Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA MEHMONXONA BIZNESINING HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING TAHLILI, MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI'

MAMLAKATIMIZDA MEHMONXONA BIZNESINING HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING TAHLILI, MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
601
236
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehmonxona / mehmonxona nomerlari / xizmatlar diversifikatsiyasi / mehmonxona turlari / turizm / turist / ichki sayyoh / tur paket / ichki turizm. / гостиница / гостиничные номера / диверсификация услуг / типы гости­ ниц / туризм / турист / внутренний турист / пакетный тур / внутренний туризм

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mardonova Dilrabo Shirinboyevna

Mazkur maqolada mamlakatimizda mehmonxona biznesining holati, rivojlanish tendensiyalari va ularning tahlili hamda mazkur sohadagi mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va mehmonxonalarning o‘rtacha bandligi bo‘yicha 2022­yil mart oyidagi holatiga doir statistik ma’lumotlar tahlili keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari hozirgi kunda respublikamizda mehmonxonalar soni nechta ekanligi va viloyatlar kesimida mehmonxonalarning taqsimlanishi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

АНАЛИЗ СОСТОЯНИЯ И ТЕНДЕНЦИЙ РАЗВИТИЯ ГОСТИНИЧНОГО БИЗНЕСА В НАШЕЙ СТРАНЕ, СУЩЕСТВУЮЩИЕ ПРОБЛЕМЫ И ИХ РЕШЕНИЕ

В данной статье рассмотрено состояние гостиничного бизнеса в нашей стране, тенденции раз­ вития и их анализ, а также существующие недостатки в этой сфере и пути их решения. представлен анализ статистических данных о средней загрузке всех к атегорий гостиниц Узбекистана по состоя­ нию на март 2022 года. Кроме того, было проанализировано количество гостиниц в нашей респу­ блике и состояние гостиниц в регионах

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA MEHMONXONA BIZNESINING HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING TAHLILI, MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI»

Mardonova Dilrabo Shirinboyevna,

"Ipak yo'li" xalqaro Turizm va madaniy meros universiteti, 08.00.17 - « Turizm va mehmonxona" ixtisosligi boyicha 1-kurs tayanch doktorant

MAMLAKATIMIZDA MEHMONXONA BIZNESINING

holati va rivojlanish TENDENSIYALARINING

TAHLILI, MAVJuD MuAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

UO'K: 640.4

DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_2_2

MARDONOVA D.SH. MAMLAKATIMIZDA MEHMONXONA BIZNESINING HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING TAHLILI, MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Mazkur maqolada mamlakatimizda mehmonxona biznesining holati, rivojlanish tendensiyalari va ularning tahlili hamda mazkur sohadagi mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari ko'rib chiqilgan. O'zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va mehmonxonalarning o'rtacha bandligi bo'yicha 2022-yil mart oyidagi holatiga doir statistik ma'lumotlar tahlili keltirib o'tilgan. Bundan tashqari hozirgi kunda respublikamizda mehmonxonalar soni nechta ekanligi va viloyatlar kesimida mehmonxonalarning taqsimlanishi tahlil qilingan.

Tayanch so'z va tushunchalar: mehmonxona, mehmonxona nomerlari, xizmatlar diversifikatsiyasi, mehmonxona turlari, turizm, turist, ichki sayyoh, tur paket, ichki turizm.

МАРДОНОВА Д.Ш. АНАЛИЗ СОСТОЯНИЯ И ТЕНДЕНЦИЙ РАЗВИТИЯ ГОСТИНИЧНОГО БИЗНЕСА В НАШЕЙ СТРАНЕ, СУЩЕСТВУЮЩИЕ ПРОБЛЕМЫ И ИХ РЕШЕНИЕ

В данной статье рассмотрено состояние гостиничного бизнеса в нашей стране, тенденции развития и их анализ, а также существующие недостатки в этой сфере и пути их решения. Представлен анализ статистических данных о средней загрузке всех к атегорий гостиниц Узбекистана по состоянию на март 2022 года. Кроме того, было проанализировано количество гостиниц в нашей республике и состояние гостиниц в регионах.

