Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURIZM VA ETNOTURIZM YO‘NALISHIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR: BUXORO VILOYATI MISOLIDA'

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURIZM VA ETNOTURIZM YO‘NALISHIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR: BUXORO VILOYATI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / “Harakatlar strategiyasi” / Turizm / etnoturizm / “Turistik mahalla” / madaniy meros / “Yashil maskan” / “Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki / Новый Узбекистан / «Стратегия действий» / Туризм / этнотуризм / «Туристический квартал» / культурное наследие / «Зеленый дом» / историкоэтнографический парк

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Turdiyev Madiyor

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida turistik salohiyati eng yuqorilardan bo‘lgan Buxoro viloyatida ushbu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar ko‘rib chiqiladi. Unda 2017-yildan keyingi davrda hukumat darajasida Buxoro viloyatini turistik, xususan etnoturizm salohiyatini oshirish bo‘yicha chiqarilgan farmon va qarorlarning ijrosi statistik tahlillar asosida taqdim etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFORMS IN THE DIRECTION OF TOURISM AND ETHNO-TOURISM IN NEW UZBEKISTAN: THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION

В данной статье рассматривается практическая работа в данной сфере в Бухарской области, обладающей одним из самых высоких туристических потенциалов в Республике Узбекистан. В нем на основе статистического анализа представлена реализация постановлений и решений, изданных на правительственном уровне после 2017 года по повышению туристического потенциала Бухарской области, особенно этнотуризма

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURIZM VA ETNOTURIZM YO‘NALISHIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR: BUXORO VILOYATI MISOLIDA»

Turdiyev Madiyor Mamanazarovich1

YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA TURIZM VA ETNOTURIZM YO' NALISHID A AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR:

BUXORO VILOYATI MISOLIDA

РЕФОРМЫ В НАПРАВЛЕНИИ ТУРИЗМА И ЭТНОТУРИЗМА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ: НА ПРИМЕРЕ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ

REFORMS IN THE DIRECTION OF TOURISM AND ETHNO-TOURISM IN NEW UZBEKISTAN: THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION

1Alfraganus university "Ijtimoiy fanlar" fakulteti, "Xalqaro munosabatlar va tarix" kafedrasi katta o'qituvchisi .

e-mail: [email protected] ORCID: 0009000095603741

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida turistik salohiyati eng yuqorilardan bo'lgan Buxoro viloyatida ushbu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar ko'rib chiqiladi. Unda 2017-yildan keyingi davrda hukumat darajasida Buxoro viloyatini turistik, xususan etnoturizm salohiyatini oshirish bo'yicha chiqarilgan farmon va qarorlarning ijrosi statistik tahlillar asosida taqdim etiladi.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, "Harakatlar strategiyasi", Turizm, etnoturizm, "Turistik mahalla", madaniy meros, "Yashil maskan", "Boqiy Buxoro" tarixiy-etnografik parki.

Аннотация. В данной статье рассматривается практическая работа в данной сфере в Бухарской области, обладающей одним из самых высоких туристических потенциалов в Республике Узбекистан. В нем на основе статистического анализа представлена реализация постановлений и решений, изданных на правительственном уровне после 2017 года по повышению туристического потенциала Бухарской области, особенно этнотуризма.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, «Стратегия действий», Туризм, этнотуризм, «Туристический квартал», культурное наследие, «Зеленый дом», историко-этнографический парк «Бакий Бухара».

Annotation. In this article, practical work in this field is considered in the Bukhara region, which has one of the highest tourism potentials in the Republic of Uzbekistan. In it, the implementation of decrees and decisions issued at the government level after 2017 on increasing the tourism potential of Bukhara region, especially ethnotourism, is presented based on statistical analysis.

Key words: New Uzbekistan, "Strategy of Actions", Tourism, ethnotourism, "Tourist Quarter", cultural heritage, "Green House", historical-ethnographic park "Baqiy Bukhara".

