Научная статья на тему '“YAXSHI” LEKSEMASINING INSONLARGA XOS SIFATLAR DOIRASIDAGI ASSOTSIATSIYASI'

“YAXSHI” LEKSEMASINING INSONLARGA XOS SIFATLAR DOIRASIDAGI ASSOTSIATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

532
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
assotsiatsiya / lingvistik ong / lingvistik obraz / rag'batlantirish / "yaxshi" / fikrlash / adabiy qatlam / pozitsiya / parallellik / diaxronik tahlil / ijtimoiy qatlam / assotsiativ tajriba / yadro / reaktsiya / association / linguistic consciousness / linguistic image / stimulus / "good" / thinking / literary stratum / position / parallelism / diachronic analysis / social stratum / associative experience / core / reaction

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mehriniso Qodirovna Abuzalova, Maftuna Vahobjon Qizi Nurboyeva

Maqolada ";Yaxshi" leksemasining insoniy fazilatlar boʻyicha assotsiatsiyalari va ushbu assotsiatlarning diaxronik tahlildagi o'ziga xosligi, shuningdek, shu tahlil boʻyicha ijtimoiy doiralar va adabiy qatlam o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSOCIATION OF THE LEXEME "GOOD" IN THE CONTEXT OF HUMAN CHARACTERISTICS

The article examines the associations of the lexeme ";Good" from the point of view of human qualities and the specificity of these products in diachronic analysis, and also provides similarities and differences between the social circle and the literary layer in this analysis

Текст научной работы на тему «“YAXSHI” LEKSEMASINING INSONLARGA XOS SIFATLAR DOIRASIDAGI ASSOTSIATSIYASI»

"YAXSHI" LEKSEMASINING INSONLARGA XOS SIFATLAR DOIRASIDAGI ASSOTSIATSIYASI

Mehriniso Qodirovna Abuzalova

Buxoro davlat universiteti professori

Maftuna Vahobjon qizi Nurboyeva

Buxoro davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada "Yaxshi" leksemasining insoniy fazilatlar bo'yicha assotsiatsiyalari va ushbu assotsiatlarning diaxronik tahlildagi o'ziga xosligi, shuningdek, shu tahlil bo'yicha ijtimoiy doiralar va adabiy qatlam o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: assotsiatsiya, lingvistik ong, lingvistik obraz, rag'batlantirish, "yaxshi", fikrlash, adabiy qatlam, pozitsiya, parallellik, diaxronik tahlil, ijtimoiy qatlam, assotsiativ tajriba, yadro, reaktsiya.

ASSOCIATION OF THE LEXEME "GOOD" IN THE CONTEXT OF

HUMAN CHARACTERISTICS

Mehriniso Qodirovna Abuzalova

Professor of Bukhara State University

Maftuna Vahobjon qizi Nurboyeva

Master of Bukhara State University

ABSTRACT

The article examines the associations of the lexeme "Good" from the point of view of human qualities and the specificity of these products in diachronic analysis, and also provides similarities and differences between the social circle and the literary layer in this analysis.

Keywords: association, linguistic consciousness, linguistic image, stimulus, "good", thinking, literary stratum, position, parallelism, diachronic analysis, social stratum, associative experience, core, reaction.

KIRISH

Insonning tashqi olamni idrok etishi va uni tilda aks ettirishi muammosi tahlilida til egalarining lisoniy ongi, tafakkuri, xotira imkoniyatlari, shuurida jamlangan leksik birliklar zaxirasi va bu zaxiradagi birliklarning ozaro munosabati kabilarni tekshirish muhim orin tutadi. Negaki bu orqali muayyan stimul insonlar ongida qanday lisoniy figuraga ega ekanligi va unga ta'sir qiluvchi ichki/tashqi omillar; tafakkurdagi lisoniy obrazning davriy tadriji va undagi ozgarishlar sababini aniqlash mumkin boladi.

