Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI YANGI TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI YANGI TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
infratuzilma / VIP-zal / ochiq osman ostidagi muzey shahar / Stixiya-2021 / restoran / kafe / turagentlik / turoperator / preferensiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Polvonova Nilufar, Jumanazarova Ozoda

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlari ijrosini ta’minlanishi yuzasidan Urganch va Xiva shaharlarida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI YANGI TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI YANGI TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

1Polvonova Nilufar, 2Jumanazarova Ozoda

1,2Xiva xizmat ko'rsatish va servis texnikumi o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.13901683

Annotasiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining turizm sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan farmon va qarorlari ijrosini ta'minlanishi yuzasidan Urganch va Xiva shaharlarida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: infratuzilma, VIP-zal, ochiq osman ostidagi muzey shahar, Stixiya-2021, restoran, kafe, turagentlik, turoperator, preferensiya.

Аннотация. В данной статье дана информация о работе, проводимой и совершенствуемой в городах Ургенч и Хива в связи с реализацией указов и решений Президента Республики Узбекистан по дальнейшему развитию сферы туризма.

Ключевые слова: инфраструктура, VIP зал, город-музей под открытым небом, Стихия-2021, ресторан, кафе, туристическое агентство, туроператор, преферанс.

Abstract. In this article, information is given about the work carried out and being improved in the cities of Urganch and Khiva in connection with the implementation of the decrees and decisions of the President of the Republic of Uzbekistan on the further development of the tourism sector.

Keywords: infrastructure, VIP hall, open-air museum city, Stikhiya-2021, restaurant, cafe, travel agency, tour operator, preference.

Kirish

Turizm sohasi har bir mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirish va tanitishda muhim rol o'ynaydi. Xorazm viloyati ham boy tarixiy-madaniy salohiyatga ega bo'lib, uning tarixi qariyb 3000 yillarga borib taqaluvchi 300 dan ortiq asori-atiqalari bilan ajralib turadi. Xorazm viloyatida turizmning yangi tarmoqlarini rivojlantirish mavjud shart-sharoitlarni inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo, shu hududning turizmga ixtisoslashgan infratuzilmasiga katta e'tibor qaratish zarur. Bu borada hozirgi vaqtda hukumat tomonidan turizm sohasini rivojlantrish bo'yicha ko'plab qaror va farmonlar chiqarilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyundagi "Turizm to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonlari, 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-sonli "2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori, 2017-yil 4-maydagi PQ-2953-sonli "2017-2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi qarorlarida hamda mazkur faoliyatiga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda tarmoqni ustuvor rivojlantirish strategiyasi yo'nalishlari kabi hujjatlar tizimini rivojlantirishda asos vazifasini bajarib kelmoqda.

Bu kelayotgan sayyohlarning yildan-yilga ko'payishiga olib keladi. M.A.Jukovaning fikriga ko'ra, turizm infratuzilmasi - turizm rivojlanishi jarayoniga xizmat qiluvchi sayyohlar uchun dam olish va ko'ngil ochishni ta'minlovchi shart-sharoit va inshootlar to'plamidir.

V.A.Buylenko izohi bo'yicha turizm infratuzilmasining o'ziga xos xususiyati shundaki, u sayyohlarga va mahalliy aholiga xizmat qilish bilan birga ko'plab ish o'rinlarini yaratadi. O'zbekiston o'zining qadamiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati va fayzli go'shalari sayyohlik ko'lami va tarixiy joylari ko'pligi bilan sayyohlarni o'ziga rom etayotgan dunyodagi yetakchi o'n mamlakat qatoridan o'rin olgan.

Yurtimizda ushbu tarmoqni rivojlantirishda Xorazm viloyati va Xiva shahrining ham katta o'rni bor. Xorazm viloyatida turizmning yangi tarmoqlarini rivojlantirish uchun ko'plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil yanvar oyida vohaga tashrifi chog'ida Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, uning respublikaning boshqa hududlari va xalqaro yo'llar bilan bog'lanishini ta'minlash elektropoezdlar, kelgusida esa yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Avrosiyob" tezyurar poezdlari qatnovini yo'lga qo'yish lozimligi ta'kidlangan edi. Bu ezgu tashabbus qisqa fursatda (2018-yilda) amalga oshirilib, Xiva shahrida zamonaviy temir yo'l vokzali barpo qilindi. E'tiborlisi, bir vaqtning o'zida 200 nafar yo'lovchiga namunali xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan VIP-zal, ona va bola xonalari, mehmonxona, tibbiyot xonalari o'z manzillariga yo'l olayotgan xam-yurtlarimizga, ochiq osmon ostidagi muzey - shahar tarifini olgan qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrini tomosha qilishga kelayotgan mahalliy va xorijlik sayyohlar, ularning oilalariga qulayliklar yaratadi. Shuni aytish lozimki, "Haytex" loyihalar asosida barpo etilgan vokzalning o'ng tomonida zamonaviy tipda qurilgan madaniyat va istirohot bog'i, Prezident maktabi, old tomonida esa "Ichan qal'a" davlat muzey qo'riqxonasigacha mehmonxonalar, restoronlar, choyxona va kafelar, do'konlar va sayohat eletromobillari ish faoliyatini boshladilar.

