Научная статья на тему 'YAPON TILIDA SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR TASNIFI: “は” [VA] VA “が” [GA] BIRLIKLARI MISOLI'

YAPON TILIDA SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR TASNIFI: “は” [VA] VA “が” [GA] BIRLIKLARI MISOLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
340
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“は” [va] va “が” [ga] birliklari / sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha / bog’lovchi qo’shimcha / kelishik qo’shimcha / kuchaytiruv-ta’kid ma’nosini ifodolovchi qo’shimcha. / “は” [va] and “が” [ga] particles / syntactic form marker / binding particle / case-marking particle / focus particle.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova, Munojot Xalilovna, Muxtarova, Mahliyo Baxritdinovna

Maqolada yapon tilidagi “は” [va] va “が” [ga] birliklari ilk bor o‘zbek tilida tahlil qilindi. Mazkur birliklar sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar guruhiga mansub bo‘lib, ularning umumiy xususiyatlari va funksional vazifalari, mazkur qo‘shimchalarning kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchi hamda yuklama sifatidagi funksional xususiyatlari aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLASSIFICATION OF SYNTACTIC FORM-FORMING COMPONENTS IN JAPANESE: EXAMPLE OF THE UNITS "は" [WA] AND “が" [GA]

In the article japanese “は” [va] and “が” [ga] particles were analyzed in uzbek language for the first time. Above mentioned particles belong to the group of syntactic form marker. General features, functional tasks as the role of casemarking particle, assistant and particle were determined.

Текст научной работы на тему «YAPON TILIDA SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR TASNIFI: “は” [VA] VA “が” [GA] BIRLIKLARI MISOLI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

YAPON TILIDA SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR TASNIFI: "!£" [VA] VA [GA] BIRLIKLARI MISOLI

Umarova Munojot Xalilovna

UzDJTU katta o'qituvchisi, Muxtarova Mahliyo Baxritdinovna

UzDJTU 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada yapon tilidagi " f" [va] va "fy" [ga] birliklari ilk bor o 'zbek tilida tahlil qilindi. Mazkur birliklar sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar guruhiga mansub bo'lib, ularning umumiy xususiyatlari va funksional vazifalari, mazkur qo 'shimchalarning kelishik qo 'shimchalari, ko 'makchi hamda yuklama sifatidagi funksional xususiyatlari aniqlandi.

Kalit so'zlar: " f" [va] va " fy" [ga] birliklari, sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha, bog'lovchi qo'shimcha, kelishik qo'shimcha, kuchaytiruv-ta'kid ma 'nosini ifodolovchi qo 'shimcha.

ABSTRACT

In the article japanese " ff [va] and "fy" [ga] particles were analyzed in uzbek language for the first time. Above mentioned particles belong to the group of syntactic form marker. General features, functional tasks as the role of case- marking particle, assistant and particle were determined.

Key words: "f" [va] and "fy" [ga] particles, syntactic form marker, binding particle, case-marking particle, focus particle.

KIRISH

Chet tillarni chuqur o'rganish va o'rgatishga katta e'tibor qaratilayotgan hozirgi paytda, bir guruh tilshunoslarning, qolaversa yosh tadqiqotchi olimlarning tilshunoslik sohasida olib borayotgan ko'plab ilmiy tadqiqotlari o'ziga xos ahamiyat va ta'sir kuchiga, hamda mazmun-mohiyatga egadir. Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya sobiq bosh vaziri Shinzo Abening taklifiga binoan 2019-yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ldilar. Tomonlar O'zbekiston-Yaponiya munosobatlarini yanada istiqbolda rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar, shu jumladan ko'plab shartnomalar va bitimlar tuzishga erishildi.1 O'z navbatida,

1 https://uwed.uz/en/news/fulltext/1883

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

O'zbekiston va Yaponiya aloqalarini sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarilishi va tilga bo'lgan ehtiyoj nihoyatda o'sishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda yapon tili o'rganuvchilar soni ham ortib bormoqda. Umarova (2017)ning keltirilgan ma'lumotiga ko'ra, 2017-yilda yurtimizdagi 10 ta ta'lim muassasalarida yapon tili o'rganuvchilar soni jami 954 nafarni tashkil etgan.2 Yaponiyaning "SI^^^S^ Kokusai kouryou kikin (Xalqaro yapon fondi)" dunyo bo'ylab yapon tili muassasalari haqida har uch yilda tadqiqot o'tkazib keladi.