KIRISH

So'ngi yillarda turizm jahon iqtisodiyotidagi tez rivojlanib kelayotgan tarmoqlardan biridir. Bu soha neft qazib chiqarish va avtomobilsozlikdan so'ng yirik uchlikka kiradigan katta daromad keltiruvchi tarmoq hisoblanadi. Bugungi kunda turizm va unga bevosita hamda bilvosita xizmat ko'rsatuvchi sohalarda jahon mehnat resurslarining qariyb 60% qismi faoliyat olib bormoqda. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT) ning ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yilga borib jahon bo'yicha sayyohlarning soni 100 kishiga yetishi bashorat qilinmoqda [4;14-29]. Yangi O'zbekistonni

bunyod etishdagi "Harakatlar strategiyasi" dagi iqtisodiy islohatlaming bir bo'g'ini sifatida aynan turizm sohasi ko'rilayotgani ushbu yo'nalishga e'tiborni oshiradi [1;].

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 29-mart kuni mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha. U daromadliligi bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Yana bir muhim tomoni, kam harajat bilan ko'p ish o'rinlari yaratish imkonini beradi.

Mamlakatimizda bu soha izchil rivojlanmoqda. Jumladan, 2022-yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravar oshgan. Soha eksporti 1 milliard 600 million dollarni tashkil etgan. Ichki turizm dasturlari doirasida 11 milliondan ziyod aholi sayohat qilgan. Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani natijasida u yerga qo'shimcha 2 million sayyoh kelgan.

2021-yil 24-iyun kuni Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo va kuzatuvchi davlatlar turizm vazirlarining VI yig'ilishida «Tabarruk ziyorat» konsepsiyasi asosida hamkorlikni rivojlantirish va tashkilot tarixida birinchi marta «Turkiy dunyo turizm poytaxti» etib Qo'qon shahrini e'lon etish orqali ushbu shaharning turizm salohiyatini birgalikda targ'ibot qilishga kelishilgan edi.

O'zbekistonning ziyorat turizm yo'nalishidagi ulkan salohiyatidan kelib chiqib, bugungi kunda barcha turkiy xalqlarning din va fan namoyondalari, shoirlar, davlat arboblari va boshqa buyuk shaxslarining beqiyos ilmiy va madaniy-ma'rifiy merosini yanada kengroq targ'ibot etish maqsadida «Tabarruk ziyorat» loyihasi ilgari surilmoqda.

«Tabarruk ziyorat» loyihasi doirasida, jumladan, tashkilotga a'zo va kuzatuvchi davlatlar o'rtasida turizm sohasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan. Bunda Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo'qon kabi turizm xalqaro yarmarka, ko'rgazmalar, festivallar, milliy sport musobaqalarini hamkorlikda uyushtirish, O'zbekistondagi xalqaro ilmiy markazlar va tashkilotga a'zo davlatlardagi ilmiy markazlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ishchi guruh tomonidan muhokama qilindi. Shuningdek, tashkilot vakillari o'z takliflarini bildirishdi. Masalan, Turkiya tomon hamkorlikda turli madaniy forum va tadbirlar tashkil etishni taklif etdi

[9;].

Aslida mamlakatimizda bu sohadagi salohiyat bundan ancha yuqori. Yurtimizga kelmoqchi bo'lgan sayyohlar juda ko'p. Lekin, ularni qiziqtiradigan joylar haqida kontent kam, turistlarni 4-5 kun olib qoladigan dasturlar yetishmaydi. Samolyot va poyezdga biletni bir necha oy oldindan sotib olishda noaniqliklar ham talaygina. Samarqand, Buxoro, Xiva ava boshqa turistik salohiyati yuqori hududlarimizda ushbu sohani rivoji uchun hudud ichki xususiyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi [10;].

ASOSIY QISM

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, shuningdek Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha alohida dasturni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 543-sonli qarorida Buxoro viloyatining turistik salohiyatini oshirish bo'yicha aniq yo'l-xaritasi belgilab berilgan [3;].

Ushbu belgilangan vazifalardan olinadigan natijalarning xronologik chegarasi 2022 -2026-yillar bilan berilgan. Unga ko'ra belgilangan va natijalar yilma-yil ijobiy ko'rsatgich asosida sohani rivojlantirish istiqboli belgilangan.

