Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR'

YANGI O‘ZBEKISTONDA SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yangi O‘zbekiston / San’at va madaniyat / islohot / ma’naviyat / jamiyat / soha rivoji / milliy an’ana.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Utaganov Ravshan Jurayevich, Valijonova Sug‘Diyona Nodirbek Qizi

Xalqimizning o‘zigagina xos bo‘lgan bebaho san’ati, madaniy merosi, milliy qadriyatlari betakror jozibasi bilan bugungi kunda kurrai zamin ahlini o‘ziga rom etib kelmoqda. Bunday jahoniy yuksak e’tirof yurtimizdagi soha rivojiga qaratilgan keng islohotlar va chora-tadbirlarning natijasi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ushbu maqolada Yangilanayotgan O‘zbekistonda san’at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, keng imkoniyatlar va soha rivojida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR»

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

YANGI O'ZBEKISTONDA SAN'AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

1Utaganov Ravshan Jurayevich, 2Valijonova Sug'diyona Nodirbek qizi

^'zDSMI FMF, dotsent 2O'zDSMI FMF, talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215742 Anotatsiya. Xalqimizning o'zigagina xos bo'lgan bebaho san'ati, madaniy merosi, milliy qadriyatlari betakror jozibasi bilan bugungi kunda kurrai zamin ahlini o'ziga rom etib kelmoqda. Bunday jahoniy yuksak e 'tirof yurtimizdagi soha rivojiga qaratilgan keng islohotlar va chora-tadbirlarning natijasi desak yanglishmagan bo'lamiz. Ushbu maqolada Yangilanayotgan O'zbekistonda san'at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan yuksak e 'tibor, keng imkoniyatlar va soha rivojida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar haqida so'z boradi.

Kalit so^zlar: yangi O'zbekiston, San'at va madaniyat, islohot, ma'naviyat, jamiyat, soha rivoji, milliy an'ana.

"Unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi, kitob mutoaalasini rivojlantirish, bunda barcha ijod ahli, yozuvchilar, bastakor, rassomlar, teatr arboblari,

kinoijodkorlar, jurnalist va boshqa ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi nufuzini oshirish

"i

zarur 1

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Har bir millatning o'zligini, urf-odat va an'analarini shuningdek, tarixi, buguni hamda kelajagini ifoda etuvchi muhim vosita bu - uning madaniyatidir. Xalqimiz madaniyati, san'ati va boy ijodiy merosi bilan jahon san'ati durdonalari qatoridan munosib o'rin egallab kelmoqda. Yangilanayotgan O'zbekistonda e'tibor qaratilayotgan muhim sohalardan biri bu - san'at va madaniyat sohasidir. Chunki, madaniyat va san'at millatning ko'rki, mamlakatning yuzi hisoblanadi. Shunday ekan, har bir millat ozining urf-odati, madaniyati, qadriyatlari turfa xilligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda san'at va madaniyat sohasining jamiyatimizdagi o'rni va nufuzini oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 22-dekabr kuni Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish davomida davlatimiz rahbari Yangi O'zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda qudratli kuchga ega bo'lgan ma'naviyat muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdilar.

Ushbu anjuman davomida Prezidentimiz 9 ta ustuvor yo'nalishda fikrlarini bildirib, muhim tashabbbuslarni ilgari surdi:

Birinchidan, ma'naviyat va madaniyat sohasidagi ishlarimiz uchun metodik asos bo'lib xizmat qiladigan milliy g'oyamizni rivojlantirish bo'yicha alohida dasturiy hujjat ishlab chiqilishi muhim ekanligi ta'kidlandi.

Ikkinchidan, madaniy-ma'rifiy sohadagi ishlarda hokimlarning mas'uliyati oshiriladi. Tuman va shaharlarda Ma'naviyat va ma'rifat maskanlari ishga tushiriladi. Shu maqsadda, hududlardagi 4 ta sektorga qo'shimcha ravishda ma'naviyat sektori tashkil etilishi ma'lum qilindi.

1 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston,

2017. 11-b.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Ular joylardagi Ma'naviyat va ma'rifat kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida faoliyat ko'rsatadi.

Uchinchidan, teatr san'atini rivojlantirish bo'yicha dastur ishlab chiqiladi. Unda eng yaxshi pyesalar uchun ij odiy buyurtma berish, ij odiy va yordamchi xodimlarning chet el teatrlarida mahoratini oshirish, yosh rejissyorlarni qo'llab-quvvatlash uchun Mannon Uyg'ur nomidagi mukofot ta'sis etiladi. Korxona va muassasalarda oyning bir kuni "Teatr kuni" deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishi yo'lga qo'yiladi.

