Научная статья на тему 'ONA TILI TA’LIMIDA ASSOTSIATSIYA VA KOGNITIV-PRAGMATIK YONDASHUVNING O`RNI'

ONA TILI TA’LIMIDA ASSOTSIATSIYA VA KOGNITIV-PRAGMATIK YONDASHUVNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
421
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
assotsiatsiya / kognitiv-pragmatik yondashuv / lingvistik ong / lingvistik obraz / rag'batlantirish / "yaxshi" / fikrlash / adabiy qatlam / pozitsiya / parallellik / diaxronik tahlil / ijtimoiy qatlam / assotsiativ tajriba / yadro / reaksiya. / association / cognitive-pragmatic approach / linguistic consciousness / linguistic image / motivation / "good" / thinking / literary layer / position / parallelism / diachronic analysis / social layer / associative experience / core / reaction.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shohida Yusufovna Yoqubova, Maftuna Vahobjon Qizi Nurboyeva

Maqolada "Yaxshi" leksemasining insoniy fazilatlar boʻyicha assotsiatsiyalari va ushbu assotsiatlarning diaxronik tahlildagi o'ziga xosligi, shuningdek, ona tili ta’limida kognitiv-pragmatik yondashuvning o`rni va o`quvchining tafakkur ko`lamini kengaytirishdagi hissasi tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ASSOCIATION AND COGNITIVE-PRAGMATIC APPROACH IN NATIVE LANGUAGE EDUCATION

The article examines the associations of the lexeme ";Good" on human qualities and the specificity of these associations in diachronic analysis, as well as the role of cognitive-pragmatic approach in mother tongue education and the contribution of expanding the scope of student thinking.

Текст научной работы на тему «ONA TILI TA’LIMIDA ASSOTSIATSIYA VA KOGNITIV-PRAGMATIK YONDASHUVNING O`RNI»

ONA TILI TA'LIMIDA ASSOTSIATSIYA VA KOGNITIV-PRAGMATIK

YONDASHUVNING ORNI

Shohida Yusufovna Yoqubova Maftuna Vahobjon qizi Nurboyeva

Lingvistika (o^ zbek tili) mutaxassisligi Lingvistika (o'zbek tili) mutaxassisligi II bosqich magistranti II bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada "Yaxshi" leksemasining insoniy fazilatlar bo'yicha assotsiatsiyalari va ushbu assotsiatlarning diaxronik tahlildagi o'ziga xosligi, shuningdek, ona tili ta'limida kognitiv-pragmatik yondashuvning o'rni va o'quvchining tafakkur koTamini kengaytirishdagi hissasi tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: assotsiatsiya, kognitiv-pragmatik yondashuv, lingvistik ong, lingvistik obraz, rag'batlantirish, "yaxshi", fikrlash, adabiy qatlam, pozitsiya, parallellik, diaxronik tahlil, ijtimoiy qatlam, assotsiativ tajriba, yadro, reaksiya.

THE ROLE OF ASSOCIATION AND COGNITIVE-PRAGMATIC APPROACH

IN NATIVE LANGUAGE EDUCATION

Shohida Yusufovna Yokubova Maftuna Vahobjon kizi Nurboeva

Master degree of Linguistics (Uzbek Master degree of Linguistics (Uzbek

language) language)

ABSTRACT

The article examines the associations of the lexeme "Good" on human qualities and the specificity of these associations in diachronic analysis, as well as the role of cognitive-pragmatic approach in mother tongue education and the contribution of expanding the scope of student thinking.

Keywords: association, cognitive-pragmatic approach, linguistic consciousness, linguistic image, motivation, "good", thinking, literary layer, position, parallelism, diachronic analysis, social layer, associative experience, core, reaction.

KIRISH

Ma'lumki, tildagi ma'noli birliklar semantikasi, tabiiy ravishda, yondosh ma'nolar (yaqin, zid, o'xshash) orqali ochib beriladi. Masalan, yaxshi leksemasining ma'nosiga yomon leksemasi asosida aniqlik kiritiladi. Bu jarayonda til birligining assotsiativ ma'nosi muhim o'rin tutadi. Leksemaning assotsiativ ma'nosi leksik ma'no kabi so'z orqali reallashadi, biroq leksik ma'no leksemada oz ifodasini topsa,