Misol uchun xorijiy sayyohlar sonini viloyatga tashrif buyurishini 2022-yil 450 mingga yetkazish, 2026-yilga kelib bu ko'rsatkichni 1.800 mingga, Ichki turistlar tashrifi soni 2022-yil 2,400 mingga, 2026-yilga kelib bu ko'rsatkichni 4,100 mingga yetkazish va Mehmonxonalar soni 2022-yil 178 taga yetkazish nazarda tutilgan bo'lsa, 2026-yilga kelib bu ko'rsatkichni 258 taga yetkazish maqsad qilingan.

Prezident farmoni va Vazirlar mahkamasining qarori asosida ishlab chiqilgan "2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizmni yanada rivojlantirish" dasturi doirasida eng avvalo, viloyatdagi turizm infratuzilma obyektlarini tashkil qilish masalasi turaganligi soha rivojidagi poydevor asosni yaratishga e'tibor sifatida baholash mumkin. Buxoro viloyatining turli nuqtalarida tarixiy-etnografik xususiyatga ega bo'lgan mahallalar tashkil etilishi bu o'rinda nazarda tutilgan.

Birgina 2022-yilning o'zida viloyat bo'ylab quyidagi tarixiy-etnografik mahallalar tashkil qilindi. Bular, G'ijduvon tumanidagi "Qo'rg'on" va "Chorsu" mahallalarida "Turizm mahallasi", Vobkent tumanidagi Shirin qishlog'ida "Shirin turizm etno qishlog'i", Ahmad Donish ko'chasida "Turizm ko'chasi", Buxoro shahridagi "Turki Jandi" mahallasida "Turizm mahallasi" mahallalaridir. Bunda, "Turizm mahallasi", "Turizm qishloqlari" va "Turizm ko'chasi" ichki yo'llarini, ichimlik suvi va boshqa infratuzilma tarmoqlarini ta'mirlash ishlarini 2023-yildagi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga kiritish belgilandi va ishlar amalga oshirildi [5;503-503].

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Mazkur mahallarni aniq ishlab chiqilgan to'rt tamoyil asosida yaratish ishlari muayyan darajada yengilliklarga va ish sifatiga sabab bo'ldi.

Dastlabki tamoyil, ushbu hududlarda "Turizm qishlog'i", "Turizm mahallasi"ni tashkil qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqldi. Bunda yuqorida aytganimizdek, hududlarni tarixiyligi, undagi insonlar va ularning etnomadaniy qadriyatlarni saqlab qolganiligi e'tiborga olindi.

Ikkinchi tamoyilga ko'ra "Turizm mahallalari"da zamonaviy xizmat ko'rsatish markazlari va xizmat ko'chalarining master rejalarini ishlab chiqildi. Bilamizki, har qanday serviz sohasining rivojida o'sha maskanga olib keluvchi yo'llarni soz holatdaligi muhim masala hisoblanadi. Mamlakatimizda barcha fasllarning mavjudligi nuqtai nazarida ko'chalardagi tabiat hodisalari bilan bog'liq kelib chiquvchi kamchiliklar bartaraf etilishi maskur qismda nazarga olindi va ushbu qilinishi kerak bo'lgan ish asosiylardan etib belgilandi.

Uchinchi bajarailishi kerak bo'lgan ish sifatida esa, har bir loyihani tashkil etilishini muvofiqlashtirib borish belgilandi. Bu bo'yicha Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Qurilish vazirligi mas'ul tashkilotlar sifatida belgilandi.

Va, eng so'nggida mazkur dastur bo'yicha berilgan barcha loyihalarni (jismoniy va yuridik shaxslardan) 2023-yildagi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga kiritish belgilandi. 2023-yilda ushbu loyihalar 200 dan ortiqni tashkil etdi va barchasi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari asosida ko'rib chiqilib, sohaga berilgan imtiyozlarga ega chiqildi [3;]. "2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizmni yanada rivojlantirish" dasturi doirasida belgilangan

ikkinchi ustuvor masala bu bo'sh turgan yer maydonlarini xatlovdan o'tkazgan holda salohiyatli hududlardan mehmonxona va xostellar qurish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini kim oshdi savdolariga qo'yish bo'ldi. Bu asosda ham ichki, ham tashqi turistik tashriflarni amalga oshiruvchilar uchun turar-joy, aniqrog'i vaqtinchalik yashash uchun mehmonxona va xostellarni qurish hamda ularni soni oshirish nazarda tutilgan.

