Научная статья на тему 'O‘ZBEK SAN’ATI VA MADANIYATI DAVLATNING IMIJI'

O‘ZBEK SAN’ATI VA MADANIYATI DAVLATNING IMIJI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
234
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
o‘zbek san’ati / festival / musiqa / raqs / darbozlik / cholg‘u / mutaxassis / tamal san’ati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ziyodaxon To‘G‘Onboyeva, Xolmo‘Minov Mo‘Minmirzo

Ushbu maqolada o‘zbek san’ati tarixi va bugungi kundagi ahamiyati, san’at va madaniyatning o‘rni, dorbozlik san’ati va ushbu san’atga doir kamchiliklar xususida fikr va mulohazalar berib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK SAN’ATI VA MADANIYATI DAVLATNING IMIJI»

O'ZBEK SAN'ATI VA MADANIYATI DAVLATNING IMIJI

Ziyodaxon To'g'onboyeva ziyodatogonboyeva@gmail .com Ilmiy rahbar: Xolmo'minov Mo'minmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek san'ati tarixi va bugungi kundagi ahamiyati, san'at va madaniyatning o'rni, dorbozlik san'ati va ushbu san'atga doir kamchiliklar xususida fikr va mulohazalar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: o'zbek san'ati, festival, musiqa, raqs, darbozlik, cholg'u, mutaxassis, tamal san'ati

UZBEK ART AND CULTURE IS THE IMAGE OF THE STATE

Ziyodakhan Togonbayeva ziyodatogonboyeva@gmail.com Scientific supervisor: Kholmo'minov Mominmirza mominmirzoxolmominov@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the history of Uzbek art and its importance today, the role of art and culture, the art of gatekeeping and the shortcomings of this art are given

Keywords: uzbek art, festival, music, dance, economy, musical instruments, expert, tamal art

Yurtimizda azaldan noyob iste'dod egalari, san'atimizning mohir namoyondalari yashab kelishadi hamda o'zbek xalq san'atining nodir an'analarini asrab-avaylab, avloddan-avlodga yetkazib kelmoqdalar. Ushbu an'analar xalqimiz tarixi, ajoyib madaniyatimiz-u milliy qadriyatlarimizni unutishga yo'l bermaydi.

Xalqimiz qadimdan har sohada mohir va tadbirkor bo'lganligiga tarix guvoh. Shu qatori o'zbek san'ati tarixi ham uzoq o'tmishga borib taqaladi. Xususan, musiqa, raqs, qo'shiqchilik, qiziqchilik va darbozlik kabi san'atning turli sohalari ham rivojlangan. Ilk o'rta asrlarda san'at sohasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent raqqos yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan. Choch raqqoslari ijro etgan mashhur "Choch raqsi" yoki doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o'ynoqi "Doira raqsi" Xitoy a'yonlarini maftun etib, ularni

hayratga solgan edi. Birgina Buxoro shahrida usta hunarmandlar tomonidan o'n turdagi cholg'u asboblari yasalganligi ham tarixdan ma'lum.

Aslida, har qaysi davlatni dunyoga ma'lum va mashhur qiladigan soha sport hamda san'at va madaniyatdir. O'zbek sporti jahon arenalarida yetarlicha mavqega ega. Xo'sh o'zbek san'ati va madaniyatining o'rni bugun qay darajada?

Ko'pgina chet el mamlakatlari xalqlari bizning milliy matolar-u, o'ymakor naqshinkorlik san'atimizni bilishadi va qiziqishadi. Chindan ham milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida bugungi kunda ustoz-shogirt an'anasi sifatida avloddan avlodga o'tib kelayotgan bu kabi san'at durdonalarimiz butun dunyoga ma'lum va mashhur. Buni mamlakatimizda o'tkaziladigan xalqaro festivallarda qatnashuvchi turistlar sonidan ham yaqqol sezish mumkin. Bundan ko'rinadiki, o'zbek nomi yangraganda bizning milliy liboslarimiz, kabi san'at asarlarimiz chet el xalqlari ko'z oldida gavdalanishi kundek ravshan.