Ma'lumki, tildagi ma'noli birliklar semantikasi, tabiiy ravishda, yondosh ma'nolar (yaqin, zid, o'xshash) orqali ochib beriladi. Masalan, yaxshi leksemasining ma'nosiga yomon leksemasi asosida aniqlik kiritiladi. Bu jarayonda til birligining assotsiativ ma'nosi muhim o'rin tutadi. Leksemaning assotsiativ ma'nosi leksik ma'no kabi soz orqali reallashadi, biroq leksik ma'no leksemada oz ifodasini topsa, assotsiativ ma'no til egalari ongida muayyan leksik birlik bilan bog liq tarzda shakllanadi.[1, 43-45]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shunisi qiziqki, "yaxshi" sifati insonlar tafakkurida umumiy figuraga ega emas. Aytaylik, muayyan kishi ongida "yaxshi" leksemasiga javob boluvchi sifatlar boshqa kishiniki bilan aynan mos tushishi kam uchraydi. Hatto vaqtlar silsilasi ham "yaxshi" atrofida yigiluvchi assotsiatlar tuzilishi va tarkibiga sezilarli ta' sir qilishi mumkin. Maqolamizda aynan shu soz va uning turli davr va kishilar ongidagi oziga xosliklarini omma tafakkuri va adabiy qatlam doirasida tahlil qilishga kirishdik. Avvalo, bunday tahlil yo'sini uchun turtki bo'lgan asar - Fridrix Nitsshening "On the Geneology of Morals A Polemical tract" ("Axloqning kelib chiqishi") kitobini eslatib otmoq joiz. Mazkur asarda axloqiy sifat nomlari, shu jumladan, "yaxshi", "yomon" sifatlarining kelib chiqishi, ularning turli kishilar jamiyatlarida qanday ahamiyat kasb etishi kabi mantiqan asosli ma'lumotlar berilgan. Unga ko'ra, "yaxshi" va "yomon" insonlar haqidagi hukmlar jamlanganda "yaxshi" - doimo foydali bo lib kelgan tushunchalarni o z ichiga oladi. Ammo bu barcha xalqlar qarashida bir xil emas, masalan, lotin tilida "bonus" (yaxshi) so'zi o'ziga hamisha jangchilik, jangarilikka oid assotsiatsiyalarni chaqirgan, ya'ni qadimgi Rimda jangchilik, urishuvchanlik insonning "yaxshilik"larini tashkil qiluvchi jihat hisoblangan. Bizning olmoncha sozimiz "Gut" (yaxshi) ham mohiyatan Göttlichen ["Xudoga o xshash odam"] sozidan kelib chiqmaganmi? Ya'ni Xudoning sifatlariga ega, aslzoda, oliyjanob kabi

xususiyat "yaxshi" leksemasi atrofida birlashishi "gut"ning Xudo nomiga aloqador ekanligini anglatmaydimi?.."[2,14-19]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Guvohi bo lganimizdek, asarda muayyan so z assotsiatsiyalari orqali uning etimologiyasi tomon siljish va shunga oid juda qiziq ma'lumotlar berilgan. Kitobdagi barcha ma'lumotlar ilmiy asoslangan emasdir, ammo tahlillar mantiqan kuchli bayon qilingan.

Shu orinda savol tug'ilishi tabiiy: xo'sh, bizda "yaxshi" leksemasi insonga xos sifatlardan qaysilariga etalon bola olgan, insonlar tafakkurida qaysi jihatlar "yaxshi" degan e'tirofga ega? Buni ijtimoiy tajriba va adabiy qatlam misolida aniqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shu asosda o tkazilgan kichik tajribamizdan olingan assotsiatlar bilan tanishamiz: sabr(7), odob(6), shirinso^z(6), bilimli(6), mehribon(6), soglomlik(6), xotirjamlik(6), hammaga yordam beradigan(5), o^zgalar dardini o^zinikidek his qiladigan(5), aqlli(5), farosatli(5), kamtar(5), samimiy(5), xushmuomala(5), kirishimli(4), jiddiy(4), kamgap(4), bir so^zli(4), yaxshi odam ham, yomon odam yo^q(4), sadoqatli(3), quvnoq(3), ishonchli(3), irodali(2), go^zal(2), kechikmaydigan(2), birovga yomonlik qilmaydigan, hasad emas, havas qiadigan, mustaqil, g^iybat qilmaydigan, kitobxon, savodli, dunyoqarashi keng, o^qituvchim, ota-onam, bolajon(sifat.), mehmondo^st, xokisor, tolerant, alturist, ziyoli, mehnatkash, beminnat, bag^rikeng, patsifist...

