Научная статья на тему 'YAPONIYADA TURIZMNING RIVOJLANISH DINAMIKASI'

YAPONIYADA TURIZMNING RIVOJLANISH DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meiji / Shukuba / ichki tuirzm / tashqi turizm / “10 million dasturi” / turistik oqimlar / turar joylar / mexmonxonalar tizimi / Osaka / Kansai aeroporti / pandemiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Erkaboyeva Yulduz Baxromovna

Ushbu maqolada Yaponiyada turizm rivojlanishining dinamikasi haqida ma’lumot beriladi. Yaponiyadagi turizm sohasining rivojlanish jarayonini tavsiflash uchun birinchi navbatda mamlakat tarixida turizmning ilk qayd qilingan holatlari va bugungi zamonaviy turistik salohoyatga erishgunga qadar bo‘lgan asosiy omillari yoritiladi. Ushbu dinamikani muqdoriy tavsiflash uchun ichki va tashqi turistik oqimlar, turar joylar taqsimoti va turizmdan bo‘lgan tushumlar statistikasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YAPONIYADA TURIZMNING RIVOJLANISH DINAMIKASI»

YAPONIYADA TURIZMNING RIVOJLANISH DINAMIKASI

Erkaboyeva Yulduz Baxromovna

Silk Road Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, 4-bosqish Mantour - 221-s guruh

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13919786

Annotatsiya. Ushbu maqolada Yaponiyada turizm rivojlanishining dinamikasi haqida ma'lumot beriladi. Yaponiyadagi turizm sohasining rivojlanish jarayonini tavsiflash uchun birinchi navbatda mamlakat tarixida turizmning ilk qayd qilingan holatlari va bugungi zamonaviy turistik salohoyatga erishgunga qadar bo'lgan asosiy omillari yoritiladi. Ushbu dinamikani muqdoriy tavsiflash uchun ichki va tashqi turistik oqimlar, turar joylar taqsimoti va turizmdan bo'lgan tushumlar statistikasi tahlilqilingan.

Kalit so'zlar: meiji, Shukuba, ichki tuirzm, tashqi turizm, "10 million dasturi", turistik oqimlar, turar joylar, mexmonxonalar tizimi, Osaka, Kansai aeroporti, pandemiya.

Аннотация. В данной статье представлена информация о динамике развития туризма в Японии. Для описания процесса развития туристической отрасли в Японии, прежде всего, выделены первые зафиксированные случаи туризма в истории страны и основные факторы, приведшие к достижению сегодняшней современной туристической отрасли. Для количественного описания этой динамики была проанализирована статистика внутренних и внешних туристических потоков, распределения средств размещения и доходов от туризма.

Ключевые слова: меижи, Шукуба, внутренний туризм, зарубежный туризм, «программа 10 миллионов», туристические потоки, размещение, гостиничная система, аэропорт Осака Кансаи, пандемия.

Abstract. This article provides information about the dynamics of tourism development in Japan. In order to describe the process of tourism development in Japan, first of all, the first recorded cases of tourism in the history of the country and the main factors that led to the achievement of today's modern tourism industry are highlighted. To quantitatively describe these dynamics, statistics on domestic andforeign touristflows, distribution of accommodation facilities and tourism revenues were analysed.

Keywords: meiji, Shukuba, tourism, international tourism, '10 million programme', tourist flows, accommodation, hotel system, Osaka Kansai Airport, pandemic.

Yaponiyada turizmning rivojlanish dinamikasi

Yaponiya turizm tarixi yapon olimi Hayashi Razanning 1643-yilda yozgan "Yaponiyaning uch manzarasi" nomli asarida ilk bor qayd etilgan deb hisoblash mumkin. 1689-yilda esa yapon shori Matso Basyo Yaponiyaning "uzoq shimoliga" sayohat qilishi ham shular jumlasidandir. Eda davrida 1847-yilga qadar Yaponiya yopiq mamlakat bo'lib, mamalakat bo'ylab sayyohlarning harakati uchun "shukuba" nomli tizimli bekatlar tashkil etilgan. Ushbu tizim sayyohlarni hujjatiga muvofiq nazorat qilishdan tashqari, ularga oziq-ovqat va turar joy xizmatlari ko'rsatilgan va quruqlikdagi ulovlarni sohil portlari bilan bog'lab kelgan.

