Научная статья на тему 'YER NOKIDAN SAMARALI FOYIDALANISH TEXNOLOGIYASI VA YER NOKINING MING BIR XUSUSIYATI HAQIDA MULOHAZA 1Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, 2Avezov Mavlonjon Fazlievich'

YER NOKIDAN SAMARALI FOYIDALANISH TEXNOLOGIYASI VA YER NOKINING MING BIR XUSUSIYATI HAQIDA MULOHAZA 1Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, 2Avezov Mavlonjon Fazlievich Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ildiz meva / tugunar meva / topinambur / dorivor o’simlik / kasalliklar / inulin / pectin / fruktoza / bozor iqtisodiyoti / bioxilma-xillik / sanoat usulu / dori-darmon.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, Avezov Mavlonjon Fazlievich

Ushbu maqolada dorivor o’simliklarning inson salomatligini tiklash va ularnig ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ayniqsa topinambur ya’ni er nokining xususiyatlari va dorivor o’simlik sifatida tabobatda qo’llanishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YER NOKIDAN SAMARALI FOYIDALANISH TEXNOLOGIYASI VA YER NOKINING MING BIR XUSUSIYATI HAQIDA MULOHAZA 1Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, 2Avezov Mavlonjon Fazlievich»

YER NOKIDAN SAMARALI FOYIDALANISH TEXNOLOGIYASI VA YER NOKINING MING BIR XUSUSIYATI HAQIDA MULOHAZA 1Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, 2Avezov Mavlonjon Fazlievich

1,2"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11210250

Annotatsiya. Ushbu maqolada dorivor o'simliklarning inson salomatligini tiklash va ularnig ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ayniqsa topinambur ya'ni er nokining xususiyatlari va dorivor o'simlik sifatida tabobatda qo'llanishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar. Ildiz meva, tugunar meva, topinambur, dorivor o'simlik, kasalliklar, inulin, pectin, fruktoza, bozor iqtisodiyoti, bioxilma-xillik, sanoat usulu, dori-darmon.

Kirish. "Dorivor o'simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo'llab-quvvatlash orqali qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon va "Dorivor o'simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" qarorni davlatimiz rahbari tomonidan imzoladi.

2022-2026-yillarda 36 ming gektar maydonda qizilmiya, za'faron, kavrak, topinambur, lavanda, steviya, moychechak, na'matak, ravoch, mavrak, dalachoy, tog'rayhon, bo'ymadaron, kiyik o'ti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor o'simliklar yetishtirish tashkil etiladi.

Yuqoridagi qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida, iqtisodiyotni izchil isloh etish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish kabi ustuvor vazifalarni amalga tatbiq etishda ilm-fan va innovatsiya yutuqlari muhim ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda innovasion faoliyatni qo'llab-quvvatlash, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirishga qaratilayotgan ulkan e'tibor ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Aytish joizki, innovasion loyihalar nafaqat sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni ekologik jihatdan toza va sifatli mahsulotlarni tayyorlashga, balki atrof-muhitni izchil muhofaza qilishga ham xizmat qilmoqda. Hozir bu borada davlat ilmiy-texnika dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishda ikki yuzdan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o'quv yurtlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashma va markazlari, loyiha institutlari va innovatsiya markazlari faol ish olib bormoqda.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan vazifalardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz olimlari tomonidan yaratilgan va innovasion texnologiyalardan keng foydalangan holda import o'rnini bosuvchi eksportbop maxsulotlarni ishlab chiqarish asosiy vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.

Mamlakatimiz bioxilma-xilligi o'simlik turlariga nihoyatda boy. Ular nafaqat biologik boylik, balki sanoatda, dorishunoslikda va xo'jalik sohalarining boshqa tarmoqlarida ham keng qo'llaniladi. Ana shunday o'simliklardan biri topinamburdir (Helianthus tuberosus L).

Xalq orasida aksariyat hollarda «yer noki» deb ataladigan topinamburning haqiqiy nok o'simligiga hech qanday aloqasi yo'q. Uning yaqin «qarindoshi» kungaboqar hisoblanadi. Topinambur - tuganak hosil qiluvchi, astradoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik. Uni almashlab ekish tajribalarida bir yillik ekin sifatida o'stirish maqsadga muvofiq.

Topinambur tuganaklari tarkibida syellyuloza miqdori juda kam, ammo mikroelementlarga va bioaktiv moddalarga juda boy (masalan, inulin). U yurakqon-tomir, tayanch-harakatlanish va ayniqsa, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar uchun tabiiy dori vositasidir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda topinambur ekologik jihatdan sof dorivor o'simliklardan biri ekanligi bilan ham ahamiyatli.

