Научная статья на тему 'LOUIHA RISKLARINI BOSHQARISH USULLARI'

LOUIHA RISKLARINI BOSHQARISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

1976
212
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
risk / project / management / management / investment.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tohir Fazliddinovich Galiyev

This article analyzes situations such as project risk classification, methods of their detection and assessment, management information support, monitoring and forecasting, mitigation technologies and management organization

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LOUIHA RISKLARINI BOSHQARISH USULLARI»

LOUIHA RISKLARINI BOSHQARISH USULLARI

Tohir Fazliddinovich Galiyev

Guliston davlat universiteti talabasi

ABSTRACT

This article analyzes situations such as project risk classification, methods of their detection and assessment, management information support, monitoring and forecasting, mitigation technologies and management organization.

Keywords: risk, project, management, management, investment.

Bugungi kunda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish insoniyat faoliyatining bir qator qiyin va yuqori riskli faoliyati hisoblanib o'ziga xos bilim va malakani talab qiladi. So'nggi yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy faoliyatning alohida bir ko'rinishiga hisoblanmoqda. Aksariyat sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo'yicha tajribalar to'plana boshlandi va bunda loyihani boshqarish doirasida ko'riladigan masalalardan biri bo'lgan investitsion risklar va ularni boshqarishga katta e'tibor kuchaytirildi. Loyihani boshqarishning boshqa funksiyalaridan alohida hisoblanmaydi. Ayni paytda moliyaviy talabni aniqlashda ham, smeta va budjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan bog'liq masalalar yechimini topmoqda[1,4,7].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo'lganligi sababli, uni boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom etadi. Loyiha risklarini boshqarishda quyidagi masalalarga e'tibor qaratish lozim: risklarining tasnifi, risklarini aniqlash va baholash usullari, loyiha risklarini boshqarishning axborot ta'minoti, risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash, risklarni kamaytirish texnologiyalari, risklarni boshqarishni tashkil etish, risklarni boshqarish harajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini hal etishda risk tahlili asosiy o'rinni egallaydi.

KIRISH

Bunday tahlil asosida loyiha yuzasidanmumkin bo'lgan barcha

May, 2022

yo'qotishlar o'rgan ilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo'qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog' liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya'ni "risk tahlili" deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo'ladi. Risk tahlil ining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo'lgan moliyaviy yo'qotishlardan himoyalanish bo'yicha chora -tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma'lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko'ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyiha ning barcha ishtirokchilari - buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug'urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Risk tahlili odatda, bir-birini to 'ldiruvchi ikki turga, ya'ni: risklar turlarini, ularni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko'zlovchi sifat tahlili va loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko'rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo'linadi[2,5,9].

Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad, loyihaga ta'sir etuvchi risk turlarni aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini, usullarini qo'llashdan iboratdir. Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo'lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir. Risk tahlilining miqdor usullari orasida ommabop usullar quyidagilardir: statistik usul, statistik tajribalar usuli; maqsadga muvofiq keladigan harajatlar tahlili; ekspert baholash; analitik usullar va boshqalar. Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma'lumotlarni berishi bilan izohlanadi.

Risklarni boshqarish - bu risk va foyda miqdorini oqilona qo'shilmasini aniqlashga qaratilgan harakat lardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni pasaytirish hisoblanadi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo'linadi: risk omilini aniqlash, risk omilini tahlil qilish va baholash, risklarni pasaytirish bo'yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk

oqibatlarini bartaraf etish, risklarni oldini olish va nazorat qilish,

May, 2022

risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo'llash, risk vaziyatlari va ulami oqibati xaqida ma'lumot to'plash va kelajakka tavsiyalar tuzish.

