Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOANʼANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI'

XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOANʼANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
189
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
noyob va dorivor oʻsimliklar / fotosintez jarayoni / madaniy oʻsimliklar / qulay sharoit / chakanda / grechixa / raps / topinambur / lemna minor / agrar soha / rare and medicinal plants / photosynthesis process / cultivated plants / favorable conditions / retail / buckwheat / rapeseed / Jerusalem artichoke / lemna minor / agrarian sector

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Sobirov, Javoxir Xayrulla Oʻgʻli, Komiljanova, Eʼzozxon Umidjon Qizi, Sharifboyeva, Hayitjon Ibragim Qizi

Ushbu maqolada agrar sohaning eksport salohiyatini oshirishda noanʼanaviy boʻlgan viloyat hududida oʻsuvchi noyob va dorivor oʻsimliklarning tarqalishi, oʻsishi ulardan xalq xoʻjaligi hamda sanoatda foydalanish hamda viloyatda agrar sohaning rivojlanishida tutgan oʻrni haqida soʻz boradi. Shuningdek maqola mualliflarining xulosa va takliflari viloyatda yangidan yangi noyob va dorivor oʻsimliklarni turlarini koʻpaytirish, hamda viloyatda agrar sohaning eksport salohiyatini oshirish haqidagi fikr mulohazalari haqida maʼlumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS AND DEVELOPMENT OF THE USE OF SOME NON-TRADITIONAL NETWORKS IN EXPANDING THE EXPORT POWER OF THE AGRICULTURAL SECTOR IN KHOREZM REGION

This article discusses the distribution and growth of rare and medicinal plants growing in the region, which is unconventional in increasing the export potential of the agricultural sector, their use in the national economy and industry, and their role in the development of agriculture in the region. The authors' conclusions and suggestions also provide feedback on the expansion of new species of rare and medicinal plants in the region, as well as on increasing the export potential of the agricultural sector in the region.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOANʼANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI»

Scientific Journal Impact Factor

О

XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI

Sobirov Javoxir Xayrulla o'g'li

Urganch davlat universiteti talabasi Komiljanova E'zozxon Umidjon qizi Urganch davlat universiteti talabasi Sharifboyeva Hayitjon Ibragim qizi

Urganch davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada agrar sohaning eksport salohiyatini oshirishda noan 'anaviy bo'lgan viloyat hududida o'suvchi noyob va dorivor o'simliklarning tarqalishi, o'sishi ulardan xalq xojaligi hamda sanoatda foydalanish hamda viloyatda agrar sohaning rivojlanishida tutgan o'rni haqida so'z boradi. Shuningdek maqola mualliflarining xulosa va takliflari viloyatda yangidan yangi noyob va dorivor o 'simliklarni turlarini ko paytirish, hamda viloyatda agrar sohaning eksport salohiyatini oshirish haqidagi fikr mulohazalari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit soizlar: noyob va dorivor o'simliklar, fotosintez jarayoni, madaniy o'simliklar,qulay sharoit, chakanda,grechixa,raps, topinambur, lemna minor, agrar soha,

This article discusses the distribution and growth of rare and medicinal plants growing in the region, which is unconventional in increasing the export potential of the agricultural sector, their use in the national economy and industry, and their role in the development of agriculture in the region. The authors' conclusions and suggestions also provide feedback on the expansion of new species of rare and medicinal plants in the region, as well as on increasing the export potential of the agricultural sector in the region.

Keywords: rare and medicinal plants, photosynthesis process, cultivated plants, favorable conditions, retail, buckwheat, rapeseed, Jerusalem artichoke, lemna minor, agrarian sector,

В данной статье рассматривается распространение и произрастание редких и лекарственных растений, произрастающих в регионе, что является нетрадиционным в повышении экспортного потенциала аграрного сектора, их

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

использование в народном хозяйстве и промышленности, их роль в развитии сельского хозяйства в область. Выводы и предложения авторов также содержат отзывы о расширении новых видов редких и лекарственных растений в регионе, а также о повышении экспортного потенциала агропромышленного комплекса региона.