Uning ko'k massasi, tuganagi hamda ulardan tayyorlangan maydalangan un, tuganak va ko'k massa birga senajlangan ozuqa chorva mollari uchun to'yimli vitamin va minerallarga boy oziq hisoblanadi.

Bundan tashqari, topinambur xom ashyosiga respublikamizning farmasevtika, oziq-ovqat, syellyuloza-qog'oz sanoatlari talabi doimiy o'sib bormoqda. Aholining kundalik iste'molida topinamburning oziq-ovqatlarda, turli xil vitaminli salatlar tayyorlashda ishlatilishi hamda qandli diabet bilan og'rigan bemorlar uchun parhez taomlar, sharbatlar, topinambur uni, kofe ishlab chiqarish ylga qo'yilmoqda.

Topinambur sharbati oshqozonda kislota miqdori oshganda, jig'ildon qaynashida, bosh og'rig'i, qon bosimi oshganda iste'mol qilinadi. Bundan tashqari, oshqozon hamda o'n ikki barmoqli ichak yaralari tez bitishiga yordam beradi. Topinambur sharbati bilan poliartrit kasalligini davolash mumkin (yarim stakandan kuniga 3 marta). Topinambur sharbati olish uchun uning tozalangan va yuvilgan tuganaklari sharbatsiqqich orqali chiqariladi. 2 osh qoshiq sharbat shu miqdordagi suv bilan aralashtirilib iste'mol qilinadi.

Sanoatda inulin, pektin, fruktoza, syellyuloza, etanol, butanol spirtlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblangan har 100 kg topinambur tuganagidan 9-10 kilogramm fruktoza va 1-8 litr spirt olinadi. Bu esa qand lavlagi va kartoshkaga nisbatan 1,5-3,5 marta ko'p demakdir.

O'zbekistonda va xorij mamlakatlarida topinambur ko'p yillik ekin sifatida yetishtiriladi va gektaridan 850-1000 syentner yashil massa, 280-400 syentner tuganak hosili olinadi. Uning 1 syentner yashil massasida 24,1, tuganagida 30 oziq birligi, har bir oziq birligida 80-90 gramm hazm bo'ladigan protein mavjud. Tuganagi yaxshi saqlanadi. Tuganaklarida 11,7 foiz inulin va 2 foiz xom protein mavjud.

Topinambur Amerika qit'asidan XVIII asrda Fransiyaga hindularning «Topinamba» qabilalari bilan kelgan. Ular o'zlari bilan topinamburni oziq-ovqat sifatida olib kelishgan. O'sha davrdan boshlab bu o'simlik qabila nomi bilan «topinamba» deb atalib, keyinchalik topinambur nomini omadi.

Ba'zi adabiyotlarda o'simlikni sayohatchi Mark Leskarbo 1612 yilda Fransiyaga olib kelgani aytiladi, bu yerdan esa butun Yevropa bo'ylab tarqaladi. Bu o'simlik keyinchalik Italiya, Gollandiya, Angliya va Uzoq Sharqqacha tarqagan. Hozir jahon dehqonchiligida topinamburning ekin maydoni 2,5 million gektarga yetadi.

Topinambur O'zbekistonda 1950 yillarda ekib o'rganilgan. Ushbu o'simlik ustida mamlakatimiz olimlari tomonidan ilmiy tadqiqot olib borilmoqda. O'zbekiston O'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida jahon genofondidan qimmatli xo'jalik belgilari bo'yicha ajratib olingan birlamchi manbalar asosida serhosil, shifobaxsh «Fayz-baraka» (2006 yil) va «Mo'jiza» (2011 yil) navlari yaratilib, mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo'jalik ekinlari davlat reyesriga kiritilgan.

Bugun topinamburning yana bir muhim xususiyati - uni sanoat miqyosida qo'llash asosida ekologik toza mahsulot olish hamda katta iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin ekanligi aniqlandi. O'zbekiston O'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent kimyo-texnologiya

instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari tomonidan ushbu o'simlikning «Fayz-baraka» va «Mo'jiza» navlari asosida qog'oz ishlab chiqarish uchun yagona xom-ashyo sanalgan syellyuloza olishning innovasion texnologiyasi yaratilgani ilm-fan sohasida muhim yangilik bo'ldi.

Ma'lumki, Respublikamizda syellyuloza va uning efirlariga hamda qog'oz mahsulotlariga bo'lgan talab yil sayin oshib bormoqda. Endilikda mahalliy sharoitda o'suvchi topinambur o'simligini yaratilgan texnologiya orqali kimyoviy qayta ishlab, turli sanoat korxonalarining syellyulozaga bo'lgan ehtiyojini qondirish va ularni to'la quvvatda ishlashini ta'minlash imkoniyati yuzaga keldi. Vaholanki, bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan syellyuloza efirlari hamda qog'oz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar 10-12 foiz talabni qondirib kelmoqda, xolos.

