Научная статья на тему 'MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘LARI AHOLI DAM OLISH MASKANIDIR'

MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘LARI AHOLI DAM OLISH MASKANIDIR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
334
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
madaniyat va istirohat bog‘i / hordiq / konsertlar / dam olish maskanlari / davlat-xususiy sherikchilik / lizinglar / imtiyozli kreditlar / binolar / energiya / quyosh batareyasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shahbozxon Abdusamad O‘G‘Li Mardiev, Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘Li Xolmoʻminov

Mazkur maqolada madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyati, bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar hamda bu kabi muassasa, tashkilotlarning faoliayti rivojlanishi uchun taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘LARI AHOLI DAM OLISH MASKANIDIR»

MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG'LARI - AHOLI DAM OLISH

MASKANIDIR

Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiev Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada madaniyat va istirohat bog'lari faoliyati, bugungi kundagi ahamiyati haqida ma'lumotlar hamda bu kabi muassasa, tashkilotlarning faoliayti rivojlanishi uchun taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat va istirohat bog'i, hordiq, konsertlar, dam olish maskanlari, davlat-xususiy sherikchilik, lizinglar, imtiyozli kreditlar, binolar, energiya, quyosh batareyasi

CULTURE AND RECREATION GARDENS ARE PLACES FOR POPULATION TO RECREATION

Shahbozkhon Abdusamad oglu Mardiev Supervisor: Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article contains information about the activities of cultural and recreational parks, their importance today, as well as suggestions and recommendations for the development of the activities of such institutions and organizations.

Keywords: culture and recreation park, entertainment, concerts, resorts, public-private partnerships, leasing, soft loans, buildings, energy, solar

Hozirgi taraqqiyot va rivojlanishlar davrida aholi sonining ortganligi, turmush darajasining yaxshilangani sari ularning talablari hamda ehtiyojlari ham ortib bormoqda. Bunday ehtiyojlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar kabi madaniyat va san'at sohasining ham doimiy o'lchov me'zonlari bo'lib kelmoqda. Aholi ehtiyojlarning ijobiy qondirilishi esa ular ko'rib, eshtib, bahramand bo'ladigan san'at asarlarining yaratilishi, ular bilvosita yoki bevosita ishtirok etadigan, tomosha qiladigan konsertlarning, madaniy-ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi bilan bog'liq. Bundan tashqari, aholining madaniy dam olishlari, ularning ma'naviy olamiga ta'sir ko'rsatishiga va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish uchun xizmat

qiladigan, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari, madaniyat markazlari hamda madaniyat va istirohat bog'lari singari muassasalarning ham tutgan o'rni juda muhim. Sanab o'tilgan madaniyat va san'at muassasalaridan yana ham e'tiborlisi - madaniyat va istirohat bog'laridir. Gap shundaki, birinchidan aholining talabi boshqalariga qaraganda madaniyat va istirohat bog'lariga nisbatan yuqori. Aynan talab yuqori bo'lishining ham bir necha jihatlari mavjud. Masalan, poytaxtimiz aholis va mehmonlari shu yerdagi, viloyatdagilarning ham ba'zilari viloyat markazlaridagi teatrlar yoki konsert saroylariga borishlari mumkin. Tuman-shahar va qishloqlardagi aholi esa o'zlariga yaqin bo'lgan madaniyat va istirohat bog'lari bilan kifoyalanadi. Aholi vakillarining katta qismini bolalar va yoshlar tashkil qilishi ham muhim bir jihatlaridan biridir. Ikkinchidan, aytib o'tilgan muassasalarning ish faoliyatini ma'lum vaqt hamda vaziyat taqozosidan kelib chiqib madaniayt va istirohat bog'larida tashkil qilsa bo'ladi. Madaniyat va istirohat bog'larining funksional va tashkiliy holatidan kelib chiqib, u yerda madaniy-ma'rifiy dasturlar, konsert-tomoshalar, spektakllar, turli viktorina va tanlovlarni tashkil qilish, xalqaro va respublika miqyosidagi ko'plab madaniy va ommaviy tadbirlarni o'tkazish mumkin.

