 98 foizi korxonaning o'ziga bog'liq sabablar tufayli yuz bergan, 2 foizigina esa, korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan omillar ta'sirida yuz bergan.

Rivojlangan Yevropa mamlakatlarning fond bozorida tijorat banklari qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish bo'yicha hukumatdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Tijorat banklari to'lovga qobillik nuqtai-nazardan korporatsiyalarga nisbatan ustuvor mavqega egadir. Tijorat banklarining kredit riskini kamaytirishda garov ta'minoti muhim rol

o'ynaydi. Bunda asosiy e'tibor bank kreditlari uchun garov sifatida qabul qilinayotgan obyektlarning likvidlilik darajasiga qaratiladi.

3. Investitsion kredit oluvchilarning to'lovga qobilligini moliyaviy koeffitsiyentlar asosida baholash tizimining takomillashganligi. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida investitsion kredit oluvchilarning to'lovga qobilligini moliyaviy koeffitsi-yentlar asosida baholash tizimi o'z ichiga quyidagi koeffitsiyentlarni oladi:

Bu ko'rsatkich quyidagi formula yordamida hisoblanadi. Shu sababli mazkur ikkala koeffitsiyentdan birini qo'llash ham kifoya qiladi. Agar tahlil qilinayotgan davr mobaynida kreditga sotilgan tovarlar miqdori ma'lum bo'lmasa, unda sotilgan tovarlar umumiy miqdorini ishlatish mumkin. Odatda, hisob-kitoblarda debitor qarzdor-likning yil oxiridagi so'mmasi olinadi. Lekin, shunday korxonalar borki, ularda debitor qarzdorlikning o'sishi moliyaviy yilning ma'lum davrida ko'zatiladi. Bunday sharoitda debitor qarzdorlikni yil oxiriga olish noto'g'ridir, balki uning o'rtacha miqdorini har oyning oxirgi kuniga olish lozim. Agar yil davomida tovarlarni sotishning sezilarli darajada o'sishi kuzatilsa, debitor qarzdorlikning yil oxiridagi qoldig'i sotish hajmiga nisbatan noreal tarzda katta bo'ladi. Buning natijasida debitor qarzdorlikni koplashning o'rtacha davri soxta tasavvur beradi, bunday sharoitda debitor qarzdorlikning yil boshidagi va yil oxiridagi qoldig'ining o'rtacha miqdorini olish maqsadga muvofiqdir.

Agar xarid to'g'risida ma'lumot olishning imkoni bo'lmasa, u holda bir yil davomida sotilgan tovarlarning tannarxini olish mumkin. Masalan, savdo shahobchalarida sotilgan tovarlarning tannarxi xarid xarajatlari miqdoriga to'g'ri keladi. Tovar ishlab chiqaruvchilarda esa tannarxga yangi qiymat qo'shiladi, shu boisdan, sotilgan mahsulot tannarxini xarid xarajatlari bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham mazkur koeffitsiyentni hisoblaganda imkoniyat qadar xarid xarajatlari to'g'risida to'liq ma'lumot olish zarur. Agar korxonada mazkur koeffitsiyent o'rtacha tarmoq ko'rsatkichidan yuqori bo'lsa, mijozning o'z majburiyatini vaqtida bajarmaslik ehtimoli yuqori hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, Yevropaning rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yuzaga keladigan moliyaviy risklarni boshqarishning mukammal ishlab chiqilgan tizimi shakllantirilgan bo'lib, ulardan O'zbekiston Respublikasi amaliyotida foydalanish yo'llarini ishlab chiqish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida aytishimiz mumkinki, sifat sertifikatlarini olish korxonalarni jahon bozor-lariga chiqishiga imkon beradi, ularning tovarlarini sotilishini tezlashtiradi.

Xalqaro amaliyot tajribalarini o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, faqat reputatsiyasi (nufuzi) yuqori bo'lgan kompaniyalarning sifat sertifikatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, Rossiyada bir qator investitsion

loyihalar bo'yicha sifat sertifikatlaridan foydalanish kutilgan natijani bermadi, ya'ni yetkazib berilgan investitsion tovarlarning haqiqat-dagi sifati sertifikatlarda ko'rsatilgan sifat ko'rsatkichlariga mos kelmadi. Buning natijasida mazkur investitsion loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga berilgan kreditlar o'zini oqlamadi. Bizning fikrimizcha, investitsion loyihalar bo'yicha ishlab chiqilgan biznes rejalarning mukammal ishlanganligi, investitsion kredit oluvchilarning to'lovga qobilligini moliyaviy koeffitsiyentlar asosida baholash tizimini mamlakatimizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish jarayonida qo'llash maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. San-Jose, L., Retolaza, J.L. & Gutierrez-Goiria, J. Are Ethical Banks Different? A Comparative Analysis Using the Radical Affinity Index. J Bus Ethics 100, 151-173 (2011). https://doi.org/10.1007/s10551-011-0774-4 Int. J. Inf. Manage., 47 (2019), pp. 183-197

2. Journal of Sustainable Finance & Investment, 2021, vol. 11, issue 2, 143-162. https://econpapers.repec.org/

3. Bahl, K.; Kiran, R.; Sharma, A. Scaling Up Banking Performance for the Realisation of Specific Sustainable Development Goals: The Interplay of Digitalisation and Training in the Transformation Journey. Sustainability 2023, 15, 13798. https://doi.org/10.3390/su151813798 https://www.mdpi.com/

4. Ендовицкий Д. А. "Комплексный анализ и контроль инвестиционной деятельности: методология и практика"//Под. ред. Л. Т. Гилеровской. М. : Финансы и статистика. —2001г. —345 с.

5. Karimov N. G'. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish. "Bozor pul va kredit", —2000. —5-son.

6. Karimov N. G'. "Xorijiy investorlar ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirish". —BPK. —6/2001y. 5. G'ozibekov D. G'. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T. : "Moliya" nashriyoti, —2003 yil. —332 bet.

Мазур И. И. , Шапиро В. Д. и друг. "Управления проектами". Справочное пособие. М.: Высщая школа. —2001г. — 435 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.