ERKIN VOHIDOVNING METAFORA QO'LLASH MAHORATI
Nozima Ismoilova
Namangan shahridagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'zbek tili va adabiyoti
o'qituvchisi
O'zbekiston xalq qahramoni, el suygan shoir Erkin Vohidov she'rlari jozibadorligi, o'ynoqiligi, o'ziga xosligi bilan tavsiflanadi. Bu shoirning metafora qo'llash va yaratish borasidagi mahoratida ham yorqin kuzatiladi. Metafora leksik ma'no taraqqiyotini ko'rsatuvchi til hodisasi bo'lib, so'zlarning ko'chma ma'nosi asosida yaratiladi. Metaforizatsiya hodisasining zaminida qiyoslash natijasida erishilgan (aniqlangan) o'xshatish g'oyasi yotadi.
Shoir ijodida metaforaning go'zal namunalari kuzatiladi:
Men jilg'aman,
Daryo bo 'lib to 'lgim keladi.
Ona yurtim.
Senga o 'g 'lon bo 'lgim keladi.
("Men jilg'aman", 13-b.)
Bu o'rinda jilg'a, daryo suv obyektlarining nomlari bo'lib, she'rda ular asosiy ma'nosi emas, balki insonga nisbatan ulg'ayish, unib-o'sish ma'nosini obrazli ifodalashga xizmat qilgan.
E.Vohidov she'riyatida sifatlarning metaforik ma'noda qo'llanishi konnotativ ma'noga yo'l ochadi. Quyida kishining yosh belgisini ifodalovchi qari leksemasi muayyan predmetning, ya'ni dunyoning belgisi sifatida qo'llangan:
Ne davronlar kechmish koldirib shuhrat,
Barchasiga shohid bu qari dunyo.
("Iltijo")
Bu o'rinla qari leksemasi uzoq umr qo 'rgan kishi ma'nosini anglatmaydi. Uning dunyo so'ziga nisbatan qo'llanishi natijasida dunyoning qadimiyligi. uning ko'p voqyealarga shohid bo'lganligi ifoda etiladi. Shoir mazkur metafora vositasida sifatlash bilan dunyoning boqiyligi to'g'risidagi oddiy haqiqatga obrazli ishora qiladi. Natijada qari leksemasining metaforik qo'llanilishi pragmatik mazmunga yo'l ochgan. Pragmatik mazmunning yashirin ko'rinish kasb etishi esa she'rning ta'sirchanligini yanada oshirgan.1
O'zbek tilida metaforaning mazmuniy jihatdan bir turi sifatida farqlanuvchi jonlantirish san'ati ham badiiy matnga obrazlilik, emotsional-ekspressivlik baxsh etuvchi vositalardir. Quidagi metaforik qo'llashda insonga xos xarakter, xususiyat, holat
1 Махсумова С. Метафоралар оркали коннотатив-прагматик маънонинг ^осил булиши// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2009. - № 5. - Б. 96.
va harakatlar jonsiz predmetlarga ko'chiriladi. Bu esa nutqning ta'sirchanligini, demak, konnotativligini yuzaga chiqaradi: Rahmi kelib bulutning Yig'lab to'kar yoshini. Qushlar qochar, majnuntol Ko'taradi boshini.
("Manzara", 12-b.)
Rahmi kelmoq, yiglamoq, yosh to'kmoq, bosh ko'tarmoq kabi xususiyatlar insonlarga xos bo'lib, shoir ularni bulut va majnuntolga ko'chiradi. Bu holat tabiat manzarasining shunchaki tasvirini emas, uning inson qalbi tomonidan qabul qilinishi ifodasi sifatida berilgan. Bunda inson faqatgina kuzatuvchi emas, ona tabiatning dardkashi sifatida jonlanadi va xuddi shu tuyg'u kitobxon ruhiyatiga ham ko'chadi.
Nozik didli shoir faqatgina inson xususiyatlarini jonsiz narsalarga emas, hayvon va qushlar, jonsiz narsalarga xos xususiyatlarni insonga ko'chirish usullaridan ham unumli foydalanadi. Ma'lumki, sayramoq qushlarga xos harakatdir. U metaforik yo'l bilan insonlarga ham ko'chirilishi mumkin. Bunda sayramoq so'z nutq vaziyatiga ko'ra gapirish harakatiga nisbatan so'zlovchining subyektiv munosabatini ifodalashda qo'llaniladi:
Hay'atlarda kekkayib, Yayrab yurar Matmusa. Biz undoq, biz bundoq deb, Sayrab yurar Matmusa.
("Matmusaning charxpalagi") E.Vohidovning "Sirdaryo o'lani" she'ridagi metaforik qo'llash o'ziga xos hayratlanarli. Unda insonlar uchli eng aziz ona timsoli daryoga ko'chiriladi:
Sen bizlarga axir mangu keraksan, Oqib turgin,qurib qolma,onajon.