1847-yildan keyin mamlakat tashqi sayohatchilar uchun ochilganda, Meiji mehmonxonalar tizimi va ko'plab temir yo'l tarmoqlari bunyod etiladi. 1887-yilda Yaponiya hukumati xorijlik turistlarni jalb qilishda alohida tizim ishlab chiqish zaruratini payqay boshlaydi va bosh vazir Ito Hirobumi tashabbusi bilan Kihinkai tizimi yo'lga qo'yiladi. 1907-yilda "Mehmonxonalarni Rivojlantirish va obod qilish to'g'sida"gi Qonun qabul qilinib, Yaponiya temir yo'llari vazirligi

hamkorligida mamlakat bo'ylab jamoatchilikka tegishli ko'plab mehmonxonalar quriladi. Bu davrda Yaponiyaga Yevropa va Amerika qit'asidan turistlar soni keskin ko'paya boshlaydi. Biroq I va II Jahon urushlari atrofida mamlakatda tuzim sohasining iqtisodiyotdagi ulushi kamayib boradi, chunki Yaponiya harbiy va o'g'ir sanoatga katta ustuvorlik beradi.

Umuman olganda, mamlakat turizm tarixida soha muntazam rivojlanib kelganligini kuzatish mumkin. Xususan, 1964-yildan boshlab so'nggi davrlarga qadar Yaponiyaning turizmga oid statistikasi ma'lumotlariga nazar tashlansa, ba'zi favqulodda yillardan tashqari deyarli barcha yillarda mamlakatga xorijiy turistlarning tashrifi ko'payib kelgan, garchi ularning o'sish sur'ati turli davrda turlicha bo'lsa ham (1-jadval).

1-Jadval

Yaponiyada xorijiy turistlarning yillik tashrifi dinamikasi va yillik o'zgarishi (foizda)

Yillar Xorijlik turistlar tashrifi Tashriflar sonining

soni yillik o'zgarishi (%)

1964 352832

1970 854419 40,4

1975 811672 6,2

1977 1028140 12,4

1980 1316632 18,3

1985 2327047 10,3

1990 3235860 14,1

1995 3345274 -3,5

2000 4757146 7,2

2005 6727926 9,6

2008 8350835 0,0

2009 6789658 -18,7

2010 8611175 26,8

2015 19737409 47,1

2019 31882049 2,2

2020 4115828 -87,1

2021 245862 -94,0

2022 3.832110 1458,6

2023 yan-sent 17.374722 -

1-jadval ma'lumotlariga nazar tashlansa, 1960-yillarda Yaponiyaga xorijlik turistlar tashrifi yuz minglab kishidan iborat bo'lgan va 1 million kishiga ham yetmagan, jumladan, 1964-yilda 352832 kish mamlakatga buyurgan. Biroq 1970-yildayoq ularning soni 854419 kishiga yetgan va 1964-yilga nisbatan ikki barobardan ham ortiq ko'paygan. 1970-yillarda ularning miqdori milliondan oshgan va har besh yillikda bir necha millionga ko'payib borgan. 2019-yilga kelib xorijiy turistlar tashrifi maksimal darajaga yetgan va 32 milliondan biroz kamroq bo'lgan.

Yaponiyada turizmning rivojlanish dinamikasini yanada to'liq tasavvur qilish uchun yaponiyaliklarning chet elga turistik sayohatini Yaponiyaga tashrif buyurganlar dinamikasi bilan qiyoslash maqsadga muvofiq. Ma'lum bo'lishicha, ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha so'nngi yillarni hisobga olmaganda yaponiyaliklarning tashqi sayohati miqdoriy jihatdan ko'proq bo'lib kelgan (1-rasm).