To'rtinchidan, 2024-yildan har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to'garak xonalari bo'lgan bittadan madaniyat markazi faoliyati yo'lga qo'yiladi. Joylardagi 600 dan ziyod badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo'yicha dastur qabul qilinib, bunga 100 milliard so'm yo'naltiriladi.

Beshinchidan, maqom va baxshichilik san'atini ilmiy asosda o'rganish va rivojlantirish kuchaytiriladi. Maqom, katta ashula, baxshichilik, atlas va adras, kulolchilik va zargarlik kabi an'analarni davom ettiradigan maktablar yaratiladi.

Oltinchidan, musiqa va raqs san'ati rivoji qo'llab-quvvatlanadi. Jumladan, "Bahor" raqs ansambli ilgari Filarmoniya joylashgan mashhur san'at saroyida faoliyat yuritadi. Taniqli ashula va raqs ansambllarining xorijga gastrol safarlari ko'paytiriladi. Musiqa va raqs san'ati masalalarini ilmiy o'rganish, sohada ilmiy kadrlarni ko'paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar joriy qilinadi. Shuningdek, Toshkent davlat sirki binosi ta'mirdan chiqariladi.

Yettinchidan, xalqaro maydonda o'zbek madaniy diplomatiyasi kengaytiriladi. Kelgusi yili Toshkentda jahon kreativ iqtisodiyotiga bag'ishlangan konferensiya, Nukusda esa "Orol madaniyati" xalqaro ilmiy anjumani o'tkaziladi. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha yetti yillik dastur qabul qilinadi. Tarix muzeyi hamda San'at muzeyining yangi binolari barpo etiladi. Temuriylar tarixi hamda Tabiat muzeylarining ekspozitsiyasi yangilanadi. Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi kapital ta'mirlanadi. Yurtimizning ko'hna tarixiga bag'ishlangan 18 ta arxeologiya yodgorligi ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi. Samarqandda Sohibqiron Amir Temur bog'lari qayta tiklanadi. Buyuk ipak yo'li muzeyi barpo etilib, Bibixonim majmuasi restavratsiya qilinadi.

Sakkizinchidan, kino sohasi rivojlantiriladi. Bu borada "Tirik tarix" seriyasida Vatanimizning shonli o'tmishiga bag'ishlangan filmlar yaratish dasturi ishlab chiqiladi. Bunga xorijiy ijodkorlar, kinokompaniyalar hamda investorlar ham jalb etiladi. Shuningdek, bolalar uchun buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo'li haqida ko'p qismli animatsion filmlar yaratish zarurligi ta'kidlandi. Kinoni iqtisodiyot bilan uyg'un rivojlantirish maqsadida Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida erkin iqtisodiy kinohududlar barpo etish vazifasi qo'yildi.

To'qqizinchidan, tasviriy va amaliy san'at sohasini rivojlantirish bo'yicha dastur qabul qilinadi. Jumladan, Markaziy ko'rgazmalar zali rekonstruksiya qilinib, jihozlanadi. Badiiy fond hududida zamonaviy galereya binosi quriladi hamda 40 ta ij odiy ustaxonadan iborat Yosh rassomlar markazi tashkil etiladi.2

"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g,risida"gi Qonun qabul qilinishi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Ajdodlarimizdan qolgan boy ij odiy merosimiz, san'atimizning bebaho durdonalari va milliy an'analarimizni asrab-avaylash, yanada boyitish, shuningdek, jahon san'ati namunalari qatorida keng namoyish etilishini rivojlantirish maqsadida maqom,

2 https://Yoshlarovozi.uz/oz/news/madaniv-islohotlar "Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga

oshirilayotgan islohotlar."

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

baxshichilik va askiya markazlari faoliyati tashkil etildi. 20 dan ortiq san'at va madaniyat sohasiga oid muassasalar, jumladan, "Bahor" raqs ansambli, Davlat filarmoniyasi, Davlat simfonik orkestri faoliyati yo'lga qo'yildi. 2 ta teatr, 11 ta muzey, 28 ta bolalar musiqa va san'at maktabi va 5 ta oliy ta'lim muassasasi tashkil etildi.

