Научная статья на тему 'YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR'

YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yashil iqtisodiyot / yashil hudud / yashil turizm / globallashuv davri / tabiiy resurslar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bekmurodova Xurshida Alisher Qizi

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi yashil iqtisodiyotga o’tish, yashil hudud, yashil turizmni tashkil etish va undagi kamchiliklarni o’rganishdir. Oldingi vaqtlarda tabiat havosi bugungi kundagiga nisbatan ancha toza va musaffo bo’lgan. Keyingi globallashuv davriga kelib esa bunday resurslar noyob ahamiyat kasb etib bormoqda. Shuning uchun ham O’zbekistonning yashili qtisodiyotga o’tishi va bu jarayonda yuzaga keladigan qator muammolar hamda ularning yechimlarini topish muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR»

YASHIL IQTISODIYOTGA O'TISHDA MAMLAKATIMIZDA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR Bekmurodova Xurshida Alisher qizi

Termiz davlat universiteti, iqtisodiyot va turizm fakulteti Turizm yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11002470

Annotatsiya. Ushbu maqolaning asosiy maqsadiyashil iqtisodiyotga o'tish, yashil hudud, yashil turizmni tashkil etish va undagi kamchiliklarni o'rganishdir. Oldingi vaqtlarda tabiat havosi bugungi kundagiga nisbatan ancha toza va musaffo bo'lgan. Keyingi globallashuv davriga kelib esa bunday resurslar noyob ahamiyat kasb etib bormoqda. Shuning uchun ham O'zbekistonning yashili qtisodiyotga o'tishi va bu jarayonda yuzaga keladigan qator muammolar hamda ularning yechimlarini topish muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: yashil iqtisodiyot, yashil hudud, yashil turizm, globallashuv davri, tabiiy resurslar.

ПЕРЕХОД УЗБЕКИСТАНА К ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКЕ, ПРОБЛЕМЫ

И РЕШЕНИЯ

Аннотация. Основная цель этой статьи-изучение перехода к зеленой экономике, зеленой зоне, организации зеленого туризма и его недостатков. Раньше воздух природы был намного чище и чище, чем сегодня. А к следующему периоду глобализации такие ресурсы приобретают уникальное значение. Поэтому переход Узбекистана к зеленой экономике и ряд проблем, возникающих в этом процессе, а также их решения имеют важное значение.

Ключевые слова: зеленая экономика, зеленая зона, зеленый туризм, эпоха глобализации, природные ресурсы

UZBEKISTAN'S TRANSITION TO A GREEN ECONOMY, PROBLEMS

AND SOLUTIONS

Annotation. The main purpose of this article is the transition to a green economy, the organization of the green zone, Green Tourism and the study of the shortcomings in it. In previous times, the air of nature was much cleaner and cleaner than it is today. And by the next era of globalization, such resources are gaining unique importance. Therefore, the transition of Uzbekistan to the green economy and the development of a number ofproblems and their solutions are important.

Keywords: green economy, green territory, green tourism, globalization period, Natural Resources.

Yashil iqtisodiyotga o'tish- bu tabiiy resurslarni noyob qiymatga ega deb hisoblash hamda atrof-muhitga yetkaziladigan zararlarning oldini olishdir. Bugungi kunda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarining asosiy muammosi tabiiy resurslardan unumli foydalanishdir. Tabiatga zararni kamaytirish va uni kelajak avlod uchun asrab-avaylash eng muhim vazifalardan biri

hisoblanadi. O'tmishda odamlarning tabiatga ta'siri deyarli sezilmasdi. Shuning uchun ham tabiat o'zini o'zi qayta tiklay olar edi. Ammo bugungi kunga kelib insoniyat atrof-muhitga shunchalik salbiy ta'sir ko'rsatmoqdaki, sayyoramiz kundan-kunga ifloslanib bormoqda. Cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida odamlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish, tabiatga zararli ta'sirni kamaytirish iqtisodiyotning bosh masalasi hisoblanadi. Dunyoning ko'pchilik davlatlari qatorida O'zbekiston ham tabiatni asrash borasida, yashil iqtisodiyotga o'tishda ko'plab chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, aynan mustaqillik davridan boshlab qonun va loyihalar ishlab chiqish imkoniyati vujudga keldi.

