Scientific Journal Impact Factor
YAPON MUMTOZ ADABIY MANBALARIDA QO'LLANGAN METAFORALAR VA ULARNING DINIY -FALSAFIY TALQINI
Haydarova Umida
Farg'ona davlat universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi e-mail: [email protected]
Kamakura davrida yozilgan "Hojoki " va "Tsureduregusa " asarlari davr va yo'nalish hamda mualliflar hayotining o'xshashligi bois, ikki asarda qo'llangan metaforalar tahlil qilinib, Lakoff va Johnson konsepti asosida guruhlarga ajratildi. Asarda qo 'llangan metaforalarning diniy-falsafiy ma 'nolari ko 'rib chiqildi. "Hojoki "da ko 'rib chiqilgan 26 ta metafora va "Tsureduregusa " da foydalanilgan 50ta metafora tahlil qilindi va ularning ma'nosidan, "kelib chiqish asosi", kundalik hayotdan olingan "daryo", "suv", "shabnam" kabi metaforalar bilan "maqsad asosi", mavhum tushunchalar "dunyo", "inson" ta'riflangani va "o'tkinchilik" konseptini ilgari surilgani aniqlandi.
Kalit so'zlar: "Hojoki", "Tsurezuregusa", metafora, Lakoff va Jonson konsepti, buddizm
Метафоры, использованные в «Ходзёки» и «Цурэдрэгуса», написанных в период Камакура, были проанализированы и разделены на группы на основе концепции Лакоффа и Джонсона. Рассмотрены религиозно-философские значения метафор. Были проанализированы 26 метафор «Ходзёки» и 50 метафор «Цурэдурегуса» и определены их целевые или исходные домены.
Ключевые слова: « Ходзёки», «Цурэдурегуса», метафора, концепции Лакофф ва Джонсон, буддизм.
The metaphors used in "Hojoki" and "Tsureduregusa " that written during the Kamakura period were analyzed and divided into groups based on Lakoff and Johnson concept. The religious and philosophical meanings of metaphors were considered. The 26 metaphors of "Hojoki" and 50 metaphors in "Tsureduregusa" were analyzed and their target or source domains were defined.
Keywords: "Hojoki", "Tsureduregusa ", metafora, Lakoff va Johnson konsepti, buddizm
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
"Hojoki"da ifodalangan metaforalar va ularning ma'nolari
Kamono Chomei (1153-1216) Kamakura davrida yashab ijod etgan shoir, musiqachi, yozuvchidir. Otasi Kamo ibodatxonasining monaxi bo'lib, Chomei sakkiz yoshda ekanida vafot etadi. Buvisi qaramog'ida bo'lib, ruhiy tomondan qiyin hayot kechiradi. Shunga qaramay, u adabiyot va musiqaga oshno bo'ladi. "Hoshshinshu" nomli wakalar to'plami hamda buddizmdan ta'sirlangan holda 1207-yilda "Hojoki" asarini yozadi. Aslida shinto monaxi oilasida tug'ilgan bo'lishiga qaramay, keyinchalik buddizmni qabul qilgan Chomei asarlarida ham buni aks ettiradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, Kamakura davrida buddizmni omma orasida yoyish ishlari jadal olib borilganligi uchun ham Chomei buddizmning zen yo'nalishida tarkidunyo qiladi va umrining oxirini kichik bir kulbada o'tkazadi1.
"Hojoki" asari xorijiy tillar, xususan, rus tiliga "3anncbi", ingliz tiliga "Essays of Idleness" deb tarjima qilingan bo'lsa-da, "Hojoki'ning asl ma'nosi "4ga 4hajmli kichik kulbada yozilgan esdaliklar" dir.
Tarkidunyo qilgan Chomei Budda yo'lini o'rganadi va uning "o'tkinchilik(mujokan)" g'oyasini asarda aks ettiradi2.
Yuqorida ko'rib o'tganimiz kabi tadqiqot ishlari ko'plab amalga oshirilgan bo'lsa-da, aynan "Metafora va "Hojoki" " doirasida olib borilgan ishlarni deyarli uchratmaymiz.