Bundan tashqari, o'zbek musiqa san'atining ham o'zgacha mavqeyi mavjud. Aytishlaricha, u yoki bu madaniyatni tushunish, xalqning hayoti va turmush tarzini his qilish uchun uning milliy ohanglarini tinglash kerak ekan. Mamlakatimizda, xalq musiqasining Farg'ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm mahalliy uslublari mavjud bo'lib, har birining o'zgacha o'rni va roli mavjud.

Ayniqsa, Toshkent va Farg'ona viloyatlarida katta ashula yoki patnis ashula (patnis bilan ijro etilgan qo'shiqlar) janrlari juda mashhurdir. Azaldan vodiy ahli san'atga shinavanda xalq. Eng mashhur, qo'shiqchi-yu, sozanda va qiziqchilarning ko'p qismi ham vodiy aholisi orasidan yetishib chiqqanligi barchamizga ma'lum.

Xususan, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Ma'murjon Uzoqov, Tavakkal Qodirov, Halima Nosirova shular jumlasidandir.

Demak azaldan musiqa va qo'shiq san'atiga xalqimizda qiziqish bo'lgan. San'at vakillari ham chinakan iste'dod egalari edilar. Ammo bugungi kunga solishtiradigan bo'lsak, bu kabi san'at turlariga xalqimiz orasida qiziqish qay darajada? Afsuski, qoniqarli deya olmaymiz. To'g'ri, davlatimiz tomonidan, san'at va madaniyat sohasi uchun mo'l-ko'l mablag' ajratilmoqda. Biroq, ba'zi bir jarayonlarda ko'ngilsiz holatlar ham uchrab turibdi. Tuman va shahar markazlarida zamonaviy madaniyat markazlarimiz qad ko'targanligini ko'rishimiz mumkin. Ammo, ularning ish faoliyati binoga nisbatan munosib tarzda amalga oshirilmayotgani achinarli hol, albatta. Shubhasiz, mana shu talablarga to'laqonli javob bera oladigan madaniyat markazlari yoq ham deb ayta olmaymiz. Tanganing ikki tomoni bir xil bo'lmaganidek, ish faoliyati juda ham zo'r madaniyat markazlari haddan ziyod kam. Aksariyat madaniyat markazlarida to'garaklar faoliyatining nomi bor-u o'zi umuman yoq. Aholi farzandlarini madaniyat markazlariga berishdan ko'ra musiqa maktablariga berishni afzal ko'rishadi. Bunga sabab nima? Balki, madaniyat markazlari aholini jalb qilish uchun ularni qiziqtira olmas, yoxud ularda malakali kadrlar yetishmaydi.

Aslini olib qaraganda ikki fikr ham to'g'ri. Lekin eng asosiy muammo malakali kadrga borib taqaladi. Agar o'z ishining tajribali mutaxassisi ish yuritsa, markaz to'garaklariga qiziqtirishni ham uddalaydi. Ulkan mas'uliyat, biroz qat'iyat va ozgina ishtiyoq bo'lsa yetarli. Yuqorida ta'kidlab o'tkanimizdek, san'at va madaniyat dunyoga tanituvchi davlatning o'ziga xos imiji hisoblanadi. Shu tufayli yurtimizga bu sohaga keng ko'lamda katta mablag' sarf etiladi. Bu kabi yuksak e'tibor qaratilgandan keyin albatta bunga munosib tarzda soha rivojlansa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Ko'pgina rivojlangan davlatlarda san'at va madaniyat sohasi anchagina rivojlangan va hatto ta'lim bilan uzviy aloqada olib boriladi. Xususan, barchaga mashhur Finlandiya davlatida fin tamal san'ati ta'limi mavjud bo'lib, ushu san'at ta'limi xalqaro o'lchamlar bo'yicha yagonadir. Tamal san'ati ta'limi tashkil qilingan o'quv muassasalari butun dunyoni qamrab olgan tarmoqni tashkil qiladi. Ta'mal san'ati bosqichma-bosqich o'tishni nazarda tutgan bo'lib, eng avvalo bolalar va yoshlar uchun mo'ljallangan hamda badiiy san'atning turli sohalarida tashkil qilinadigan va maqsadga yo'naltirilgan ta'lim berishdir. Ushbu sa'at ta'limi bolalarga musiqadan boshlab, to sirk san'atigacha bo'lgan sohalarda o'zini ko'rsatish imkonini beradi va bir vaqtning o'zida bolalar va yoshlar orasidagi farovonlikni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Finlandiyada tamal san'at ta'limini san'atning musiqa, raqs, adabiyot, sirk va teatr maktabi tomonidan taqdim qilinuvchi Tomosha ko'rsatish san'ati kabi turlari hamda me'morchilik, audiovisual san'at, tasviriy san'at, amaliy-dekorativ san'at kabi ifodali san'at turlari bo'yicha olish mumkin. Ta'lim olish standart va kengaytirilgan shaklda bo'lishi mumkin. Tamal san'ati ta'limining maqsadi ijodiy fikrlash va ijodiy faoliyatga ko'maklashish, o'qishdagi o'zlashtirish va ijtimoiy munosabatlar bo'yicha qo'shimcha bilim va ko'nikma berish, boshqa madaniyat va idrok shakllarini tushunish qobiliyatini rivojlantirish, o'quvchilarni o'z ustida ishlashi va atrofdagi voqelikda qatnashish uchun qobiliyatlarini rivojlantirishda ko'maklashishdan iboratdir.