assotsiativ ma'no til egalari ongida muayyan leksik birlik bilan bogTiq tarzda shakllanadi.[I,35]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shu o'rinda savol tug ilishi tabiiy: xo'sh, bizda "yaxshi" leksemasi insonga xos sifatlardan qaysilariga etalon bo'la olgan, insonlar tafakkurida qaysi jihatlar "yaxshi" degan e'tirofga ega? Buni ijtimoiy tajriba va adabiy qatlam misolida aniqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shu asosda o'tkazilgan kichik tajribamizdan olingan assotsiatlar bilan tanishamiz: sabr(7), odob(6), shirinso^z(6), bilimli(6), mehribon(6), soglomlik(6), xotirjamlik(6), hammaga yordam beradigan(5), o^zgalar dardini o^zinikidek his qiladigan(5), aqlli(5), farosatli(5), kamtar(5), samimiy(5), xushmuomala(5), kirishimli(4), jiddiy(4), kamgap(4), bir so^zli(4), yaxshi odam ham, yomon odam yo^q(4), sadoqatli(3), quvnoq(3), ishonchli(3), irodali(2), go^zal(2), kechikmaydigan(2), birovga yomonlik qilmaydigan, hasad emas, havas qiadigan, mustaqil, glybat qilmaydigan, kitobxon, savodli, dunyoqarashi keng, o^qituvchim, ota-onam, bolajon(sifat.), mehmondo^st, xokisor, tolerant, alturist, ziyoli, mehnatkash, beminnat, bag^rikeng, patsifist...

Ko'rinib turibdiki, insonga xos yaxshi sifatlar ko'p bolsa-da, bir-biriga juda yaqin. Tajribadan olingan ko'p adadi so'zlar "yaxshi" stimuli yadrosining atrofida joylashadigan umumiy assotsiatsiyalar hisoblansa, takror qollanilmaganlari esa (glybat qilmaydigan, kechikmaydigan, tolerant, alturist vhk.) assotsiativ maydonning chegara qismidan o'rin oluvchi individual assotsiatsiyalardir.

Yuqoridagi barcha birliklarni insonga xos bolgan zarur sifatlar talqinida hayotiy zaruriyat belgisi asosidagi assotsiatsiyalar deyish mumkin. Tajriba 37 ta so'z shaklidagi, 6 ta so'z birikmasi, 4 ta gap shaklidagi assotsiatsiyalardan iborat bo'ldi.

Kishilik jamiyati ongidagi assotsiatsiyalar bo'yicha tasavvurga ega boTdik. Endi esa shu tadqiq predmeti asosida adabiy qatlam tafakkuriga ham murojaat qilamiz: Muhammad Yusuf she'rida avval stimul so'zning zid shaklini, so'ngra "yaxshi" sifatiga sazovor shaxs/predmet/holatni ifodalab kelganiga guvoh bo'ldik:

Ey do'stlarim,bu dunyoda Ortda qolgan iz yaxshi, Bulbuli yo'q bahordan Qumri to'la kuz yaxshi. Minnat to'la halvodan Ayvondagi muz yaxshi, O'pich ko'rgan paridan Sepkil toshgan yuz yaxshi, Ichmasang ham qimiz zo'r,

Quchmasang ham qiz yaxshi. Ey do'stlarim,dunyoda Ortda qolgon yod yaxshi, To'qligingda yo'qlagan Qaгindoshdan yot yaxshi, O'nta nomaгd do'stingdan Bitta cho'loq ot yaxshi.

Olisdagi oltindan Quchoqdagi garó yaxshi,

Vafosi yo'q xotindan Davosi yo'q dará yaxshi, G'alamis beгgan g'aznadan Buráa aгpa non yaxshi, Qiгqta chala mulladan Bitta musulmon yaxshi.

Matnda antonim so'zto o'zara paгallel holatda qo'llanilib: bulbuliyo^q bahordan - qumri tola kuz; minnat tola havodan - ayvondagi muz; o^pich ko^rgan paridan -sepkil toshgan yuz; to^qligingda yo^qlagan qarindoshdan - yot(begona); o^nta nomard do^stingdan - bitta choloq ot; olisdagi oltindan - quchoqdagi gard; vafosi yo^q xotindan - davosi yo^q dard; g^alamis bergan g^aznadan - burda arpa non; qirqta chala mullodan - bitta musulmon yaxshi/afzal ekanligi ifodalanadi, ya'ni muallif oz tafakkurida "yaxshi" belgisiga xos hamma nareani yig'ma shaklda, qiyosiy tareda ochiqlab beradi.

MUHOKAMA

Inson tafakkurida "yaxshi" stimuli yadrasining atrafida bunday ko'p assotsiatsiyato hosil bo'lishida ta'limning o'mi beqiyosdir Zero ta'limning maqsadi aynan "Ta'lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikriash, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyati, so'zlovchi maqsadi va tinglovchi saviyasiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllaráa to'g'ri, гavon va lo'nda ifodalash, o'zgalaг fikrini to'g'гi anglash ko'nikmalarini shakllantiгish"diг. Bunda eng katta yoгdamchi, albatta, maktabda o'tiladigan ona tili daMand^. Ona tili ta'limi mazmunini kognitiv-pгagmatik usulda yangilash ijodiy tafakkrn- sohibini taгbiyalashda muhim qadam bo'lib hisoblanadi. Shu o'rinda kognitivpragmatik usul haqida qisqacha to'xtalib o'tsak.