O'zbekistonda madaniyat va istirohat bog'lari shahar hududining hajmi, me'moriy qiyofasi va tabiiy sharoitiga qarab tashkil qilinadi. Kichik shaharlarda bitta, katta shaharlarda bir necha, aholisi besh yuz mingdan ortiq shaharlarda esa umumshahar ahamiyatiga ega bo'lgan bog'lardan tashqari, shahar hududidagi har bir tumanning madaniyat va istirohat bog'i bo'lishi mumkin [1:12].

Madaniyat va istirohat bog'lari egallagan yer maydoni va joylashishiga va qancha aholiga xizmat qilishiga qarab I, II, III tiplarga bo'linadi va tipiga qarab jihozlanadi. Har bir madaniyat va istirohat bog'ining maydoni ikki hududga ajratilgan bo'lishi kerak:

1) aholining tinch tabiat qo'ynida dam olishi va hordiq chiqarishiga xizmat qiladigan sokin hudud;

2) aholining faol dam olishi uchun xizmat qiladigan gavjum hudud.

Madaniyat va istirohat bog'lari sokin hududining asosan 65 foizi daraxtzor,

obodonlashtirilgan maydonlar, harakatlanish uchun yo'laklar, o'rindiqlar va shu kabi tashrif buyuruvchilarning madaniy dam olishlari uchun sharoitlar, shuningdek, gavjum hududida attraksion va o'yin qurilmalari, sahna (amfiteatr), bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, raqs maydonchasi bo'lishi kerak. Shular bilan birgalikda madaniyat va istirohat bog'larining tipiga va maydoniga qarab soni hamda foizi belgilanadigan ikkala hududda ham mavjud bo'lishi maqsadli bo'lgan obyektlar ham bor. Bular, ma'muriy bino, nomoz o'qish uchun mo'ljallangan xonalar, medpunktlar, hojatxonalar savdo va ovqatlanish shahobchalari, chiqindi qutilari, suv havzasi, favvoralar, haykal, byust va boshqa mahobatli tasviriy san'at asarlari,

ko'chma sirk faoliyati uchun maydon, "jonli burchak", to'garak va jamoalarning mashg'ulot xonalari, bog' faoliyati bilan bog'liq ishlab chiqarish ustaxonalari.

Bundan uch yil oldin ya'ni, 2020-yil yakunlariga ko'ra O'zbekiston Respublikasida 188 ta madaniyat va istirohat bog'lari mavjud. Ushbu bog'larning umumiy maydoni 1740,3 gektarni tashkil etadi. Respublikada madaniyat va istirohat bog'lariga tashriflar soni 2344,8 ming kishini tashkil etgan[2]. Hozirgi kunda esa quyidagicha:

O'zbekiston Respublikasi hududidagi madaniyat va istirohat bog'lari to'g'risida

ma'lumot

t/r Hududlar nomi Soni Shundan:

Madaniyat va turizim vazirligi tizimida Boshqa tashkilotlar tizimida Xususiy

1 Qoraqalpog'iston Respublikasi 19 0 19 12

2 Andijon viloyati 25 3 22 0

3 Buxoro viloyati 14 7 7 0

4 Qashqadaryo viloyati 17 3 12 2

5 Jizzax viloyati 16 3 12 1

6 Navoiy viloyati 10 3 7 0

7 Namangan viloyati 13 4 8 1

8 Samarqand viloyati 21 11 7 2

9 Sirdaryo viloyati 11 1 9 1

10 Surxondaryo viloyati 17 4 13 0

11 Toshkent viloyati 28 1 25 2

12 Farg'ona viloyati 22 4 17 1

13 Xorazm viloyati 11 2 9 0

14 Toshkent shahri 23 13 8 2

Jami: 247 59 175 241

Bugungi kunda madaniyat va istirohat bog'larining umumiy soni, ular egallagan maydon ularga tashrif buyuruvchilarning soni ortgan va ortib bormoqda. Sababi o'zimiz ham tashrif buyurgan ba'zilarida milliylik ba'zilarida zamonaviylik aks etgan, insonlarining madaniy dam olishlari uchun hamma sharoitlar mavjud madaniyat va istirohat bog'lari bor. Bularga misol qilib 2016-yilda ochilgan "Anhor Lokomotiv" bog'i va O'zbekiton Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan "Yangi O'zbekiston bog'i"ni, shuningdek viloyat markazlarida faoliyat yuritadigan madaniyat va istirohat bog'larini keltirishimiz mumkin. Ammo mahalliy tuman-shaharlaridagi barcha madaniyat va istirohat bog'larining ham ahvoli har tomonlama talabga javob beradi deya olmaymiz. Ayrim bog'lar zamonaviy madaniyat va istirohat bog'lari me'yoriy talablaridan chiqib ketgan. Ayrim bog'larning hududlari o'zlashtirib olingan. Yana ba'zi bog'lar qarovsiz ahvolga kelib qolgan. Shu kabi muammolarning yechimi sifatida ko'plab qarorlar qabul qilindi.

1 O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizim vazirligining statistik ma'lumotlari

IT^yE^^Bl 392 http://oac.dsmi-qf.uz

2010-yil 29-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2011-2015-yillarda madaniyat va istirohat bog'larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 322-sonli qarori qabul qilindi. Unda 2011-2015-yillarda madaniyat va istirohat bog'larini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va zamonaviy o'yin qurilmalari bilan jihozlash, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish asosida aholi, ayniqsa bolalar va o'smirlar, barcha yoshlarning madaniy dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib qo'yilgan.[3:136] Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida turli dasturlar, loyihalar qabul qilingan va amalga oshirilgan. Amaliy ishlar natijasini qaror qabul qilinishidan oldin qaysidir ma'noda madaniyat va istirohat bog'larining yangi qiyofasini ochib berish uchun turtki bo'lgan O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Namangan shahriga tashriflari bilan bog'liq jarayonlar Namangan viloyati misolida ko'rsatamiz. Aynan 2011-2015-yillarda Namangan viloyatida jami 13 ta madaniyat va istirohat bog'i Namangan viloyat hokimligining 2011- yil 8-fevraldagi nazorat rejasi ishlab chiqilib tasdiqlangan dasturga ko'ra rekonstruksiya qilindi. Jumladan:

1) 2011-yilda Namangan shahar Z.M.Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i, Namangan shahar "Kamolot" yoshlar bog'i hamda Yangiqo'rg'on tumanidagi madaniyat va istirohat bog'i kapital rekonstruksiya qilindi.

2) 2012-yilda Mingbuloq tumani "Do'stlik" bog'i hamda Chortoq tumani Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog'lari kapital rekonstruksiya qilindi.

3) 2013-yilda Uychi tuman "Mustaqillik" bog'i va Namangan tumani "Yettibuloq" nomli bog' dastur bo'yicharekonstruksiya qilindi.

4) 2014-yilda To'raqo'rg'on, Kosonsoy va Uchqo'rg'on tumanlaridagi madaniyat va istirohat bog'larini dastur doirasida kapital rekonstruksiya qilindi.

Bir qator boshqa hududlarda ham madaniyat va istirohat bog'lari kapital ta'mirlandi va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ayrim hududlarda madaniyat va istirohat bog'lari yangidan tashkil etildi.

Madaniyat va istirohat bog'lari faoliyatining samarali hamda ko'zlangandek bo'lishida qarorlarning tez-tez qabul qilinishi doim ham zaruriyat talab etmaydi. Qachonki madaniyat va istirohat bog'larining rahbar va xodimlari hamda shu madaniyat va istirohat bog'lari nazoratini amalga oshiradigan muassasa, tashkilotlarning xizmat vazifasini to'laqonli bajarsalar. Chunki yuqorida ta'kidlanganidek aholining talab va ehtiyojlari doimiy ortib boradi. Shuning uchun madaniyat va istirohat bog'lari rahbarlari har doim yangiliklarga va qulayliklar uchun harakat qilishlari lozim. O'z navbatida madaniyat va istirohat bog'lari hududidagi savdo do'konlari, oshxonalar, yana shu kabi jamoatchilik binolari, bog'lar hamda attraksionlarda texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari kerak.

