Научная статья на тему 'MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA INNOVASION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI'

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA INNOVASION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat va san’at / festival / innovatsiya / innovasion jarayon / ijodiy ishlab chiqarish / madaniyat va san’at sohasi mahsulotlari / tajriba / ko‘nikma / kreativlik. / Культура и искусство / фестиваль / инновации / инновационный процесс / творческое производство / продукция культуры и искусства / опыт / мастерство / творчество.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — R.K. Yusupova

Mazkur maqolada madaniyat va san’at sohasini taraqqiy etishi hamda rivojlanishida innovatsion jarayonlarning tutgan o‘rni haqida fikrlar bildirilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INNOVATION PROCESSES IN THE FIELD OF CULTURE AND ARTS

В данной статье рассматривается роль инновационных процессов в развитии и развитии культуры и искусства.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA INNOVASION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© R.K. Yusupova1^_

1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada madaniyat va san'at sohasini taraqqiy etishi hamda rivojlanishida innovatsion jarayonlarning tutgan o'rni haqida fikrlar bildirilib o'tilgan.

MAQSAD: madaniyat va san'at sohasida innovasion jarayonlarning maqsadi bir nechta asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Quyida bu yo'nalishlar keltirilgan: 1. Ijodiy ifoda usullarini rivojlantirish: 2. Yangi texnologiyalardan foydalanish: 3. Innovasion jarayonlar orqali san'atkorlarga yangi ifoda usullarini kashf qilish va ulardan foydalanish imkoniyatini yaratish. 4. Interaktiv tajribalarni yaratish: Tomoshabinlar va san'at asarlari o'rtasidagi aloqani kuchaytirish va yangi tajribalarni taqdim etish.

MATERIALLAR VA METODLAR: madaniyat va san'at sohasida innovasion jarayonlarni o'rganishda qo'llaniladigan materiallar va metodlar turli jihatlardan iborat bo'lib, ularning har biri jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Quyida bu sohada ishlatiladigan materiallar va metodlar keltirilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: madaniyat va san'at sohasida innovasion jarayonlarning qo'llanilishi bir qancha muhim natijalarga olib keladi. Bu natijalar madaniyat va san'atning turli jabhalarini qamrab oladi, jumladan, ijodiy ifoda usullari, ta'lim va o'quv jarayonlari, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish hamda madaniy merosni saqlash. Muhokama Interaktiv san'at: Innovasion texnologiyalar orqali san'at asarlarini interaktiv qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu esa tomoshabinlarni san'at asarlari bilan bevosita o'zaro aloqaga kirishish imkonini berdi.

Natijalar san'at va madaniyatning raqamli transformatsiyasi: Innovasion texnologiyalar san'at va madaniyatni raqamli transformatsiya qilishga yordam berdi. Bu jarayon san'at asarlarini yaratish, tarqatish va saqlash usullarini tubdan o'zgartirdi.

XULOSA: innovatsion jarayonlar madaniyat va san'at sohasida yangi imkoniyatlar ochib beradi, yaratish, targ'ib qilish va ta'lim berish usullarini o'zgartiradi hamda bu sohalarning global miqyosda rivojlanishini ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: madaniyat va san'at, festival, innovatsiya, innovasion jarayon, ijodiy ishlab chiqarish, madaniyat va san'at sohasi mahsulotlari, tajriba, ko'nikma, kreativlik.

Iqtibos uchun: Yusupova R.K. Madaniyat va san'at sohasida innovasion jarayonlarning tutgan o'rni. // Inter education & global study. 2024. №5. B.513-519.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ В ОБЛАСТИ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА

© Р.К. Юсупова1 н

1 Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: В данной статье рассматривается роль инновационных процессов в развитии и развитии культуры и искусства.

ЦЕЛЬ: цель инновационных процессов в сфере культуры и искусства включает несколько основных направлений. Ниже приведены эти направления: 1. Развитие методов творческого выражения: 2. Использование новых технологий: 3. Создание возможностей для художников открывать и использовать новые методы выражения посредством инновационных процессов. 4. Создание интерактивного опыта: усиление связи между аудиторией и произведениями искусства и предоставление новых впечатлений.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: материалы и методы, используемые при исследовании инновационных процессов в сфере культуры и искусства, состоят из различных аспектов, каждый из которых служит повышению эффективности процесса. Ниже приведены материалы и методы, используемые в этой области.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: применение инновационных процессов в сфере культуры и искусства приводит к нескольким важным результатам. Эти результаты охватывают различные аспекты культуры и искусства, включая творческое самовыражение, процессы образования и профессиональной подготовки, экономическое и социальное развитие и сохранение культурного наследия.