Ключевые слова и понятия: гостиница, гостиничные номера, диверсификация услуг, типы гостиниц, туризм, турист, внутренний турист, пакетный тур, внутренний туризм.

MARDONOVA D.SH. ANALYSIS OF THE STATE AND DEVELOPMENT TRENDS OF THE HOTEL BUSINESS IN OUR COUNTRY, EXISTING PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS.

In the article is presented results of the hotel business in Uzbekistan analysis, the development trends, as well existing shortcomings in this field and their solutions. The statistical data for the average occupancy of all categories of hotels in Uzbekistan was presented for the of March 2022. In addition, the number of hotels in our Republic and the dissemination of hotels in regions were analyzed.

Key words and concepts: hotel, hotel numbers, diversification of services, hotel types, tourism, tourist, domestic tourist, package tour, domestic tourism.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 2 (162)

Kirish.

O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllan-ishi jahon bozorlarida turizm sohasidagi keskin o'zgarishlar davriga to'g'ri keldi. Jahonda turizm iqtisodiyotning ahamiyatli tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Ma'lumki, turizm industriyasi millionlab ishchi va xizmatchilarni ish joylari bilan ta'minlab, ular kasb mahoratining o'sishiga imkoni-yatlar yaratib bermoqda. Hozirgi kunda dunyo yalpi ichki mahsuloti (YAIM)ning 10 %, umumiy eksport hajmining 7 % turizm hissasiga to'g'ri kel-moqda. Butunjahon turistik tashkilotining (BTT) ma'lumotlariga binoan turizm dunyo miqyosida tovarlar va xizmatlar eksporti bo'yicha to'rtinchi o'rinni (avtomobil, kimyo va yoqilg'i mahsulotlari eksportidan keyin), daromadlilik darajasi bo'yicha uchinchi o'rinni (neft ishlab chiqarish va avtomo-bilsozlik sanoatidan keyin) egallab kelmoqda1.

O'zbekiston Respublikasi hukumati turizm sohasini rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda. So'nggi yillarda jahon hamjamiyati O'zbekistonning turizm sohasida ulkan va tub o'zgarishlarni e'tirof etmoqda. Buning isboti sifatida turizmni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, boshqaruv tizimini yaratish, turizm turlarini diversifikatsiya qilish, O'zbekistonning xalqaro maydonda tan olinishi va jozibadorligini ta'minlashga qaratilgan hujjatlar qabul qilinganligini e'tirof etish lozim.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezi-dentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»ninig 35-maqsadida turizm industriya-sini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilma-sini kengaytirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi2. O'zbekistondagi umumiy turistik oqimning 76,2 % Samarqand, Buxoro, Toshkent va Xiva shaharlariga to'g'ri keladi, 24,6 % xorijiy turistlar Farg'ona vohasiga qiziqishmoqda. Turistik salohiyatning 40 % Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga, 37 % Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga, 16 % Farg'ona vohasi va Surxondaryo

1 Концепция развития туристической отрасли Республики Узбекистан на среднесрочную перспективу.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.

viloyatlariga to'g'ri kelmoqda. 50 % hududlarni egallagan qolgan viloyatlarga turizmning atigi 7 % salohiyati to'g'ri kelmoqda3. Ushbu holat, bar-cha hududlarda turizmni rivojlantirishni va buning uchun zamonaviy mehmonxonalarni barpo etishni taqozo qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi «O'zbekiston Respub-likasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni, 2018 yil 3 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tad-birlari to'g'risida»gi Farmoni, 2018 yil 6 fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori, 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tad-birlari to'g'risida»gi qaror va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni hamda mehmonxona xo'jaliklari samaradorligini oshirish-ning ilmiy-nazariy va metodologik muammolarini hal qilishda asos bo'lib xizmat qiladi.

