Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” IQTISODIYOTNI BARPO ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” IQTISODIYOTNI BARPO ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
barqaror rivojlanish / “yashil” iqtisodiyot / “yashil” o’sish / eko-innovatsiya / yangi rivojlanish modeli / kam uglerodli iqtisodiyot. barqaror taraqqiyot maqsadlari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamajonova Saida Vaxabjonovna, Boboqulov Olmos Yusup O‘G‘Li

Maqolada BMTning «Barqaror rivojlanish» kontseptsiyasining mazmun-mohiyati, O’zbekistonda tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish maqsad va vazifalari yoritilgan. Alohida e’tibor “Yashil” iqtisodiyotni shakllantirish, “yashil” o’sish va rivojlanishni rag’batlantirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” IQTISODIYOTNI BARPO ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

O'ZBEKISTONDA "YASHIL" IQTISODIYOTNI BARPO ETISHNING

USTUVOR YO'NALISHLARI 1Mamajonova Saida Vaxabjonovna, 2Boboqulov Olmos Yusup o'g'li

1katta o'qituvchi, Guliston davlat universiteti 2Talaba, Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11002694

Annotatsiya. Maqolada BMTning «Barqaror rivojlanish» kontseptsiyasining mazmun-mohiyati, O'zbekistonda tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish maqsad va vazifalari yoritilgan. Alohida e 'tibor "Yashil" iqtisodiyotni shakllantirish, "yashil" o'sish va rivojlanishni rag'batlantirishga qaratilgan.

Kalitso'zlar: barqaror rivojlanish, "yashil" iqtisodiyot, "yashil" o'sish, eko-innovatsiya, yangi rivojlanish modeli, kam uglerodli iqtisodiyot. barqaror taraqqiyot maqsadlari.

Аннотация. В статье рассматриваются особенности и содержание Концепции устойчивого развития ООН, углубление структурных реформ, процессы модернизации и диверсификации ведущих отраслей экономики Узбекистана, повышение конкурентоспособности на основе внедрения энергосберегающих технологий, снижение энергетических, материальных расходов и ресурсов, расширение использования возобновляемых источников энергии. Особое внимание уделено вопросам формирования "зеленой экономики", стимулированию развития "зеленого" роста.

Ключевые слова: устойчивое развитие, зеленая экономика, зеленый рост, эко-инновации, новая модель развития, низкоуглеродная экономика, цели устойчивого развития.

Abstract. The article discusses the peculiarities and content of the UN Sustainable Development Concept, deepening structural reforms, modernization and diversification of the leading sectors of Uzbekistan's economy, increasing competitiveness through the introduction of energy-saving technologies, reducing energy, material expenditures and resources, expanding the use of renewable energy sources. Special attention is paid to the formation of a green economy and the promotion of green growth.

Key words: sustainable development, green economy, green growth, eco-innovation, new development model, low-carbon economy, sustainable development goals.

O'zbekistonda aniq-ravshan ekologik iqtisodiy tadbirlar tizimini amalga oshirishga muxim ahamiyat berilmoqdaki, bu tizim mamlakatning butun xalq xo'jaligini isloh qilishning ajralmas qismi bo'lib qolmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ekologik siyosatning ustuvor yo'nalishlari mamlakatimiz fuqarolarining yashashi uchun sog'lom shart-sharoitlar yaratish. tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish samaradorligini oshirish, mavjud resurslardan tabiatga zarar yetkazmay foydalanish, bu borada ilg'or texnik va texnologik yangiliklarni keng joriy etishga yo'naltirilgan.

Shu munosabat bilan ekologiya sohasida davlat siyosatining strategik maqsadi jamiyatning barqaror rivojlanishi va ekologiya iqtisodiyotini barpo etish uchun tabiat tizimlarini saqlash, ularning yaxlitligi, qulay yashash sharoiti muhitni ta'minlash funksiyalarini qo'llab-quvvatlash, aholining yashash sifati na salomatligini, demografik vaziyaitni yaxshilash, mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta'minlashdan iborat. Uni amalga oshirish uchun ekologiya sohasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatini shakllantirish va izchil amalga oshirishga alohida e'tibor berilmoqda.

O'zbekistonda ekologik siyosatning eng dolzarb masalalaridan biri -o'tmishda tabiatga yetkazilgan, hozir ham yetkazilayotgan va kelajakda yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar uchun javobgarlik masalasini qonun va iqtisodiy mexanizmlarni qo'llash asosida hal etishdan iboratdir.