Дискуссия Интерактивное искусство: Инновационные технологии позволили сделать произведения искусства интерактивными. Это позволило зрителю напрямую взаимодействовать с произведениями искусства.

Результаты Цифровая трансформация искусства и культуры: Инновационные технологии помогли цифровой трансформации искусства и культуры. Этот процесс фундаментально изменил способы создания, распространения и сохранения произведений искусства.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: инновационные процессы открывают новые возможности в сфере культуры и искусства, меняют методы творчества, продвижения и образования, обеспечивают развитие этих сфер в глобальном масштабе.

Ключевые слова: Культура и искусство, фестиваль, инновации, инновационный процесс, творческое производство, продукция культуры и искусства, опыт, мастерство, творчество.

Для цитирования: Юсупова Р.К. Роль инновационных процессов в сфере культуры и искусства. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 513-519.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

THE ROLE OF INNOVATION PROCESSES IN THE FIELD OF CULTURE AND ARTS_

© Yusupova K. Rakhima1®

1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article discusses the role of innovative processes in the development and development of culture and art.

AIM: the goal of innovation processes in the field of culture and art includes several main areas. These areas are as follows: 1. Developing methods of creative expression: 2. Using new technologies: 3. Creating opportunities for artists to discover and use new methods of expression through innovative processes. 4. Creating an interactive experience: strengthening the connection between the audience and the artwork and providing new experiences.

MATERIALS AND METHODS: the materials and methods used in the study of innovation processes in the field of culture and art consist of various aspects, each of which serves to improve the efficiency of the process. Below are the materials and methods used in this field.

DISCUSSION AND RESULTS: the application of innovative processes in the field of culture and art leads to several important results. These results cover various aspects of culture and the arts, including creative expression, education and training processes, economic and social development and the preservation of cultural heritage.

Discussion Interactive art: Innovative technologies have made it possible to make works of art interactive. This allowed the viewer to directly interact with the works of art.

Results Digital transformation of art and culture: Innovative technologies have helped the digital transformation of art and culture. This process fundamentally changed the way art was created, distributed, and preserved.

CONCLUSION: innovative processes open up new opportunities in the field of culture and art, change methods of creativity, promotion and education, and ensure the development of these areas on a global scale.

Key words: Culture and art, festival, innovation, innovation process, creative production, culture and art products, experience, skills, creativity.

For citation: Yusupova K. Rakhima. (2024) 'The role of innovation processes in the field of culture and art', Inter education & global study, (5), pp. 513-519. (In Uzbek).

Bugungi kunda yurtimizda milliy madaniyatimiz va san'atimizni yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu islohotlardan har bir kelajak avlod xabardor bo'lishi shart va zarur deb hisoblayman. Yangi O'zbekistonning "Taraqqiyot Strategiyasida" ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

asosiy yo'nalishardan biri sifatida belgilangan bo'lib, ko'zlangan maqsad hamda vazifalarga erishish madaniyat va san'at muassasalar faoliyatini innovasion yondashuvlarga asoslangan holda yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. O'tgan yetti yil mobaynida mamlakatimizda madaniyat va san'atni qo'llab quvvatlash, milliy madaniy va ma'naviy merosni saqlash hamda ko'paytirish, xalqimizni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, moddiy texnik bazani yaxshilash va xalqaro madaniy a'loqalarni mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi tapaqqiyot bosqichiga kirish japayoni aloqa vositalarining jadal rivojlanishi, mamlakatlar orasidagi munosabatlarning globallashuvi, madaniyatlar dunyosining yangilanishini kuchaytirdi. Shunday sharoitda sivilizatsiya taqdiri uchun zarur bo'lgan, insonpavarlik g'oyalariga tayangan, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan madaniy aloqalarni kuchaytirish, hozirgi va kelajak avlod uchun zarur sharoitlarni shakllantirish muhim masala hisoblanadi. Buyuk faylasuf, italyan mutafakkiri D.Viko qayd qiladiki: "Madaniyatning muhim xususiyati inson, tarix va madaniyatning uzviy birligidir. Madaniyat tarixsiz va insonsiz rivojlanmaydi, inson esa tarix va madaniyatsiz yashamaydi. Tarix inson uchun tashqi jarayon bo'lmasdan, uning zaminida inson o'zi uchun zarur bo'lgan muhitni, ijtimoiy hayotini va pirovard natijada o'zini yaratadi. Tarix va madaniyat insoniyatni saqlab qoladi".

Keling avval, yuqorida ta'kidlab o'tilgan innovasion jarayon so'zining nima ekanligini bilib olsak.