Mehmonxona va xostellarni qurish uchun tadbirkorlik subyektlarining o'z mablag'lari, tijorat banki kreditlari asosida ushbu tarmoqqa sarmoyalar kiritilishi birgina 2022 - 2023-yilni birinchi yarmiga ko'ra avvalgi yillarga qaraganda 7-8 barovarga oshganligi ushbu davlat dasturining natijasi sifatida baholash mumkin. Tadbirkorlarga mehmonxona va xostellarni qurish uchun yer ajratishdan tortib to qurish tugallangacha bo'lgan davrdagi masalalarda ko'maklashish uchun, hukumat tomonidan Buxoro vilyoti hokimligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Yuqorida ishlab chiqilgan dastur doirasida Buxoro shahridagi bo'sh turgan 24 ta ta'mirtalab bo'lgan madaniy meros ob'yektlarini belgilangan tartibda turizm, hunarmandchilik va xizmat ko'rsatish ob'yektlarini tashkil qilish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish masalasi ham alohida band sifatida belgilandi. Ularning aksariyati hunarmandchilik sohalaridagi etnomadaniy xususiyatlarini saqlab qolganligi chet-eldan keluvchi sayyohlarning qiziqishiga sabab bo'lishi aniq. Ushbu masalada, eng avvalo, aniqlangan tadbirkorlik subyektlariga ob'yektlarni investitsiya kiritish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish va ob'yektlarda turizm xizmatlarini tashkil qilish bo'yicha tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko'rsatish Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Buxoro viloyati hokimligi kabi tegishli muassasalarga vazifa qilib belgilandi [3;].

Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlarga nafaqat infratuzilma jihatida, balki ularga xizmat ko'rsatuvchi shaxslarni xizmat sifatini oshirish bo'yicha qilinishi kerak bo'lgan ishlar dasturdan o'rin olgan bo'lib, ishlarni bajarish 2023-yil davomida deyarli bajarilishi ta'minlandi. Shu asosda viloyatdagi turizm marshrutlaridagi obyektlarga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida qo'shimcha 50 nafar gid-ekskursovod (hamroh tarjimon) lar faoliyati yo'lga qo'yildi.

2025-yilgacha bo'lgan davrda viloyatdagi ilgari madaniy meros ob'yekti sifatida o'rin olmagan joylarni madaniy meros ro'yxatiga kiritilishini ta'minlash bo'yicha ham reja tuzilgan. Unga ko'ra, Jondor tumanida joylashgan qadimiy "Varaxsha" qal'asi va Qorako'l tumanida joylashgan "Qadimgi Poykent" arxeologik yodgorligini konservatsiya qilish, arxeologik o'rganishlarni o'tkazish hamda YUNESKOning madaniy meros ro'yxatiga kiritilishini rejalashtirilgan. Bu bo'yicha Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Buxoro viloyati hokimligi kabi tegishlli tashkilotlar tomonidan ishlar olib borilmoqda [3;].

Zamonaviy turizm sohasini maxsus axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bugungi kunda sayyohlar qayerga borishmasin, eng avvalo, o'sha yerni zamonaviy qurulmalar yordamida o'rganishi tabiiy hol, albatda. Ular borayotgan hududning tarixini, e'tiborga molik joylarni va infratuzulmani tashrif buyurmasidan oldin o'rganib chiqadi. Buxoro viloyatidagi turistik axborot markazlarini tashkil qilish bo'yicha ham maxsus reja ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko'ra 2026-yilgacha viloyatning turistik salohiyati yuqori hududlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yengil konstruksiyali 18 ta turizm axborot markazini tashkil etish joyini belgilab, dislokatsiyasini tasdiqlash masalasi asosiy maqsad qilingan. Bunda birinchi navbatda yengil konstruksiyali 18 ta turizm axborot markazini tashkil etish joyini belgilash va turizm va madaniy meros vazirligi bilan kelishilgan namunaviy loyiha asosida turizm axborot markazi