Shuningdek, O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi bilan 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi va milliy madaniy meros obyektlari ro'yxatiga kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-apreldagi "Moddiy madaniy meros obyektlarining milliy ro'yxatiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g"risida"gi 227-son qarori qabul qilindi. Birinchi bosqichda Davlat san'at muzeyi, "O'zbekiston" va "Shodlik" mehmonxonalari, "Kosmonavtlar" metro bekati, Aviatsiya ishlab chiqaruvchilar saroyi kabi 10 ta yangi obyekt ro'yxatga kiritildi, 10 ta obyektning maqomi o'zgartirildi. Jamgarma, shuningdek, yuqorida qayd etilgan modernistik uslubdagi binolarni YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritish uchun nomzodnoma tayyorlamoqda. Darhaqiqat, so'ngi yillarda yurtimizda san'at va madaniyat sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga yana 9 ta milliy merosimiz namunasi kiritildi. 2023-yil sentabr oyida YUNESKOning Bosh qarorgohida buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligi keng miqyosda nishonlandi. Respublikamizning turli hududlarida yangi ijod uylari, poytaxtimiz Toshkent shahrida Adiblar xiyoboni va Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi qad ko'tardi. Iste'dodli yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Zomin seminari tiklandi. 24 ta xorijiy mamlakatda hamda qo'shni davlatlarda "O'zbekiston madaniyat kunlari" yuqori saviyada o'tkazilishi yo'lga qo'yildi.

Jumladan: kuni kecha 15-aprel Florensiyada "O'zbekiston: sahrodagi avangard" ko'rgazmasiga mansub Florensiya qismining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. "O'zbekiston: sahrodagi avangard" ko'rgazma loyihasining Florensiya bo'limi "Nur va rang" deb atalib, asosiy diqqat-e'tibor Turkistonda 1917-yilgacha ijod qilgan rus Sharq ixlosmandlaridan boshlab to madaniyatlararo muloqot va almashinuv natijasida O'zbekistonda shakllangan milliy rangtasvirchilik maktabi namoyandalari bilan yakunlangan XX asrning birinchi yarmi san'atidagi Markaziy Osiyo qiyofasiga qaratilgan. (1-rasm.) Shuningdek, 2024-yil 30-aprel kuni Venetsiyaning Ka Foskari namoyishlar maydonida ham tashrif buyuruvchilar uchun "O'zbekiston: sahrodagi avangard"

ko'rgazmasining "Shakl va ramz" deb nomlangan Venetsiya bo'limi ish boshladi.(2-rasm.) 2024-yilning 14-19-may kunlari esa "Cromwell Place" san'at maskanida Mikelanjelo ijodkorlik va hunarmandchilik jamg'armasi tomonidan tashkil etiladigan London hunarmandchilik haftaligi bo'lib o'tishi e'lon qilindi. London

»sert

Fwnund Symbol

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

hunarmandchilik haftaligida Shohruh Rahimov yunon ustasi Yannis Zois bilan hamkorlikda tayyorlagan qo'shma asar - ulug'vor totemni taqdim etadi.

Yuqorida bugungi kunda san'at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor va samarali islohotlardan bir necha namunalar keltirib o'tdik halos. Bundan tashqari, soha rivojiga oid qator chora-tadbirlar va imzolangan qarorlar ijrosini ta'minlash bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram prezidentimiz tomonidan san'at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan e'tibor va keng imkoniyatlar soha rivojidagi ulkan o'zgarishlarga zamin yaratmoqda. Mana shunday ishonch va yuksak g'amxo'likni his qilgan holda biz yoshlar va soha mutaxasislari yanada g'ayrat va shijoat bilan faoliyat olib borishi va soha ravnaqiga bor bilim va salohiyatini safarbar etishi lozim. Zero, Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, "Yangi O'zbekiston jahon maydonida kuchli, salohiyatli, munosib obro'-e'tiborga ega bo'lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi."

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O'zbekiston, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. - Toshkent: 2021.

3. To'ychiyeva S. Madaniyat va san'atimiz rivojidagi zarsahifalar // Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022.

4. https://yoshlarovozi.uz/oz/news/madaniy-islohotlar "Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar."

5. https://cyberleninka.ru/article/n/yangi-o-zbekistonda-madaniyat-va-san-at-sohasiga qaratilayotgan-chora-tadbirlar/viewer "Yangi O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan chora-tadbirlar."

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.