Научная статья на тему 'TOPINAMBUR NAV VA DURAGAYLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH'

TOPINAMBUR NAV VA DURAGAYLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

75
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Energetik / saxarid / soxta tilsimon gular / yernok / yovvoyi oʻsimliklar / murakkabguldoshlar / konveyer / kamera / stellaj. / Energetic / saccharide / false tongue-like flowers / yarrow / wild plants / complex flowers / conveyor / camera / rack.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Zayirkulovna Abdugʻaniyeva Feruza

Maqolada shifobaxsh topinambur oʻsimligining dorivorlik hususiyatilari, sistematikasi, ekologiyasi va yetishtirish agrotexnikasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Medicinal features, systematics, ecology and agrotechnics of cultivation of Jerusalem artichoke plant are covered in the article.

Текст научной работы на тему «TOPINAMBUR NAV VA DURAGAYLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TOPINAMBUR NAV VA DURAGAYLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Zayirkulovna Abdug'aniyeva Feruza

Toshkent Davlat Agrar universiteti Samarqand fililali, tayanch doktoranti feruzazoyirkulovna@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada shifobaxsh topinambur o'simliginmg dorivorlik hususiyatilari, sistematikasi, ekologiyasi va yetishtirish agrotexnikasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Energetik, saxarid, soxta tilsimon gular,yernok, yovvoyi o'simliklar, murakkabguldoshlar, konveyer, kamera, stellaj.

ABSTRACT

Medicinal features, systematics, ecology and agrotechnics of cultivation of Jerusalem artichoke plant are covered in the article.

Keywords: Energetic, saccharide, false tongue-like flowers, yarrow, wild plants, complex flowers, conveyor, camera, rack.

АННОTАЦИЯ

В статье освещены лечебные особенности, систематика, экология и агротехника возделывания растения топинамбура.

Ключевые слова: Энергетик, сахарид, ложноязыковидные цветки, тысячелистник, дикорастущие растения, сложные цветки, конвейер, камера, стеллаж.

KIRISH. Ma'lumki sayyoramiz aholi soni bugungi kunda jadal sur'atlar bilan oshib bormoqda. Aholini sifatli, arzon oziq-ovqat bilan ta'minlash esa oziq-ovqat biotexnologiyasining dolzarb muammosi hisoblanadi. Ayniqsa qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning asosiy tarmog'ini tashkil etadigan bizning respublikamizda bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat xususiyati bilan birgalikda dorivorlik, energetik, yem-xashak, ekologik xususiyatlarni namoyon qiluvchi mahsulotlarni yetishtirish va ommalashtirish bugungi davr talabi bo'lib turibdi. O'zbekistonda uchraydigan 3600 tur o'simlikning

May 12-13

416

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

(madaniy o'simliklardan tashqari) 31 turidangina xo'jalik manfaati yo'lida, jumladan ularning 6 turidan sanoat xom ashyosi, 10 turidan oziq-ovqat, 10 turidan dori-darmon sifatida foydalaniladi. Bugungi kunda tibbiyotda ishlatilayotgan dori - darmonlarning uchdan bir qismi (34 %) o'simliklardan olinadi. Yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo'llanadigan dorilarning deyarli hammasi esa o'simliklardan olinadi. Shunday ekan yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklar haqida ko'proq bilish ularni madaniylashtirish hamda ularning boshqa foydali xususiyatlarini o'rganish juda muhim axamiyat kasb etadi. Shuningdek topinambur o'simligi anchayin istiqbolli hisoblanadi. Mazkur o'simlikdan oziq-ovqat uchun turli mineral moddalar olish mumkin. Ushbu, o'simlikning tugunagini yangicha qaynatilgan qovurilgan, tuzlangan va qayta ishlangan xolda iste'mol qilish inson salomatligiga ijobiy ta'sir qilishi ham o'z isbotini topib ulgurgan.