Birgina, "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" das-turining amalga oshirilishi mamlakatimizda sayohat madaniyatining rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mamlakatdagi ichki sayohatlarning umumiy soni 2016-yildagi 8,8 milliondan 2019-yilda 14,7 milliongacha ko'paydi va 2022-yilda 8.5 mil-lionni tashkil qildi.

So'nggi 4 yil ichida O'zbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar jumladan yirik, o'rta va kichik mehmonxonalar foydalanishga topshirildi. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetdi. Xonalar soni bilan - 33,4 ming dona va 71,2 ming o'rinni tashkil etdi. Ayni paytda O'zbekistonda yaqin kunlarda foydalanishga top-shirilishi rejalashtirilgan yuzlab yangi mehmonxona loyihalari tuzilmoqda4.

2022-yil mart oyida olib borilgan tadqiqotlar natijasida O'zbekistonda barcha toifadagi mehm-onxonalarning o'rtacha bandligi bo'yicha statistik ma'lumotlar tahlili ijobiy o'zgarishlarni ko'rsatdi. 28, 29, 30-mart kunlari bo'lgan uch kunlik davrdagi

3 Komilova N.A., Usmanova L.I. Развитие туризма Узбекистана: проблеми и реалии. SamISI, O'zbekiston: turizm, iqtisodiyot va ekologiya. Ilmiy to'plam. - Samarqand, 2019, - 26-30 betlar.

4 O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirining o'rinbosari - B.Shahriyorovning nutqi. Invest@uzbektourism.uz www. uzbektourism.uz

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 2 (161)

yuklama butun respublika bo'yicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpog'istonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etdi. Bu juda yaxshi ko'rsatkichlar bo'lib, turizm industriyasining tiklanishidan, mehmonxona biznesi uchun esa ren-tabellikning tez tiklanishidan darak berib turibdi.

Ilmíy muammoníng qo'yílíshí. Turizm sohasi va uning tarkibida mehmonxona xo'jaligi iqti-sodiyotning muhim tarmog'i sifatida jahon va mamlakatimiz olimlari diqqat markazida bo'lib kelgan. Jumladan, mazkur muammoning ilmiy-nazariy va metodologik hamda amaliy muammo-lari xorijlik olimlardan F.Kotler, Dj.Bouen, Dj.Meykens, Dj.Uoker, L.F.Xodorkov, Yu.F.Volkov, A.D. Chudnovskiy, N.M.Kuldoshina, A.Braymer, A.L.Lesnik, I.P.Matsitskiy, A.V.Chernishev, A.B.Kosolapov, V.A.Kvartalnov, M.V.Yakimenko, A.Ye.Saak, Dj.A.Michelli, L.P.Shmatko, L.V.Jolobova, G.I.Lyashko, D.S.Ushakov, V.G.Fedsov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan1.

Mamlakatimizda turizm sohasi, uning tarkibiy qismi bo'lgan mehmonxona xo'jaligi muammo-larini tadqiq qilish bilan I.S.Tuxliev, M.K.Pardaev, T.Abdullaeva, M.T.Alieva, X.M.Mamatkulov, R.Haitbaev, D.X.Aslanova, A.Toksanov, A.S.Soliev, B.Ruzmetov, B.Sh.Safarov, M.Alimova,

1 Котлер Ф., Боуэн Дж., МейкенсДж. Маркетинг. Гостеприимство и туризм. I Пер. с англ. - М.: ЮНИТИ, 1998., Уокер Дж. Bведение в гостеприимство. Учеб. Пособие I Пер. с англ. - М.: ЮНИТИ, 1999., Ходорков Л.Ф. Мировое гостиничное хозяйство. - М.: 1991,, Bолков Ю.Ф. Гостинич-ний и туристический бизнес. - Ростов н!Д: Феникс, 2009.