tashkil etish uchun tashabbuskor tadbirkorni aniqlash kabi ishchi reja asosida ishlar 2023-yildan boshlab amalga oshirilgan. 2023-yilning o'zida bu bo'yicha 7 ta axborot markazi va qurulmalarga xizmat ko'rsatish bo'yicha 3 ta tadbirkorlik rejalarini amaliy ish boshlaganini aytib o'tish lozim. Shuningdek, 2023 - 2024-yillarda Buxoro viloyati ziyorat turizm imkoniyatlarini www.ziyarattour.uz saytini takomillashtirish orqali keng targ'ib qilish bo'yicha tegishli choralarni ko'rish bo'yicha viloyat hokimligini turizm masalari bo'limi va innovatsiya vazirligini tegishli markazlariga vazifalar belgilandi.

Viloyatdagi muzeylarni tarixiy ashyolarini ta'mirlash va ularni sonini oshirish bo'yicha ham dastur doirasida maxsus reja ishlab chiqilgan. Bu yo'nalish bo'yicha viloyatdagi barcha muzeylarga o'zlarida saqlanuvchi ashyolarni joriy holatini va sonini aniqlashtirish bo'yicha so'rovnoma yuborilgan. So'rovnoma asosida har bir muzeydagi ushbu ashyolarning moddiy bazasini yaxshilash bo'yicha davlat budjetidan mablag' ajratilishi belgilangan. Ushbu reja doirasida birgina Peshko' tumanidagi "Abu Ali Ibn Sino" muzeyidagi eksponatlar va tarixiy ashyolar sonini ko'paytirish, jumladan, Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya muzeylarida saqlanayotgan qo'lyozma va eksponatlar nusxalarini ko'chirib olib kelish va joylashtirish yuzasidan muzeylarga taklif kiritish bo'yicha 2023-yilda amaliy ishlar boshlangan. Mazkur ishlarni amalga oshirishda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligiga kerakli vazifalar belgilab berilgan [7;14].

Tarixiy obyektlarni restavratsiya masalasi ham turizm sohasini chambarchas qismi hisoblanadi. Sababi ta'mirlangan inshootning jozibadorligi va yanada ko'proq davr yashashi uchun ushbu yo'nalishdagi ishlarni amalga oshirish juda muhim hisoblanadi. "2022 - 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish" dasturi doirasida viloyatdagi an'anaviy meros ob'yektlarini birma-bir restavratsiya qilish ishlari 2026-yilning so'nggigacha amalga oshirilishi belgilangan. Bu bo'yicha, eng avvalo, viloyatdagi mavjud madaniy meros ob'yektlarini xatlovdan o'tkazish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish uchun mahalliy va xorijiy olimlar, restavratorlar va boshqa eng nufuzli mutaxassislarni jalb qilish va tegishli tartibda restavratsiya qilish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish kabi rejalardan dastur ham yaratilgan. Bu ishlar uchun davlat budjetidan Turizm va madaniy meros vazirligiga ajratilgan mablag'lar miqdori ham belgilangan [3;].

Mamlakatning turistik salohiyatini oshirish, uning xalqoro turistik imidjini ko'tarish, sohani kadrlar bilan ta'minlash, ichki turizm ko'lamini oshirishda reklama va tashviqotlarni amalga oshirish turizm sohasida qilinishi kerak bo'lgan asosiy ishlardan hisoblanadi. "2022 - 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish" dasturi doirasida o'ndan ortiq yo'nalishlarda rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, viloyatning turistik salohiyatini taqdimotlarini xorijiy davlatlarda namoyish qilish bo'yicha ishchi guruh tashkil qilindi. Ular birgina 2023-yilning o'zida Rossiyaning 3 ta shahri, Malayziya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Fransiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Germaniya kabi davlatlarda viloyat turistik salohiyatini namoyish qilishdi. Ishchi guruhning 2024-yil doirasida Qozog'iston, Hindiston, Ozarbayjon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya kabi davlatlarda ushbu yo'nalishda tashviqot ishlarini hamda namoyishlarni amalga oshirishni rejalashtirganlar. Shuningdek ushbu yo'nalishda Irkutsk viloyati Bratsk shahrining Buxoro shahri bilan birodarlashganligini inobatga olib, mazkur hududdan turistik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha, Rossiya Federatsiyasi vakillari uchun turizmning agro-eko, eno, gastronomik shopping, ziyorat kabi yo'nalishlarida sayohat qilishlari uchun maxsus turpaketlar tayyorlandi. Rossiya Federatsiyasidagi, xususan, Tatariston Respublikasi hamda Vladimir viloyatidagi sayyohlik