35000000

—^Yaponiyaga tashriflar soni ^^Yaponiyaniliklarning tashqi turizmi —^

1-rasm. Berilgan yillarda Yponiyaga tashrif buyurgan va mamlakatdan chet elga sayohat qilgan turistlar soni dinamikasi

1-rasmda 1973-yildan 2023-yil sentabr oyiga qadar Yaponiyaga tashriflar va yaponiyalik turistlarning xorijga safarlari soni aks ettirilgan. Ushbu dinamikada shartli ravishda uch farqli davrni kuzatish mumkin. Jumladan, 1970, 1980 va 1990-yillarda Yaponiyaga xorijlik turistlar oqimiga nisbatan yaponiyalik turistlarning xorijga oqimi yillik o'zgarishi yuqoriroq sur'atda amalga oshmoqda. 2000-yillarda esa, garchi xorijliklarnig tashrifi hamon kamroq bo'lsada, o'sish tendentsiyasi ortmoqda va xorijga safar qilish dinamikasi turg'unlikka uchramoqda. Va nihoyat, 2010-yillardagi xorijliklarnig tashrifidagi keskin o'sish sababli, 2015-yildan boshlab ilk bor xorijga sayohat qilishdan son bo'yicha o'zmoqda. Pandemiya yillarini hisobga olmaganda yaponiyaliklarning xorijga safari nisbatan turg'unlikda davom etishi, xorijliklarning Yaponiyaga tashrifi esa, aksincha, yuqori o'sish tezligida o'zgarib borishini ekstrapolyatsiya qilish mumkin edi. Trendning tiklanishi esa vaqt masalasidir.

Yaponiyada turizm sohasining rivojlanishi dinamikasiga oid ma'lum bo'lgan ko'rsatkichlarga alohida to'xtalsak.

1960-yillarning o'rtalarida, Yaponiya fuqarolarining chet elga sayohatlaridagi ichki cheklovlar olib tashlandi va natijada safarlar soni keskin ortdi. Navbatdagi to'lqin fuqaro aviatsiyasidagi rivojlanishi omili tufayli ro'y berib, bu hatto uzoq orolli hududlarga ham parvozlarni amalga oshirish va sayohat vaqtining qisqarishiga imkon berdi.

1970-yillar oxiri va 1980-yillarning boshida mamlakatda sayyohlik faolligi past darajada qoldi. Bunga Yaponiya iqtisodiyoti va aholi daromadi bilan bog'liq omillari sabab sifatida ko'rsatiladi. Biroq 1980-yillarning ikkinchi yarmida xorijga sayohatning yangi to'lqini kuzatiladi. 1987-1991 yillarda mamlakatda chiqish turizmini rivojlantirishga qaratilgan "O'n million" deb nomlangan dastur faol amalga oshirildi. Jahon sayyohlik bozorida Yaponiya birinchi navbatda chiqish turizmi kirish turizmidan sezilarli ustunlikka ega mamlakat sifatida tanilgan. Bunga iyena kursi sezilarli darajada oshishi va 1987-yil sentyabr oyida Yaponiya transport vazirligi tomonidan turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish kabi choralar ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Ushbu trend 1990-yillarning birinchi yarimida ham davom etadi. Jumladan, 1993-yilda Osaka yaqinidagi yangi Kansai xalqaro aeroporti ochilishi natijasida Yaponiyaning g'arbiy qismida yashovchi shaxslar uchun chet elga chiqishni osonlashtirdi.

Yaponiyaliklarning xorijga sayohatining dinamikasida 1996-yildan boshlab turg'unlik boshlandi. XXI asrning boshida esa Yaponiyadan chiquvchi turistlar oqimining yo'nalishi ham sezilarli darajada o'zgardi. Yaponlar Amerika, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo mamlakatlariga nisbatan kamroq va yaqin mamlakatlarga, ayniqsa, Uzoq Sharq minatqasiga ko'proq sayohat qila boshladilar. Bu ko'plab omillar qatori ushbu davrdagi moliyaviy inqiroz, milliy valyutaning nisbatan qadrsizlanishi, shuningdek, mintaqadagi va xalqaro vaziyatning beqarorligi ta'siri, yoki shunchaki tashqi sayohat trendining kulminatsion nuqtaga kelib, barqaror oqimga tushganini anglatishi mumkin.