Bu o'rinda shoir Sirdaryoning qurib qolmasligi yurt uchun nechog'lik katta ahamiyatga ega ekanligini insonlar uchun onaning o'rni qadar muhimligi bilan qiyoslaydi va yurt nomidan uni onajon deb nomlaydi. Bu metafora vositasida yaratilgan nido san'ati xalqning daryoga bo'lgan mehri, g'ururi va fidoyiligi kabi munosabatlari izhori sifatida yuzaga chiqadi.
A.Xo'jamqulovning fikricha, metaforalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Shakliy o'xshashlikka asoslangan metafora. Bunda leksemaning denotativ va hosila ma'nolari anglatgan tushunchalar o'rtasida shakliy (tashqi ko'rinish) jihatdan o'xshashlik ustunlik qiladi. Masalan, quloq - qozonning qulogi, og'iz - qopning og'zi, tish - arraning tishi va h.k. Masalan,
Oy fonusin ko'tardi osmon,
Yulduzchalar bo 'ldi parvona. Sayr etaylik, kel birga, jonon, Ko 'nglim seni istar yagona
("Oy fonusin ko'tardi osmon", 49-b.)
Yoki: Jilvalanib oqar edi Muzdek zilol suv. Suv labidan boqar edi Shahlo ko 'z suluv.
("Chashma qoshida", 65-b.) Shoir she'rlarida metaforalar ma'no-mazmunni badiiy va obrazli ifodalashga xizmat qilgan, ta'sirchanlikni kuchaytirgan. Masalan, Shunday oyning yuzi dog' ekan.. Yulduzlar ham xuddi munchoq yosh... Kunduz esa barcha nuridan Yaratibdi birgina quyosh.
("Kecha va kunduz", 110-b.) Misrlardagi oyning yuzi dog' ekan, munchoq yosh so'zlari ma'noni kuchaytirish uchun qo'llangan. Yoki:
Tun bilan yig'labdi bulbul G'uncha hajri dog'ida. Ko'z yoshi shabnam bo'lib Qolmish uning yaprog'ida.
("Tun bilan yig'labdi bulbul",115-b.)
л
A.Xo'jamqulovning tasnifiga asoslangan holda, o'zbek tilidagi, jumladan, shoir she'riyatiga xos metaforalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Antropomorfik metafora. Bu inson va unga tegishli (xos) bo'lgan (tana a'zosi, kiyimi) predmetlar nomi asosida hosil qilingan metafora bo'lib, oyoq, qo'l, og'iz, til, tish, quloq, yeng, yoqa kabi leksemalar ma'nosining metaforik usulda ko'chishidir.
Tark etib ko 'shkin, savatga Qo 'ydi bosh, izlab seni Charx urib bozor ichida Bo'ldi sargardon uzum.
("Uzum", 149-b.)
Bu misralardagi bosh so'zi insonga tegishli bo'lgan a'zo nomi bo'lib, uning ma'nosi metaforik usulda uzumning bandi, yuqori qismini ifodalagan.
2 Хужамкулов А. Узбек тилида метафоранинг таснифланишига доир // Лингвист (илмий мацолалар туплами). -Тошкент: Arademnashr, 2011. - Б. 87.
2. Zoomorfik metafora. Bu hayvonlar va ularning tana a'zolari nomini ifodalovchi leksemalar ma'nosining metaforik usulda ko'chishi bo'lib, bu turga bo'ri, tulki, ayiq, ilon, it, shox, dum, qanot kabi leksemalarning metaforik ma'no hosil qilishi kiradi.
3. Fitomorfik metafora. Bu daraxt hamda o'simliklar va ularning qismlari nomini anglatgan leksemalar ma'nosining ko'chishi natijasida hosil bo'lgan metafora bo'lib, guncha, gul, chinor, chaqirtikanak, danak kabi leksemalarning metaforik ma'noda qo'llanishidir. Masalan,
Nuqtadek bir xoli bormish G'uncha labning ustida, Ul biri oshkor emishdir, Ul biri qishloq emish
("Bir go'zalkim", 187-b.)
Bag'rimda qonlig' lolalar, Ko 'rgil bu achchiq nolalar.
(I, "Ey, dil", 64-b. )
4. Kosmomorfik metafora. Osmon jismlari nomi asosida hosil qilingan metafora. Bunday metafora oy, quyosh, qamar, yulduz, osmon, nur kabi leksemalar ma'nosini metaforik usul bilan ko'chirish natijasida hosil bo'ladi. Masalan,
Qanday yorug' yulduzsan, ajab, Qanday porloq sayyoradirsan? Yoki biror turkumdan ajrab
Biz yoqlarda ovoradirsan? ("Mening yulduzim", 76-b.)