Научная статья на тему 'YAPON MUMTOZ ADABIY MANBALARIDA DINIY-FALSAFIY MA’NO IFODALAGAN METAFORALARNING LISONIY XUSUSIYATLARI'

YAPON MUMTOZ ADABIY MANBALARIDA DINIY-FALSAFIY MA’NO IFODALAGAN METAFORALARNING LISONIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
191
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yapon klassik adabiyoti / Xojoki / Tsureduregusa / metafora / lingvistik tahlil / Japanese classical literature / Hojoki / Tsureduregusa / metaphor / linguistic analyze

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Haydarova, U.X.

Maqolada yapon mumtoz adabiy manbalarida diniy-falsafiy ma’no ifodalovchi metaforalarning lisoniy xususiyatlari haqida so’z yuritilgan. Ularning grammatik, semantic va lingvistik xususiyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC FEATURES OF METAPHORS THAT EXPRESS RELIGIOUS AND PHILOSOPICAL MEANINGS IN CLASSICAL JAPANESE LITERATURE

This article discusses the linguistic features of metaphors that express religious and philosophical meanings in classical Japanese literature. The grammatical, semantic, and linguistic features of metaphor are revealed.

Текст научной работы на тему «YAPON MUMTOZ ADABIY MANBALARIDA DINIY-FALSAFIY MA’NO IFODALAGAN METAFORALARNING LISONIY XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

YAPON MUMTOZ ADABIY MANBALARIDA DINIY-FALSAFIY MA'NO IFODALAGAN METAFORALARNING LISONIY XUSUSIYATLARI

U.X.Haydarova

O'qituvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada yapon mumtoz adabiy manbalarida diniy-falsafiy ma 'no ifodalovchi metaforalarning lisoniy xususiyatlari haqida so 'z yuritilgan. Ularning grammatik, semantic va lingvistik xususiyatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: yapon klassik adabiyoti, Xojoki, Tsureduregusa, metafora, lingvistik tahlil

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ МЕТАФОР, ВЫРАЖАЮЩИХ РЕЛИГИОЗНО-ФИЛОСОФСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ В ЯПОНСКИХ КЛАССИЧЕСКИХ ЛИТЕРАТУРНЫХ ИСТОЧНИКАХ

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются лингвистические особенности метафор, выражающих религиозно-философское значение в японских классических литературных источниках. Выявлены их грамматические, семантические и лингвистические особенности.

Ключевые слова: японская классическая литература, ходзёки, цуредурегуса, метафора, лингвистический анализ.

LINGUISTIC FEATURES OF METAPHORS THAT EXPRESS RELIGIOUS AND PHILOSOPICAL MEANINGS IN CLASSICAL

JAPANESE LITERATURE

U.X.Haydarova, teacher, master

ABSTRACT

This article discusses the linguistic features of metaphors that express religious and philosophical meanings in classical Japanese literature. The grammatical, semantic, and linguistic features of metaphor are revealed.

Keywords: Japanese classical literature, Hojoki, Tsureduregusa, metaphor, linguistic analyze

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KIRISH

1.Metaforalarning lingvistik xususiyatlari

Lakoff va Johnson tomonidan rivojlantirilgan metafora nazariyasi metafora so'zning gavhari" emas, balki insonning ongi, tasavvur dunyosi bilan bog'liq bo'lgan hodisa ekanligini, shu bois ham endi metafora nafaqat tilning, balki tafakkurning ham muammosiga aylantirilgani ta'kidlandi. Shu ma'noda "metafora" atamasining o'zi bu tushunchani bag'riga sig'dirolmaydi va yangi "konseptual metafora" atamasi paydo bo'ldi .

Lakoff va Johnson metaforalarni ma'nosiga ko'ra quyidagi turlarga ajratdi:

a) Struktur metaforalar (Structural metaphor)

b) Yo'naltirilgan metaforalar( orientational metaphor)

c) Ontologik metaforalar (ontological metaphor)

a) Struktur metaforalar

Struktur metaforalar umumiy xususiyat, aloqa yoki strukturaga ega bo'lgan metaforalardir .

Yoki bir tushuncha boshqa bir terminlar strukturasida majozni tartibga solishi struktur metaforani ifodalaydi . Misol sifatida "Argumentatsiyani keltirib o'tsak, aslida bu ikki tushuncha umuman boshqa ma'noni ifodalaydi, lekin ularning strukturasida umumiy xususiyatlar bor. Har ikki hodisada ham qarshi tomonlar bor, jarayon hujum qilish, himoyalanish shaklida kechadi va maqsad g'olib bo'lishdir. "Urush" tushunchasi orqali "bahsga struktura, shakl berilmoqda.