Ko'rinib turibdiki, insonga xos yaxshi sifatlar kop bo'lsa-da, bir-biriga juda yaqin. Tajribadan olingan kop adadi so'zlar "yaxshi" stimuli yadrosining atrofida joylashadigan umumiy assotsiatsiyalar hisoblansa, takror qollanilmaganlari esa (g4ybat qilmaydigan, kechikmaydigan, tolerant, alturist vhk.) assotsiativ maydonning chegara qismidan orin oluvchi individual assotsiatsiyalardir.

Yuqoridagi barcha birliklarni insonga xos bo lgan zarur sifatlar talqinida hayotiy zaruriyat belgisi asosidagi assotsiatsiyalar deyish mumkin. Tajriba 37 ta so'z shaklidagi, 6 ta so'z birikmasi, 4 ta gap shaklidagi assotsiatsiyalardan iborat bo'ldi.

Kishilik jamiyati ongidagi assotsiatsiyalar bo'yicha tasavvurga ega boldik. Endi esa shu tadqiq predmeti asosida adabiy qatlam tafakkuriga ham murojaat qilamiz. Dastavval eski ozbek tili fidoiysi, hazrat Navoiy ijodida "yaxshi" sifati qanday insonlarni qamraganligiga e'tibor qaratamiz:

Ey Navoiy, ma'siyat uzrida o'lsang yaxshiroq, Zuhd ujbidan mukaddar bolgucha lavhi zamir.

***

Dedim: yaxshiroq boda ul zuhddin

Ki, qilg' ay kishi shuhrat-u ot uchun.

***

Tangridin qorqmay ulkim, qaribon boda ichar,

Yaxshiroqdir bu musulmonliqdan tarsoliq.

***

Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq,

Pok xotinlar oyogining izi.

***

Tavoze' yaxshi, ammo yaxshiroqdir,

Agar da'b etsa ani ahli davlat.

***

Gadolig' yaxshiroq ahli fanodin

Ki, olam ichra qilsang podsholig'

***

Mast mug' dayri riyoyi xilvatimdin yaxshiroq, Yoshirun isyoni zohir toatimdin yaxshiroq...

Shoir dastlabki baytda zuhd(toat) kibri bilan kongling zang bosgandan kora, gunoh tavbasi bilan yurgan yaxshiroq ekanligini aytsa; keyingilarida shuhrat, nom qozonish uchun toat-ibodat qiladigan bolsang, undan kora boda ichganing yaxshi, musulmon bolaturib, Allohdan qorqmay boda ichar, bunday mominlikdan kora tarso(xristian) bo'lgan yaxshi; yuz minglab nopok erlardan pok ayollar oyog'ining izi ham ustundir, yaxshidir; tavoze' juda yaxshi, ammo uni koproq davlatmandlar odat qilsalar, yanada yaxshi; fano olamida podsholik qilgandan kora gado bolgan yaxshi; xristian mastligi xilvatimdagi riyodan, odamlar oldida qiladigan toatimdan yaxshiroq.. .ekanligini ifodalaydi.

Anglash mumkinki, hazrat Navoiy tafakkuri "yaxshi"(inson) stimulida tavozeli, samimiy shaxsni gavdalantirib, u kibr, ikkiyuzlamachilik, dinda riyo qilish, nopoklik kabilarning "yaxshi" belgisiga antonim tarzida ifodalaydi. Har bir so z o'zining zidi bilan "yuradi", biror so'z bilan inson ongiga ta'sir qilinsa, javob reaksiyasi sifatida o'sha stimulning antonimlari assotsiatsiyalashadi. Navoiy ham "yaxshi" stimuliga uning antonim birliklarini nisbatlab, stimulning mazmunini yanada chuqurroq anglatishga intilgan.