Innovasion jarayon - ilmiy bilimlarni (g'oyani) innovatsiyaga (yakuniy mahsulotga) aylantirish va uni keyinchalik tarqatish (diffuziya) jarayonidir. Innovasion jarayon har doim ikkita majburiy bosqichni (bosqichlarni) o'z ichiga oladi: 1-bosqich; Ishlab chiqarishga tayyor bo'lgan yangi mahsulotni (namunani, prototipni) yaratish jarayoni. 2-bosqich; Rivojlanish, ishlab chiqarish va amalga oshirish jarayoni (tarqatish, diffuziya), natijada yaratilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi, ya'ni bozor talab qiladigan yangilik.

Xususan, davlatimiz tomonidan sohani rivojlantirish bo'yicha 50-dan ortiq qaror, farmon, farmoyish, meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovasion rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 26-avgustda PQ-3920-son qarori, 2018-yil 28-noyabrda "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli qarori, 2020-yil 26-mayda "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli farmoni, 2019-yil 9- yanvardag "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident farmoni 2021-yil 9-dyekabrda "Madaniyat va san'atni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-36-sonli hamda 2022-yil 2-fyevralda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2021-yil 20-yanvarbb "Madaniy faoliyat va madaniyat

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tashkilotlari to'g'risida"gi O'RQ-668-son Qonuni ham sohaga oid dolzarb masalalar belgilangan.

Bugungi kunda, madaniyat va san'at sohasidagi innovasion faoliyatni qo'llab-quvvatlash, unda fuqarolarning innovasion xulq-atvorini rag'batlantirish davlatimiz tomonidan hal etilayotgan ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Madaniyat va san'at sohasidagi innovatsiyalarni o'rganish, uni ijtimoiy-madaniy faoliyatga joriy etish, bugungi kunda ma'naviy va moddiy madaniy qadriyatlarni ishlab chiqarish sohasiga faol ta'sir ko'rsatmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, zamonaviy sharoitda dunyoning milliy madaniy bozorlar to'liq rivojlangan. Shu bilan birga, u nafaqat mahsulotlarning xilma-xilligi, balki ularni ishlab chiqarish xarakteri, muomalasi, narxlari va sotish shakllari bilan ham juda o'ziga xosdir. Ushbu bozorning o'ziga xos xususiyati shundaki, u mutlaqo noyob tovarlar o'ziga xos va tayinlangan mualliflik va takrorlanmaydigan xususiyatga ega bo'lgan ijodiy mehnat asarlarini taqdim etadi. U auksionlar va yarmarkalar, san'at galereyalari, savdo ko'rgazmalari, san'at va antiqa salonlar, dilerlar va sug'urta kompaniyalari, baholovchilar jamiyatlari, ekspertlar, antikvar dilerlar, ixtisoslashgan matbuot, badiiy kataloglar va nihoyat, san'atni o'z ichiga olgan juda keng institusional tuzilma bilan tavsiflanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, davlat tomonidan ishlab chiqilgan ushbu bozor faoliyatining qonunchilik normalari muhim institusional elementlardan biridir. Ushbu muassasalarning barchasi o'ziga xos vositachilar bo'lib, ular orqali madaniy nye'matlarni ishlab chiqaruvchilar va istye'molchilar bog'lanadi. Shu orqali madaniyat va san'at sohasida birinchi o'rinda raqobat paydo bo'ladi, so'ngra sohada mahsulotlar ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar innovatsiyaga ya'ni yangilikka qarab intilishadi.

Madaniyat va san'at mahsulotlarining moddiy ishlab chiqarishga real ta'siri ularning ijtimoiy va inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirishdagi katta rolida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, zamonaviy dunyoda milliy iqtisodiyotlarni jadal rivojlantirishning muhim omillaridan biri sifatida inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirishga qanday ahamiyat berilayotgani ma'lum. Shunday qilib, madaniyat va uning doirasida yaratilgan mahsulotlar alohida ijtimoiy-iqtisodiy funksiyani bajaradi. Madaniyat sohasidagi innovasion jarayonlarning xususiyatlari postindustrial jamiyatning asosiy omili sifatida madaniyatning roli ortib borayotganini ko'rsatadi. Madaniyatga xos bo'lgan faoliyatning ijodiy tabiati va shaxsning (ijodkorning) ijodiy jarayondagi hal qiluvchi roli globallashuvning jahon tendensiyalariga mos keladi. Madaniyat va san'at sohasining yuksak innovasion salohiyatini rivojlantirish uchun sohada innovatsiyalarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniyat va san'at sohasida boshqaruv modellarini ishlab chiqish zarur. Madaniy sohani yangilash, madaniyat sohasidagi innovasion jarayonlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha umumiy sa'y-harakatlarni qo'llash innovasion raqobatbardosh jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O'zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ'ib etish, xalq og'zaki ijodiyoti va havaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini innovasion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan:

birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o'rinlarda — Konsepsiya) va uni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi;

