Научная статья на тему 'YANGI USUL MAKTABLARINING SHAKLLANISHIDA MA’RIFATPARVAR JADIDLARNING O’RNI'

YANGI USUL MAKTABLARINING SHAKLLANISHIDA MA’RIFATPARVAR JADIDLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
34
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy uyg’onish / jadid / usul / maktab / zamon / turk / zindon / ko’rpacha / ko’knoriaft / xaspaxol / lavha / miz / xarita / naf / National revival / modernism / usul / school / time / Turkish / prison / blanket / poppy / haspahol / plate / miz / map / naf

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdimo’minova Dildora Oybekovna

Maqolada Turkiston jadidlarining yangi usul maktablarini ochish uchun qo’shgan hissasi, ularning barkamol avlod tarbiyasi masalalari yuzasidan qarashlari, Abdurauf Fitrat hamda Hoji Muinning jadid maktablarining afzalliklarini ochib bergan “Munozara” va “Eski maktab va yangi maktab” asarlari mazmuni, adiblarning asardan ko’zlagan maqsadi ochib berilgan. Mustaqillikdan so’ng jadidlar ruhini abadiylashtirish bo’yicha qilingan ishlar borasida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ENLIGHTENED MODERNS IN THE FORMATION OF NEW METHOD SCHOOLS

In the article, the contribution of Turkestan moderns to the opening of new method schools, their views on the issues of raising a mature generation, the contents of Abdurauf Fitrat's and Haji Muin's works "Discussion" and "Old School and New School" that revealed the advantages of modern schools, writers' comments on the workThe purpose of the zlag has been revealed. After independence, brief information about the work done to perpetuate the spirit of the Jadids is given.

Текст научной работы на тему «YANGI USUL MAKTABLARINING SHAKLLANISHIDA MA’RIFATPARVAR JADIDLARNING O’RNI»

f EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,

PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE ROLE OF ENLIGHTENED MODERNS IN THE FORMATION OF NEW METHOD SCHOOLS Abdimo'minova Dildora Oybekovna

TerDU student https://doi.org/10.5281/zenodo.11257960

EURASIAN |0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

Received: 15th May 2024 Accepted: 22th May 2024 Online: 23th May 2024 KEYWORDS National revival, modernism, usul, school, time, Turkish, prison, blanket, poppy, haspahol, plate, miz, map, naf.

ABSTRACT

In the article, the contribution of Turkestan moderns to the opening of new method schools, their views on the issues of raising a mature generation, the contents of Abdurauf Fitrat's and Haji Muin's works "Discussion " and "Old School and New School" that revealed the advantages of modern schools, writers' comments on the work The purpose of the zlag has been revealed. After independence, brief information about the work done to perpetuate the spirit of the Jadids is given.

РОЛЬ ПРОСВЕЩЕННЫХ СОВРЕМЕННИКОВ В ФОРМИРОВАНИИ ШКОЛ

НОВОГО МЕТОДА Абдимоминова Дилдора Ойбековна

Студентка ТерДУ https://doi.org/10.5281/zenodo.11257960

ARTICLE INFO

Received: 15th May 2024 Accepted: 22th May 2024 Online: 23th May 2024 KEYWORDS

Национальное возрождение, модернизм, усул, школа, время, турецкий, тюрьма, одеяло, мак, хаспахол, тарелка, миз, карта, наф.

ABSTRACT

В статье рассмотрен вклад туркестанских современников в открытие школ нового метода, их взгляды на вопросы воспитания зрелого поколения, содержание произведений Абдурауфа Фитрата и Хаджи Муина «Дискуссия» и «Старая школа и новая школа». раскрывшие преимущества современных школ, комментарии писателей к произведению. Раскрыта цель злага. После обретения независимости даются краткие сведения о проделанной работе по увековечению духа джадидов.