Bundan tashqari, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga yoshlarni qiziqtirish va chet ellik sayyohlarni jalb qilishda 2021-yil may oyida Namangan shahrida gullar festivali, Mo'ynoq shahrida "Stixiya2021" elektron musiqa festivali, Toshkent shahrida "Besh tashabbus harakati -2021 yil yoshlar forumi", Xiva shahri va respublikamizning boshqa viloyatlarida yoshlar forumlari o'tkazildi va yildan-yilga bunday tadbirlar soni ham ko'paymoqda. Maroqli va jozibali tarzda amalga oshirilayotgan tadbirlar yoshlarimizni turizm sohasiga qiziqtirishda shu kabi xorijdan tashrif buyurgan sayyohlarni xalqimiz tarixi va madaniyatini o'rganishga e'tiborini oshirishda juda muhim rol o'ynaydi.

Tashkil etilgan forumlarda juda ko'p yoshlar tomonidan turizm sohasiga talluqli takliflar bildirildi va muhokama qilindi. Biroq, pandemiya turizm sohasiga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatdi. Yurtimizda turizm sohasida pandemiya vaqtida zarar ko'rgan ko'plab mehmonxonalar, restoranlar, kafelar, turagentliklar, turoperatorlar va boshqa band sohalarga davlat tomonidan turli xil imtiyoz va pereferensiyalar berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan vohaga tashrifi chog'ida turizm sohasi va uni rivojlantirish bo'yicha qilinadigan ishlar yuzasidan muhim takliflar ilgari suriladi. Masalan, Urganch shahri markazida Jaloliddin Manguberdining mahobatli haykalini o'rnatish, shaharda 1000 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy san'at saroyini qurish tashabbusi ilgari surilgan. Birinchi loyihaning ahamiyatli jihati shunda bo'ldiki, shaharda transport tirbandligining oldini olish maqsadida Jaloladdin Manguberdi haykali o'rnatilgan maydon ostidan yopiq qismi 260 metr, ochiq qismi 240 metr bo'lgan yer osti yo'li barpo etildi. Kengligi 17 metr, balandligi 5 metr bo'lgan ushbu yo'l soatiga 3.5 ming avtomobilni o'tkazish quvvatiga ega bo'ldi. Ta'kidlash joizki, yer osti avtomobil yo'lini qurilishi respublikamiz viloyatlari ichida ilk bor Xorazmda amalga oshirildi. Jaloladdin Manguberdi va Al-Xorazmiy haykallari o'rnatiladigan mazkur hudud 10 gektarni tashkil qilib, keng ko'lamda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari bajarildi. Bir so'z bilan aytganda, ushbu majmua xorijlik sayyohlar, keksa-yu yoshlar yoki

barcha tashrif buyuradigan, umumxalq bayramlari va xalq sayllari o'tkaziladigan sevimli maskanga aylandi. Bugungi kunda O'zbekistonda mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentliklar, kafelar, choyxonalar va boshqa xizmat ko'rsatish tarmoqlari ko'payib bormoqda. Misol uchun, hozirgi kunda respublikamizda jami 1261 ta mehmonxonalar va 1385 ta turoperatorlar va turagentliklar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Bu qilinayotgan islohotlar natijasini ifodalab, tashabbuskorlik yildan-yilga oshib borayotganidan darak beradi. Amalga oshirilayotgan ishlar kelayotgan xorijlik va ichki turistlarga keng qulayliklar yaratadi. Turizm sohasi mamlakatimzda rivoj topib kelinmoqda va har yil ushbu sohani rivojlantirish uchun hukumat tomonidan ko'plab salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida 2021-2025 yillarda mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko'paytirish, ushbu yo'nalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ'ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha 2017-yil yakuni bo'yicha 2.3 foizga yetkazish, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar 9 mln. nafardan ortiq turistlarni, shu jumladan 2 mln. xorijiy turistni jalb qilish belgilab qo'yilgan. Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o'rinlarini ko'paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta'minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan. Xorazm viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada ko'proq jalb qilish, turizm sohasida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko'lamini yanada oshirish, soha uchun malakali qadrlarni tayyorlash, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda 2019-yilda faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari (mehmonxonalar) soni jami 152 tani, ulardagi xonalar soni 2203 tani va o'rinlar soni 4603 tani tashkil qilgan bo'lsa-da, 2020-yilga kelib, viloyatda faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari soni jami 161 tani, ulardagi xonalar soni 2274 tani va o'rinlar soni 4758 tani va 2021-yilda 179 tani, ulardagi xonalar soni 2494 tani va o'rinlar soni 5233 tani tashkil qilgan (1-rasm).