Mamlakatimizda topinambur sanoatining salohiyati 5 yo'nalishda, ya'ni qishloq xo'jaligi va agrobiznes komponenti, oziq-ovqat sanoati komponenti, farmasevtika-medisina komponenti, ekologiya - biotexnologiya komponenti, syellyuloza-qog'oz sanoat komponenti yo'nalishlarida ilmiy-innovasion faoliyat sifatida olib borilmoqda. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan tarmoqlarning topinambur xomashyosiga talabi mavjud va u doimo o'sib bormoqda.

E'tirof etish kerakki, topinambur qandli diabet kasalligiga chalinganlar uchun asosiy mahsulot sanaladi. Tuganaklari uglevodlarga boy bo'lib, o'rtacha quruq moddaga nisbatan 48,31 foiz, ho'l vazniga nisbatan 11,7 inulin saqlaydi. Yer noki organizmda xolesteren miqdorini kamaytiradi, uglevod va yog' almashinuvini muqobillashtiradi, antitoksik ta'sir xarakteriga ega bo'lib, inulin qonda qand miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Oshqozon, ichak kasalliklari, buyrak toshi, kamqonlik holatlarda bemorlarga topinambur tuganaklari o'simtalaridan tayyorlangan parhez taomlar tavsiya etiladi. Klinik tahlillar o'tkazilganda inulin qabul qilgan qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda qand miqdori 16 - 17 foizgacha kamaygan, inulin qabul qiladigan bemorlarda insulin qabul qilish 12 - 13 birlikka qisqargan.

Ushbu o'simlikni ateroskleroz, taxikardiya, gipertoniya, tromboflebit, kamqonlik, tuberkulez, oshqozon yarasi, qorin damlash, osteoxondroz kabi qator kasalliklarga qarshi istemol qilish tavsiya etiladi.

Topinamburning gullash davri davomiyligi uzoq, 55 - 60 kunni tashkil etadi va gullari erta tongdan ochila boshlaydi. Asalarilarning gul savatchalarga qatnovi quyosh chiqishi bilan kechki soatlargacha davom etadi. Tahlillarga ko'ra, har gektar yer noki ekilgan dalalardan 120 - 150 kilogramm asal olish mumkin.

Topinamburning qiyofasi o'ziga xos chiroy baxsh etadi. Gulining xushbo'yligi, rangi va ko'rkamligi tufayli xushmanzara o'simlik sifatida ham ekiladi. Respublikamiz istirohat bog'larida, dam olish uylari gulxonalarida, yo'l yoqalarida, maktab, bog'cha, madaniyat saroylari atroflarida ekilib, binolar chiroyi va ziynatiga yana ziynat qo'shishadi.

Ushbu tarmoqlarni arzon va yetarli miqdorda xomashyo bilan ta'minlash uchun oziq-ovqatga qayta ishlashga yaroqli navlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda mavjud navlarni o'stirish yo'nalishiga moslab yetishtirish, navlarni jadal ko'paytirish, urug'chilik texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir.

Topinambur O'zbekistonda 1950 yillarda ekib o'rganilgan. Ushbu o'simlik ustida mamlakatimiz olimlari tomonidan ilmiy tadqiqot olib borilmoqda. O'zbekiston O'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida jahon genofondidan qimmatli xo'jalik belgilari bo'yicha ajratib olingan birlamchi manbalar asosida serhosil, shifobaxsh «Fayz-baraka» (2006 yil) va «Mo'jiza» (2011 yil)

navlari yaratilib, mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo'jalik ekinlari davlat reyestriga kiritilgan.

Xulosa. O'zbekistonda aholini salomatligini tiklash va yaxshilash maqsadida dorivor o'simliklarning o'rni muhim ekanligini ta'kidlab ularni etishtirishning tejamkor texnologiyalarini va foyidalanishning zamonaviy usullarini yaratish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. SH.M. Mirziyoev. O'zbekistonda dorivor o'simliklarni yetishtirishni kengaytirish bo'yicha prezident farmoni. 24. 05. 2022 yil. Toshkent.

2. Myerganov A.T; Merganov R.A. Intensiv texnologiya asosida urug'lik va iste'mol topinambur yetishtirish asoslari, Namangan, 2010. 7-14 b.

3. Merganov A.T; Merganov R.A. Ekologik sof topinambur va sabzavot mahsulotlari yetishtirishda biologik (biogumus, biomak va biomik) o'g'itlaridan foydalanish bo'yicha tavsiyanoma, Namangan. 2010.-3-10 b.

4. http://plazmaform.ru

5. www.green-pik.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.