NATIJA

Kognitiv-pragmatik (induktiv) usul deganda kuzatish-u tahlildan qonuniyatga, xususiylikdan umumiylikka qaгab intilish - bilim hosil qilish usuli tushuniladi. Bu

yo'nalish ta'lim oluvchiga o'rganish jarayonining boshqaruvchisi, tashkilotchisi sifatida yondashadi. Shuning uchun ta'lim jarayonida izlanishlarni, asosan, ta'lim oluvchi bajaradi. Darsliklar mazmunini kognitiv-pragmatik usulda yangilash esa ona tili darsliklarida mashqlarni bajarish orqali o'quvchilarning o'zi qoidani keltirib chiqarishlari nazarda tutadi.

XULOSA

Tilimizdagi har bir so'zning mazmunini to'liq anglab, ulardan kerakli o'rinlarda to'g'ri foydalana olish ko'nikmasini rivojlantirish uchun o'quvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash sifatlarini shakllantirish lozim. Bunda ona tili darsliklarida beriladigan mashqlar muhim o'rin egallaydi. Yuqorida keltirilgan "yaxshi" so'zining qanday o'rinlarda qo'llanishi, qanday ma'nolarni anglatishi haqida 3-sinf o'quvchilarida tushuncha hosil qilish lozim deb hisoblasak, qanday mashqlar tizimidan foydalanish samarador bo'lib hisoblanardi? Agar biz o'quvchilardan "yaxshi" so'zi insonga xos qanday belgilarni ifodalashi haqida so'rasak, o'quvchilardan (3-sinf o'quvchilaridan) odobli, aqlli, dono, mehnatkash kabi javoblarni olgan bo'lar edik. O'quvchi tafakkurida "yaxshi" stimuli yadrosining atrofida joylashadigan assotsiatsiyalar sonini oshirish uchun quyidagi mashqlar ketma-ketligidan foydalanish o'rinli deb hisoblaymiz.

1. Matnni o'qing. Yaxshi so'zini qanday sifatlar bilan almashtirish mumkinligini ayting.

Qishlog 'imiz chekkasida Jannat buvi yashaydilar. Bolalar u kishining hovlilari oldida o 'ynab, qanchalik shovqin solishmasin hech ham urishmaydilar. Shuning uchun ham biz u kishini Yaxshi buvi deb chaqiramiz. Yana Farida xola ham juda yaxshi ayol. Udoim bizga bog'idagi mevalardan uzib beradi. Farida xolaning o 'g'illari Azizni esa boshqalarga yordam bergani uchun qo 'shnilar "yaxshi bola " deyishadi. Shuningdek, bizning ustozimiz Shaxnoza opa ham yaxshi inson. Yaxshi hikoya yozganim uchun meni butun sinf oldida maqtadilar.

Bu mashq orqali o'quvchi ongida "yaxshi" stimuli yadrosi atrofida saxiy, shirinso'z, mehnatkash, mehribon, mazmunli kabi assotsiatsiyalari hosil bo'ladi. Shundan so'ng qisman ijodiy mashqlardan foydalanish mumkin bo'ladi.

2."Yaxshi" sifatiga mos otlar topib yozing.

Yaxshi inson, yaxshi it, yaxshi kitob kabi birikmalar tuzadilar va ularni izohlab beradilar

3. Quyida berilgan birikmalarda "yaxshi" so'zi qanday ma'nolarda qo'llanilayotganini tushuntiring. Birikmalar qatorini davom ettiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Yaxshi shifokor, yaxshi ertak, yaxshi uy, yaxshi qo 'shni,..

Bunday turdagi qisman ijodiy mashqlar o'quvchi tafakkurini rivojlantirib, o'rganilgan bilimlarni yangi sharoitda qo'llash ko'nikmasini shakllantiradi.

REFERENCES

2. Лутфуллаева Д.Э. Ассоциатив тилшунослик назарияси. - Тошкент: Мерос., 2017. -139 б.

3. Fridrix Nitsshe. "On the Geneology of Morals A Polemical tract". Richer Resources Publications. Woodrow Street Arlington, Virginia. 1926. 14-19-p.

4. Узбек тилининг изохли лугати. 5 жилдли.- Тошкент: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2000-2006.

5. Мухаммад Юсуф. Сайланма. - Тошкент: "Шарк", 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.