1-rasm. Joylashtirish vositalari sonining 2017-2021-villar davomida o'sish

dinamikasi |4]

Shuningdek, Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan sayyohlik tashkilotlari soni 2019-yilda jami 58 tani, 2020-yilda 62 tani va 2021-yilda 59 tani tashkil qilgan. Xorazm viloyatiga 2019-yilda 2646597 nafar sayyoh kelgan bo'lsa, shundan chet el fuqarolari soni 420828 nafarni, mahalliy turoperatorlar tomonidan olib kelingan xorijiy sayyohlar soni 317532 nafarni, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 2225769 nafarni, 2021-yilga kelib, bu ko'rsatikich 360500 nafar sayyoh kelgan. Shundan, chet el fuqarolari soni 23050 nafarni, mahalliy

turoperatorlari tomonidan olib kelingan xorijiy sayyohlar soni 3742 nafarni, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 337450 nafarni tashkil qilgan va 2021-yilga kelib, bu ko'rsatkich sezirali darajada ko'tarilgan. Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar soni 1294542 nafarni tashkil qilgan, bu esa o'tgan yilga mos davriga nisbatan 3,5 baravarga ko'paygan (1-jadval).

1-jadval

Xorazm viloyatiga 2019-2021-yillar davomida tashrif buyurgan

t/r Viloyatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar tarkibi 2019-yil 2020-yil 04gan yil mos davriga nisbatan foiz ko'rsatkichi (% da) 2021-yil O'tgan yil mos davriga nisbatan foiz ko'rsatkichi {% da)

Jami: 2646597 360500 14 % 1294542 359 %

1 Chct el fuqarolar soni 420828 2305Q 5 % 39805 173 %

2 Mahalliy turoperatorlar tomonidan olib kelingan xorijiy sayyohlar soni 317532 3742 1 % 24 1 %

3 O'zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 2225769 337450 15 % 1254737 372 %

Ushbu jadvalga asosan, Xorazm viloyatiga 2019-2021-yillar davomida sayyohlar tashrif buyurgan bo'lib, ularning tarkibi chet el fuqarolariga, mahalliy turoperatorlar tomonidan olib kelingan xorijiy sayyohlarga va O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga to'g'ri kelgan. Shunisi e'tiborliki 2023-yil yakunlari bo'yicha Xorazm viloyatiga 564700 ta xorijiy turistlar hamda 2 200 000 dan ortiq mahalliy turistlar tashrif buyurishgan. Xulosa qilib aytganda, viloyatimizga tashrif buyurayotgan turistlar soni dinamikasiga qaraydigan bo'lsak yildan yilga turistlar oqimida o'sish kuzatilmoqda.

REFERENCES

1. 2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5- yanvardagi PF-5611-sonli Farmoniga 1-ilova.

2. Mulaydinov F., Kadirova A., Melibaeva G., Akhmadjonov O. Advantages of the transition to a digital economy in the innovative development of Uzbekistan. // Journal of Advanced Research in Dynamical & Control Systems.

3. Mulaydinov F. Digital economy is a guarantee of government and society development. // Ilkogretim Online, 2021, 20(3), - p. 144-1479.

4. Мулайдинов Ф., Бутабоев М., Шодиев Т. Ракамли иктисодиёт юксалишнинг мезони. // "Пандемия шароитларида ижтимоий-иктисодий окибатлар ва Узбекистан ах,олисининг камбагаллик даражасини кискартириш" мавзусидаги XII халкаро иктисодчилар форуми, 2020 йил.

5. Ruzmetov B., Salayev S.K., Xudayberganov D.T., Gulmanov M.A., Djumaniyazov U.I., Atayev J.E., Saidov D.R., Tadjiyev B.U. Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatini yuksaltirish strategiyasi. Monografiya. - T., 2020.

6. Xorazm viloyatida 2022-yilda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hisoboti.

7. Жукова М.А. Менеджмент в туристическом бизнесе. / М.А.Жукова. - М.: КНОРУС, 2006. - 192 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.