- 637 с., Туризм и гостиничное хозяйство I Под ред. А.Д. Чудновского. - М.: Эксмо, 2000., Кулдошина Н.М. Экономика и финансы гостиничного бизнеса. - М.: МАТГР, 2000., Браймер А. Основы управления предприятиями и организациями индустрии гостеприимство. - М.: 1994, Организация и управление гостиничным бизнесом. I Под ред. А.Л.Лесника, И.П.Мациского, ААЧернишева - М.: 2000, Саак А.Е., Якименко МА Менежмент в индустрии гостеприимства (гостиници и ресторани). - СПб.: Питер, 2007.

- 432 с., Косолапов А.Б. Теория и практика экологического туризма. - М.: 2005., Кварталнов BA Теория и практика туризма. - М.: Советский спорт, 2004., Мичелли Дж.А. Риц-Карлтон: золотой стандарт гостиничного бизнеса нового тисячалетия I Джозеф Мичелли: пер. с англ. B.C.Ивашенко.

- М.: Эксмо, 2009. - 320 с., Туризм и гостиничное хозяйство I Под ред. Л.П.Шматко. - Ростов н!Д: Феникс; Издательский центр «Март», 2010. - 352 с., Федсов BT. Культура гостинично-туристского сервиса. - Ростов н!Д: Феникс, 2008. 503 с., www.rej.ru?www.hrs.ru.,www.reksoft.ru., www. HotelKonkultingGroup.™, www.allstarshiltqn.cqm., www. allstarshiltqn.cqm.

A.N.Xalikulov, N.Muminov2 kabi iqtisodchi olimlar shug'ullanmoqdalar.

Ushbu iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlarida turizm sohasi va mehmonxona xo'jaliklarini riv-ojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari, ularning mamlakatimiz va hududlardagi o'ziga xos xususiyatlari, sohaga innovatsiyalarni joriy qilish va samaradorligini oshirish muammolari o'z ifo-dasini topgan. Mazkur tadqiqotlarda mehmonxona xo'jaligi faoliyatiga oid masalalar turizmning infratuzilmasi sifatida qarab chiqilgan. Sohada xiz-matlar sifati va samaradorligini oshirish masalalari, ularni baholash va tahlil qilish yo'llari tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganilgan.

Shuning bilan olimlarimiz tomonidan mamlakatimiz mehmonxona biznesida xizmatlar ko'rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida turizm klasterlarini tashkil etish hamda mehmonxona biznesi resurslaridan foydalanishning ustu-vor yo'nalishlari va boshqa masalalar yetarlicha o'rganilmagan. E'tirof etish kerakki so'nggi yil-larda O'zbekistonda turizm sohasida bir qator sharoit va imkoniyatlar yaratilgan bo'lishiga qaramasdan, bu boradagi mavjud salohiyatdan to'liq foydalanilmayotgani ham kuzatilmoqda. Bu ayniqsa xorijiy va ichki turistlarning sayohati mobaynida yoki mavsumiy hamda doimiy ravishda o'tkazilib kelinadigan festivallar davrida mehm-onxona nomerlarining yetishmasligi, nomerlarn-ing oldindan bronlashtirilganligi, mehmonxonada ko'rsatiladigan xizmatlar sifatining pastligi bir qan-cha muammolarga sabab bo'lishi bilan belgilandi.

Shuning uchun, tadqiqotning maqsadi mehmonxona biznesida xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish mexanizmini takomillashtirish hamda

2 Aliyeva M. T., Mirzayev M. A., Turizm asoslari. O'quv qo'llanma.-T.: O'zbekiston faylasuflar nashriyoti. 2011.; Boltabayev M. R. Tuxliyev I. S. Safarov B. Sh. Abduxamidov