Demak, dastlab "Hojoki"da qo'llangan metaforalarni ko'rib o'tamiz:
"Hojoki" da qo'llangan metaforalar (jadval 1)
N: "Hojoki"da metaforalarning misollarda berilishi Metafora Metaforalarning "Xalqaro ramzlar lug'ati(1196)"asosidagi ma'nolari
1. Oqayotgan daryo bir zum to'xtamas, hozirgi suv oldingisi bo'lolmas. ^ < JH (daryo) "Daryo" hamda "suv" so'zlari "Xalqaro ramzlar lug'ati (Sekai shinboru jiten)"ga ko'ra "daryo so'zi "kosmos", "dunyo", "shakl o'zgarishi",
1 https://www.jstor.org>stable (Yapon mumtoz adabiyoti tadqiqotlari).
2 https://www.enotes.com>kamo-no-chomei (Mumtoz adabiyotlar fondi).
951
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
2 77(suv) "boylik" , "suv" esa "hayot" va "o'lim", "inson"" ning ramzi ekanligi yoziladi(B.209.).
3. i ¿^fc^S 5 fzfrfz t, t V ttà Goh ko'rinib, goh yo'qolib borayotgan suv ustidagi pufakchalar doimiy emas. 5 fc fr fc (pufakchalar) Pufakchalar inson hayotiga muqoyasa qilinadi, shuningdek vaqt, dunyo so'zlarining majozi hamdir(B.201.).
4. Olmosdan gilam yozilgan shaharda past-baland ular qad rostlab turibdi. Ammo ularning ham hech biri abadiy emas, avvalgilaridek yo'qlikka mahkum. (Olmos yozilgan shahar) Bu metafora dunyo so'zi o'rnida qo'llanmoqda. Olmosdek yal-yal chiroyli ko'rinsa-da, aslida o'tkinchi. Shahar so'zi dunyo ma'nosida keluvchi hollar ko'p uchraydi(B.761.).
5. i-Mftkfo Uy va uning sohibi o'tkinchilikda pechakgul va unga qo'ngan tonggi shabnamdir. (uy va uning sohibi) Uy samo, borliq, dunyo ramzlarida qo'llanadi(T.T.B.31.).
6. (pechak gul va shudring) Pechakgul dunyo, shabnam esa inson metaforalaridir.(T.T.B.31.) .
"Hojoki"da hammasi bo'lib 26 ta metafora tahli l qilindi va ularning ma'nosidan
ko'rinadiki, metaforalar aynan "dunyo", "inson" tushunchalariga nisbatan ishlatilgan hamda ularning o'tkinchi ekanligini ta'riflaydi.
952
Scientific Journal Impact Factor
O. Tomoyuki Lakoff va Johnson tomonidan metaforaning ikki: ong bo'shliq(mental space) ya'ni o'xshayotgan narsa, hodisalar taalluqli bo'lgan "kelib chiqish asosi"(sauce domain), o'xshatilayotgan narsa, hodisalar tegishli bo'lgan "maqsad asosi"(target domain)dan iborat ekanligini aytadi hamda "Argument is war" metaforasi tahlilini keltirib o'tadi3. Aynan shu shaklda "Hojoki" da qo'llangan "daryo" metaforasini ko'rib chiqaylik.
kabi xususiyatlar bilan inson hayoti davomida orttirgan tasavvur dunyosi, dunyoqarashi orqali, o'zi uchun mavhum bo'lgan narsalarni osonroq shaklda ifodalashga va tushinishga harakat qilgan. "Kelib chiqish asosi" - inson tajribasiga tayangan "daryo" metaforasi, boshqa bir, mavhum tushuncha - "maqsad asosi" "dunyo" so'zini ifodalash orqali "o'tkinchilik(mujo)" konseptual metaforasini izohlagan.
"Tsuredzuregusa" asarida foydalanilgan metaforalarning tasnifi
Yoshida Kenko (1284-1350) mashhur yapon yozuvchisi va buddist monaxidir. Uning nodir asar namunasi sifatida tanilgan "Tsureduregusa" (Omonat yaproqlar) asari 1330-1332-yillar mobaynida yaratilgan. Aslida, shinto oilasida tug'ilgan bo'lishiga qaramay, zen-buddizm yo'nalishiga e'tiqod qiladi va umrining so'ngida dunyodan voz kechadi.
"Tsureduregusa" asarining Kamakura davridan to hozirga qadar kitobxonlar orasida ko'p o'qilishi unda aynan buddizm g'oyalarining oson tilda ifodalanganligida deb baholanadi4.