Ключевые слова: редкие и лекарственные растения, процесс фотосинтеза, культурные растения, благоприятные условия, розничная торговля, гречиха, рапс, топинамбур, малая ряска, аграрный сектор,

KIRISH

Xorazm viloyati maydonining kattaligi bo'yicha respublikadagi viloyatlar orasida Andijon va Sirdaryo viloyatlaridangina katta hisoblanadi. Xorazm viloyati maydoni 6.3 ming km2 ni tashkil qiladi. Bu maydonning katta qismi sho'rlangan maydonlar va sug'orilmaydigan yerlarni tashkil etadi. Lekin shunday bo'lsa-da viloyatda turli tuman noyob va dorivor o'simliklar uchraydi. Maqolada siz viloyatda uchraydigan( o'sadigan) o'simliklar va ularni yangi turlarini ko'paytirish hamda viloyatda turli xil sohalarda masalan, farmatsevtika, oziq ovqat, yengil sanoat va boshqa sanoat tarmoqlarida foydalanish shuningdek aholi bandligini ta'minlash va boshqa masalalar haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Xorazm viloyati haqida ayrim statistik ma'lumotlar. Tashkil topgan sanasi, maydoni va aholisi[2]

1-jadval.

Viloyat nomi Tashkil topgan sanasi Maydoni (ming km2) Aholisi(ming kishi) (01.01.2020)

Xorazm 15.01.1938 6.3 1.810.000

Ushbu jadval O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan[3].

O'zbekiston respublikasi tarkibida Xorazm viloyatining joylashgan geografik o'rni 2-Jadval.

Scientific Journal Impact Factor

O

Xorazm viloyati

iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi asosiy o'rinni egallaydi. Qishloq xo'jaligida mehnat vositasi ham mehnat predmeti ham yer hisoblanadi. Viloyatda jami ekin maydonlarin 232.1 ming gektar

MUHOKAMA VA NATIJALAR

maydonni tashkil etadi.

Viloyatning tuproq-iqlim sharoitlari bir qancha ekinlari qayta ishlash asosida import o'rnini bosadigan va eksportbob maxsulotlar yetishtirish va ishlab chiqarish imkonini beradi. Jumladan, quyida viloyat hududida o'sadigan, yetishtirilayotgan o'simliklar va viloyat hududida o'sishi mumkin bo'lgan tabiiy sharoiti hamda geografik o'rniga mos tushuvchi noyob va dorivor o'simliklarning bazilari haqida ma'lumot berib o'tamiz[1].

Chakanda(chuqur qayta ishlash asosida undan dori darmon maxsulotlari olish, bolalar uchun ovqat, konserva va boshqa maxsulotlar uchun qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin) jiydadoshlar oilasiga mansub daraxtsimon yoki butasimon o'simlik. Dorivor va mevali ekin hisoblanadi. Daryo sohillarida va to'qayzorlarda yovvoyi holda o'sadigan o'simlik hisoblanadi. Xorazm viloyatining hududidan Amudaryoning kesib o'tkanligi hamda, viloyatda ko'plab sug'orish kanallari bo'ylarida va to'qaylarida bunday o'simlikni ko'paytirish imkoniyati mavjud. Geografik tarqalishi jihatidan qulay hisoblanadigan Amudaryo daryosi bo'ylarida joylashgan hududlarda bunday noyob va dorivor o'simliklarni ko'paytirish uchun qulay tabiiy sharoit mavjud.

Grechixa(Grechka ekologik toza mahsulot sanaladi. Gap shundaki, grechkani parvarishlashda hech qanday kimyoviy qo'shimchalar ishlatilmaydi, shu sababli ham donlarida hech qanday zararli moddalar yig'ilmaydi) uning gullaydigan yuqori qismidan tibbiyot amaliyotida qo'llaniladigan rutin(rutin qon tomirlarini mustahkamlashga va aylanishni yaxshilashga yordam berishi mumkin) olish mumkin[4]. Grechka va bug'doy uni aralashmasidan Yaponcha soba va italyancha pissokeri taomlari uchun ugra, makaron olinadi. Tibbiyotda foydalaniladigan

Scientific Journal Impact Factor

0

suyuqliklar ham tayyorlash mumkin. Uning foydali tomonlari juda ko'p bo'lib quyida ular haqida bilib olasiz:

• u vitaminlar, minerallar va aminakislotalarga juda boy bo'lib, uni superfud bo'lishiga sababchidir;

• u kamqonlik va gemoglabinning tushganida juda foydalidir;

• organizmdagi zararli xolesterinni kamaytiradi;

• qon-tomir va asab tizimlarini mustahkamlaydi;

• moddalar almashinuvini yaxshilaydi;

• qon tomirlari kasalliklarida foydali hisoblanadi;