YANGI USUL MAKTABLARINING SHAKLLANISHIDA MARIFATPARVAR

JADIDLARNING O'RNI

Abdimo'minova Dildora Oybekovna

TerDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11257960 ARTICLE INFO ABSTRACT

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Maqolada Turkiston jadidlarining yangi usul maktablarini ochish uchun qo'shgan hissasi, ularning barkamol avlod tarbiyasi masalalari yuzasidan qarashlari, Abdurauf Fitrat hamda Hoji Muinning jadid maktablarining afzalliklarini ochib bergan "Munozara" va "Eski maktab va yangi maktab" asarlari mazmuni, adiblarning asardan ko'zlagan maqsadi ochib berilgan. Mustaqillikdan so'ng jadidlar ruhini abadiylashtirish bo'yicha qilingan ishlar borasida qisqacha ma'lumotlar berilgan.

Milliy uyg'onish davri Vatanimizda jadidchilik harakati shaklida namoyon bo'ldi. "Jadid" atamasi dastlab turklar hukmdori Sulton Sulaymon III davrida paydo bo'lgan. Elchi Abubakr Ratib afandi Avstriyada ko'rgan idora tizimini "Nizomi jadid" deb tushuntiradi. 1789-yilgi Fransuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizim "Fransiya nizomi jadidi" deyila boshlandi. Aslida jadid so'zi arabcha "yangi" degan ma'noni bildiradi va 1865-yildan boshlanib 1929-yilda harakat namoyondalarini jismoniy tugatishigacha bo'lgan davr esa "Jadidchilik harakati" deb nom oldi. Jadidchilik harakatining ildizi musulmon xalqlari orasida diniy va dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan XIX asrning 80-yillarida Qirimda paydo bo'ldi. Jadidchilik harakati asosan maktablarda, matbuotlarda o'z aksini ko'rsatar edi. Ismoilbek ham 1884-yilda 40 kunda 12ta bolaning savodini chiqartiradigan "usuli savtiya" maktabini joriy qilgan. Ismoil Gasprinskiy bir-biridan zamon tufayli yiroqlashgan turk xalqini bir-biriga tanitib, ma'rifatparvar, ziyolilar qatlamini shakllantirishda katta xizmat ko'rsatdi. 1919-yil Toshkentning eski shahar qismida 16 ta yangi usul maktabi, 1917-yil Qo'qonda 24 ta, Andijonda 34 ta yangi usul maktablari shakllantirilgan. Ushbu maktablar 2 bosqichdan iborat bo'lib, 1-qism ibtidoiy, ya'ni boshlang'ich 4 sinfni, 2-qism rushadiy-o'rta bo'lib, 3 yoki 4 sinfni o'z ichiga qamrab olgan. Yangi usul maktablarida asosan bepul o'qitilgan. 1900-1910-yilllarda ma'rifatparvar jadidlarimizdan Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shakuriy, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Shokirjon Rahimiy, Abdulvohid Burhonov, Rustambek Yusufbekov va boshqa muallimlar Toshkent, Samarqand, Qo'qon shahrlarida yangi usul maktablarini ochishgan. Maktablarda qiyin sharoit, tazyiq ostida faoliyat yuritilgan, bir necha marotalab yopilgan, hukumatga o'nlab murojaatnomalar yuborib ularni ochishga urunishgan. Abdurauf Fitrat hamda Hoji Muin o'z asarlarida usuli jadid va usuli qadim maktablarining farqini, yangi maktablar xalqni uyg'otish uchun eng maqul yo'l ekanligini ochib berishgan. Jadidlar butun Turkiston elini o'qimishli, ma'rifatparvar ziyoli bo'lishini istashgan. Xususan, Behbudiy 1903-yilda Samarqand atrofidagi Qolvoy (S.Siddiqiy)uyida,Rajab Amiy(A.Shakuriy)da maktab ochdi. Bu maktablar uchun "Risolai asbobi sabot", "Risolai jug'rofiya umroniy", "Risolai jug'rofiya rusiy", "Tarixi islom" kabi darsliklar yaratdi. O'zining maqolalarida mushtariylarni ilmga chorladi, shuningdek, "Ikki til emas, to'rt til kerak" maqolasi 1913-yil Oyna jurnalining 1-sonida bosilgan bo'lib, unda turkistonliklar turkiy, forsiy, arabiy va rusiyni bilishlari:

Turkiy- Turkiston xalqining askari o'zbakiy so'zlashishi;

Received: 15th May 2024 Accepted: 22th May 2024 Online: 23th May 2024 KEYWORDS Milliy uyg'onish, jadid, usul, maktab, zamon, turk, zindon, ko'rpacha, ko'knoriaft,

xaspaxol, lavha, miz, xarita, naf.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Forsiy- madrasa va udabo tili. Turkistonni har tarafindagi eski va yangi maktablarida forsiy nazm va nasr kitoblaridan ta'lim berilgan. Arabiy- barcha madrasalarda shar'iy va diniy kitoblar shu tilda berilgan, biroq mudarrislarning tarjimasi forscha edi. Rusiy-dunyo va tiriklik tili edi. Behbudiy maqolasida ko'p til bilishning foydali jihatini "Ovrupaliklar fors shoirlarining asarlari lazzatini, ma'naviyatini olish va foydalanish uchun milyardlar sarflagan bir vaqtda biz forsiyni tahsilsiz ham bilamiz" deya ta'kidlaydi. Haqiqatdan ham Behbudiyning 1 asr oldin bergan fikrlari bugungi kunda ham o'z aksini topmoqda. Hozir texnologiyalar rivojlanayatgan vaqtda biz yoshlardan til bilish talab qilinmoqda.

Munavvarqori Abdurashidxonov boshlagan yangi maktab usuli esa Turkistonga tez yoyiladi. Uning tashabbuskor jonkuyarlari "taraqqiyparvar" deb nom oladi va Munavvarqori ularni birlashtiruvchi rahbar va yo'lboshchiga aylanadi. Ushbu maktablar uchun "Adibi avval" alifbe kitobi, "Adibi soniy" darsliklarini yozadi. "Sho'roi Islom" tashkilotining ideologi va rahbari sifatida faoliyat ko'rsatadi. 1908-yil uning "Sabzavor", "Yer yuzi", " Tajvid al Qur'on" kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo'llanilgan. Hikoyalari orasida XX asr boshidagi tarixiy voqealar, ijtimoiy-maishiy turmush manzaralari haqida yozilganlari ham anchagina. Ma'lum bo'lganidek, Munavvarqori badiiy adabiyot bilan yaqindan shug'ullangan ziyolilarimizdan edi. 20-yillarda tilshunoslikka oid asarlar yozdi. Uning 1925-yilda e'lon qilgan Qayum Ramazon va Sh. Zunnun hamkorligida 3 bo'limlik "O'zbekcha til saboqlari" kitobi mavjud. Munavvarqori ijodini ilk bor tadqiq qilgan olim Sirojiddin Ahmedovdir va uning "Men sendamen" kitobini nashrga tayyorlab 2019-yil chop ettirgan.