Erkin Vohidov ijodiga e'tibor qaratamiz:

Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg' on yomon. Ul shirin yolg' onga mendek Aldanib qolg' on yomon. Umrimiz aldoq jahonda Aldanib o'tgay va lek So'nggi qiynalg'on yomondir, So'nggi qiynalg'on yomon. Aytgali achchiq azobing Bo' lsa dildosh yaxshidir, So'z demay o'tli alamni Joningga solg' on yomon. Jong' a solg' on ham na sozdir, Elga so'ylab men kabi Shoiri devonayi ishq Nomini olg' on yomon. Gar qilich kelsa boshingga, Qo'rqma, Erkin, rostni ayt, Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg'on yomon...

Shoir she'rda haqiqat, doim haqiqatni gapiradigan, rostgo'y insonlarni, dildoshlikka mos kishilarni "yaxshi" etaloniga munosib hisoblaydi va qiyos uchun mazkur stimulning zid so'zlari bilan fikrini yanada oydinlashtiradi.

Muhammad Yusuf she'rida esa butunlay ozgacha holat: avval stimul so'zning zid shaklini, so'ngra "yaxshi" sifatiga sazovor shaxs/predmet/holatni ifodalaydi:

Ey do'stlarim,bu dunyoda Ortda qolgan iz yaxshi, Bulbuli yo'q bahordan Qumri to'la kuz yaxshi. Minnat to'la halvodan Ayvondagi muz yaxshi, O'pich ko'rgan paridan Sepkil toshgan yuz yaxshi, Ichmasang ham qimiz zo'r, Quchmasang ham qiz yaxshi.

Ey do'stlarim,dunyoda Ortda qolgon yod yaxshi, To'qligingda yo'qlagan Qarindoshdan yot yaxshi, O'nta nomard do'stingdan Bitta cho'loq ot yaxshi.

Olisdagi oltindan Quchoqdagi gard yaxshi,

Vafosi yo'q xotindan Davosi yo'q dard yaxshi, G'alamis bergan g'aznadan Burda arpa non yaxshi, Qirqta chala mulladan Bitta musulmon yaxshi. Matnda antonim sozlar ozaro parallel holatda qollanilib: bulbuli yo^q bahordan - qumri tola kuz; minnat tola havodan - ayvondagi muz; o^pich ko^rgan paridan - sepkil toshgan yuz; to^qligingda yo^qlagan qarindoshdan - yot(begona); o^nta nomard do^stingdan - bitta choloq ot; olisdagi oltindan - quchoqdagi gard; vafosi yo^q xotindan - davosi yo^q dard; g^alamis bergan g^aznadan - burda arpa non; qirqta chala mullodan - bitta musulmon yaxshi/afzal ekanligi ifodalanadi, ya'ni muallif oz tafakkurida "yaxshi" belgisiga xos hamma narsani yig ma shaklda, qiyosiy tarzda ochiqlab beradi.

Mahmud Toir ijodida ham xuddi shu shakldagi she'rga duch keldik:

Tilab olgan hurmatdan Gado topgan non yaxshi, Sotqin korgan izzatdan Chiqib ketgan jon yaxshi. Yuz yil yig' lab yurgandan

Saodatli on yaxshi, Ey do'st, mendan so'rmagin Kim yomon-u kim yaxshi, Bom-bosh tilla kozadan Mayga to'lgan xum yaxshi.

Chumolining jonidan,

Qumursqaning qonidan, Qarg' aning qumg' onidan, Hatto itning shonidan, Tamatalab kaslardan Bir chimdim rayhon yaxshi. Ey do'st, mendan so'rmagin -Alifmi yo Nun yaxshi, Kunduz quldek yurgandan Ozod yurgan tun yaxshi.

Burda nonni tutolsang, Fikrin qilib yashasang, Qultum suvni yutolsang, Shukrin qilib yashasang, Bir odamdek yashashga Haq bergan imkon yaxshi. Yaxshilar ko'p dunyoda, Demasman hech "men yaxshi". Yaxshiliklar yarashgan Do'sti aziz, sen yaxshi.