Bu sohalarda ekologik-iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni davlatning tartibga solishini iqtisodiyot sektorlari xududlarning xususiyatlari, tabiatni o'zlashtirish va uni muhofaza qilish darajasini har tomonlama to'la hisobga olib rivojlantirish;

2) Davlat, idora, ishlab chiqarish, mintaqaviy va jamoat ekologik nazoratini ta'minlash. shuningdek ekologik litsenziyalash, sertifikatlashtirish, pasportlashtirish tizimini takomillashtirish,

3) Davlat va jamoat ekologik eskpertizasi mexanizmlarini takomillashtirish va rolini oshirish,

4) Atrof-muhitga ta' sirni strategik baholashni joriy etish va uning mamlakat va mintaqalar miqyosidagi holatini tahlil qilish,

5) Sanoat va boshqa tarmoqlarning ekologik xavfli faoliyatni amalga oshiradigan sohalarida (korxonalarida), ularning zararli oqibatlarining oldini oladigan va ularni bartaraf etishga ixtisoslashgan tuzilmalarni barpo etish;

6) Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ekologik yo'nalishi bo'yicha strategik prognozlashni amalga oshirish,

7) Ekologik muvozanatlashgan tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo'yicha an'anaviy xo'jalik yuritish tajribalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Mamlakat xalq xo'jaligini tarmoq na xududiy tashkil etishning tabiiy resurslar bilan ob'yektni o'zaro bog'liqligi hududiy ekologik vaziyatga ta'sir ko'rsatadi. Hududlar va ularda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar xududiy komplekslarni va xududiy ekologik vaziyatni shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.

O'zbekiston xududi resurslarining sifati, miqdori, xususiyatlari va shularga mos holda ulardan foydalanish strukturasi va darajasi bo'yicha mintaqaviy farqlarga ega. Bunda birinchi navbatda bir-biridan tubdan farq qiladigan estremal tekislik cho'l (sahro), yuqori darajada o'zlashtirilgan va ekologik vaziyat keskin bo'lgan sug'oriladigan (antropogen) tekislik, g'oyat muhim ekologik ahamiyatga ega bo'lgan tog' zonalari va ularning hududlarida joylashgan ma'muriy-hududiy birliklar tumanlar, viloyatlarning o'ziga xos xududiy-ekologik holatini har tomonlama hisobga olish amaliy ekologiya iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi. Masalan, sof cho'l, "sof" antropogen tekislik, "sof' tog' tumanlari va xo'jaliklari, aholi yashash manzillari bilan bir qatorda ularning ushbu uchta zona xududlarining turli kombinasiyalari birlashmalaridan tashkil

topgan cho'l-antropogen tekislik, antropogen tekislik-cho'l-tog', antropogen tekislik-tog' shakllari ham bor.

O'zbekistonda ekologik vaziyatni kompleks baholash natijalariga ko'ra, atrof-muhitning ekologik talablarga to'la javob beradigan xududi mamlakatning 26,5 foizini egallaydi, bu yerda mamlakat aholisining 47 foizi yashaydi, 43,3 foiz (95ta) ma'muriy tumanlari va shaharlari joylashgan.

Kritik ekologik vaziyatli zonada bu ko'rsatkichlar tegishlicha 36,2; 40,9; 41 (89ta); favqulodda ekologik vaziyatli zonada 29,0; 12,2; 15,2 (32ta); ekologik ofat zonasida 8,3; 0,1; 0,5 (1ta). Shuningdek, ekologik vaziyat respublikamiz viloyatlari va ularning tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlar bo'yicha sezilarli farq qiladi.

Bunday xududiy zona farqlar ekologiya iqtisodiyoti amaliyotida albatta xisobga olinishi va Ilmiy-amaliy xulosalar ham ularga mos bo'lishi kerak. Ushbu maqsadda O'zbekiston xududini ekologik vaziyat xususiyatlariga ko'ra rayonlashtirish ham zarur.

Dunyoning eng yirik ko'llaridan biri bo'lgan Orol dengizining bir avlod ko'z o'ngida salbiy antropogen ta'sir oqibatida qurishi eng yangi tarixdagi yirik global ekologik halokatlardan biriga aylandi. Aholi sonining tez ko'payishi va suvga bo'lgan ehtiyojning keskin ortishi, yangi yerlarni jadal o'zlashtirish, sug'oriladigan dehqonchilikni yanada rivojlantirish oqibatida so'nggi ellik yil ichida Orol dengizi akvatoriyasining satxi 4 baravardan ko'proq qisqardi, suv hajmi 10 marta kamaydi va uning minerallashuvi esa 10 marta oshdi.

Natijada bu yerda katta maydonlarni egallagan zaharli tuzlar bilan qoplangan "yangi" antropogen "Orolqum" sho'rxok sahrosi paydo bo'ldi, tabiiy muhit sifatining keskin pasayishi, otizimlarning kuchli degradasiyasi, aholi ekologik-iqtisodiy yashash muhiti va turmush darajasining keskin pasayishi sodir bo'ldi. Orol inqirozi oqibatlarni ekologik barqaror rivojlanish, bu mintaqada yashayotgan aholini turmush darajasi pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslik va yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish, kelajak avlod manfaatlari yo'lida mavjud ekologii yaxshilash tamoyillariga amal qilish asosida bartaraf mumkin.