S. A. "Turizm: Nazariya va amaliyot"//Monografiya -Toshkent:"Barkamol fayz media" nashriyoti, 2018.— 190 s.; Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne'matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev, N.T. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma. -T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.; Комилова Н.А., Усманова Л.И. Развитие туризма Узбекистана: проблемы и реалии. SamlSI, O'zbekiston: turizm, iqtisodiyot va ekologiya. Ilmiy to'plam. - Samarqand, 2019, - 26-30 betlar.; Муми-нов Н.Г. Перспективы развития государственного управления в сфере туризма в Узбекистане // Экономика и финансы (Узбекистан), 2022 г, №5, С.2-10.; Muminov Nozim Gaffarovich. Systematization of factors affecting the development of tourism. "Учинчи ренессансни шаклланти-ришнинг ижтимоий-иктисодий муаммолари" мавзусидаги халкаро илмий-амалий конференция материаллари. - Т.: «IlmZiyo-Zakovat» нашриёти, 2022. - Б.393-395.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 2 (162)

1-jadval. O'zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni (mln. nafar sayohatchi)1

2016-yil 2,03

2017-yil 2,7

2018-yil 5,3

2019-yil 6,7

2020-yil 1,5

2021-yil 1,7

2022-yil (9 oy) 3,6

sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog'liq bo'lgan istiqbolli yo'llarni ishlab chiqishdan iboratdir. Va bu kabi muammolarni bartaraf etish borasidagi tadqiqotlar muhim ilmiy va tadqiqot-larni amalga oshirish usullari metodologik aha-miyatga ega.

Tadqiqotning ob'ekti mamlakatimizda turizmni rivojlantirish tizimida mehmonxona xojaligi xizmatlarini ko'rsatuvchi faoliyat bilan shug'ullanadigan xojalik yurituvchi sub'ektlar hisoblanadi.

Tadqiqotning empirik manbaini anketa so'rovnomalari va statistik ma'lumotlar tahlili tashkil etdi.

Asosiy tahlil va natijalar. Bugungi kunda O'zbekistonda mehmonxona sanoati jadal rivojlan-moqda. O'zbekistonda jami 1500 ga yaqin mehmonxona mavjud bo'lib, ularning umumiy sig'imi 9000 ta xonani tashkil etadi2. O'zbekiston mehm-onxonalari har qanday did va byudjetga mos kel-adigan qulay ikki yulduzli mehmonxonalardan besh yulduzli hashamatli mehmonxonalargacha bo'lgan bizning did va dunyo qarashlarimizni ifoda etib turuvchi dizaynlar asosida barpo etilgan. Hozirgi kunda O'zbekistonning yirik shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch hududida xalqaro miqyosda mashhur nomga ega va jahon andoza-lariga javob beradigan mehmonxonalar mavjud. O'zbekistondagi yulduzlarni tasniflashning ras-miy tizimi xona o'lchamlari, xizmatlar, liftning mavjudligi, dekoratsiya, xodimlarning malaka darajasi va shu kabi standart omillarga asoslanadi.

2019-2022-yillarda O'zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar sonini tahlili, o'sib boruvchi dinami-kani ko'rsatmoqda. 2019-yilda pandemiyadan old-ingi davrda yurtimizga 6,7 mln, 2022-yilda esa 3,6 mln nafar xorijiy fuqarolar tashrif buyurgan. 2021 yilda mehmonxonalarda istiqomat qilgan turistlar

1 UNWTO

2 Stat.uz.

soni 37,6 ming bo'lib, 2022-yilda bu ko'rsatkich deyarli ikki barobarga oshgan.

2022-yil mart oyida mehmonxona xizmatlari-dan foydalangan O'zbekiston mehmonlari tarki-bida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolari-dan tashqari Rossiya - 23,4 foiz, Qozog'iston -18,9 foiz, Tojikiston - 14,4 foiz, Turkiya - 7,7 foiz, Qirg'iziston - 6,3 foizi, Belarus - 4,6 foizi, Xitoy - 3,2 foizi, Fransiya - 1,7 foizni tashkil etdi.