Tamal san'ati ta'limini moliyalashtirish davlat va munitsipalitet byudjetlari, o'quvchilar tomonidan to'lanadigan mablag'lar, shuningdek, byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalaridan amalga oshiriladi.

Keying yillarda tamal san'at ta'limi muassasalari tufayli Finlandiyadagi san'at hayoti, xalqaro miqiyosda yuqori baholar olishga imkon beruvchi yangi bosqichga ko'tarildi. San'at maktablarining farovonlik va salomatlikni shakllantirish masalalarida tutgan o'rnini ham inobatga olmaslikning ham iloji yo'q.

Biroq, biz finlar rivojlanishining hali erta bosqichida ekanligimiz va umumiy madaniyat jamiyatini shakllantirish jarayonidagi yakuniy nuqtalar bir necha o'n yilliklar uzoqda ekanligini tan olish kerak. Inson kapitalini rivojlantirish madaniyat sohasi va san'atdan kelib chiquvchi doimiy rag'batlantirishlarni talab qiladi. Lekin

bizning innovatsiyalarimizning kelajakda ham yashashi va rivojlanishi uchun yangi va yangi rag'batlantirish dastaklari kerak bo'ladi[1:147].

Bizning azaldan meros bo'lib kelayotgan, ustoz-shogirt an'anasi sifatida bugungi kunda ham rivoj topib kelayotgan san'atlarimizdan biri bu milliy dorbozlik san'atimizdir. Bugungi kunga qadar ushbu milliy san'at turiga boshqa san'at turlariga qaraganda e'tibor anchagina sust edi. Hatto, dorbozlar uchun dor o'rnatish uchun ma'lum maydonlar ham yoq va bu milliy san'atimiz namunasi ko'chma dorlarni tashkil qilishda ko'pgina qiyinchiliklarga duch kelishardi. Shu o'rinda savol yuzaga keladi, "qanday omillar sabab ular bu kabi qiyinchiliklar bilan o'z tomoshalarini o'tkazishga majbur bo'lishgan?"