ikkinchidan, madaniyat va san'at tashkilotlarining "do'stlar klublari" faoliyatini yo'lga qo'yish orqali ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha mutlaqo yangicha samarali tizim yaratildi;

uchinchidan, muzeylar renovatsiya dasturi qabul qilindi, o'zbek xalqining ko'hna va betakror san'ati namunasi bo'lgan "Xorazm lazgisi" YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kiritildi;

to'rtinchidan, madaniy meros ob'yektlari va san'at ashyolarini restavratsiya qilish bo'yicha milliy maktab, shuningdek, xalq cholg'ulari, milliy raqs, maqom yo'nalishlarida respublika ko'rik-tanlovlari qayta tiklandi;

beshinchidan, mamlakatimizda muntazam ravishda o'tkaziladigan Xalqaro maqom san'ati anjumani, Xalqaro baxshichilik san'ati festivali, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, "Buyuk ipak yo'li" xalqaro folklor san'ati festivali hamda "Raqs sehri" xalqaro festivali tashkil etilib, o'zbek mumtoz va folklor san'atining noyob namunalari va an'analarini hamda madaniy muloqotni yanada rivojlantirish bo'yicha samarali tizim yo'lga qo'yildi.

Mamlakatimizda milliy madaniyatimiz va san'atimizni rivojlantirish, xalqaro madaniy a'loqalarni mustahkamlash, xorij tajribasini o'rganish, milliy urf-odatlarimizni keng targ'ib qilish bo'yicha ham, o'tgan yillarda Madaniyat vazirligi tomonidan bir qancha tashkil etilgan Xalqaro darajadagi tadbir (forum, festivalbb, anjuman)larni keltirib o'tishimiz mumkin. Bulardan:

1. "Kelajak bolalar" folklor festivali;

2. "Lazgi" xalqaro raqs festivali;

3. "Toshkent bahori" VI Xalqaro opera va balet san'ati festivali;

4. "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali;

5. VI Xalqaro Jazz festivali;

6. Navro'z sadolari nomli VIII xalqaro musiqa festivali;

7. Xalqaro zardo'zlik va zargarlik festivali;

8. "Musiqa ta'limi va fan taraqqiyotining asosiy omillari" mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

9. "Qo'qon xonligining Turkiy xalqlardavlatchiligi shakllanishi va madaniy merosida tutgan o'rni" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya;

10. "O'zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori" VI Xalqaro kongressi;

11. "Assalomu alaykum" VI xalqaro qo'g'irchoq teatrlari festivali;

12. Atlas bayrami V an'anaviy to'qimachilik festivali;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

13. "Conservatory SMART-Fest" Xalqaro musiqa va ta'lim festivali;

14. Baxshichilik san'ati festivali;

15. Xalqaro teatr festivali;

16. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijodkor va ilmiy ziyolilarining XV forumi;

17. Mumtoz musiqaning sharqona an'analari: Ilm-fan va ta'lim Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani va v.k.

Bugungi kunda sohaga qaratilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik namunasini yuqorida bir qator misollar bilan keltirib o'ttik. Bu kabi sohani rivojlantirishga doir chora-tadbirlar hamda yuksak e'tibor va imzolangan farmon, qarorlarning ijrosini ta'minlash doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan yuksak e'tibor yaqin kelajakda tub o'zgarishlarga olib keladi va o'z samarasini ko'rsatadi. Shunday ekan, Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Innovasiya - bu kelajak degani. Bu buyuk kelajagimizni bappo etishni bugundan boshlaydigan bo'lcak, - uni aynan innovasion g'oyalap, innovasion yondashuv acocida boshlashimiz kepak".

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. B-464.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 26-maydagi PF-6000-sonli farmoni.

3. Viko Djambattista. Osnovaniya novoy nauki ob obщyey prirodenasiy. -Moskva. 1994. -S. 157-158.

4. M.Krasandb, Baburin V. L. Innovasionnbiye siklbi v rossiyskoy ekonomike., 2010.

5. Pereverzev M.P. Kossov T.V. Menedjment v sfere kulturbi i iskusstva: uchebnoye posobiye. - M. :INFRA-M, 2007. - 216 s.

6. Boyarskaya I.V."Formirovaniye innovasionnbix metodov upravleniya v sfere kulturbi". Ekonomika i biznes. 2011-g.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

H Yusupova Rahima Kasimovna, "Madaniyat va san'at menejmenti" kafedrasi dotsenti [Юсупова Рахима Касимовна, доцент кафедры «Менеджмент в сфере культуры и искусства»], [Yusupova Rahima Kasimovna, associate professor of the "Culture and Art Management" department]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., [адрес: Узбекистан, Ташкент], [address: Uzbekistan, Tashkent]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.