Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALAR'

O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2257
2126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘z turkumlari / yordamchi so‘z turkumlari / so‘z yuklamalar / qo‘shimcha yuklamalar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xudaybergenova Guliyor Saidnazarovna, Sultanova Xolida Bahodirovna

Ma’limki, har bir tilning asosini so‘zlar tashkil qiladi. So‘zlar esa o‘z navbatida mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratiladi. O‘zbek tilida gapga alohida ma’no yuklash xususiyatiga ega bo‘lgan yuklamalarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Mazkur maqola orqali o‘zbek tilidagi yuklamalar haqida kengroq bilib olamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDA YUKLAMALAR»

O'ZBEK TILIDA YUKLAMALAR

Xudaybergenova Guliyor Saidnazarovna Sultanova Xolida Bahodirovna

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7503359

Annotatsiya: Ma'limki, har bir tilning asosini so'zlar tashkil qiladi. So'zlar esa o'z navbatida mustaqil va yordamchi so'zlarga ajratiladi. O'zbek tilida gapga alohida ma'no yuklash xususiyatiga ega bo'lgan yuklamalarning ham o'ziga xos o'rni bor. Mazkur maqola orqali o'zbek tilidagi yuklamalar haqida kengroq bilib olamiz.

Kalit so'zlar: so'z turkumlari, yordamchi so'z turkumlari, so'z yuklamalar, qo'shimcha yuklamalar.

Yordamchi so'z turkumlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning uch turi mavjud: bog'lovchi, ko'makchi va yuklama Yuklama — yordamchi so'zlarning bir turi bo'lib, ayrim gap bo'lagiga yoki gapga qo'shimcha ma'no berish uchun qo'llanadi. Yuklama tuzilishiga ko'ra 2 xil bo'ladi: Yuklama qo'shimcha (qo'shimcha holiga kelib qolgan yuklama: mi, chi, da, a, ya) va yuklama so'z (ayrim so'z holidagi yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hozirgi o'zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so'zlarga qo'shilganda anglatadigan ma'nolariga ko'ra yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: so'roq va taajjub yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni so'roq gapga aylantiradi: Bu kitobni o'qidingizmi?; kuchaytiruv va ta'kid yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, so'z ma'nosini kuchaytirish, shuningdek, ta'kid ma'nosini qo'shish uchun ishlatiladi. Masalan, Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim bo'lmadi; ayiruv va chegaralov yuklamalari (gina, faqat) turli so'zlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab ko'rsatish uchun qo'llanadi. Masalan, U faqat o'sha voqea haqida so'zlardi; aniqlov yuklamalari

qistov kabi ma'nolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Va yordamchi vazifasida keladi.

Maktab ta'limi davomida o'quvchilarning yuklamalar haqidagi tushunchalari kengaytirilishi, to'ldirilishi va to'la shakllantirilishi kerak. Buning uchun, avvalo, o'qituvchi yuklama haqida keng va puxta bilimga ega bo'lishi zarur.

Yuklama o'zi nima, u qanday so'z turkumi, ularning gapdagi vazifasi nimadan iborat? Tuzilishiga, ma'nosiga va qo'llanishiga ko'ra qanday turlari mavjud? Bu savollarga javob topish, ularni o'quvchilar ongiga singdirish, buning uchun ta'limning

eng yaxshi va yangi usullaridan foydalanish har birimizning oldimizdagi mas'uliyatli burchimizdir.

Yuklama so'z yoki gaplarga so'roq, ta'kid, ayiruv-chegaralash, gumon, o'xshatish, inkor ma'nolarini yuklovchi so'z va qo'shimchalardir. Ularga:

1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go'yo, go'yoki, naq, hech, sira, nahotki, na...na so'zlari;

2) -mi,-chi, -a, (-ya), -ku, -u (-yu),-da, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina ), -dir kabi qo'shimchalar kiradi.

Ularning birinchi guruhi so'z yuklamalar, ikkinchi guruhi qo'shimcha yuklamalar hisoblanadi.

Yuklamalar ma'nosiga ko'ra olti turga bo'linadi:

1. So'roq-taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a (-ya).

2. Kuchaytiruv - ta'kid yuklamalari: hatto, -ki, ham, nahotki, axir, g'irt, -u (-yu), -da, oq (-yoq).

3. Ayiruv-chegaralov yuklamalari: faqat, atigi, -gina (-kina, -qina).

4. O'xshatish-qiyoslash yuklamalari: go'yo, go'yoki, xuddi,naq.

5. Gumon yuklamasi: -dir.

6. Inkor yuklamalari: hech, sira, na.na.

Yuklamalar sof va vazifadosh bo'ladi: -u (-yu), -da yuklamalari o'rnida va bog'lovchisini ishlatish mumkin.

Ham yuklamasini -da yuklamasi o'rnida ishlatish mumkin.

Yuklamalar ichida gumon va inkor yuklamalari murakkabroq bo'lib, o'quvchilar ularni ajratishga qiynaladilar. Gap mazmuniga gumon ma'nosini yuklovchi -dir qo'shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi. Bu yuklama -man, -san qo'shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo'shimchasi -dir bilan shakldoshdir, -dir yuklamasi urg'u olmaydi.

Suv hayot manbaidir. Bu gapda -dir qo'shimchasi kesimlik qo'shimchasi bo'lib, gumon ma'nosini ifodalamaydi.

Ukam manzilga yetib olgandir. Uyga borayin-chi, onam kelgandir. Ushbu gaplarda esa -dir gumon ma'nosini ifodalovchi yuklamadir. Bu yuklama fe'ldan boshqa so'z turkumlariga qo'shilganda ko'proq kesimlik qo'shimchasi vazifasida keladi. Ayrim holatlardagina gumon manosini ifodalashi mumkin. Masalan, O'sha kelgan mening onamdir. Endi bunga balki modal so'zini qo'shsak, gumon ma'nosi kuchayadi: Balki, o'sha kelgan mening onamdir. Bu gaplardagi gumon ma'nosi ko'proq kontekstda aniqlanadi. Ohangni o'zgartirish orqali ham gumon manosini berish mumkin.

Inkor yuklamasi so'z yoki gapga inkor ma'nosini yuklaydi. Inkor yuklamalariga also, sira, hech, na...na kabilar kiradi. Yuklamalarni o'quvchilarga ongli va qiziqarli tushuntirish, albatta, o'qituvchidan bilim va mahorat talab etadi. Shunday ekan, har

bir dars jarayoni qiziqarli hamda tushunarli bo'lishi uchun turli usullarni qo'llab ko'rish muhim sanaladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. N.Mahmudov, (A.Nurmonov), A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo'raboyeva. 5-sinf Ona tili. Toshkent-2015.

2. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva. 6-sinf. Ona tili. Toshkent-2013.

3. O'zbek milliy ensiklopediyasi. T.:2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.