Unga ko'ra 2018-yilda esa, O'zbekistondagi yapon tili o'quvchilarining soni jami 2288 nafarni tashkil etgan3.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Til insonlar o'rtasida aloqa vositasi bo'lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to'g'risida xabar berishidan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma'lum ta'sir o'tkazish, hissiyotni qo'zg'atish kuchiga ham ega. Til o'rganuvchilar ushbu tilni yetarli darajada egallashlari uchun tildagi me'yorlarni, uning grammatik jihatidan tuzilishini, uning uslublarini nazariy jihatdan mustahkam o'rganib olishlari lozim. Shunda ular o'z fikrlarini og'zaki nutqda bemalol til vositalari bilan to'g'ri, aniq va ta'sirchan ifodalay oladilar. Hozirgi kunda yapon tilini o'rgatish keng yo'lga qo'yilgan bo'lsa-da, uning nazariyasini to'la o'zida mujassamlashtirgan o'quv qo'llanmalar o'zbek tilida yetarli darajada deb bo'lmaydi. O'zbek tiliga tarjima qilingan " B^foCMinna no nihongo) "4 darsligida yapon tilidagi "Ü"

[va] va [ga] birliklari alohida mavzu o'laroq, turli grammatik mavzular va

gapdagi misollar ichida qisqacha yoritib o'tilgan. Vaholanki, "Ü" [va] va [ga] birliklarining gap qurilishidagi vazifasi juda muhim sanaladi. Ularning o'zi mustaqil bir katta mavzu bo'lib, jiddiy yondashishni talab qiladi. Mazkur ilmiy maqolada "Ü" [va] va " ^" [ga] birliklarining umumiy funksional xususiyatlari va vazifalari ko'pgina misollar orqali tushuntiriladi.

1.1 "Ü" [va] va [ga] birliklarining mazmun va shakliga ko 'ra

tasniflanish xususiyatlari

Yapon tili o'zbek tiliga grammatik jihatdan o'xshash bo'lsa-da, yuqori kontekstli til jihatidan o'zbek tilidan ko'ra murakkab hisoblanadi. Buni oddiygina "Ü" [va] va [ga] birliklarining qo'llanilishi va o'ziga xos xususiyatlaridan ham tushunib olish mumkin. Mazkur birliklar kontekstga qarab gapda turli qo'shimcha

2 Umarova M. "O'zbekistonda yapon tilini o'qitish holati: mavjud muammo va afzalliklar", 2018/5/10, UzSPIC, "Teaching Foreign Languages And Applied Linguistics" 390-393 bet

3 https://www.jpf.go.jp/j/project/japanese/survey/area/country/2020/uzbekistan.html#KEKKA

4 [T^^^B^ffllv'J—X.X'J—x—^y^ — ^, https://www.3anet.co.jp/np/list.html?series_id=1

ma'nolarni anglatib kelishi mumkin. Mavzuni yoritishda, avval, bu birliklarning mazmun va shakliga ko'ra tasnifiy xususiyatlarini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Aslida tilshunoslikning turli davrlariga qarab bu birliklarning qaysi turkumga kirishi o'zgarib borgan. Asosan, " I " [va] va " ^ " [ga] birliklari umumiy qilib aytganda, hozirgi davr tilshunosligida sintaktik shakl yasovchi qo'shimchaga xos mazmumiy munosabatlar ifoda etishi qayd qilinib kelinadi. Yapon tilida mustaqil ma'no ifoda etmaydigan birliklar - qo'shimchalar quyidagi to'rt guruhga bo'linadi: (qo'shimcha), f^^M(bog'lovchi qo'shimcha),

(kelishik qo'shimchalari), M V ÄT^M(kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimcha5)lar6 . Qo'shimcha - bu gapda mustaqil qo'llanila olmaydigan grammatik birlik bo'lib, gapda so'zlarning ma'no va sintaktik shaklini hosil qilishda ishtirok etadi. Aynan, mustaqil so'zlardan keyin qo'llanilib turli ma'no qo'shish hamda mustaqil so'zlarni bir-biriga bog'lash kabi ikki xususiyatga ega. Qo'shimchalarning funksional vazifasiga o'zaro ikki va undan ortiq mustaqil so'zlarni ma'no jihatidan bog'lash, ega va kesimni, sodda gaplarni bog'lash hamda mustaqil so'zlarga qo'shimcha ma'no berishdan iborat. Mustaqil so'zdan keyin bir nechta qo'shimchalar birga qo'llanilishi ham mumkin. Quyida har bir qo'shimcha turiga tasnif berish orqali "Ii" [va] va [ga] birliklarining qaysi qo'shimcha ma'no turiga kirishi aniqlab olinadi.