Ayni paytda O'zbekiston hududi xorijiy sayyohlarni qabul qilishga har tomonlama tayyor. Xorijlik sayyohlar uchun keng ko'lamli imkoniyat-lar yaratilmoqda. Jumladan, barcha sayohat chek-lovlari olib tashlandi, 100 dan ortiq davlatlarga O'zbekiston hududiga vizasiz rejim orqali tashrif buyurish yo;lga qo'yildi. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda va yuqoridagi raqamlar 2022-yil oxiriga kelib 3.6 million nafargacha xorijiy sayyohlar tashrif buyurga-nini ko'rsatdi3.

Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda mavjud mehmonxonalarning eng ko'pi — 300 tasi Toshkent shahriga to'g'ri kelmo-qda. Hududlar kesimida mehmonxonalar, mehmon uylari va turoperatorlar soni quyidagicha:

3-jadvalda turish muddati bo'yicha mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalarida mahalliy va MDH mamlakatlaridan hamda uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan tur-istlarning taqsimlanishi ko'rsatilgan (2022-yil). Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, yurtimizga eng ko'p sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan bo'lib, ularning soni 51674 kishiga yet-gan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 5327 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar soni esa 8073 ming kishidan iborat bo'lgan.

3 UzDaily. Advisor to the Silk Road Office at UNWTO Sh.Isakulov

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 2 (161)

2-jadval1. Mehmonxonalar, mehmon uylari va turoperatorlar soni (01.10.2022)

T/r Viloyatlar Mehmonxonalar Xostellar Turoperatorlar

1. Andijon 20 14 37

2. Buxoro 171 69 116

3. Jizzax 28 13 10

4. Qashqadaryo 36 28 20

5. Qoraqalpog'iston Respubublikasi 27 20 49

6. Navoiy 29 29 22

7. Namangan 26 8 55

8. Samarqand 126 44 187

9. Sirdaryo 13 14 11

10. Surxondaryo 42 9 38

11. Tosh.viloyati 39 45 49

12. Tosh.shahri 300 181 892

13. Farg'ona 43 24 62

14. Xorazm 59 21 64

3-jadval2.

Samarqand Jami Turish muddati bo'yicha

1-3 kun tunash 4-7 kun tunash 8-28 kun tunash 29-91 kun tunash 92-182 Kun tunash 183-365 kun tunash

Joylashtirilgan Shaxslar, jami 65074 58311 3883 2672 143 6 59

Shu jumladan:

O'zbekistondan 51674 46306 2850 2355 102 3 58

MDH mamlakatlaridan 5327 4825 347 124 29 2 -

Uzoq xorijiy mamlakatlardan 8073 7180 686 193 12 1 1

Sayyohlarning asosiy qismi Qozog'iston, Tojikis-ton, Qirg'iziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsi-yasi, Turkiya, Afg'oniston, Xitoy, Koreya Respub-likasi, Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan.

O'zbekistonga tashrif buyurganlar orasida yaqin qarindoshlar va do'stlarini ko'rishga kelganlar soni 81,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, dam olish uchun kelganlar 15,5 foizni, boshqa sabablar, ya'ni, davo-lanish, xaridlar, tijorat bilan bog'liq uchrashuvlarda ishtirok etish hamda ta'lim olish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foizni tashkil etgan.

Empirik o'rganish natijalari.

Tadqiqodchi olimlar bilan hamkorlikda aqliy hujum uslubida bir nechta savollar ishlab chiqildi va so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnomaga ko'ra:

1 O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirining o'rinbosari - B.Shahriyorovning nutqi. Invest@uzbektourism.uz www. uzbektourism.uz

