Научная статья на тему 'BUXORO VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

BUXORO VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / iqtisodiy o‘sish / farovonlik / turizm islohatlari / ziyoratgohlar / ziyoratchi / potentsial / texnik-iqtisodiy asoslar.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Abdusalomova Farida Olimjon Qizi

Bugungi kundа turizm eng jаdаl rivojlаnаyotgаn vа аhаmiyаtli sohа sifаtidа e’tirof etilаdi. Turizm sohаsi bilаn bog‘liq fаoliyаtning eng muhim iqtisodiy xususiyаti shundаki, ulаr rivojlаnаyotgаn mаmlаkаtlаrning uchtа ustuvor mаqsаdigа hissа qo‘shаdi hаmdа dаromаdlаr, bаndlik vа vаlyutа tushumlаri bilаn tа’minlаydi. O‘zbekistonning ko‘plab moddiy-madaniy meros obyektlari, diqqatga sazovar joylari, tabiiy-iqlim sharoiti va betakror mehmondo‘stligi, xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuksak imkoniyatlarga ega ekanligini yaqqol namunasi bo‘lmoqda. Ushbu maqolada Buxoro viloyatida turizmning o‘ziga xos xususiyatlari , rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

BUXORO VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH

IMKONIYATLARI Abdusalomova Farida Olimjon qizi

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi,magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11088605

Annotatsiya. Bugungi kunda turizm eng jadal rivojlanayotgan va ahamiyatli soha sifatida e 'tirof etiladi. Turizm sohasi bilan bog'liq faoliyatning eng muhim iqtisodiy xususiyati shundaki, ular rivojlanayotgan mamlakatlarning uchta ustuvor maqsadiga hissa qo'shadi hamda daromadlar, bandlik va valyuta tushumlari bilan ta 'minlaydi. O 'zbekistonning ko'plab moddiy-madaniy meros obyektlari, diqqatga sazovar joylari, tabiiy-iqlim sharoiti va betakror mehmondo'stligi, xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuksak imkoniyatlarga ega ekanligini yaqqol namunasi bo'lmoqda. Ushbu maqolada Buxoro viloyatida turizmning o'ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: turizm, iqtisodiy o'sish, farovonlik, turizm islohatlari, ziyoratgohlar, ziyoratchi, potentsial, texnik-iqtisodiy asoslar.

Turizm har bir mamlakat uchun iqtisodiy o'sish va rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega va umumiy o'sish, rivojlanish va farovonlikda eng muhim rol o'ynaydi. Turizmning ahamiyati yildan-yilga oshirib borayotgani uni rivojlantirish dolzarbligi ko'rsatadi. O'zbekiston turizm sanoatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. So'ngi yillarda mamlakat hududida turizmni rivojlantirish bo'yicha jadal ish harakatlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar natijasida mamlakatda turizm so'nggi uch yilda besh barobar oshdi. 2016-yilda O'zbekistonga 1 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan bo'lsa, 2017-yilda bu ko'rsatkich 2,7 millionga, 2018-yilda esa 5,3 milliondan oshdi. 2025-yilga kelib xorijlik sayyohlar soni 7 millionga yetishi, chet eldan yillik valyuta 2 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Hozirgi kunda ziyorat turizmi salohiyati yuqori bo'lgan Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab davlatlaridan ziyoratchilarni mamlakatimiz tarixiy shaharlari, xususan Buxoroga tashrifi sonini oshirish belgilangan. Bilamizki, Buxoro islom dinining markazi, sharif shahar, faxrli shahar, shaharlar imomi kabi nomlar bilan e'zozlanadi. Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Imom Al-Moturudiy, Bahouddin Naqshband Buxoriy, Az-Zamaxshariy nomlari hozirgi O'zbekiston hududidan boshlab butun musulmon olamiga mashhur. Islom olamida o'zining yetuk o'rniga ega bo'lgan bu kabi buyuk shaxslarning maqbaralari hozirda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun muhim potentsial yo'nalish hisoblanadi. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan boshlangan "silsilai zahhob"(oltin zanjir) halqalarining o'ninchidan o'n oltinchigacha bo'lgan piru komillari -Abduxoliq G'ijuvoniy, Orif Revgariy, Anjir Fag'naviy, Ali Romitaniy, Boboyi Samosiy, Amir Kulol va Bahouddin Naqshbandlar bir zaminda mavjudligi yuqori ahamiyatga ega turizm yo'nalishi uchun zamindir.