Shunday ekan Kenko "mujo"ni ifodalash maqsadida qanday metaforalardan foydalanganini ko'rib chiqaylik.
3 Tomoyuki O. A network of construction of Japanese based on Existential Construction. - J.: Hitsujisho, 2002. - B. 137.
4 Hiroaki S. Mujotoha nanika. - J.: Overlook, 1995. - B.193.
953
Aloqadorlik (Correspondence)
Kelib chiqish asosi (sauce domain) Daryo
Suv............................
Suvning oqishi........................
Pufakchalar................................
Maqsad asosi(target domain)
Dunyo .............inson
.................o'zgarish, davomiylik
.......................inson hayoti
Tsureduregusa" da qo'llangan metaforalar (jadval 2)
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
N: "Tsureduregusa" da metaforalarning misollarda berilishi Metaforalar Metaforalarning "Xalqaro ramzlar lug'ati (1196)" asosidagi ma'nolari
1. ÙQtz^Zttt. tztl C fr £ ^ It ft . Adabiyot, she'riyat,musiqa, din yo'li insonning ko'zgusidir. m (ko'zgu) Buddizmda "oyna" nafsidan ozod bo'lgan poklik timsolidir. Shuningdek toza yurak va istaklaridan voz kechgan qalbni ifodalaydi(B.213.).
2. iBb^:^, tëofëQ ¿tt s^m Uy qarzga berilgan boshpanadir. Shu bois ham unga mehr qo'ymaslik lozim. (qarzga berilgan boshpana) Bu so'z, asosan, dunyo metaforasida ishlatiladi. Islom diniga ko'ra dunyo karvonsaroy, undagi xonalar esa karvondagilarga qarzga beriladi va bu so'z aynan inson va uning hayoti ramzidir.(B.1107.).
3. m U iù A £ . U ft ^ t. m ttttfrQiztzt t ...Bir xil dunyoqarashga ega do'st bilan ajoyib suhbat qurib, g'alati holat va dunyoning tarozi ekanini unutasan. ttfrQ (tarozi) Tarozi tenglik, muvofiqlik ramzidir(p.761.).
4. Fasllar o'zgaruvchanligi uchun ham qiymatga egadir. (fasl) Fasl adabiyotlarda turli xil ramzlarni ifodalaydi. Bahor-yoshlik, yoz-shakllanish, kuz-kamolga yetish, qish esa botish, o'chish, kuchsizlanish demakdir.
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Shuningdek, fasllar muqaddas hayovonlarning ham ramzidir. Bahor qo'zichoq, kuz quyon kabi.(p.456.).
5. Sentabr oyining boshlarida do'stim bilan sayr etdik. U meni bir joyga olib bordi va u yerdagi maysaga qo'ngan shudring, mayin shabada insonga huzur baxsh etardi. Do'stim bir eshikka kirdi va birozdan so'ng ortga qaytdi. Eshikni bir chiroyli ayol yopdi va men uni kuzatdim. Oradan bir oylar chamasi do'stim vafot etdi. Ayol Ayol hayot bag'ishlovchi, uni asrovchi ramzdir.(p.624.).
6 ö^btiBu yo'lni bilmaydigan inson xudoni tanimaydi, tushungani esa e'tiqodga ega. fê(yo'l) Yo'l so'zi haqida simvollar lug'atida yozib o'tilmagan. Lekin T. Takedaning "Tsureduregusa" tadqiqotida "yo'l", buddizmning zen yo'nalishiga olib boruvchi usul, yo'l sifatida bay on etiladi5.
7. a « m ( m t 9 t. met Inson chumoli va uning kabi yig'ilib sharq-u g'arbga shoshiladi, shimol-u janubga chopadi. m (chumoli) Chumoli jamoa, mehnatkash va ishonchli kelajakning ramzlaridir(B.45.).
5 Takeda T. Tsureduregusa. - J.: Kakugawashoten, 2002. - B. 203.
955
Asarda 50 ga yaqin metaforalar qo'llangan bo'lib, ular dunyo va uning o'tkinchiligini tasvir etadi. Umrining so'ngi yillarida dunyodan voz kechib, budda ibodatiga tutingan, dunyo va o'tkinchilik g'oyasi asosida o'z hayot yo'lini qayta tahlil qilgan Kenko hayotiy aqidasini metaforalar asosida chiroyli bayon etadi. "Tsureduregusa" asari aynan "o'tkinchilik (mujo)" g'oyasini targ'ib etish maqsadida yozilgan6.