kompaniyalari va OAV vakillari uchun Buxoro viloyati va Buxoro shahriga info-turlarni tashkil qilindi.

Viloyatdagi aniqlanmagan moddiy buyum va ashyolarni izlab topish, umuman, arxeologiya sohasini rivojlantish, sohani salohiyatli kadrlar bilan ta'minlash maqsadida 2023-yilning o'zida Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Buxoro filiali hamda Buxoro davlat universitetida Arxeologiya kafedrasi tashkil etildi.

Ularga kam tadqiq qilingan hududlarda moddiy manbalarni anqilash va ularni ham ilmiy, ham turistik iste'molga kiritish bo'yicha vazifalar belgilab olingan [3;].

Viloyatdagi turistik amalga oshirilishi kerak bo'lgan va rejalashtirilgan eng yirik loyihalaridan biri bu, Buxoro shahrida "Boqiy Buxoro" tarixiy-etnografik parki barpo etilishidir. Mazkur parkning yaratilishidan ko'zlangan bosh maqsad qadim Buxoroning boy tarixi va madaniyatini, noyob moddiy va nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash, uni yanada kengroq targ'ib etish hisoblanadi.

Tarixiy-etnografik park hududidan Buxoro an'anaviy me'morchiligi durdonalari va zamonaviy shaharsozlik uslublari uyg'unligini o'zida ifoda etgan ob'ektlar, jumladan, etnografik muzey, Buxoro vohasi uchun xos bo'lgan tarixiy mahallalar, aholi uchun xizmat ko'rsatuvchi choyxonalar va milliy taomlar tamaddixonalari, an'anaviy drenaj tizimlari - ariq va hovuzlar, hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo'zlik, kashtachilik, yog'och o'ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san'at ustaxonalari o'rin oladi [8;].

Majmua markazida, shuningdek, musiqali favvora ham tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Etnografik park barpo etilishida xalqaro ekspertlar guruhi va mahalliy mutaxassislar jalb etiladi. Bu hududdagi barcha ishlar YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 1972-yil 16-noyabrda qabul qilingan Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofazasi bo'yicha konvensiya talablari asosida amalga oshiriladi.

XULOSA

Buxoro viloyati mamlakatimizdagi qadim tarixiy va madaniy boyliklarning eng ko'piga egalik qiluvchi hududlardan biri hisoblanadi. Bu maskanda qadimdan o'zbek xalqi va boshqa millatlarning o'ziga xos rivojlangan etnomadaniyatlari bugungi kunda viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarga eng manzur kelayotgan jihatlardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham hukumat tomonidan viloyatning turistik, aynan etnoturizm yo'nalishini rivojlantirish uchun ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. 2022 - 2026-yillarda viloyat turistik salohiyatini yanada oshirish bo'yicha ishlab chiqilgan dasturni bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. Ushbu dastur doirasida bajariladigan barcha ishlar kelajakda nafaqat viloyatning turistik imidji, balki mamlakat iqtisodiy salohiyatiga ijobiy ta'sirini bildirmasdan qolmaydi.