Jumladan, sug'orishni rivojlantirishning 2000-2005-yillarga mo'ljallangan Milliy Dasturi, 2008-2012-yillarga mo'ljallangan tabiatni muhofaza qilish dasturi, 2000-2010-yillarga mo'ljallangan qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash davlat dasturi hamda farovonlikni oshirish strategiyasi kabi qonun loyihalari amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 24-fevral kuni "O'zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. 1 Ya'ni bunda suv tanqisligi sharoitida ekinlarni ko'llatib sug'orish va suvni zovurga tashlab qo'yishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholash belgilab qo'yilgan. 2021-yil 1-iyulga qadar suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimi bosqichma-bosqich ishga tushirilishi belgilandi. Ayniqsa toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi past bo'lgan hududlar suv sig'imi 8-25 tonna bo'lgan og'ir suv-yuk mashinalari bilan ta'minladi. Ular bitta tizimga ulangan turli serverlar tomonidan boshqariladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to'lovlar tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarorida atrof-muhitni ifloslaganlik uchun tovonlarni yig'ib olish taqsimlash vakolatiga tegishli tartib-qoidalar o'zgartirildi hamda ifloslash va chiqindilarni tasarruf etish uchun tovonni 1.3 omilida indeksiya qilish belgilandi.2 Umuman olganda, yashil iqtisodiyotga o'tish, yashil makonni saqlab qolish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish ekologik turizm rivoji bilan bevosita bog'liq. Ekologik turizmning asosiy maqsadi tabiatni asrash, yetkazilayotgan zararni kamaytirishdir. Ekoturizm-bu tabiatni muhofaza qilishga yordam beradigan va mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladigan mas'uliyatli safardir. Atrof-muhitni muhoza qilish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalish ekomadaniyatimizdan dalolat beradi. Agar o'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak, sobiq sovet ittifoqi davrida suv manbalaridan rejasiz, tejamkorliksiz foydalanilganlikning guvohi bo'lamiz. O'zbekistonning eng yirik daryolari bo'lgan Amudaryo va Sirdaryo suvlari yangi yerlarni o'zlashtirishga sarflanib, Orol dengiziga kam miqdorda quyilishi oqibatida ushbu tabiat durdonasi hozirgi kunda cho'lga aylanib qoldi. 1946-yil 5-fevralda SSSR hukumatining "1946-1953- yillarda O'zbekistonda paxtachlikni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Bu qaror asosan O'zbekistonda paxta monokulturasi uzil-kesil o'rnatilishini anglatardi. Ekin uchun yaroqli yerlarning barchasi paxta ekini uchun bo'shatildi. Bir so'z bilan aytganda, vatanimiz iqtisodiyotiga bir yoqlama baho berib kelingan. Orol dengizining qurib borishi Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo'shni davlatlar ekologiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Orolbo'yi mintaqasida vujudga kelgan vaziyat tufayli

1 https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda yangi/suv xo'jaligini_rivojlantirish_strategiyasi_tasdiqlandi.(o'zbekiston respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning2021-2023 y mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida

2 https://lex.uz

turli xil kasalliklar ko'paydi. Yosh bolalar o'limi hamda majruh tug'ilgan chaqaloqlar soni ortib bordi. Ayollarning 60%i kamqonlik kasalligiga chalingan edi. Qorin tifi kasalligi 30 marta, yuqumli sariq kasalligi 7 marta ortdi. Bundan tashqari saraton (rak) kasalligi ko'payib ketdi. Orol cho'li XX asr oxirida vujudga kelgan eng yosh cho'ldir.3 Hozirgi kunda u to'laligicha qurib bitgan. Uning zararini kamaytirish maqsadida ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, issiqqa hamda sho'rga chidamli o'simliklar, masalan, shuvoq, saksovul kabilarni ekish texnologiyasi yo'lga qo'yilgan.