Asarlarda qo'llangan metaforalarning diniy-falsafiy talqini
Dastlabki bobda kognitiv lingvistika nazariyasida metaforaning o'rni, tushunchasi haqida so'z yuritdik. Higashi M. Lakoff va Johnson nazariyasida metafora hayotiy detallar asosida mavhum hodisalarni izohlashi, din mavhum tushuncha va baayni metaforalar, hattoki, diniy, muqaddas kitoblarda qo'llanganini aytib o'tadi7.
K. Ao'ki ham ilmiy ishida din haqida to'xtalib o'tadi. Asosan, xristianlik dinining muqaddas kitobi "Injil" da keltirilgan jumlalarni keltirib ularni metafora sifatida baholaydi va quyidagicha misolni keltiradi:
"Kirisutokyodeha Iesuno "Wareha to nari", "Wareha budouno ki nari", "wareha michi nari, seimei nari"".
"Xristian dinida Isus tilidan aytilgan "Biz eshikmiz", "Biz uzum daraxtimiz(vinomiz)", "Biz yo'lmiz, hayotmiz"".
K. Aoki fikrini davom ettirib bu kabi so'zlar aynan metafora ekanligini, dinning mavhum, borliqdan anglanmaydigan tushunchalarini ochib berishga qaratilganini aytib, "Men vinoman" metaforasini, inson vino ichgandan so'ng qanchalik lazzatlanib, huzur-xalovat topsa, din yo'lini tanlagach ham ayni shu farag'otga erishadi kabi fikrni jonli tarzda yetkazishga harakat qilgan deb yozadi.
M. Higashi esa "Metafora va buddizm" nomli ilmiy ishida Budda o'gitlari doirasida asosan quyidagi ikki xil tushunchani ifodalashda metafora qo'llangani tahlilini beradi:
a) "^L^" - qiyinchilik;
b) "M^" - o'tkinchilik;
6 O'sha asar. - B. 225.
7 Higashi M. Bukkyoto metafa-. - J.: Tokyo Gaikoku daigaku, 2011. - B. 9.
8 Aoki K. Ninchiimironno tetsugaku. - J.: Ooshukanshoten, 2002. - B. 38-57.
956
Bu g'oyalami ifodalashda metaforalar qo'llangan misollarni keltirib tahlil qiladi. Y. Mori "Buddizm va metafora, yanada batafsil aytilsa, "qiyinchilik" va metafora, "o'tkinchilik" va metafora Buddaning o'gitlari orasida ko'plab qo'llangan. Shu sababli ham buddizm ta'sirida yozilgan ("Hojoki", "Tsureduregusa") asarlar va she'rlarda ham "o'tkinchilik" g'oyasining ifodalanishida metaforalardan keng qo'llanilgan" deb yozadi9.
XULOSA
Shunga ko'ra yuqorida keltirib o'tilgan, mumtoz manbalarda keltirilgan metaforalarni hozirgacha qilingan tadqiqot ishlari doirasida hamda Lakoff va Johnsonning "kelib chiqish asosi(sauce domain)", "maqsad asosi(target domain)" nazariyasiga asoslanib diniy-falsafiy ma'no tashishga xizmat qilgan deb xulosa qilish mumkin. Lekin, "Tsureduregusa" asarining yakuniy bobida Kenko bolalik chog'larida eshitgan bir qo'shiqni keltiradi va qo'shiqda harflar metaforalar orqali ifodalanadi. Tadqiqotchi T. Takeda Kenko bu qo'shiqni bolaligida eshitganini, asar yakunida uni eslab, zuihitsuning an'anasini davom ettirganini yozadi, ammo uning "o'tkinchilik" g'oyasi, buddizm bilan aloqasi yo'qligini aytib o'tadi10.
Yana bir tadqiqotchi U. Kamida esa asar buddizm ruhiyatida yozilgan bo'lsa-da, qo'shiqqa bu g'oya umuman daxldor emasligini aytib o'tadi11.