1.2 Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarning umumiy xususiyatlari.

Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar quyidagi gapdagi kabi mustaqil so'zlardan keyin qo'shilib keladi.

(1) /

[kyonen+ kara/ daigaku+ de/ nihonbungaku+wo/ oshiete imasu.]

(o'tgan yil+chiqish.kel.q./universitet+o'rin-p.kel.q./yapon adabiyoti+tushum kel.q./ o'rgataman.)

Misol (1) dagi gapda so'zlardan keyin "+" belgisi orqali shakl yasovchi qo'shimchalar kelgani ajratib ko'rsatilgan. Bundan tashqari, mazkur qo'shimchalar boshqa gap bo'laklari kabi tuslanmaydi, ularning shakli ham o'zgarmaydi.

1.3 Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarning funksional vazifalari.

©Shakl yasovchi qo'shimchalarning funksional vazifalariga so'zlarni o'zaro ma'no jihatidan bog'lash kiradi. Quyidagi uch misolda gapning faqatgina

5 In linguistics, focus (abbreviated FOC) is a grammatical category that conveys which part of the sentence contributes new, non-derivable, or contrastive information.

6 U^-la^MOtzfoO Tomo S https://www.tomojuku.com/blog/particle-2/

qo'shimchalarini o'zgartirgandagi so'zlararo bog'liqlikning qanchalik o'zgarishini kuzatish mumkin, ya'ni qo'llaniladigan qo'shimchaga qarab, gap mazmuni ham mutlaqo o'zgarib ketadi.

(1) bAë&tryë&tf&Z&o [Tom-san to Ann-san ga oshieru.] (Tom+(bog'lovchi)+Ann+(-)+dars berishadi.) Yuqoridagi gapda " ^" [ga] birligi ish harakati yo'naltirilgan predmet yoki shaxsga birikib, kuchaytiruv-ta'kidlashni ifoda etuvchi qo'shimcha, lekin o'zbek tilida shaklga ega emas.

[Tom-san ga Ann-san ni oshieru.] (Tom+(-)+Ann+(jo'nalish kel.q.)+dars beradi.)

(3)hA tf^k^s „

[Tom-san ni Ann-san ga oshieru.] (Tom+( jo'nalish kel.q.)+Ann+(-)+dars beradi.)

@Bundan tashqari, mazkur qo'shimchalar gapdagi mustaqil so'z va kesimni ma'no jihatidan bir-biriga bog'lab beradi. Buni quyidagi misollardan ham kuzatish mumkin.

So'z kesim

(5) tf (±#/aniqlovchi) 'fîè&Ltc

(6) t (^##/hamroh)

(7) ^ (^fä/yo'nalis:

shakli)

[ikimashita] i) (bormoq+o'tgan z.

@Yapon tilidagi, shakl yasovchi qo'shimchalarning yana bir o'ziga xos xususiyati, ular so'zlarga qo'shilganda qo'shimcha ma'no beradi. (8)

(9)

(10)

Misol (9)da & (mo) shakl yasovchi qo'shimchasi gapga qo'shimcha ma'no berib kelgan. Aynan, " — gapini o'zbek tiliga tarjima qilganda

"U pishiriq ni ham yeyman" bo'ladi va garchi gapda aytilmagan bo'lsa-da, & (mo)

qo'shimchasi orqali so'zlovchining bundan oldin ham pishiriq yeganini anglab olish mumkin bo'ladi.

1.4 Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarning turlari

"[" [va] va [ga] birliklariga taalluqli shakl yasovchi qo'shimchalar

turlariga quyidagilar kiradi. Aslida, mazkur qo'shimchalar turli davrda shu turlarga tegishli deb ta'kidlab kelingan.