"Markaziy Osiyoning hududi bo'ylab sug'orish tizimlarini jadal sur'atda qurish ko'plab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko'lamdagi fojea- Orol halok bo'lishining sababiga ham aylandi. Yaqin-yaqinlargacha cho'l-u sahrolardan tortib olingan va sug'orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so'zlanardi. Ayni chog'da ana shu suv Oroldan "tortib olinganligi va uni jonsizlantirib qo'yilganligi" xayolga ham kelmasdi. Endilikda Orolbo'yi ekologik kulfat hududiga aylandi".4

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining Yashil iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. 2022-2026- yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O'zbekistonning "Yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasi doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va barcha tarmoqlarda resurslarni tejashni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi ishlar belgilangan:

1. Issiqxona gazlarining YalM birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35% ga qisqartirish;

2. Sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20% ga oshirish;

3. Yiliga 200 mln ko'chat ekish va ularning umumiy sonini 1 mlrd dan oshirish orqali shahardagi yashil maydonlarni 30% dan ortiqqa ko'paytirish;

4. 2023-yil 1-iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta'sirni cheklash bo'yicha qo'yilayotgan talablar asosida "Yashil sertifikat" tizimi joriy etiladi.

5. 2024-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan quvvati 1MVt dan yuqori bo'lgan shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish bo'yicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalarning o'rnatilgan quvvatiga nisbatan 25% dab kam bo'lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Hozirgi global iqlim o'zgarishi davrida tabiiy resurslar, ayniqsa suv manbasidan foydalanishda unumdorlikka va tejamkorlikka rioya qilish davr talabiga aylanib bormoqda. Xo'sh, bu muammoni qanday qilib bartaraf etish mumkin? Bu butun dunyo olimlarini o'ylantirib kelayotgan masalalardan biridir. O'zbekiston sharoitida ushbu muammoni hal qilishda qishloq xo'jaligi sohasida tomchilatib, yomg'irlatib sug'orish texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Aholining suv resursidan oqilona foydalanishiga oid qator targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Buning yanada samaraliroq yechimini topish uchun barcha tomonlarning, masalan aholi va hokimiyat o'rtasidagi hamkorlik va muloqotni yanada soddalashtirish hamda aholining ekomadaniyatini oshirish lozim. Bundan tashqari sayyoramizga kelayotgan quyosh nurlaridan ham foydalanish o'zining ijobiy natijasini ko'rsatmoqda. Quyosh panellaridan foydalanib elektr

3 https://wwww.test-uz.ru O'zbekiston tarixi 10 sinf darslik

4 O'zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov nutqidan

energiyasi ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan kam xarajat qilib ko'proq foyda olishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda deyarli barcha korxona va tashkilotlar, universitetlar ushbu tizim asosida o'zining elektr energiyasiga bo'lgan talabini qondirib kelmoqda. Bu va boshqa chora-tadbirlarning barchasi sayyoramiz eko xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlar rivojiga o'z hissasini qo'shadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Yashil iqtisodiyot va ekologiya. Darslik. N.H.Hakimov, O.M.Ahmedov, A.A.Abdumalikov, Z.B.Sharipova. Toshkent-2021;

2. Mirziyoyev.Sh.M. Miilliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.1-jild.-Toshkent.:O'zbekiston, 2017. Б-570;

3. 3.O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika institutida "O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi", 2010-yil 6-dekabr;

4. https://www.spot.uz

5. https://worldbank.org

6. World Energy Investment 2019 https://www.iea.org/wei2019

7. A.B.Vahobov,Sh.X.Xajibakiyev va boshqalar.- "Yashil iqtisodiyot" Darslik. Toshkent.: "Universitet" ,2020.-262-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.