Bu kabi masalalarni muhokama qilish albatta o'rinli bo'ladi. Amirxon Umarovning "Ochiqchasiga gaplashamiz" shousining 2021-yili 104-sonidagi "Dor ustidagi hayot" mavzusida darbozlarimiz mashg'ulotlari qanday o'tishi, muammo va kamchiliklar muhokama etildi. Dorbozlarimizning aytishlariga ko'ra dorbozlik san'ati asosan avloddan avlodga meros bo'lib o'tadi, ya'ni ko'pincha oila a'zolaridangina ustoz-shogirt an'anasi davom etadi. Ekspertlar tomonidan xohlaysizlarmi dorbozlik maktablarini ochishni, boshqa qiziquvchilar uchun ham kasblaringizni o'rgatishni deya savol bilan murojaat etishganlarida, dorbozlarimiz: "Biz albatta xohlaymiz, ammo buning uchun bizda yetarli sharoit bo'lmayapti. 12 metrli balandlik, uzunligi 60 metrli, 20 metr eniga joyni egallaydigan dor uchun uyimizda imkoniyat yoq, dorni qurib uyda mashg'ulot o'tash uchun. Uyimizda to'y qilsak ham dorboz bo'la turib dor tikmasak bo'lmaydi xalq uchun. Qassobning to'yida qassob bo'lgani kabi, dorbozning to'yida ham dorbboz bo'lishi kerak. Ammo dorni asfaltni to'sib qurganmiz. To'y tugagach yana yig'ishtirib tashlash kerak yo'lni ochish uchun ya'ni, bu uyda o'rgatish uchun sharoit yoq. Har gastrol safarlariga chiqqanimizda farzandlarimizga ham safar davomida bittadan mashqni o'rgatib boramiz, boshqa ilojimiz yoq. Maktabiyam yoq bu san'atimizni universitetiyam yoq. Biz shu tariqa o'rganib, o'rgatib boramiz" - deya ta'kidladi darbozlardan biri. Qashqadaryolik dorboz Sa'dulla ota Mamadaliyev Qashqadaryoda aholi uchun zoopark va sirk tashkil etmoqchi bo'lgan ekan. Otaxonimiz 1984-yilda Afrika qit'asining Efiopiya shahriga bo'lgan darbozlik san'ati bo'yicha safarlarida bo'lgan kezlar ularni o'zlarini qanchalik qadrlashlarini ko'rib hafa bo'lganlarini va vatanga qaytgach zoopark va sirk ochishni dillariga tuyganlarini aytib o'tdilar. "Mustaqillikka qadar hayvonot bog'ini ochishga qiynaldim. Mustaqillikka erishgach 2 gektar yer oldim va hayvonot bog'i ochdim. 25 yil davomida qurdim oilaviy sarmoyadan. Shukr mustaqillik tufayli erishdik bunga. Ammo sirk, hayvonot bog'i, shapitolar, amfiteatr uchun Shahrisabzdek, katta tarixiy, sayyohlari gavjum shahar uchun 2 gektar kichiklik qiladi. Muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 26-mayda "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va tas'sirini oshirish chora-tadbirlari

to'g'risida"gi PF-6000-sonli Farmonlari qabul qilindi. Unga ko'ra barcha viloyatlarda hayvonot bog'lari, sirk shapitolar qurilishi ta'kidlangan. Biroq hali hech bir viloyatda buni amalda bajarilgani guvohi bo'lmadim. Mutasaddilar loqaydlik qilishyapti. Shahar hokimi rozi bo'lmoqda hayvonot bog'i oldidan joy ajratishga, biroq viloyat hokimi qo'l qo'ymayapti. Davlatimiz rahbari tomonidan sharoit qilinsin degan farmon kelsa-yu, ammo mas'ullar ijrosini ta'minlash uchun nima to'sqinlik qilyapti men bilmayman. Hayvonot bog'ida "Tarix muzeyi" ham bor, 40 yil davomida yig'ganman muzey ashyolarini. Joy torlik qilyapti muzeyga", - deya, o'z ichki kechinmalarini oynayi jahon orqali aytib o'tdilar. Madaniyat vazirligi (bugungi kunda Madaniyat va Turizm vazirligi deya yuritiladi)xodimi Mo'minmirzo Xo'lmo'minov (ayni vaqtda O'zDSMI Katta o'qituvchisi) Muhtaram Prezidentimizning "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va tas'sirini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli Farmonlariga ko'ra darbozlarimizga ko'pgina imkoniyatlar yaratilgani, bir qancha ruxsatnoma va to'lovlardan ozod etilganligini ta'kidlab o'tdi. Madaniyat vazirligi (Madaniyat va turizm vazirligi) tomonidan dorbozlarga sharoitlar yaratish masalasida mahalliy hokimliklarga bir qancha xatlar bilan chiqilgan. Biroq viloyat hokimlari, mutasaddilar juda mas'uliyatsizlik bilan yondashmoqda dedi, - Mo'minmirzo Xolmo'minov.