She'r matnida tilab olgan hurmatdan - gado topgan non; sotqin ko^rgan izzatdan - chiqib ketgan jon; yuzyiglab yurish(rutubatli uzoq umr ma'nosida)dan -saodatli on; bo^m-bosh tilla ko^zadan - mayga tolgan xum; chumolinin joni, qumursqaning qoni, qarg^aning qumg^oni, itning shonidan - bir chimdim rayhon; tamatalab kaslar, kunduz quldek yurishdan - ozod yurgan tun kabi qarama-qarshi birliklar "yaxshi" belgisining pozitsiyasini yorqinroq namoyish qilish uchun o'zaro taqqos qilib keltirilgan; she'r so'ngida esa stimul so'zning yaxlit o'zini holatlar misolida namoyon qilgan assotsiatlar qatori keltiriladi: burda nonni tutolsang, fikrin qilib yashasang, qultum suvni yutolsang, shukrin qilib yashasang, odamdek yashashga Haq bergan imkon yaxshi.. tarzida.

XULOSA

Maqola maqsadi "yaxshi" belgi-stimuliga xalq va adabiy qatlamning umumiy takakkur bahosini aniqlash edi. Aytish mumkinki, "yaxshi" stimulining xalqimiz ongidagi formasi katta evrilishlarga uchramagan. Ya'ni kichik tahlilimizdan

anglaganlarimiz: XV asrda ham mazkur stimul orqali kamtar, samimiy, iymonli insonlar tushunilgan bolsa, yaqin yillardagi adabiy qatlam doirasida ham shu kabi tushunchani - mazmuniy uyg unlikni ko rishimiz mumkin. Aslida leksikaning diaxron tahlilida ma'no torayishi/kengayishi holati kop uchraydi. Ammo "yaxshi" sifatida jiddiy o zgarish kuzatilmadi. Shunga qaramay, ijtimoiy qatlam doirasida olingan tajribada insonga nisbatan bu sifatlarning berilishi o'rinsiz, qabilidagi assotsiatlar ham oldik("yaxshi yoki yomon odam bo'lmaydi"(4)). Demak, keyingi ijtimoiy hayotda (tajriba otkazilgan doira - 20-25 yoshlar atrofida edi) mazkur sifatning shaxsga nisbati, ya'ni assotsiatsiya doirasi ozgarmoqda. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin: psixologiyada insonlarga umumiy shaxs sifatida qaralib, uning xossalari, tiplari, temperamentlari tahlil qilinadi-yu, hech biriga "yaxshi" yoki "yomon" sifati tamgalanmaydi.

Hozirgi kunning tafakkur va mutolaa jarayonida badiiyat yoki teologik asarlar qisman cheklanib, psixologik-motivatsion, siyosiy-iqtisodiy kitoblar nashri va mutolaasi sezilarli ko'paygani ham yuqoridagi assotsiatsiyalarning hosil qilinishiga turtki bolgan, deyishimiz mumkin. Aytmoqchimizki, "yaxshi" stimulining insonga nisbatan qollanish tarzi bundan keyingi davr uchun ozgarish ostonasida turibdi.

REFERENCES

1. Лутфуллаева Д.Э. Ассоциатив тилшунослик назарияси. - Тошкент: Мерос., 2017. -139 б.

2. Fridrix Nitsshe. "On the Geneology of Morals A Polemical tract". Richer Resources Publications. Woodrow Street Arlington, Virginia. 1926. 14-19-p.

3. Узбек тилининг изошли луFати. 5 жилдли.- Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2000-2006.

4. Навоий асарлари изошли луFати. 4 жилдли. - Тошкент: "Фан", 1985.

5. Эркин Вохидов. Сайланма. - Тошкент: "Шарк", 2018.

6. Мухаммад Юсуф. Сайланма. - Тошкент: "Шарк", 2016.

7. Махмуд Тоир. Танланган асарлар. 2-жилд. - Тошкент: "Укитувчи", 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.