^M(qo ' shimcha)

1) i^^M(bog'lovchi qo'shimcha)

2) ^^M(kelishik qo'shimchalari)

3) MV ^T^M(kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimcha7) Avvalgi bandda yapon tilidagi (qo'shimcha) haqida ularning umumiy

vazifasi va o'ziga xos xususiyatlari batafsil ko'rib chiqildi. Mazkur bandda esa, 3 xil qo'shimchalarga ta'rif beriladi, ularning " [" [va] va "^" [ga] birliklari bilan aloqadornigi o'rganib tahlil qilinadi.

i^^M(bog'lovchi qo'shimcha)- bu asosan so'zga yoki mavzuga urg'u berish uchun qo'llaniladi. Yapon tilidagi f^^M(bog'lovchi qo'shimcha)larga "[" [va], "t " [mo], "Vt " [demo], " Lfr" [shika], [sae], "Z^" [koso]kabilar kiradi.

kelishik qo'shimchalari esa, gapdagi so'zlarni shakl va ma'no jihatdan bir-biriga bog'lab berishga xizmat qiladi. Masalan,

(11) h^y^^Hè^ir^^^t^feo 8

Misol (11) da, harakat sodir bo'lgan vaqtni ifodalash uchun "d " [da] o'rin-payt kelishik qo'shimchasi, ish harakatga yo'naltirilgan predmeti yoki shaxsga birikib, so'z ma'nosini kuchaytirib-ta'kidlab ifodalash uchun [- ] , harakat bajarilgan joyni ifodalash uchun [da] o'rin-payt kelishik qo'shimchasi kabilar yordamida so'zlar o'zaro grammatik jihatdan bog'lanib, gapga mazmun beradi. Turli tillarda kelishik qo'shimchalarning soni har xildir. O'zbek tilida ular 6ta. Yapon tilida esa hozirgi kunda 9ta ( £. d . ^ t , ¿V ) kelishik

qo'shimchalari bizga ma'lum.

MVit^M - qo'shimchalari esa, so'zlovchining his-tuyg'usini ifodalash uchun qo'llanilib, kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimcha hisoblanadi. Masalan,

7 In linguistics, focus (abbreviated FOC) is a grammatical category that conveys which part of the sentence contributes new, non-derivable, or contrastive information.

8 https://www.nihongo-appliedlinguistics.net/wp/archives/8911

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

(12) ^Tofco (korxonaga bordim.)

(13) & ^Tofco (korxonaga ham bordim.)

Misol (12) da oddiy darak mazmunidagi gap ifodalangan bo'lsa, misol (13)da esa, " [mo] qo'shimchasi orqali so'zlovchining his-tuyg'ulari ham ifodalangan. Ushbu gapda, so'zlovchi ko'p joyga borganini aytmagan bo'lsa-da, ta'kidlash va kuchaytiruvni ifodalovchi " & " [mo] qo'shimchasi orqali korxonadan tashqari boshqa joylarga ham borganini tinglovchidan anglab olishga undaydi.

"Ü" [va] birligi haqida "egadan keyin qo'llanilib, bosh kelishikni ifodalaydi" degan fikr ancha vaqt kuchga ega bo'lgan. Lekin, mazkur birlik, boshqa kelishik qo'shimchalari funksiyasini bajara olishi hamda boshqa gap bo'laklari bilan ham qo'llanilishi kuzatilganligi haqida Kanaya(2012)ham ta'kidlaydi9 . Bundan tashqari, M V ^T^M- kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimchalarning o'ziga xos xususiyatlari haqida Taki(2001, 183p.) 10quyidagicha tushuntiradi:

1) so'zlovchining his-tuyg'ularini ifodalaydi

2) gapning turli joylarida uchraydi (gap boshi, o'rtasi, oxirida)

3) otdan boshqa so'z turkumlariga ham qo'shilib keladi

Misol (12) va (13) da mazkur qo'shimchalarning birinchi va ikkinchi xususiyatlari tushuntirilgan edi. Uchinchi xususiyati esa, kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimchalarning otdan boshqa so'z turkumlariga ham qo'shilib kelishidadir. Buni quyidagi misollarda kuzatish mumkin.

(14) HM^n>(sifat)

(15) Cfe'l)

(16) (ravish)

Quyida jadvalda yapon tilidagi M V it^M-kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimchalar ro'yhati berilgan, unga ko'ra " ü " [va] birligi gapda mavzuni aniqlab kelishi hamda ikki sodda gapni solishtirganda qo'llanilishi ko'rsatilgan. Bu haqda keyingi bandda batafsil tushuntiriladi.