O'z o'rnida qayd etish kerakki, bu loyiha asosida mo'ljallangan hududning uchdan ikki qismida Buxoro aholisi va mehmonlar sayr qilishi uchun muhtasham saylgoh (yashil bog') bunyodga kelishi mo'ljallangan. Bunda loyiha hududida "Yashil Buxoro" dasturiga muvofiq ilgari tashkil etilgan maydondagi daraxtlar va yashillik qiyofasi to'liq saqlab qolinadi hamda yangi bog' manzarasi sifatida yanada boyitiladi.

Bir so'z bilan aytganda, "Boqiy Buxoro" tarixiy-etnografik parkining bunyod etilishi nafaqat yurtimiz ko'p asrlik va boy madaniy-tarixiy qadriyatlarini jahon hamjamiyatiga keng tanitishga xizmat qiladi, balki global miqyosdagi ekologik muvozanatni saqlab qolishga munosib hissa qo'shishi shubhasizdir [9].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. 2017-yil 7-fevral.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan'" Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori. https://lex.uz/docs/-6212874

4. Tashkenbayeva Z.U. O'zbekiston Respublikasida turizm sohasining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari, "Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari" — mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining materiallari to'plami, 5- may 2021-yil. 500-503 betlar "Iqtisod-moliya".

5. Egamberdiyev F.T. Современное состояние развития туристской политики в мире. // Экономика и финансы (Узбекистан), 2022. № 6. Б. 16-24. DOI: 10.34920/EIF/VOL_2022_ISSUE_6_1 М.

6. Muminov Nozim Gaffarovich. Systematization of factors affecting the development of tourism. "Учинчи ренессансни шакллантиришнинг ижтимоий-иктисодий муаммолари" мавзусидаги халкаро илмий-амалий конференция материаллари. - Т.: «IlmZiyo-Zakovat» нашриёти, 2022. - Б.393-395.

7. Muminov.N.G. Перспективы развития государственного управления в сфере туризма в Узбекистане // Экономика и финансы (Узбекистан), 2022 г, №5, С.2-10.

8. Nozim MUMINOV, Farxod XALMATJONOV. TURIZM SOXASINI RIVOJLANISHIDA MAVSUM VA IKLIM OMILLARINI XISOBGA OLISH MASALALARI. "Pandemiyadan keyingi sharoitda turizmning rivojlanishi: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - T.: UzXIA, 2022. - B.32-36.

9. N. Mustanov. O'zbekistonda ziyorat turizmi va ichki turizmning rivojlanish tamoyillari hamda turizmning pandemiya bilan bog'liqligi // "Экономика и социум" №5(84) 2021. 14-29-betlar.

10. Азизова С.Х., Муминов Н.Г. СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ СОЦИАЛЬНЫХ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА РАЗВИТИЕ ТУРИЗМА. В сборнике: Перспективы современной науки и образования. Материалы всероссийско научно-практической конференции с международным участием. Отв. редактор А.А. Зарайский. Саратов, 2022. С. 10-18.

11 .Kholmatjonov F. M., Muminov Nozim Gaffarovich. FEATURES OF STATE REGULATION IN THE FIELD OF TOURISM IN FOREIGN COUNTRIES. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions- RJAI. Volume 4, Issue 4 April, 2023 pp. 273-279.

12.Inatov M.N., Xolnazarova L.S. Maxammadiyeva S.I. "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanidan o'quv - uslubiy qo'llanma. - Toshkent, ToshDTU, 2021. 83 b.

13.2017-2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. - Toshkent: Ma'naviyat, 2017.

14.https://kun.uz/uz/news/2024/02/03/boqiy-buxoro-tarixiy-etnografik-parki-loyihasi-elon-qilindi-fotolar?ysclid=lseduenfyz870757633

15.https://telegra.ph/Buhoroda-BoKii-Buhoro-tarihij-ehtnografik-parki-barpo-ehtiladi-02-03

16.Turkiy davlatlar tashkilotining turizm sohasi vakillari yig'ilishi yakunlandi. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/turkiy-davlatlar-tashkilotining-turizm-sohasi-vakillari-yigilishi-yakunlandi?ysclid=lso85qctbb757536603

17. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti portali. Turizmni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha imkoniyatlar ko'rsatib o'tildi. 29.03.2023. https://president.uz/oz/lists/view/6095

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.