YANGI O'ZBEKISTONDA YURTBOSHIMIZNING SAN'AT VA MADANIYAT RIVOJLANISHIGA BERAYOTGAN YUKSAK E'TIBORI
Abbosjon Shavkat o'g'li Umurzoqov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Prezidentmizning san'at madaniyatni rivojlantirish to'g'risidag chiqargan farmon va qarorlari. Ularning ijrosi yuzasidan Navoiy viloyati qo'g'irchoq teatri tashkil etilishi yuzasidan olib borilyotgan ishlar haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: shirma, dekoratsiya, saxna, qo'g'irchoq, teatr
HIGH ATTENTION TO THE DEVELOPMENT OF ART AND CULTURE OF OUR COUNTRY IN THE NEW UZBEKISTAN
Abbasjon Shavkat Umurzakov Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: In this article, decrees and resolutions of our President on the development of art and culture. In connection with their performance, it was written about the work carried out in connection with the creation of a puppet theater in the Navoi region.
Keywords: screen, scenery, stage, puppet, theatre
"Agar kimdir, ma 'naviyat masalasi - bu faqat Ma 'naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o 'ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir. (Shavkat Mirziyoyev)
Teatr san'ati asrlar osha hamon kishilarni o'ziga maftun etib kelmoqda. Bu ajib san'atning oshuftasi, uning sehriga mahliyo bo'ladiganlar topilar ekan, u yashayveradi. Asrlar mobaynida teatr san'atining insoniyatni ezgulikka chorlab, uning dunyoqarashini kengaytirish, tarbiyaviy vosita vazifasini bajarishda xizmati nechog'li ulug' ekanligiga tarix guvoh. Buyuk ma'rifatparvar va teatr arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy "Teatr - bu ibratxonadur",1 deb yozgan edi. Sahna asarini yaratib uni teatrda namoyish etishdan asosiy maqsad ham insonlarga to'g'ri yo'l ko'rsatishdir. Teatrning tarbiya vositasi ekanligi, unda kishilar ongiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish imkoniyatining kengligi, estetik zavq bag'ishlab, tomoshabinga ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy bilimlarni berib, dunyoqarashini kengaytirib, didini oshirishda ko'mak beradigan maskan ekanligini baralla aytish mumkin.
1 Бе^будий М. Театр надур? Танланган асарлар.Т.,Маънавият., 2009., 175-б.
ПсТГЙ^^И] 455 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Jumladan farzand tarbiyasi millat tarbiyasidir. Teatr tarbiya maskani ekanligini hisobga olib, bolalar tarbiyasida teatrning ma'naviyat va ma'rifat maskani sifatida o'rni beqiyos. Ayniqsa qo'g'irchoq teatri - bolajonlar uchun doimo mo'jizalar olami sifatida namoyon bo'lib kelgan. Bu teatrda qo'yilayotgan spektakillar, unda ishtirok etayotgan personajlarning quvonch va tashvishlari, yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi azaliy kurash aks etgan sahna ko'rinishlari murg'ak qalb egalarini sira befarq qoldirmagan. Shu bois bolajonlar spektakil qahramonlari bilan birga kuladi, yig'laydi, qayg'uradi, quvonadi. Vatanga muhabbat, rostgo'ylik, mardlik, do'stlik, ojizlarini qo'llash, sevgiga sadoqat, milliy qadiriyatga e'tibor kabi mavzudagi qo'g'irchoq teatri spektakillarini yaratish muhum hisoblanadi. Qo'g'irchoq teatrini rivojlantirish bugungi kunda yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ham katta e'tibor berilyotganligini ko'rishimiz mumkin. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori, 2020-yilning 26-may sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" farmoni (PF-6000-son) hamda "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori teatr san'ati, xususan yosh, barkamol avlodni tarbiyalashda qo'g'irchoq teatri san'ati taraqqiyotida muhim bosqich vazifasini o'tadi. 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori asosida Respublika qo'g'irchoq teatriga O'zbek milliy qo'g'irchoq teatri maqomi berildi. 2018 - 2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi negizida Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida davlat qo'g'irchoq teatrlarini tashkil etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish hamda Respublika qo'g'irchoq teatrlarining an'anaviy ko'rik-festivalini o'tkazish belgilangan edi. Shunga muvofiq 2018-2022 yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash hamda jihozlashning manzilli dasturi asosida 2020-2022 yillar Buxoro viloyati qo'g'irchoq teatri binosini, 2019-2021-yillar Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri binosini, 2018-2019-yillar Jizzax viloyati qo'g'irchoq teatri binosini, 2020-2022 yillar Xorazm viloyati qo'g'irchoq teatri binolarini qurish hamda Samarqand viloyati qo'g'irchoq teatri binosini rekonstruksiya qilish, Qoraqalpoq davlat qo'g'irchoq teatri binosi