Chindan ham, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va tas'sirini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida darbozlik san'atiga oid ma'lum sharoitlar yaratilishi joizligi ta'kidlab o'tilgan. Xususan, Farmonda:

Ko'chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o'tkaziladigan Tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o'tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega bo'lgan hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni o'tkazish joyi va vaqti to'g'risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi;

Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulotda vaziyatlar vazirligi organlari ko'chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o'tkaziladigan Tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yong'in xavfsizligini to'lov undirilmagan holda ta'minlaydi;

Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog'lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko'chma sirklar (shapito va dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari o'tkazish uchun ijara va boshqa turdagi to'lovlar undirilmaydi;

Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish faoliyati, o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat turlari ro'yhatiga kiradi (madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno) va ularning Ushbu faoliyatidan

olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i tatbiq etilmaydi.[2:248]

Albatta, yuqoridagi farmonda keltirib o'tilgan sharoitlar kishini quvontirmay iloji yoq. Sababi, ushbu soha vakillari yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'z san'at namunalarini xalqqa namoyish etishda bir qator muammo va kamchiliklarga duch kelishdi. O'ylaymizki, bugungi kunga kelib, mazkur farmon ijrosi yetarlicha amalda qo'llanmoqda va xalqimizning o'lmas durdona san'atlaridan biri bo'lmish dorbozlik san'ati vakillari xalqimizning xursandchilik kunlarida doimiy xizmatda.

Xalqimizning hech bir kuni to'y-u tomoshalarsiz o'tmaydi. San'atga oshufta qalblar doimo o'lmas milliy qadriyat-u, san'atimiz bilan yashaydi. San'atga muhabbat, biz o'zbek xalqining qonimizda mujassamdir. Bizdan talab etiladigan narsa esa, mana shu yuksak san'atimizni asrab-avaylash, rivojlantirish hamda dunyoga yoyishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Finlandiyaning 100ta ijtimoiy innovatsiyasi. // Finlandiya qanday qilib Finlandiya bo'ldi: siyosiy, ijtimoiy va maishiy innovatsiyalar. - "Sharq", 2019. -336bet.

2. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

3. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. 2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

4. Ziyodaxon Dilshodjon qizi To'g'onboyeva, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Yangi O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan chora-tadbirlar "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

5. Mo'minmirzo Xolmo'minov, Asilbek Qolqanatov. Mufassal mushohadalar me'moridan mufassal mushohadalar meroji. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

6. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ma'naviyat va kitobxonlik inson qalbini egallash vositasi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

7. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Professor Azamat Haydarov kitoblarida ma'naviyma'rifiy islohotlar tahlili. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

8. Mo'minmirzo Xolmo'minov, Asilbek Qolqanatov "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobi va madaniy-ma'rifiy ishlar. "O'zbekiston davlat san'at va

madaniyat institut xabarlari" ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy jurnali. "Donishmand ziyosi" MCHJ bosmaxonasi. 2021/12/30. 20/4/ 80-82-betlar

9. Mo'minmirzo Xolmo'minov, Asilbek Qolqanatov. O'zbekistonda madaniy-ma'rifiy ishlar va kutubxonalar faoliyati (XX asr tajribalaridan). "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

10. Mo'minmirzo Xolmo'minov, Asilbek Qolqanatov. Himmat - inson umrining bezagi. Kutubxona uz. Jurnali. 2022/4/56. O'zbekiston Milliy kutubxonasi matbaa bo'limi. 12-13-betlar.

11. Samiyev Baxtiyor Norbobo o'g'li, Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Xolmo'minov. Ma'naviyat - inson va jamiyatning negizi sifatida. "Conference on Universal Science Research 2023". 2023/2/12. 240-242 b

12. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Ilmiy rahbar:Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Sifatli ta'lim va ma'naviy tarbiya uyg'unligi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2023. https://scholar.google.com

13. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Ilmiy rahbar:Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Zamonaviy kutubxonalar va ularning faoliyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2023. https://scholar.google.com

14. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Art menejmentni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon

2021. https://scholar.google.com

15. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. CaHtar MeHe^Memu ^aHHHH yKHTHrnga Metepnn xy^^araapHHHr ypHH Ba axaMHara. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com

16. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasi menejmentida loyihalar faoliyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

17. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ijtimoiy sohada marketing xizmatlarining konseptual asoslarl. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

18. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat va san'at sohasida loyihalarga mablag'jalb etish masalalari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

19. Ziyodaxon To'g'onboyeva, Ilmiy rahbar:Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishda xorij tajribasi. Oriental Art and Culture,

2022. https://scholar.google.com

20. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Teatr va konsert tomosholarini boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

21. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Teatr faoliyatida boshqaruv jarayonlarini tashkil etish usullari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

22. Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

23. Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy omillari. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.