Jadval 1. Yapon tilidagi MVit^M-kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchiqo ' shimchalar ro 'yhati (manba: https://www.nihongo-appliedlinguistics.net/wp/archives/8911 )

9 &#ffi£(2012)

10 Taki(2001, 183p.) https://japanese-bank.com/nihongo-how-to-teach/ha-ga-difference/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

• it mt)

• b (MÏE • MjÙP)

• /cit. LA* mm)

• t£b (±51)

• CfëÂtO

• tâii (ISÊ)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• umm-mao

• Tb, it (Ä^■ mw)

• /;oT m^ * Sföffi© fc (D(Dm

• <bL\ tï^ (tz^t^CDM)

1.5 "ff" [va] va "№" [ga] birliklariga tasnif

M V - kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimchasi

ekanligi haqida yuqorida ma'lumot berilgan edi. Endi esa, "f" [va] va [ga] birliklarining o'zaro o'xshash va farqli taraflari turli manbalardan umumlashtirib quyida keltiriladi.

Mazkur ikki birlikning o'xshash tarafi ularning sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha ekanligidadir. Lekin, ikkalasi turli qo'shimcha turiga kiradi. [ga] birligi kelishik qo'shimcha) deb tasniflansa, "fi" [va] esa MVàt®

M (kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimchasi) turiga mansub bo'lib, ikkalasini funksional vazifasi katta farq qiladi.

Mazkur bandda avval har bir birlikning funksional vazifalarini aniqlagandan so'ng, ikkalasini taqqoslab farqli taraflari tahlil qilinadi.

[ga] ning kelishik qo'shimcha sifatida qo'llanilishi

Kelishik qo'shimchalarining asosiy funksional vazifasiga ot va kesim bo'lib kelgan fe'llarni ma'no jihatdan bog'lashdan iborat.

(17) fc^ë^ Êffiv ^oT^^o

[okaasan ga daidokoro de bangohan wo tsukutte iru. ]

(onam(-) oshxona(o'rin-payt kel.q.) kechki ovqat(tushum kel.q.) tayyorlayaptilar.)

Yuqoridagi misolda, " "(ona), "^"(oshxona), "^r^ "(kechki

ovqat) kabi otlar "(tayyorlayaptilar) kesimiga ma'no jihatdan bog'lanib

turibdi. "^" [ga] qo'shimchasi esa, ish harakatini kimga/ nimaga qaratilganini ifodalovchi qo'shimcha, ya'ni ish harakatini predmetini kuchaytirib-ta'kidlab ifodalovchi qo'shimcha sifatida qo'llanilgan.

"Ii" [va] ning kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi

qo'shimchasi sifatidagi qo'llanilishi

Yuqorida ta'kidlangandek, I ^ 4 t Ü - bu so'zlovchining nutqiga kuchaytiruv-ta'kid kabi qo'shimcha ma'no beruvchi vositadir. " I " [va] qo'shimchasi gapda egani amas, gap mavzusini kuchaytirib-ta'kidlab keladi va undan keyin gap mavzusiga doir ma'lumot davom etadi.

(18) fc^^ii

[okaasan va (mavzu) daidokoro de bangohan wo tsukutte iru.(mavzuga doir ma'lumot)]

(onam(kuchaytiruv-ta'kid qo'shimchasi) oshxona(o'rin-payt kel.q.) kechki ovqat(tushum kel.q.) tayyorlayaptilar.)

Misol (18)da, "ona" gap mavzusi bo'lib, undan keyin onasiga tegishli ma'lumot davom etadi.

(19) A: ^r^I?

B:

Endi gapdagi so'zlar o'rni o'zgartirilganda, gap "ona" haqida emas, "I" [va] qo'shimchasi qo'llangan "kechki ovqat " mavzuga aylanadi. Ya'ni, mazkur qo'shimcha o'zbek tilidagi bosh kelishikka mos kelsa-da, bosh kelishikdan farqli o'laroq boshqa gap bo'laklariga ham birikib kelishi bilan farq qiladi.

Ko'p hollarda "I" [va] va [ga] qo'shimchalarini adashtirish sababi, ish harakatini predmetini aniqlovchi [ga] qo'shimchasi bir vaqtda gap mavzusi ham bo'lib keladigan holatlar borligi uchun sodir bo'ladi. Quyida ikkala qo'shimchani farqlash uchun asosiy qoidalar keltiriladi.

1) yangi ma'lumot - [ga] qo'shimchasi,

suhbatdoshlarga ma'lum (eski) ma'lumot - "I" [va] qo'shimchasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

orqali ifodalanadi.

(20)

(anavi odam+[kuchaytiruv-ta'kid q.] +rahbarimiz.)

(21)

(anavi odam+[-] rahbarimiz.)