Turizm rivojlanishi uchun shart-sharoit va resurs imkoniyatlari bilan birga huquqyiy asoslar ishlab chiqilishi muhim hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, shuningdek Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha alohida dasturni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi "2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 543-sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Buxoro viloyatidagi 800 dan ziyod madaniy obyektlarni birma-bir restavratsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Amalga oshirilayotgan harakatlar natijasi o'laroq 2021-yilda Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2,2 mln nafarga yetib, xorijiy turistlar soni 48,9 ming nafardan oshgani qayd etilgan. Bu ko'rsatgich o'z navbatida 2020-yilga nisbatan ichki turizm 8 baravar, xorijiy sayyohlar soni 3,5 barovar ortganini bildiradi.

Buxoro butun dunyodan O'zbekistonga ko'plab sayyohlarni jalb qiladi. O'tgan yillarda bu yerga kelayotgan sayyohlar tahlilini inobatga oladigan bo'lsak, ayniqsa musulmon davlatlaridan juda mashhur. Keyingi yillarda O'zbekistonda muhtasham inshootlar, madaniy dam olish maskanlari, ziyoratgohlar barpo etildi. Turistlar soni oshib borayotgani va talab o'sib borayotgani natijasida Buxoroda joylashtirish vositalari soni ortib bormoqda.

Joylashtirish vositalari

300 250 200 150 100 50 0

! ■! ■ *Mehmonxonalar Oilaviy mehmon uylari Hostellar

1-rasm. 2021-2022-yillarda Buxoro viloyatidagi joylashtirish vositalari soni

Turizm va mehmonxona sanoati har doim yonma-yon boradi va bugungi kunda ko'plab mehmonxonalar mavjud bo'lib, ular sayohatchilar uchun hududdagi tanloviga ko'ra ko'proq qiymat va joziba qo'shadi. So'nggi yillarda Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirishga bo'lgan e'tibor va yetarli shart-sharoitlarning samarasi o'laroq, hududda turizm miqyosi sezilarli darajada o'sib bormoqda. Shu sababli viloyatda raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqib, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ'ib qilish bo'yicha strategiya ishlab chiqish, sohada reklama-axborot faoliyatini keng yo'lga qo'yish bugungi kun talabidir.

1-jadval

Buxoro viloyatida turizm ko'rsatkichlari

Xorijiy sayyohlar Ichki sayyohlar Turizm eksporti Turoperatorlar

2022-yil 556,2 Ming nafar 2961,1 Ming nafar 138,2 mln AQSH dollari 120 ta

268

2022-yil 2023-yil

2023-yil 1387,8 Ming nafar 3490,0 Ming nafar 339,1 mln AQSH dollari 143 ta

2024-yil 1500,0 Ming nafar 4000,0 Ming nafar 450,0 mln AQSH dollari 145 ta

Xulosa qilib aytganda, ziyorat turizmi islom dini va madaniyati tarixini chuqurroq o'rganish , hudud sayyohlik nufuzini yanada oshirish, uni ziyorat turizmi markazi sifatida tanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi ma'lumotlar ziyorat turizmi Buxorodagi eng istiqbolli sohalardan biri ekanligini ifodalab, soha rivojini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan say-harakatlar, yetarli shart-sharoitlar yaratilishi turizmning ahamiyati kundan-kunga oshib borayotganini hamda jadal rivojlanish ko'rsatkichlariga erishish imkoniyatlarini ko'rsatib beradi. Soha rivojini ta'minlash maqsadida infratuzilmani yanada rivojlantirish esa hududning turistik jozibasini oshiradi va ko'plab turistlarni jalb qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi "2022-2026

yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi 543-sonli Qarori.

2. Narziev, M., Ermakov, A. and Babakulov, A. (2015). Current state and development trends of

the tourism and hospitality industry in Uzbekistan. Service plus, No. 2 (9), 42-43.

3. Ruziev, Sh. (2018). Assessment of the tourism potential of historical and cultural tourism of the

Republic of Uzbekistan. Regional problems of economic transformation, No. 4, 77-78.

4. Karakulov, N., Amanbayeva, Z., Sultanova, N. and Khidirov, M. (2018). Development of

tourism in Uzbekistan. European Scientific review, 13-15.

5. Umarova, G. (2018). Tourism opportunities in Uzbekistan and its importance in increasing

employment. Symbol of science, No. 7, 95-97.

6. Allayarov, S. (2019). The role of transport services in the tourism industry of regions is

considered. International scientific review, 35-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.