Topinamburning kelib chiqishi tarqalishi va botanik tasnifi. Topinamburning (Helianthus tuberosus) Vatani asosan Shimoliy Amerika hisoblanib, hozirgi kunda Amerika, Fransiya, Angliya, Norvegiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina va O' rta Osiyoda katta maydonlarda yetishtirib kelinmoqda. Murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasining vakili bo'lib, u ko'p yillik hayotiy shaklga ega bo'lgan tugunak hosil qiluvchi o'simlik hisoblanadi. Balandligi 1,5m dan 4 metrgacha yetadigan poyasi tuklar bilan qoplangan bo'lib, yuqoriga qarab shoxlanadi. Barglari yirik, sertuk, uzun bandli, barg plastinkasi tuxumsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, poyada qarama-qarshi joylashgan.Topinambur yetishtirlgandan va uni terib olingandan so'ng sanoat miqyosida qayta ishlash jarayonlariga yuboriladi. Topinambur yer noki deb ham yuritiladi.

Sanoatda yer nokdan quyidagi maxsulotlar ishlab chiqiladi:

1. Ildiz mevasidan: topinambur uni chips pyure va fruktoza-glyukoza siroplari.

2. Yashil massasidan yem tayorlashda qo'llaniladi. Yashil yer nok massasidan fruktoza-glyukoza siropi (FGS), ozuqa yem drojalar, spirt, biogaz, sellyuloza va boshqa maxsulotlar olinishi mumkin. FGS yer ustki qismidan olish eng katta ahamiyatga ega u shimoliy viloyatlarda samarali hisoblanadi, chunki oldin sovuq tushisishi hisobida poyalarda shakarlar tezroq hosil bo'ladi. Bunda hosil bo'ladigan shakar gull ta'mli va xushbo'y. Yer nok bargi va poyalaridan gidrolizlangan sarflar hisobida o'rtacha 160-170% sotuvdagi yem achitqilari hosil bo'ladi, bunda 1 gektar haydaladigan yerdan 5-6 marta ko'p yem oqsil yoki boshqa ekinlarga nisbatan hosil bo'ladi. Yer nok navlariga qarab 1 gektar yer ustki qismidan 2-5

tonna etil spirt olish mumkin, u esa energiya manbasi hamda

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

biogaz manbasiga aylanadi. Hisoblarga ko'ra yer nok yashil massasi va yer nok ildiz mevasi etanol va biogaz olish uchun arzon xomashyo hisoblanadi.

TADQIQOT VA NATIJALARI. Yer nok ildizmevasidan quruq poroshok olish quyidagi usullari mavjud: kriogen, sublimasion, liofil va isitib quritish. Eng sifatli bioximik ko'rsatkichli asosan kriogen texnologiyada olingan, lekin bunda mahsulot narxi issiq orqali quritishga qaraganda bir necha marta yuqori bo'lgan. Issiq ishtirokida quritishni konveyer, kamera, stellaj shaklida, IQ nurlarni quritish shkaflarda quritish usullari qo'llab oxirgi maxsulot yaxshi sifatli va bozorbop narxda tayyorlash taklif etilgan, bunday texnologiyalar Rossiyada ko'pdir. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda yer nokdan etil spirtini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Kartoshkaga o'xshab yer nok ildiz mevasidan spirt olish mumkin. O'rtacha 1 sentner yer nok ildiz mevasidan 8-9 litr spirt ajratilgan. Donli maxsulotlardan ( 1 gektardan 50 sentner) bo'lganda 1 gektardan dondan 1084 litr spirt olish mumkin, yer nok ( 1 gektardan 300 zentner) olinganda 2500 litr spirt olinadi. Yer nok spirtida likyorlar tayyorlash mumkinligi isbotlangan. Yer nok ustki qismi hayvonlar uchun yashil yem bo'ladi, undan pichan, silos, spirtni haydash, o't uniga aylantirilgan. U yaxshi siloslaydi, absolyut quruq moddalar ichida 15,20% shakarlar mavjuddir [ Zelenkov V.N., Shain S.S. 2000]. Neft resurslar pessimistlar hisobida 20/25 yil ichida, optimistlar 50-70 yilda tugaydi degan fikrlar mavjud. Shu sababli AQSH, Kanada, Braziliya, Avstraliya, Tailandda bioetanol, biodizel yoqilg'ilar qo'llash ko'paymoqda. Energiya bilan mamlakat ta'minoti davlat xafsizligi masalasidir, shu sababli o'simlik maxsulotlaridan yoqilg'i olishga katta etibor berilmoqda. Masalan 1 gektar yer nok maydonidan 11 tonna etil spirt olib benzinni almashtirish mumkin