2 Stat.uz.

1. Tashrif buyurayotgan turistlarning yoshi haqida;

2. O'zbekistondagi mehmonxonalarga qancha turist tashrif buyurayotganligi haqida;

3. O'zbekistondagi mehmonxonalar ularni qoniqtirayotganligi va aksincha ekanligi haqida;

4. O'zbekistonga tashrif buyurayotgan turist-lar O'zbekiston mehmonxonalari haqida qanday fikr bildirishlari haqida;

5. O'zbekiston mehmonxonalarining servis xizmati ularga yoqish yoki yoqmasligi haqida;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. O'zbekistondan tashqari boshqa chet el davlatida ham bo'lgan yoki bo'lmaganligi haqida;

7. Turistlar xorijiy mamlakatlarning nufuzli va katta mehmonxonalari haqida qanday fikrda ekanliklari haqida;

8. O'zbekiston mehmonxonalarining yanada rivojlanishida mahalliy aholining salbiy ahamiyati bor yoki yo'qligi haqida;

9. O'zbekistonda turizmni yanada rivojlanti-rish uchun yana qanday ishlarni amalga oshirish

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 2 (162)

mumkinligi haqida turli xil fikr munozaralarni va savol javoblarni to'pladik.

So'rovnomadagi savollarning elektron shakli ijti-moiy tarmoqlar va messenjerlar orqali sahifalarga yuborildi. So'rovnomada jami 9 ta savol mavjud bo'lib, bunda jami 35 ta turist so'rovnomada qat-nashdi.

So'rovnomalarga ko'ra birinchi savoldagi javobga ko'ra aksariyat turistlar 30-35 yosh va undan yuqori yoshda ekanligi ma'lum bo'ldi. Ikk-inchi savolimizga ko'ra turistlarning deyarli 41% qismi O'zbekistonga ilk marta tashrif buyurayot-ganligi va O'zbekiston mehmonxonalariga birinchi marta kelayotganliklari ma'lum bo'ldi. Uchinchi savolga javob 67.7% turist O'zbekiston mehmonx-onalaridan qoniqqanligini aniqladik. 32.3% turistlar qoniqishmaganliklarini ma'lum qilishdi. To'rtinchi savolimizga ko'ra 35.5% turist O'zbekiston mehm-onxonalarini qoniqarli deya baholadi. 51.6% turist mehmonxonalarimizni yaxshi deya baholadi. 12.9% turistlar mehmonxonalarni juda yaxshi hol-atda deya baholashdi. O'zbekiston mehmonxonala-rining servisi 48.4% turistga yoqdi va ular bun-dan mamnun. 51.6% turistlarga mehmonxonalar servisi yoqmaganligi ma'lum bo'ldi. 80.6% turist O'zbekistondan tashqari boshqa xorijiy mamlakat-lardagi mehmonxonalarga tashrif buyurishganligi va ularda sharoitlar haqida solishtirildi.

So'rovnoma va izlanishlar natijasida mehm-onxona sohasida quyidagi kamchiliklar mavjud ekanligini aniqlandi.

• Mavsum mobaynida mehmonxonalar ti r-bandligi, nomerlarning yetishmasligi..

• Aksariyat mehmonxona narxlarining yuqori ekanligi.

• Mehmonxonalarda qo'shimcha xizmatlarn-ing kam ekanligi.

• Respublika bo'ylab barcha hududlarda mehmonxonalarning teng taqsimlanmaganligi.

• O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish imkoniyatla-rining yetishmasligi. Mehmonlarning 70% xizmat vaqtini tezlashtirish uchun texnologiyadan foy-dalanishni xohlaydi.

• Xonalarning o'z vaqtida tozalanmasligi.

• Xodimlarning qo'pol munosabati.

• Mexanik muammolar.

• Aloqaning yaxshi emasligi, internet tarmog'ining sustligi.

• Oziq-ovqat yoki ichimliklar sifatining past darajada ekanligi.

Xulosalar:

1. Mamlakatimiz mehmonxona biznesida xiz-matlar ko'rsatish faolligini oshirish strategiyasini shakllantirish orqali mehmonxonalar salohiyatini yana oshirish mumkin.