2000-yillarda Yaponiyada turizm muvaffaqiyatli rivojlanishiga qaramay, bir qator muammolarni aniqlash mumkin: hayotning yuqori narxi, til va madaniy to'siqlar, qattiq viza rejimi. 2003-yilda hukumat turizmni rivojlantirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Bu, birinchi navbatda, xalqaro reyslar sonini ko'paytirish, xorijlik sayyohlar uchun ham havo, ham quruqlik transportida sayohat haqini to'lashda chegirmalar taqdim etish, shuningdek, Yaponiyada ekskursiya yo'nalishlarini joriy qiluvchi videomateriallarni xorijda ishlab chiqarish va tarqatishdir.

Yaponiya bugungi kunda xalqaro turistlar uchun eng ilg'or manzilgohlardan hisoblanadi. Yildan-yilga mamlakatga tahsqi turistlar soni ko'paymoqda va 2010-yildan beri yiliga o'rtacha 30 millionga yaqin turistlar tashrifi kuzatilmoqda. 2017-yilda Yaponiya "Sayohat va Turizm Raqobatbardoshligi" (Travel & Tourism Competitiveness Report) tanlovi bo'yicha 141 mamlakat ichida 4-o'rin, Osiyo mamlakatlari bo'yicha esa 1-o'rinni egallagan.

Yaponiyaga turistlarning tashrifi 2019-yilda 2018-yilga nisbatan 2,2% o'sish bo'lgan va tashqi turistlardan tushgan daromad 46.1 milliard AQSH dollarini tashkil etib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha dunyoda 7-o'rinni egallagan. 2019-yilda Yaponiyada jami turizm sohasining mamlakat Yalpi Ichki Mahsulotiga qo'shgan hissasi 359 milliard AQSH dollariga teng bo'lgan va natijada Yaponiyaning turizm bozori bo'yicha AQSH va Xitoy mamlakatlaridan so'ng uchunchi eng yirik mamlakatga aylangan.

So'nggi yillardagi sifat ko'rsatkichlarga murojaat qilsak, Yaponiyadagi turar joylarda mahalliy turistlardan ko'ra xorijlik turistlar ulushi ortib borayotganligiga guvoh bo'lish mumkin. Yaponiyada ichki va tashqi turizm ulushi o'zgarib borsada, har ikki turdagi turistlarning tashrifi ko'payib borayotganligi sababli deyarli barqaror trendga ega. Umuman olganda, xorijlik turistlar ulushi ko'payib bormoqda, jumladan, 2015-yilda 7,5% tashkil etgan bo'lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko'rsatkich 19,5 foizga yetgan (2-rasm).

7,5 14 15,7 17,5 19,5

92,5 86 84,3 82,5 80,5 Chet elliklar Yaponiyalikalar

2015 2016 2017 2018 2019

2-rasm. Yaponiyada 2015-2019 yillardagi turar joylarning ichki va tashqi tursitlar bo'yicha taqsimoti dinamikasi (%)

2-rasmdagi dinamik ko'rsatkichlar Yaponiya turizmida tashqi turizmning ulushi ortib borayotganiligiga dalolat qiladi. Ushbu jarayonga muvofiq yana bir holat turistlardan orqali tushumlar dinamikasida ham ko'rish mumkin (3-rasm).

95 99

83,8 82 gl

Ilchki turistlar ulushi

Xorijlik turistlar

16,2 B18 B19 ■ ■ ulusihi

■ h Ii L I

2017 2018 2019 2020 2021

3-rasm. Yaponiyada 2017-2021 yillarda turitslarning daromad tushumlar bo'yicha ulushlari dinamikasi (%)

3-rasmdagi Yaponiyada turistlardan tushgan tushumlar dinamikasida tashqi turizmning ulushlari garchi kam bo'lsada, biroq 2019-yilga qadar ular ortib bormoqda edi. 2020-yildan keyingi davr esa, ma'lumki, pandemik davr bo'lganligi uchun bu trendda uzulish ro'y bergan.

REFERENCES

1. Data list | Japan Tourism Statistics (into.go.jp)

2. JNTO va OECD 2019 ma'lumotlari

3. https://www.statista.com/statistics/731610/domestic-and-foreign-tourism-contribution-to-gdp-japan/

4. https://www.iapan.travel/en/au/

5. https://uzbekistan.travel/uz/o/yaponiyada-ozbekistonning-turizm-salohiyati-namoyish-etilmoqda/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.