Ayrim mamlakatlar yer nok asosida vino zavodlari ham bor. Chunki yer nok ildizmevasi tarkibida oson achiydigan shakarlar ko'pdir. Uglevodlarning aylanish koefisiyenti 80/95% ga teng. O'rtacha yer nok ildizmevasidan 7,8 litr/sentner (ayrim holda 10 litr) hosil bo'ladi, bu esa shakar lavlagisi, kartoshka, bug'doydan 1,3,5 marta kattadir. Yer nok ildizmevasidan olingan 1 litr spirtning tannarxi kartoshka yoki donli o'simlikdan yuqori hosildorligi hisobida yuqoriligi va kam sanoat xarajatligi bilan ajraladi. Agar donli o'simliklar 30 sentner/gektardan bo'lsa 1 gektardan 650 litr spirt olish mumkin, yer nok ildizmevasi 300 sentner/gektardan hosil berganida kamida 2500 litr spirt olinadi. Boshqacha hisoblanganda ildiz mevadan chiqadigan spirt 5-7 tonna/ gektardandir.

Spirt olayotganda faqat ildiz mevasi emas, ko'pgina redusirlaydigan uglevod tutuvchi yer nokning yuqori qismini ham

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

qo'llash mumkin, bunda 3-4 tonna/gektardan spirt olinadi. Umumiy yer nokning to'la olganimizda 1 gektardan 10 tonna spirt olishimiz mumkin bo'ladi [Axmedova Z.R., 2003]. Spirt haydaganimizdan keyin qolgan qoldiq ham sotilishi mumkin. Yer nok ildizi yoki pyuresidan qolgan qoldiq shakarlar, mineral tuzlar va oqsillar bo'ladi. Unda yaxshi hazm bo'layotgan oqsil (90% umumiy miqdoriga nisbatan), va yuqori to'yimligi bo'yicha yemga aylanadi.

Yer nok ildiz mevasining 100 kg dan 8-10 kg shakarlar olish mumkin,shakar lavlagisidan esa 4/6 kg olinadi. Fruktoza/glyukozali sirop shakar (saxarozani) mevali sharbat va ichimliklar olishda qo'llash mumkin. Fruktoza - glyukoza siropidan kvas olish ishlab chiqilgan, unda kaloriya oz bo'lgani uchun semirish va qand diabeti kasallarida qo'llash taklif etilgan.

Fruktoza-glyukoza siropini qo'llash oziq ovqat sanoatida shakar (saxaroza) qo'llashni ikki marta tushiradi va past kaloriyali maxsulotlar olinadi. Bunga sabab glyukoza va saxarozaga nisbatan fruktoza shirindir va fiziologik xossalari yuqoridir. Fruktoza kishi organizmda glyukozaga o'xshash mexanizmda o'zgarmaydi va shu sababli shakar diabetida 1g/kilogram og'irligida qo'llaniladi.

Xulosa. Ushbu o'simlikni yetishtirish murakkab jarayon bo'lishiga qaramasdan, bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda sanoatga tatbiq etish mumkin.

REFERENCES

1. Atabayeva X.N., O'simlikshunoslik. T.: "Mehnat" 2000.

Balashov V.V. Nut v Volgagradskiy oblasti // Zernovmye i maslichnmye

kulturm. 1970. № 2. 21 s.

2. Balashov V.V., Galliyev Yu.G., Dosenko V.G. Nut na chernozemax // Zernovmye kulturm. 1988. № 2. 32-33 s.

3. Balashov N.N, Chirkov V.N. Don - dukkukli ekinlar. T.O'zdavnashr. 1957. 16b.

4. Baxromov I., Qurbonov G'. No'xat va mosh hosildorligini oshirishda rizotorfin preparati. // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 1995. № 5.

5. Bobomuradov Z.S. No'xatning ildizidagi bakteriali tuganaklar // Yosh olim va aspirantlarning 1995 yil ilmiy konf. Materiallari.

6. Samarqand. SamSXI. 1995. 12 b.

25-b.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.