Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON “YASHIL” IQTISODIYOTGA O’TISH ISTIQBOLLARI'

O’ZBEKISTON “YASHIL” IQTISODIYOTGA O’TISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
473
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EKOLOGIK BARQARORLIK / EKOLOGIK MUAMMOLAR / "YASHIL IQTISODIYOT" / BARQAROR RIVOJLANISH / ATROF-MUHIT / QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA / “YASHIL” O‘TISH / “YASHIL” ISH O’RINLARI

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Turayeva S.T., Abduraxmonova I.N., Sulaymonova Z.S.

Maqolada ekologiya va iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi, mamlakat iqtisodiy faoliyatining atrof-muhitga ta’siri hamda natijalari ko‘rib chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyoti hamda ishlab chiqarishi natijasida yuzaga keladigan ekologik xavflarni sezilarli darajada kamaytirilishi uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish afzalliklari yoritib beriladi. Qolaversa, ushbu maqolada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda Jahon bankining yillik hisobotlari ham tahlil qilib o’rganilib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS OF UZBEKISTAN'S TRANSITION TO A "GREEN" ECONOMY

The article examines the interdependence of ecology and economy, the impact and results of the country's economic activity on the environment. The benefits of transition to a "green economy" will be highlighted in order to significantly reduce environmental risks arising from the country's economy and production. In addition, this article analyzes and studies the annual reports of the World Bank on the transition to the "green economy".

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON “YASHIL” IQTISODIYOTGA O’TISH ISTIQBOLLARI»

Turayeva S. T.

Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti "Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi"i.f.d,dotsent

Abduraxmonova I.N.

Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti,magistranti

Sulaymonova Z.S.

Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti,magistranti O'ZBEKISTON "YASHIL" IQTISODIYOTGA O'TISH ISTIQBOLLARI

Annotatsiya. Maqolada ekologiya va iqtisodiyotning o'zaro bog'liqligi, mamlakat iqtisodiy faoliyatining atrof-muhitga ta'siri hamda natijalari ko'rib chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyoti hamda ishlab chiqarishi natijasida yuzaga keladigan ekologik xavflarni sezilarli darajada kamaytirilishi uchun "yashil iqtisodiyot"ga o'tish afzalliklari yoritib beriladi. Qolaversa, ushbu maqolada "yashil iqtisodiyot"ga o'tishda Jahon bankiningyillikhisobotlari ham tahlil qilib o'rganilib chiqilgan.

Tayanch so^zlar: ekologik barqarorlik, ekologik muammolar, "yashil iqtisodiyot", barqaror rivojlanish, atrof-muhit, qayta tiklanadigan energiya, "yashil" o'tish, "yashil" ish o'rinlari

Turayeva S.T. associate professor "Department of International Economy"

University of World Economy and Diplomacy

Abdurakhmonova I.N.

student

University of World Economy and Diplomacy

Sulaymonova Z.S.

student

University of World Economy and Diplomacy

PROSPECTS OF UZBEKISTAN'S TRANSITION TO A "GREEN"

ECONOMY

Abstract. The article examines the interdependence of ecology and economy, the impact and results of the country's economic activity on the environment. The benefits of transition to a "green economy" will be highlighted in order to significantly reduce environmental risks arising from the country's economy and production. In addition, this article analyzes and studies the annual reports of the World Bank on the transition to the "green economy".

Key words: ecological sustainability, ecological problems, "green economy", sustainable development, environment, renewable energy, "green" transition, "green" jobs.