Aydar-Arnasoy ko'llar ham tabiatga kuchli antropogen ta'sir ko'rsatish oqibatida Orol dengizining qurishiga mutlaqo teskari yo'nalishda katta tabiiy botiqning suv bosishi natijasida paydo bo'lgan irrigasiya tashlama ko'llari deb ataladigan yangi antropogen ko'llar turi hisoblanadi. Maydoni 3175 kv km, suv xajmi 34 kub km, uzunligi 350 km, eni 20-25 km va boshqa gidrologik ko'rsatkichlari bo'yicha tabiiy ko'llardan qolishmaydigan mazkur ko'llar tizimi 1969 yilda Shardara suv omborining toshishi oqibatida qisqa muddatda paydo bo'ldi. O'tgan qirq yildan ortiq davrda bu yerda o'ziga xos xolatni barqarorlashtirish bo'yicha qator tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Aydar-Arnasoy ko'llar tizimiga Ramsar konvensiyasi doirasida 2018 yilda xalqaro muhofaza etiladigan ko'llar tizimi maqomi berildi.

Sirdaryodan suv quyilishining to'xtatilishi katta xavf-xatari ularning qurib qolishi xavfini kuchaytirmoqda. Ko'llarga tushadigan suv o'zgaruvchanligi, deyarli tartibga solinmaganligi, hozirning o'zida mavjudligi qurigan ko'l tubining katta maydonlarni egallashi ekologik iqtisodiy xavfga aylanmoqda.

Ko'llar tizimining qurib qolishiga va ikkinchi Orol fojeasining takrorlanishiga yo'l qo'yib ular mamlakatimizning milliy boyligi sifatida muhofaza etilishi lozim. Shu maqsadda maxsus maqsadli dastur ishlab chiqish va shu asosda tegishli loyihalarni amalga oshirish eng dolzarb muammolar qatoriga kiradi.

Iqtisodiyotni ekologik barqaror rivojlantirish yo'nalishida tabiat bilan iqtisodiyot o'rtasidagi optimal muvozanatni kafolatlaydigan yangi tizimni barpo etishning birinchi navbatdagi ustuvor vazifalarini aniqlash va ularning yechimini topish muhim ahamiyatga ega.

Bunda asosiy e'tibor quyidagi muammolar yechimiga qaratilishi kerak:

1. Xo'jalik yuritishning ekologik iqtisodiyotiga asoslangan yangi modelini barpo etishga va ekologik yo'naltirilgan boshqarish metodlarini keng qo'llashga imkon beradigan institusional va tuzilmaviy qayta ko'rish doirasida iqtisodiy faoliyatni ekologiyalashtirish xisobiga atrof-muxit holatini tubdan yaxshilashga erishish

2. Energiya va resurs tejovchi texnologiyalarni ommaviy qo'llash, iqtisodiyot tuzilmasini, shaxsiy va ijtimoiy rol tuzilmasini ekologik yo'nalishi asosida xo'jalik faoliyatini ekotizmlar sig'imi chegarasida amalga oshirish;

3. Xo'jalik faoliyatini ekologik-iqtisodiy rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish va uning ekologik natijalari uchun javobgarlik chegaralarini belgilash, bunda biosfera faqat resurs yetqazib beruvchi sifatida qabul qilmaydi, balki xayot asosi (fundamenti) sifatida qabul qilinadi, uni asrash esa ijtimoiy iqtisodiy tizim va uning barcha elementlarining mavjudligi va ishlab turishining zaruriy sharti xisoblanadi;

4. Mamlakat mintaqaviy va mahalliy ekotizmlarining xo'jalik sig'imini baholash, ularga antropogen ta'sirning yo'l qo'yiladigan chegaralarini belgilash.

Ekologik barqaror rivojlanishga o'tish jamiyat xayotining barcha sohalarida muvofiqlashtirilgan xarakatlarni amalga oshirishni talab qiladi, bunday qayta qurilishlarda tartibga soluvchi rolni o'ynaydigan davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik institutlarini ham shularga mos xolda qayta yo'naltirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-436-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4477-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021" yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish,iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida" gi 2017 yil 26 maydagi PQ-3012-sonli qarori.

4. Калашников Н.П. Альтернативные источники энергии. -М.: Знание. 1997 г. - С. 27.

5. International Renewable Energy Agency (IRENA). Renewable Capacity Statistics 2017. - P. 2-4.

6. http://www.irena.org/DocumentDownloads/Publications/IRENA RE Capacity Statistics 2017.pdf

7. Возобновляемые источники энергии, вопросы устойчивости и смягчения последствий изменения климата, Фазлиддин Арзикулов, Universum 2020. 10(79). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/ite

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.