(20) misolda ikki kishi rahbarini taniydi, ishxonadan tashqarida rahbarini uchratganda biri ikkinchisiga "ana u odam boshlig'imiz" deydigan hol tasvirlangan. Bu gapda rahbar, ikkala suhbatdoshga ham ma'lum kishi, ya'ni eski malumot bo'lib kelyapti. (21) gapda esa, so'zlovchi suhbatdoshiga rahbar kimligini ilk bor tanishtirayotgandagi holat tasvirlangan, ya'ni suhbatdoshga yangi ma'lumot taqdim etilayotgani uchun [ga] qo'shimchasi qo'llanganini kuzatish mumkin.

2) hodisani ko'rganicha tasvirlashda [ga] qo'shimchasi, hodisani anglab, uning o'ziga xosligi, hodisaga nisbatan fikr-mulohaza va baholashni ifodalangan gaplarda "Ii" [va] qo'shimchasi qo'llaniladi.

(22) ) fe.Mtf^^T^So (ko'rganicha tasvirlash)

(23) «£< o (hodisaga nisbatan baho berish)

(24) ëfc^ffo (hodisa o'ziga tabiiy mosligini ta'kidlash)

(25) To (kesim ot yoki sifat bo'lib kelganda - "I" [va])

(22) misolda, so'zlovchi oynadan tashqariga qaragandagi holatni ko'rganicha tasvirlaganda [ga] qo'shimchasi orqali ifodalasa, unga nisbatan, (23) va (24) gaplarda esa, hodisaga nisbatan baholash "ko'p boradilar", yoki o'ziga xos va mosligini ta'kidlash "dengiz chiroyli " uchun " I " [va] qo'shimchasini qo'llanilganini ko'rish mumkin. Bundan tashqari, gapda kesim ot(25) yoki sifat(24) orqali ifodalanganda ko'p hollarda "I" [va] qo'shimchasi qo'llaniladi.

Demak, tasvirlashga [ga] qo'shimchasi, baholash va o'ziga xosligini ta'kidlashda "I" [va] qo'shimchasi qo'llanilishi aniqlandi.

3) qo'shma gaplarda bosh gap "I" [va] qo'shimchasi, ergash gaplarda [ga] qo'shimchasi ishlatiladi.

(26) fië^o

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(27)

(26) misolda bosh gap ergash gap

" bo'lgani uchun "Ü" [va] emas, [ga] qo'shimchasi qo'llaniladi.

(27) misolda esa, bir gapda ikkita ot kelsa, egadan keyin " ü " [va] , aniqlovchidan keyin [ga] qo'shimchasi qo'llaniladi.

XULOSA

Yapon tilidagi qo'shimchalar tushunchasiga ta'rif, ularning vazifa va o'ziga xos umumiy xususiyatlari ta'riflandi. " ü " [va] birligi - MV ÄT^M-kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimchalar turiga mansubligi, [ga] birligi esa kelishik qo'shimcha turiga oidligi aniqlandi. O'z navbatida, bunday qo'shimchalar turli so'z turkumlari bilan birga qo'llanilib, gapda qo'shimcha ma'nolarni ifodalab kelishi misollar orqali tushuntirildi. 1.1.4 bandida esa, har bir qo'shimchaning asosiy xususiyatlari, hamda bir-biridan farqli taraflari ochib berildi.

Jadval 2. "ü" [va] va [ga] qo'shimchalarining qiyosiy tahlili.

"Ü" [va] [ga]

MViT^M- kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini ifodalovchi qo'shimcha ^^M-kelishik qo'shimcha

vazifasi: gapda mavzuni ta'kidlash, qo'shimcha ma'no ifodalash vazifasi: ish harakati yo'naltirilgan predmet yoki shaxsga birikib, kuchaytiruv-ta'kidlashni ifoda etuvchi qo'shimcha(qisqartamasi: )

eski malumot taqdim etish yangi ma'lumot taqdim etish

hodisaga nisbatan boholash, fikr-mulohaza bildirish hodisani ko'rganicha tasvirlash

qo'shma gaplarda, bosh gapda qo'llaniladi qo'shma gaplarda, ergash gapda qo'llaniladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. (2012)

2. H±^(2017) ff^l^loj ,

3. Mengliyev B.O'. "O'zbek tilidan universal qo'llanma" (Qayta ishlangan 2-nashr),Toshkent- "Fan" nashriyoti, 2008

4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili (darslik).- Toshkent, 2006

5. Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R, Boqiyeva G.H, Qurbonova M.M, Yunusova Z.Q, Abuzalova M.Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent- "Fan va texnologiya", 2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.