Iqtisoddagi risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya'ni loyihaga ta'sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi hamda riskni boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo'lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi xodimlari o'z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun xatarni oldini olish taktika va strategiyasini ishlab chiqishlari kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Iqtisoddagi risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa - amaldagi bozor kon'yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishdagi asosiy yo'llar quyidagilar: risklarni ajratish; risklarni loyiha ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash; moddiy ta'minotni olish (garov); moliyaviy ta'minotni olish (kafolat yoki kafillik); risklarni kredit bo 'yicha yuqori foiz stavkasiga ko'chirish; risklarni venchur kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo'yicha yo'qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish va boshqalar. Bular riskni boshqarish bo'yicha quyidagi ish yo'nalishlarini talab qiladi: har bir mijoz bo'yicha doimiy monitoring olib borish; ma'lum bir mijozning asosiy xo'jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringini yuritish; kafolatni jalb qilish va tahlil etish; risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish). Risklarni ajratish deganda moliyalashtirish manbalarining harakatidagi og'irlikni qarzdorning o 'zi bilan birgalikda boshqa bir necha investorlar o'rtasida bo 'linishi tushuniladi. Yirik qarzdorlarning loyihalarini moliyalashtirishda bu tabiiy, bu amaliyot kichik tadbirkorlik doirasidagi tadbirkorlar uchun keng tarqalmagan. Bu shu bilan bog'liqki, so'ralayotgan kreditning chegaralangan summasida investorlar o'rtasida risklarni taqsimlanishi va nazorati bo'yicha operatsion xarajatlar bank kreditlash riskini kamaytirishga qilinadigan iqtisodni oshirishi mumkin. Investitsion kreditlashda risklarni taqsimlash shakllaridan biri kredit bo'yicha kafolatni jalb qilishdir. Odatda, bu loyiha qiymatining taxminan 50%idan 2/3 qismigacha va kredit qiymatining 75-80%ini qamrab oladi. Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida aniq chora-tadbirlarni qo'llash mumkin. Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul

May, 2022

797

qilishdan avval o 'tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishti rokchilar o'rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Riskni bosh qarishda chora va usullarni optimal variantini tanlash barcha loyiha ishtirokchilari o'rtasida jiddiy muzokaralar bo'lishini talab qiladi. Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichida ma'lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlar ko'rib chiqiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: risklar monitoringi; riskni istiqbolini belgilash; tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma'lumot berish va bu bilan bog'liq ko 'rsatmalarni ishlab chiqish; riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar[3,8,6].

Shuni alohida ta'kidlash joizki, shunday risklar mavjud bo 'ladiki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya'ni ular loyiha ishtirokchilari ta'siridan tashqarida bo'ladi. Bunday risklar ko'p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo'llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o'z-o'zini sug'urtalash, tajribali sug'urtachi yordamida sug'urtalanishga mablag' ajratishi tushuniladi. Sug'urta shartnomalarida riskning ko'pgina turlari bo'yicha sug'urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko'rib o'tilgan moddalar mavjud bo'ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari sug'urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi. Ular riskni baholashda o'z usullari va yo'llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja-dasturlarini nazorat qilib boradilar. Natijalarni baholash - bu ma'lum bir loyiha doira sidagi risk-menejmenti bo'yicha faoliyatlarining yig'indisi. U keng ma'lumotlar to'plami asosida o'tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk menejmenti ning alohida choralarini qo'llash, samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o 'tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko'rsatma va xulosa lar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo'llaniladi. Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi omillarni hamda ichki omillar inobatga olish lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. Economic Regulation and State Interventions. Georgia s Move from Neoliberalism to State Managed Capitalism Christian Timm, 2013.

2. . Principles for Economic Regulation, APRIL 2011, London Department for Business, Innovation and Skills

XULOSA

May, 2022

3. Abulkosimov H. P. Iktisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari. -T. :Akademiya, 2012. - 455 bet

4. Abulkasimov N., Xamraev O. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. - T.: "Iqtisod-moliya", 2014. - 304 bet Qo'shimcha adabiyotlar

5. Shodmonov Sh. Sh., G'afurov U. V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T., «Fan va texnologiya», 2010. - 784 b.

6. Abulkasimov H. P. Makroiqtisodiy tartibga solish va O'zbekistonning barqaror rivojlanishi. - T. : Akademiya, 2011. -186 bet.

7. Gritsyuk T. "Gosudarstvennoe regulirovanie ekonomike" 2005 g.

8. Malikov T.S., Jalilov P.T. Byudjet-solik siyosati. -T.: Akadem nashr, 2011.

9. Shaxmalov F. Gosudarstvo i ekonomika: osnovovzaimodeystviya. Moskva: Ekonomika, 2010.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.