Biroq, tahlilga ko'ra "Hojoki" asarida struktur metaforalar qo'llanmagani, "Tsureduregusa" asarida esa birgina "chabudaino ashi, ya'ni "stolning oyog'i" majozini uchratishimiz mumkin. Stolning oyog'i tushunchasiga inson oyog'i tushunchasi orqali shakl berilmoqda yoki struktura jihatdan bu ikki tushuncha umumiy xususiyatlarga egadir.

b) Yo'naltirilgan metaforalar

Yo'naltirilgan metaforalar hissiyot, sig'imga ega bo'lmagan "tepa-past, "oldi orqa" kabi tushunchalarni ifodalashda qo'llaniladi. A. Qur'onbekov uni "butun bir sistema boshqa bir sistema namunasida tashkil topadi va ko'pchiligi bo'shliqdagi holatlarga yo'naltirilgan" deb ta'riflaydi. Masalan, inson hissiyotlari doirasida ifodalasak, "yaxshilik" -yuqori, yomonlik"past"hisoblanadi. Inson yaxshi hodisalarni "kayfiyatim yuqori" -tepa", noxushlikni "kayfiyatim tushib ketdi"past" bilan baholaydi. Shuningdek, sig'im metaforalar (qo'shni dala, uyning yoni kabi) ham ayni yo'naltirilgan metaforalar doirasida o'rganiladi. Ammo, tadqiqotimiz manbasida yo'naltirilgan metaforalar qo'llanmaganligi aniqlandi.

Scientific Journal Impact Factor

O

c) Ontologik metaforalar

Ontologik metaforalar mavhum hodisalarni moddiy obyektlar orqali tushuntiradi (Time is money). Shu sababli moddiy obyektlar haddan ortiq voqealar, harakatlar, hissiyotlar, g'oyalar kabi ontologik majozlarga asos bo'la oladi. "Hojoki" va Tsuredugusa" asarlarida bu kabi majozlarni ko'plab uchratish mumkin, xususan, Hojokida "dunyo, "inson, "o'tkinchilik" kabi mavhum tushunchalar, daryo, suv, shabnam, "gul, yashash joy"kabi moddiy obyektlar orqali ifodalangan. Tsureduregusada esa bu kabi tushunchalar tarozi, "ayol, "chumoli, olmos, "tutun, bir kunlik boshpana" singari moddiy obyektlarda o'z aksini topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

2. Metaforalarning grammatik tahlili

M. Taniguchi metaforalarning, asosan, ot, fe'l, sifat so'z turkumi doirasida ko'plab qo'llanishini aytib o'tadi . Demak, avvalo, □Hojokida qo'llangan metaforalarni so'z turkumlari doirasida ko'rib chiqamiz.

□Hojokida metaforalarning grammatik tahlili(jadval 3)

^ 22 4 0

Tahlilga ko'ra 22 ta ot metafora, 4 ta fe'l metafora qo'llangani, ammo sifat metaforalar umuman uchramasligi aniqlandi. Ot metaforalar majoziy ma'nosi yuqori, insonga hissiyot bera olish kabi xususiyatlarga ega bo'lsa, fe'l metaforalar, asosan, kundalik hayotda ko'p foydalaniladigan neytral(dead metaphor) (batafsil 2.3)majozlardir degan xulosaga kelindi.

"Tsureduregusa"da qo'llangan metaforalarning grammatik tahlili(jadval 4)

N: (Ot) ^M(Fe'l) ^W^(Sifat)

1. bambukning so'ngi yaprog'i ^ # è & ^ 6 T -so'zlarni

sochib yubormoq ^fèTÀ-dunyodan voz kechgan odam

N: (Ot) fM^ (Fe'l) ^WM(Sifat)

1. 11 - daryo binolarning urushishi

2. 7K- suv Lté - ko'zningquvonishi

3. otzt^tz -suv yuzasidagi pufakcha && -Gulning vafot etishi

4. olmos shahar t^fêt^- dunyoni tashlash

5. tong va shom

6. - qarzga olingan boshpana

7. ^¿{ï^- uy va uning sohibi

Scientific Journal Impact Factor

O

2. ^-daraxt ^(^{í^oo-qalamga mas'uliyat yuklamoq M^ffi® A-ko'rinmas dunyo

3. M-oyna §-barg to'kilmoq ^L-zahmat

4. M-shudring yaproqlar to'kiladi Pío og'zi mahkam, og'ir

5. Ct

Rejasiz ish

7. - qarzga olingan boshpana dunyoni tashlamoq

8. dunyo tarozi

9. ^-tutun

10. -fasllar

Hammasi: 39 6 5

Asarda 50 ga yaqin metaforalar qo'llangan bo'lib, ular dunyo va uning o'tkinchiligini tasvir etadi. Umrining so'ngi yillarida dunyodan voz kechib, budda ibodatiga tutingan, dunyo va o'tkinchilik g'oyasi asosida o'z hayot yo'lini qayta tahlil qilgan Kenko hayotiy aqidasini metaforalar asosida chiroyli bayon etadi. "Tsureduregusa" asari aynan "o'tkinchilik (mujo)"g'oyasini targ'ib etish maqsadida yozilgan .