2. Turizm klasterlarini tashkil etish asosida mehmonxona biznesi resurslaridan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish zarur. Chunki, aynan turizm sohasida klasterni rivojlantirish orqali sohada juda ulkan daromad va natijalarga erishish mumkin.

3. Hududlarda davlat-xususiy sherikchiligi mexanizmi orqali mehmonxona biznesida sifatli xizmat ko'rsatishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish nafaqat mahalliy turizmni balki xalqaro turizmni ham rivojlantiradi.

4. Ilmiy va innovatsion loyihalarni 2 barobar ko'paytirish sohada mavjud bir qator muammolarni bartaraf etadi.

5. Xorijiy markazlar, yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda master klasslar tashkil etish mehm-onxonada ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada takomillashtiradi.

Mazkur izlanishlar va mavjud muammo hamda kamchiliklarni va so'rovnomada ishtirok etgan turistlarning fikr mulohazalarini inobatga olgan holda O'zbekistonning mehmonxonalardagi turizm faoli-yatini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takli-flarni kiritishni lozim topdik:

- Yosh kadrlarga yaxshiroq ishlash va izlan-ish kerakligi haqida bilim va ko'nikmalarni berish;

- Milliy qadriyatlarimizni turizmda yanada ko'proq aks ettirish;

- Xodimlarning mijozlarga nisbatan muoma-lasini yaxshilash;

- Malakali kadrlarni tayyorlash;

- Taomlar va nonushtalarni yangi menyu va reseptlar asosida tayyorlash;

- Madaniy hordiq chiqarish uchun xonalarni barpo etish;

- Mehmonxonalar xonalarining sharoitlarini turist talablariga mos keladigan qilib topshirish;

- Xodimlar bilan ishlash va malakasini oshirish;

- Aloqa va internet tarmog'ini yaxshilash uchun yangi texnika va texnologiyalardan foy-dalanish;

- Sohaga xorijlik investorlarni jalb qilish va buning natijasida turizm va mehmonxona bizne-sining iqtisodiyotdagi ulushini yanada oshirish.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 2 (161)

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 35-maqsad

2. Аверина О.И. Комплексный экономический анализ хозяйственной деятельности (для бакалавров) / О.И. Аверина. — М.: КноРус, 2019. —94 с.

3. Aliyeva M. T., Mirzayev M. A., Turizm asoslari. O'quv qo'llanma.-T.: O'zbekiston faylasuflar nashriyoti. 2011.

4. Boltabayev M. R. Tuxliyev I. S. Safarov B. Sh. Abduxamidov S. A. "Turizm: Nazariya va amaliyot"//Monografiya - Toshkent:"Barkamol fayz media" nashriyoti, 2018.— 190 s.

5. BJ.Xakimov, B.B.Alimov, U.A.Xolmirzayev, A.X.Po'latov. Iqtisodiy tahlil nazariyasi / O'quv qo'llanma : Toshkent Moliya instituti. -T.: «IQTISODMOLIYA», 2012, -240 bet.

6. Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne'matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev, N.T. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma. -T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.

7. Концепция развития туристской отрасли Республики Узбекистан на среднесрочную перспективу.

8. Комилова Н.А., Усманова Л.И. Развитие туризма Узбекистана: проблемы и реалии. SamlSI, O'zbekiston: turizm, iqtisodiyot va ekologiya. Ilmiy to'plam. - Samarqand, 2019, - 26-30 betlar.

9. Муминов Н.Г. Перспективы развития государственного управления в сфере туризма в Узбекистане // Экономика и финансы (Узбекистан), 2022 г, №5, С.2-10.;

10. Muminov Nozim Gaffarovich. Systematization of factors affecting the development of tourism. "Учинчи ренессансни шакллантиришнинг ижтимоий-ик,тисодий муаммолари" мав-зусидаги халкаро илмий-амалий конференция материаллари. - Т.: «IlmZiyo-Zakovat» нашри-ёти, 2022. - Б.393-395.

11. www. unwto.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 2 (162)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.