Buxorolik ma'rifatparvar Abdurauf Fitratning "Adabiyot qoidalari", "Eski o'zbek adabiyoti namunalari", "Aruz haqida" kabi ilmiy kuzatuvlari esa adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o'ynaydi. "Munozara" asari 1909-yilda bosilgan bo'lib, uning to'liq nomi "Hindistonda bir firangi ila buxoroli bir mudarrisning jadid maktablari xususida qilg'on munozarasi" bo'lib, asar 2 kishining suhbati shaklida tuzilgan. Asosiy masala Buxoroda jadid maktablarini ochilishiga qaratilgan. Diniy va dunyoviy bilimga ega bo'lgan farangi mudarrisning ilmsizligi, johilligidan hayratga tushadi. Uning mudarris bilan suhbati davomida u Buxoro hayoti, turmush tarzini o'rganishga urunadi Fitrat asarda ta'lim shaklini o'zgartirish g'oyalarini ilgari suradi. Eski usul maktablari uzoq muddatli, ayol va qizlarning o'qishiga esa imkon berilmas edi. Bilamizki, jadidlarning asosiy maqsadi xalqni uyg'otish bo'lib, faqatgina diniy bilimlar bilan cheklanmasdan dunyo zarurati uchun handasa, jug'rofiya kabi dunyoviy bilimlarni ham egallash kerakligni targ'ib qilishgan. Islom dinida ayol va erkak uchun ta'lim olish farz deb berilgan va ayollarning o'qishini ham targ'ib qilishgan. Avloniy, Fitrat, Cho'lpon, Behbudiy kabi jadidlarimiz maktabxonalarda kursida o'tirish ham sog'lik ham estetika qonunlariga muvofiq ekanligi uchun ham qulay, sharoitli maktablarni joriy qilganligi aynan mullalar tomonidan "bular kishini kofir qiladi" degan ahmoqona fikrga keltirgan. Asarni o'qish davomida bir hayratlanarli jumlaga duch kelamiz: " Bahouddin bor ekan Buxoro xalqi, davlati parchalanmaydi". Bu so'zlar mudarrisga tegishli bo'lib, farangining taajjublanishiga sabab "kursida o'tirsa kofir bo'ladi" deya jadid maktablarini qabul qilmay, Alloh bo'la turib, vafot etgan avliyoga ishonganligi edi. Farangi musulmon bo'lmasa ham bu gap-so'zlar shunchaki tanballik, dangasalik ketidan "avliyo qutqaradi" degan o'yga borayotganini isbotlab beradi. Fitrat o'z asarida hayotiy voqealarga asoslangan holda vujudga kelgan muammolarni yechishga harakat qilgan. "Harflar sonining kamligi", "kursida o'tirish" kabi vajlar jadid maktablarini joriy

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

etilmasligiga sabab edi, lekin Hoji Muinning "Yangi maktab, eski maktab" asarida yaqqol namoyon bo'lganidek, jadid maktablari ochilsa mullalarning noni yarim bo'ladi, payshanbalik oshlari, orada beriladigan pullardan quruq qolishadi, chunki usuli jadid maktablari boylar uchun pullik, kambag'allar uchun tekin edi. Yana bir achinarlisi shundaki, 27yil beriladigan usuli qadim maktablarida asarlar emas, asarga yozilgan sharhning sharhi o'qitilar, mudarrislar ham arabiyda so'zlasha olishmas edi. Ko'rinib turadiki, eski maktablar vaqtni, kuchni va pulni sarf etadi. Fitrat "Munozara" asarida Buxoro amirligini jaholat botqog'idan qutulish, mustamlaka zulmiga barham berishning yagona yo'li xalqni ilm-ma'rifatli qilish ekanligini farangi va mudarrisning bahs-munozarasi yordamida ochib beradi. Bu asar Buxorada jadidchilik harakatining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Natijada, yangi jadid maktablari qaytadan ochila boshladi.

Samarqandda tavallud topgan Hoji Muin ham o'z davrining ma'rifatparvar jadidlari singari o'zining jadid maktabini ochadi. U bog'dorchilik bilan ham shug'ullangan va aynan bolalarni savodli qilish uchun zarur bo'lgan mablag'larni xalqdan emas, bozorda sotgan mevalarning pulidan sarflagan. Maktabdor bo'lishdan sira moddiy manfaat ko'zlamagan. Uning "Eski maktab va yangi maktab" pesasida Fitratnikidan farqli o'laroq eski usul maktabi bilan yangi usul maktabi o'quv tizimidagi farqi tasvirlanib, "usuli jadid" maktabining afzalliklari jarayon orqali ochib berilgan. Domlalarning bolani tartibga chaqirish uchun vahshiy usulda jazolashi, bolalardan faqatgina osh-non kutib yashashi, dars vaqtida uyidan non olib kelishga yuborishi eski tizimni qoralaydi. Jadidlar yoqlayotgan yangi maktablar esa bolaga bilim berishni , bolasini o'qimishli bo'lishini istagan xalqdan naf ko'rishni emas, balki qisqa fursat ichida savodli qilishni asosiy maqsad qilgan edi. Hoji Muin birgina maktablarning ichki tasviri orqali asarning tub mazmunini kitobxon hukmiga havola etdi. Masalan, "Maktab ichi zindondek qorong'u bo'lib, o'rtasida o'choq, devorig'a bir falaq osilgan. Bir yoqda safol oftobada suv, ikkinchi yoqda yirtiq ko'rpacha ustiga uch-to'rt qabat iflos kiyum kiygan, ko'knoriaft va asabiy majoz bir domla o'turgan, bir yonida choynik, dona qoq non, oldida to'rt ayog'lik uzun taxta, taxtaning naryog'ida xaspaxol ustida Salim va Melik degan ikki bola o'z saboqlarini o'qub turubdurlar..." deya eski maktabni, "Maktab binosi hivzi sihhat qoidasiga muvofiq bo'lub, devorig'a xaritalar yopushturilgan, bir yoqda Muallim kursiga o'turgan. Muallimning oldida bir "miz", yonida bir lavha. Qarshisida ikki partaga to'rt talaba o'turgan. Bir tarafda uch-to'rt kursi qo'yilgan..." deb yangi maktabni tasviraydi.