rfciTii^^Bl 456 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
hamda O'zbekiston davlat qo'g'irchoq teatri binosini mukammal ta'mirlash, Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrini jihozlash kabilar ko'zda tutilgan. Zero, ushbu sohaga tegishli mazkur huquqiy-meyoriy hujjatlarda belgilab qo'yilgan vazifalarni sohaning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ushbu farmon va qarorlar ijrosi qay darajada bajarilmoqda? Bugungi kunda Navoiy viloyatida yang qurilgan qo'g'irchoq teatri binosi soha mutaxassislarining taklif va tavsiyalari asosida o'z faoliyatini boshladi. Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan jalb qilingan mutaxasslar teatrni faoliyatini tashkil etish yuzasidan o'z takliflarini va tavsiyalarini berishdi. Jumladan mutaxassislar orasida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatri bosh rejissyori Shomurot Yusupov Navoiy viloyatida qurilgan yangi qo'g'irchoq teatri haqida quydagi fikrlarni bildirdi: - "Ma'limki qo'g'irchoq teatri boshqa teatr turlaridan bir muncha farq qiladi. Shundan kelib chiqib teatr sahnasi quriladi. Yangi qurilgan teatr sahnasi aynan qo'g'irchoq teatri spektakillari uchun maxsus qurilgan deyolmayman. Chunki qo'g'irchoq teatri asosiy tomoshabini yosh tomashabin ekanligini hisobga olinishi kerak edi. Budan tashqari qo'g'irchoq teatrida sahna dekoratsiyasi asosan shirma orqali tashkil qilinadi. Shirmani to'g'ri joylashtirishda saxna xususuyati ham muxum axamiyatga ega hisoblanadi. Boshqa teatr turlarida aktyorlar jonli sahnada erkin harakat qilishadi. Qo'g'irchoq teatrida esa aktyorlar 170 sm balandlikdagi shirma orqasida qo'lida o'rtacha 30-40 sm bo'lgan qo'g'irchoqni jonlantiradi. Spektakl muvffaqiyatli chiqishda saxna chiroqlarini to'g'ri joylashtirishni talab qiladi. Shuning uchun rang-barang chiroqlar bilan birga PRK chirog'i ham har bir qo'g'irchoq teatrlari uchun kerak. PRK chirog'i yordamida saxnada qo'g'rchoqlar bor chiroyi bilan namoyon bo'ladi. Yana shuni aytish mumkinki, Tashkil qilingan teatr uchun ajratilgan xodimlar uchun shtatlar soni juda ham kam. Lekin ular uchun yillik rejada to'rtta spektakl qo'yish talabi vazirlik tomonidan qo'yilgan. Biz Madaniyat va turizm vazirligiga bergan xulosamizda shtatlar sonini oshirish va yillik rejada to'rtta spektaklni ikktaga qisqartirishni taklifini berdik."
Haqiqatdan Madaniyat va turiz vazirligi mutaxassislarni jalb etgan holda, ularning fikrini inobatga olib teatrlarni tashkil etilishi juda ham quvonarli holat. Chunki ertangi teatr kelajagi va samarali faoliyat yuritishda ko'pni ko'rgan ustozlarning yo'l-yo'riq, ko'rsatmalari juda ham zarur.
Bunda tashqari Namangan va Sirdaryo viloyatlarida qurilagyotgan qo'g'irchoq tearlari ham qurilish ishlari yakunlanib qoldi. Yangi O'zbekistonda yangi teatrlarimiz soni ortib borayotganligi yurtboshimiz tomonidan san'at va madaniyat rivojlanishiga berayotgan e'tibor dalili sifatida ko'rishimiz mumkin.
457
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Raxmonov M. O'zbek teatri: qadimiy zamonlardan XVIII asrga qadar. -Toshkent: Fan, 1975.
2. Ashurova M. Qo'g'irchoq teatri san'atining aktyorlik maktabi. T.: Kuro print, 2007,
3. Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.: Talqin, 2006.
4. Imomov B., Jo'rayev Q., Hakimova H. O'zbek dramaturgiyasi tarixi-Toshkent: O'qituvchi. - 1995.
458
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)