Lemna minor o'simligi juda foydali suv o'ti hisoblanadi. Bu o'simlikdan juda ko'p sohalarda foydalansa bo'ladi. Masalan, bu o'simlikdan sho'r va ifloslangan suv havzalarini biologik tozalash maqsadida xorijiy mamlakatlarda keng foydalaniladi. Uning o'sish tezligi juda yuqori bo'lib, ifloslangan suv havzalarida tez ko'payadi. Uning yordamida tozalangan kollektorlar-drenaj tizimi suvlaridan ekin maydonlarini sug'orishda foydalanish mumkin. O'simlik tarkibi yog', kalsiy, fosfor, magniy, yod, brom, va boshqa qator moddalardan iborat bo'lganligi sababli baliqlar va har xil suvda suzuvchi qushlar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. U yuqori hosildorlikka ega bo'lib bir mavsumda 1 ga maydondan 80 tonnagacha ko'k massa yig'ib olish mumkin. O'simlikdan sizot va tashlanma suvlarini tozalash shuningdek boshqa ko'plab maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, chorva mollari uchun ham to'yimli ozuqa hisoblanadi. Xattoki undan qimmatbaho o'g'it ham olish mumkin. Xalq tabobatida ushbu o'simlikdan dori vositalari tayyorlanib undan ko'plab kasalliklarni davolashda foydalaniladi[4].

Raps fundan dizel yoqilg'isi, moy ishlab chiqarish mumkin, soya va rapsa shrotidan zarur qo'shimcha sifatida foydalangan holda, pechenye, qandolatchilik va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarish mumkin). Undan tashqari bu o'simlikdan juda ko'p narsalar olinadi. Moyi ovqatga, shuningdek, margarin, sovun ishlab chiqarishda, to'qimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kunjarasi chorva uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Raps o'simligi sovuqqa chidamliligi past o'simlik hisoblanadi. Lekin shunga qaramay uning vegetatsiya davri 270 300 kun hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o'simlikni viloyatda ko'paytirish orqali juda katta foyda olsa

Topinambur yemok (Helianthus tuberosus) —murakkab guldoshlarga mansub ko'p yillik o'simlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shimoliy Amerika. Yevropaga 17-asr boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-asrda tarqalgan.

bo'ladi.

Scientific Journal Impact Factor

0

O'zbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining ko'rinishi kungaboqarni eslatadi. Undan farmatsevtika sanoati, sellyuloza qog'oz tarmog'i, spirt va biogaz ishlab chiqarish hamda, boshqa sohalarda foydalaniladi. Topinamburni xalqimiz ernok deb ham ataydi. Amerikalik hindular uni uzoq umr ko'rish vositasi deyishadi. Chunki, uning tanani umumiy quvvatini oshiruvchi xususiyatlari bisyor.

Yernokdan muntazam iste'mol qilib turilsa, a'zolarga tuz yig'ilishi, 2-tur qandli diabet, me'da-ichak xastaliklari, kamqonlik, ateroskleroz, buyrak va siydik yo'llarida tosh hosil bo'lishida, asab kasalliklarining oldini olishda juda qo'l keladi.

Shu yuqorida aytib o'tilgan o'simliklardan juda ko'p sohalarda foydalaniladi. Aytib o'tilgan va ma'lumotlar berilgan o'simliklardan tashqari ham viloyat hududida boshqa ko'plab o'simliklarni uchratish mumkin. Masalan, zira, sedana, va boshqalarni. Bularning barchasidan unumli foydalanish orqali viloyatni shuningdek respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o'z hissasini qo'shadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki viloyatda uchraydigan noyob va dorivor o'simliklarni ko'paytirish va yangi navlarini yaratish orqali juda katta natijalarga erishish mumkin. Viloyatning tabiiy sharoiti geografik o'rni jihatidan qulay bo'lgan hududlarda mahalliy va xorijiy davlatlarda uchraydigan o'sadigan o'simliklardan bu hududlarga olib kelgan holda foydalanilsa juda katta foyda va daromad keltiradi. Shuningdek viloyatda agrar sohaning eksport salohiyati ham yaxshilanadi. Buning natijasida nafaqat Xorazmda balki, butun respublikamizda agrar sohaning rivojiga beqiyos hissa qo'shgan bo'ladi.

REFERENCES

1. "Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi" A.M.Sodiqov. Sh.X.Nazarov. E.T.Yoqubova. D.A.Junaydullayev. X.M.Saidaxmedov. A.J.Adizov. N.N.Safarova. N.B.Qurbanboyeva. R.R.Abdullayev. Sh.X.Otaboyev. B.S.Eshimov. Sh.Qurbonov. Toshkent-2015.

2. Soliyev A., Nazarov M., Qurbonov Sh. "O'zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi" O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti. Toshkent-2010.

3. O'zbekiston respublikasi statistika qo'mitasi ma'lumotlari. 2010-yil.

4. https://uz.approby.com/rutin-qoshimchalarning-foydalari/ internet sayti

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.