Bundan tashqari madaniyat va istirohat bog'larida zamon talabiga aylangan ortiqcha elektr energiyasi sarfining oldini olishlar zarur. Shu masala bo'yicha qarorlari, dasturlari ham mavjud. Qarorlar va dasturlarda keltirilgan fikrlardan mavzuga oidlaridan misol keltiramiz.

Tuman (shahar) hokimliklari madaniyat va istirohat bog'larida elektr energiyasi va boshqa resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, har bir attraksionda elektr hisoblagichlar o'rnatilishini ta'minlash va barcha tushumlarning qonuniy aylanishi yuzasidan qat'iy va doimiy nazorat o'rnatsin.[4:138]

Bilamizki, madaniyat va istirohat bog'lari har bir attraksionlar, favvoralar, turli yoritqichlar va jamoat binolari uchun katta elektr energiyasi sarflaydi. Bu esa qatta mablag' degani. Shu mablag'larni madaniyat va istirohat bog'lari hisobida olib qolish hamda qo'shimcha mablag'larni topish maqsadida biz madaniyat va istirohat bog'laridan quyosh energiyasidan foydalanishni taklif qilamiz. Xomaki loyiha sifatida fikrlarimizni bildiramiz. Aytib o'tilganidek madaniyat va istirohat bog'larida ma'muriy bino, oshxonalar va savdo do'konlari va boshqa jamoatchilik binolari mavjud. Aynan shu binolarning tomlariga hamda usti yopiq turdagi maydonchalar va attraksionlar joylashgan hududlarga quyosh batareya panellarini o'rnatishni taklif qilamiz. Biz bu orqali tezda foyda ko'rishimiz mumkin deyolmaymiz. Ammo ma'lum vaqtdan so'ng madaniyat va istirohat bog'lari o'zi sarf qiladigan energiyani olib qolib ortiqchasini sotish imkoniyatini yaratadi. Bu ishni madaniyat va istirohat bog'lari rahbar-xodimlarining o'zlari yoki ular tomonidan shu jarayonga jalb qilingan mahalliy va xorijiy investorlar amalga oshirishlari mukin. Jumladan bu taklif loyiha sifatida boshlansa, turli imtiyozli kreditlar, lizinglar va davlat-xususiy sherikchiligi orqali ham amaliyotga tadbiq qilish mumkin. Madaniyat va san'at sohasining iqtisodiy masalalari bo'yicha ham me'yoriy huquqiy hujjatlar va dasturlar qabul qilingan. Yuqoridagi fikrlarimizni asoslovchi so'zlarni ilmiy adabiyotlarning biridan keltiramiz.

Tijorat banklariga madaniyat va istirohat bog'lari uchun hamda dasturni amalga oshirishda ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlarga belgilangan tartibda imtiyozli kredit mablag'larini ajratish tavsiya qilinsin[5:139].

Yuqoridagi ma'lumotda aynan belgilangan tartibda deyilishi bejiz emas. Biz aytib o'tgan imtyozli kredit, lizinglar va davlat-xususiy sherikchilik tushunchalarining madaniyat va istirohat bog'lari faoliyatidagi o'rni qarorlarda ham o'z aksini topgan. Jumladan, madaniyat va istirohat bog'larining tashkil etilishida yer uchastkalarining ijarasi, to'liq yoki qisman bog'larning ma'lum bir hudud, hamda attraksionlarini ijaraga olish va ulardan foydalanish huquqiy asoslangan qaror ham bor. Ushbu qaror O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi "Istirohat bog'lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to'g'risida"gi 271-sonli qaroridir. Bu qaror nizomidagi boblarning ya'ni:

1-bob. Umumiy qoidalar;

2-bob. Istirohat bog'larini joylashtirish;

3-bob. Yashil zonalarni shakllantirish va joylashtirish;