Kirish

Milliy ishlab chiqarish va eksport tarkibida chuqur qayta ishlangan, yuqori qo'shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushini oshirishga yo'naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning muhim omili bo'lib hisoblanishini bugungi kunda hech kimga sir emas. Shu nuqtai nazardan barqaror iqtisodiy rivojlanishning yangi, resurslardan samarali foydalanishga asoslangan, innovatsion iqtisodiyotga o'tish izchil tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va barqaror taraqqiyotning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, «sof texnologiyalar»ga nisbatan innovatsion yondashish, «Yashil iqtisodiyot»ni shakllantirish muammolari xalqaro iqtisodiy, ekologik, investitsion forumlarda muntazam ravishda muhokama etib kelinmoqda. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumot berishicha Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish issiqlik va elektr energiyasi kabi energiyaning sanoat turlarini olishni ta'minlashga yo'naltirilgan bo'lib, bu uglevodorodlarning o'rnini bosishga va ularni yuqori likvidli mahsulotlar, xususan, polimerlar, yoqilg'ining sintetik turlarini ishlab chiqarishga yo'naltirish imkonini beradi. Shu bilan birga, O'zbekiston geografik o'rni va iqlim sharoitlariga ko'ra buning uchun g'oyat qulay imkoniyatlarga ega. O'zbekistonda havo bir yilda taxminan 300 kundan ziyod ochiq bo'lib, mamlakatimiz yil davomida quyoshli kunlarning ko'pligi bo'yicha dunyoning aksariyat mintaqalariga nisbatan ustunlikka ega. Osiyo taraqqiyot banki va jahon banki xulosalariga ko'ra, O'zbekistonda quyosh energiyasining yalpi salohiyati 51 milliard tonna neft ekvivalentidan ortiqdir. Ana shu resurslar hisobidan, ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakatimizda joriy yilda iste'mol qilinadigan elektr energiyasidan 40 barobar ko'p hajmdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Mamlakatimizda quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar o'tgan asrning 1980-yillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasining Osiyo mintaqasida yagona va ilmiy ishlanmalari yurtimizdan tashqarida ham mashhur bo'lgan «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining ilmiyeksperimental markazi tashkil etilganidan keyin jadal rivojlana boshladi. O'zbekiston bugungi kunda ilmiy-texnik, eksperiment o'tkazadigan kadrlar bo'yicha ulkan salohiyatga ega bo'lib, mamlakatimizda quyosh energiyasini loyihalashtirish va undan foydalanish bo'yicha katta hajmdagi konstruktorlik va texnologik ishlanmalar to'plagan. O'zbekistonda iste'mol qilinayotgan elektrenergiyasining katta qismi (87%) issiqlik elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. Bunda energiya iste'moli tarkibining o'zagini neft va gaz resurslari tashkil etadi.. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi a'zolari quyi palatadagi barcha qo'mitalar

tarkibidan o'rin olib, qonun ijodkorligi hamda nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirmoqda. Prezident qarori bilan issiqxona gazlarini kamaytirish, yashil energiya manbalarini ko'paytirish, energiya samaradorligini oshirish, 1 mln gektargacha maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yiliga 200 mln ko'chat ekish, o'rmonlarni kengaytirish, maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha rejalar tasdiqlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev "2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" qarorini imzoladi.Unga kora:

• issiqxona gazlarining YaIM birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;

• qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko'prog'iga yetkazish;

• sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;

• YaIM birligiga to'g'ri keladigan energiya sarfi hajmini 30 foizga kamaytirish;

• suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug'orish texnologiyasini joriy etish;

• yiliga 200 million ko'chat ekish va ko'chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;

• hosil bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish.

2023 yil 1 iyundan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta'sirni cheklash bo'yicha qo'yilayotgan talablar asosida "yashil sertifikatlar" tizimi joriy etiladi.

Xulosa. Bugungi kunda O'zbekiston o'zining hozirgi rivojlanish modeli bo'yicha o'sish chegaralarini yengib o'tish hamda iqlim va ekologiyadan xabardor bo'lib borayotgan jahon bozorida iqtisodiy raqobatbardoshligini mustahkamlash yo'lidagi noyob imkoniyatni yaxshi tushunadi. Mamlakat tarkibiy islohotlarning jadallashuviga tayangan holda, o'z iqtisodiyoti, odamlar va sayyoramiz uchun, rivojlanayotgan sohalarda yangi ish o'rinlarini yaratish bilan birga tabiiy resurslardan Moslashuvchan, Inklyuziv, Barqaror va Samarador (MIBS) foydalanishga asoslangan past uglerodli va iqlimga chidamli "yashil" o'sish modeli sari yo'lni belgilash bo'yicha qadamlar tashlamoqda. Lekin, yanada barqaror va "yashil" iqtisodiyotga aylanish uchun mamlakat mavjud ekologik muammolar va iqtisodiy o'sishni sekinlashtiradigan boshqa xavf omillari ustida ishlashi kerak

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.The World Bank and the Ministry of Economic Development and Poverty Reduction of the Republic of Uzbekistan. 2022. Towards a Greener Economy in Uzbekistan. ©World Bank."

2. Порфирьв Б.П.,"Зеленая" экономика: реалии, перспективы и пределы роста. - M. Карнеги, 2013. 3. www.unep.org - Birlashgan Millatlar Atrof-muhit dasturining rasmiy sayti

4. www.worldbank.org - Jahon bankining rasmiy ma'lumotlari

5. "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Jahon banki, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, 2022-yil. O'zbekistonda "Yashil" O'sish va Iqlim O'zgarishi bo'yicha Siyosiy Muloqotlar Turkumi: Ishlar To'plami. Jahon banki: Washington D.C."

6. 2019-yil 4-oktabrdagi "2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil" Iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ -4477-son qarori

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.