3. Metaforalarning semantik tahlili

Metaforalar, asosan, harakat o'xshashligi doirasida "maqsad asosdan "kelib chiqish asosga ko'chiriladi degan fikr ilgari suriladi, ammo Sh. Safarov buni rad etadi va metaforani vujudga keltirishda holat, umumiylik, shakl kabi xususiyatlar ham muhim ekanligini ta'kidlaydi . Semantik jihatdan metaforalar uch xil shaklda tahlil qilinadi ("Hojoki" va "Tsureudregusa" metaforalari asosida ko'rib chiqiladi):

I. Jonsiz predmet, hodisalarning xususiyatlari jonsiz predmetlarga ko'chiriladi: olmos shahar, shahar dunyo so'zini ifodalab, dunyo olmos yanglig' chiroyli ko'rinsa-da, asl ma'nosi mashaqqatdan iboratdir (Hojoki). Yoki "qarzga olingan boshpana, "bargning to'kilishi, "fasllar, inson hayoti"majozlaridir(Tsureduregusa).

11. Jonli predmetlarning xususiyatlari jonli hodisalarga ko'chirilishi orqali: Inson -chumoli (Tsureduregusa)" metaforasida, chumoling xususiyatlari insonga ko'chirilmoqda.

III. Jonli hodisalarning xususiyatlari jonsiz predmetlarga ko'chirilishi orqali: "uylarning kurashi (Hojoki), "qalamga mas'uliyat yuklamoqda (Tsureduregusa).

Scientific Journal Impact Factor

о

IV. Jonsiz predmet xususiyatlari bilan jonli hodisalarning ifodalanishi: "daraxt , "tosh, "shudring" kabilar "inson ning moddiy obyektlaridir.

Semantik tahlil natijasiga ko'ra asarlarda jonsiz predmet xususiyatlari jonli hodisalarga va jonsiz predmetlarning xususiyatlari bilan jonsiz predmetlarni majozlashtirish holatlari ko'p uchraydi. Asarda "dunyo"va uning o'tkinchiligiga (mujo) oid metaforalar ko'lamining kengligi buni isbotlaydi desak o'rinli bo'ladi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, metaforalarning leksik tahliliga ko'ra metaforalar uch asosda ko'rib chiqildi: struktur metaforalar "Hojokida qo'llanmagani, "Tsureduregusada birgina mavjudligi aniqlandi. Yo'naltirilgan metaforalar har ikki asarda uchramasligi, manbalarda, asosan, ontologik metaforalardan foydalangani ma'lum bo'ldi.

Grammatik tahlil natijasida "Hojokida 22 ta ot metafora, 4 ta fe'l metafora qo'llangani va sifat metaforaning uchramasligi aniqlandi. Ot metaforalar majoziy ma'nosi yuqori, insonga hissiyot bera olish kabi xususiyatlarga ega bo'lsa, fe'l metaforalar, asosan, kundalik hayotda ko'p foydalaniladigan neytral(dead metaphor) majozlardir."Tsureduregusa" asarida esa 39ta ot metafora, 6 ta fe'l metafora, 5ta sifat metafora qo'llangani aniqlandi va sifat hamda fe'l metaforalar "tushukunlikka tushmoq, "stolning oyogi" metaforalari kabi yuqori majoziy tasvirga ega emas deb baholandi.

Semantik tahlil natijasiga ko'ra asarlarda jonsiz predmet xususiyatlari jonli hodisalarga va jonsiz predmetlarning xususiyatlari bilan jonsiz predmetlarni majozlashtirish holatlari ko'p uchraydi. Asarda "dunyo" va uning o'tkinchiligiga (mujo) oid metaforalar ko'lamining kengligi o'rganildi.

REFERENCES

1. Taniguchi M. Ninchiimironno shintenkai.-J.:Kenkyusha,2003.-B.11.

2. Nabeshima K. Metafato imino kouzousai.-J.:Hitsujisho,2002.-B.179.

3. Qur'onbekov A. Tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari.-TDSHI,2012.-B.18.

4. Takeda T. Tsureduregusa. - J.:Kakugawashoten,2002.-B.225.

5. Safarov SH. Kognitiv tilshunoslik.- J.: Sangzor nashriyoti,2006. -B.25.

6. Конрад Н.И. Японская литература. - Москва: НаукаЛ 1991. - 305 с.

7. Avis P. God and the creative imagination: metaphor, symbol, and myth in religion. - L.: Routledge, 1999. - 256 p.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.