4-bob. Istirohat bog'larini tashkil etish va ulardan foydalanishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish;

5-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi;

6-bob. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi. Tanlovni o'tkazish tartibi;

7-bob. Ijara shartnomasi va konsessiya bitimini tuzish, o'zgartirish, to'ldirish, shuningdek, bekor qilish va to'xtatish tartibi;

8-bob. Yakunlovchi qoidalar [6] deb nomlanuvchi boblarining to'rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchilari so'z yuritayotgan mavzumizga huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Biz urg'u bergan boblarning qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat. Istirohat bog'larini tashkil etish va ulardan foydalanishda davlat xususiy sheriklaridan talab etiladigan bog' obyektlarini rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, bog' mulkining samaradorligi oshirish kabi omillar. Yana davlat-xususiy sheriklari obyektlardan foydalanish va natijadorlik ko'lamini oshirishda mahalliy hudud aholisining talab va ehtiyojlarini hisobga olishlari kerakligi ham keltirilgan. Bundan tashqari davlat-xususiy sherigiga aylanish yo'llari ham aytib o'tilgan. Shu jumladan sheriklik to'g'risidagi arizani topshirish va bu ariza uch ish kunida ko'rib chiqilishi, agar arizachilar soni ikkitadan ortsa o'ttiz kalendar kunida tanlov e'lon qilinishi hamda tendir tashkil etilishi ham keltirilgan. Tendir g'oliblarining loyihalarini qay tartibda taqdim etilishi, loyiha bosqichlarining qanday bo'lishigacha yoritilgan. Yana lizing va konsessiya shartnomalarining qabul qilinishi va ularning bekor qilinishi ham keltirilgan.

Umuman olgan madaniyat va istirohat bog'lari imkoniyatlari va obyektlaridan foydalanishda doimiy izlanuvchanlik, kreativ g'oyalarni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalari, natijalar va ko'rsatkichlarning o'sishiga xizmat qiluvchi zamonaviy marketing, reklamadan oqilona foydalanish hamda homiylar topib sohalar aloqadorligidan samarali foydalanish madaniyat va istirohat bog'lari rahbar-xodimlarining xizmat immijini belgilovchi asosiy jihati bo'lib qolishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. B. B. Inatullayev. Madaniyat va istirohat bog'lari hamda aholi dam olish markazlari ishi. O'quv qo'llanma, // Toshkent. -"Lesson press" nashriyotida nashrga tayyorlandi., 2017, 120-bet.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati. https://stat.uz/

3. Haydarov A. Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari. O'quv qo'llanma // Toshkent. -"Kamalak" nashriyoti, 2019. 192 bet

4. O'sha manba: 138-bet

5. O'sha manba: 139-bet

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi "Istirohat bog'lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to'g'risida"gi 271-sonli qarori. www.lex.uz

7. Malikaxon Qaxramon Qizi Ashiraliyeva, Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Yoshlarni tarbiyalashda musiqa ta'limining maqsad va vazifalari. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

8. Ziyodaxon To'g'onboyeva, Ilmiy rahbar:Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishda xorij tajribasi. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

9. Mardiev Abdusamad o'g'li Shahbozxon Ilmiy rahbar: Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Jamiyat ijtimoiy hayotida musiqaning tutgan o'rni. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

10. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat markazlariga malakali kadrlarni jalb etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

11. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat va san'at sohasida loyihalarga mablag'jalb etish masalalari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

12. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat bo'lim mudirlarining ish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

13. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat markazlarida to'garaklarni tashkil etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

14. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasi menejmentida loyihalar faoliyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

15. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ijtimoiy sohada marketing xizmatlarining konseptual asoslari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

16. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. 2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

17. Ziyodaxon Dilshodjon qizi To'g'onboyeva, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Yangi O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan

chora-tadbirlar "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

18. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Art menejmentni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com

19. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. CaHtar MeHe^Meffra ^aHHHH yKHTHmga Metepnn xy^^araapHHHr ypHH Ba axaMH^ra. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com

20. Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

21. Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy omillari. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.