Shu sababli, "Hojoki"da qo'llangan metaforalarning hammasi (26) diniy-falsafiy ma'noga ega, "Tsureduregusa"da qo'llangan 50 metaforadan to'rt(futatsu moji, ushino kakumoji, suguna moji, yugami moji) metafora diniy-falasafiy ma'no tashishga xizmat qilmaganligi o'rganildi.
REFERENCES
1. Tomoyuki O. A network of construction of Japanese based on Existential Construction. - J.: Hitsujisho, 2002. - B. 137.
2. Hiroaki S. Mujotoha nanika. - J.: Overlook, 1995. - B.193.
3. Takeda T. Tsureduregusa. - J.: Kakugawashoten, 2002. - B. 203.
4. Higashi M. Bukkyoto metafa-. - J.: Tokyo Gaikoku daigaku, 2011. - B. 9.
5. Aoki K. Ninchiimironno tetsugaku. - J.: Ooshukanshoten, 2002. - B. 38-57.
6. Mori Y. Bukkyo, sakuhin, metafa-. - O.: Osakadaigaku, 2009. - B. 67.
7. Takeda T. Tsureduregusa. - J.: Kakugawashoten, 2002. - B. 253.
8. Kamida U. Kenko to mujo. - K.: Kansaidaigaku,1996. - B. 273.
9 Mori Y. Bukkyo, sakuhin, metafa-. - O.: Osakadaigaku, 2009. - B. 67.
10 Takeda T. Tsureduregusa. - J.: Kakugawashoten, 2002. - B. 253.
11 Kamida U. Kenko to mujo. - K.: Kansaidaigaku,1996. - B. 273.
957
Scientific Journal Impact Factor
9. Kosimov, A. (2021). THE IMPACT OF SELF-EFFICACY IN ENHANCING ENGLISH PROFICIENCY AMONG UZBEK HIGH SCHOOL STUDENTS. British View, 6(1).
10. Umaralieva, M. M. (2014). THE IMPORTANCE OF COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING AND LEARNING. In ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ ЛИНГВООБРАЗОВАНИЕ (pp. 433-436).
11. Umaralieva, M. (2021). SOME CHALLENGES IN ENCOURAGING INDEPENDENT LEARNING. Academic research in educational sciences, 2(4), 1878-1882.
12. Sultanovna U. S. ARTISTIC PSYCHOLOGISM IN THE WORK OF S. RICHARDSON "PAMELA OR THE REWARDED VIRTUE". - 2020.
13. Ugli, Qurbonov Nasibullo Khabibullo, Durdona Uktamova Bakhtiyor Qizi, and Kholmatov Shakhriyor Zokhidjon Ugli. "TEACHING VOCABULARY TO HIGHLEVEL STUDENTS." Archive of Conferences. Vol. 3. No. 3. 2020.
14. Мамаева М. Э., Шокирова М. Ш. Роль лингвистического образования в развитии культуры личности студента //Потенциал современной науки. - 2016. - №. 1. - С. 140-143.
15. Мамаева, М. Э., & Шокирова, М. Ш. (2020). EDUCATIONAL POTENTIAL OF FOREIGN LANGUAGES. In Проблемы развития современного общества (pp. 400-403).
16. Холматов Ш., Йулдошева М. ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК ТИЛЛАРИДА СУЗ УРЕУСИ ДАРАЖАЛАРИНИНГ АХАМИЯТИ ВА УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. -№. 3.
17. Игамбердиева, Ш. (2021). Развитие навыков творческого сотрудничества будующих преподавателей иностранного языка при испозовании технологии «бит-урок». Общество и инновации, 5(11/S), 190-198.
18. Kosimov, A. (2022). THE IMPORTANCE OF CHOOSING APPROPRIATE ASSESSMENT TOOLS IN LANGUAGE TEACHING AND ITS IMPACT TO SECOND LANGUAGE ACQUISITION. British View, 7(1).
19. Usmonova, D. S. (2020). COMPARATIVE TYPOLOGICAL ANALYSIS OF SEMANTIC-STRUCTURAL FEATURES OF CONDITIONAL INCLINATION IN DIFFERENT SYSTEMATIC LANGUAGES. Проблемы современной науки и образования, (4-2), 21-23.
20. https://www.jstor.org>stable (Yapon mumtoz adabiyoti tadqiqotlari).
21. https://www.enotes.com>kamo-no-chomei (Mumtoz adabiyotlar fondi).