Jadidlar ham eski usul maktabida tahsil olishgan, ular hatti-harakatlari, yozayotgan asarlari orqali muallimlarni yomon otliq qilish emas balki ota-bobolaridan qolgan milliy maktablarni qayta isloh qilish tarafdori edilar. O'zi aslida mana shu harakat; darsliklarda yangilik kiritish, tizimni yanada takomillashtirish, yildan yilga imtihon orqali o'tkazish usuli jadid edi. Jadid maktablarining eski usul maktablaridan asosiy farqi shunda ediki, bolalarni 30 yoshgacha emas, 18 yoshgacha to'laqonli savodli qilar, o'qimoq va o'qitmoq yo'llarini ko'rsatar.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, turkiston yoshlarining milliy uyg'onishida jadidchilik harakati asosiy omil bo'la oldi. Jadid namoyondalari yoshlarni o'z oldiga chorlab, olg'a intilishga, o'zlari kabi yurt erkinligi uchun kurashishga, ziyoli bo'lishga undadi. Eski tuzum davrida xalq o'z tarixini bilmas, askincha Amir Temur kabi buyuk sarkardalar qoralanib kelar, ma'naviyatni shakllantiruvchi asarlar yo'q qilinib kelar edi. Biroq tarix haqiqati kishiga kuch beradi. Jadidlar Turkiston xalqlarini savodsizlik, qullikdan qutqarishga bel bog'lashgan. Buning

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

uchun har qaysi yo'ldan foydalanishgan. Masalan, asar yozishsa tanqid ostida qolib kitoblar yig'ishtirib olingan, maqola yozish uchun "Hurriyat", "Najot", "Xurshid", "Kengash" kabi gazeta jaridalar ochib ularda e'lon qilib turishgan, teatrlar tashkillashtirga, kulgi-mutoyibali sahna ko'rinishlar orqali xalqni istiqlolga chorlagan. 1991-yilda O'zbekiston Respublikasi jadidlar kutgan mustaqillikga erishdi. 1-prezidentimiz Islom Karimov ma'rifatparvarlarimiz xotirasini abadiylashtirdi, muzey ochdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich esa Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiyni "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirladi. 2023-yilning 11-12-dekabr kunlari "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzusida taniqli olimlar ishtirokida ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi. Ularning har biri bo'yicha alohida badiiy filmlar suratga olinib, ekran yuzini ko'rdi. Oradan 1 asr o'tgan bo'lsa ham yurt tinchligi, istiqlol, xalqning manfaati uchun yonib-pishgan, harakat qilgan jadidlarimizning nomi also o'chmagay va bugungi kunda ham ardoqdadir.

References:

1. B.Qosimov va b. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. Toshkent " Ma'naviyat" 2004

2. Hoji Muin. Eski maktab, yangi maktab. www.ziyouz.com kutubxonasi

3. A.Fitrat. Munozara. www.ziyouz.com kutubxonasi

4. H. Komilova. Jadidlar faoliyatida ma'rifatparvarlik va barkamol avlod tarbiyasi masalalari. Scientific progress. Volume 2

5. L. Yusupova. Jadidchilik harakatining asoschilari va ularning tarixiy tafakkuri. "JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN" JURNALI VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER

6. ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

7. A. Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild. Toshkent "Ma'naviyat"2000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.