Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA QARIYALARNING JAMIYATDAGI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH, AVLODLARARO VORISIYLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA'

YANGI O‘ZBEKISTONDA QARIYALARNING JAMIYATDAGI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH, AVLODLARARO VORISIYLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
402
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avlodlararo voriysiylikijtimoiy faollik / qarish / zamonaviy gerontologiya / tabiiy fiziologik qarish / qarilik / ijtimoiy gerontologiya / gerontologiya / ruhiy qarish / keksalik / sog‘lom keksalik / keksalik ontologiyasi. / intergenerational succession / social activity / aging / modern gerontology / natural physiological aging / aging / social gerontology / gerontology / mental aging / old age / healthy old age / ontology of old age.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abdukarimova, Gulchehra Bartovna

Mazkur maqolada qariyalarning ijtimoiy faolligi insoniyatning o‘tmish ma’naviy-merosini o‘zlashtirish va yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo vorisiylikni ta’minlash, yoshlar tarbiyasida keksalarning o‘rni tobora ortmoqda. Qariyalarning ijtimoiy faolligi insoniyatning o‘tmish ma’naviy-merosini o‘zlashtirish va yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo vorisiylikni ta’minlash kabi masalalar ilmiy-falsafiy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF THE ELDERLY IN THE NEW UZBEKISTAN AS AN IMPORTANT FACTOR OF PROVIDING INTERGENERATION SUCCESSION

In this article, the social activity of the elderly is to master the past spiritual heritage of humanity and to ensure intergenerational succession in modernizing Uzbekistan, the role of the elderly in the education of young people is increasing. Issues such as the social activity of the elderly, assimilation of the past spiritual heritage of humanity, and ensuring intergenerational succession in modernizing Uzbekistan have been analyzed from a scientific and philosophical point of view.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA QARIYALARNING JAMIYATDAGI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH, AVLODLARARO VORISIYLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

YANGI O'ZBEKISTONDA QARIYALARNING JAMIYATDAGI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH, AVLODLARARO VORISIYLIKNI TA'MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Abdukarimova Gulchehra Bartovna

Toshkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi e-mail: paradigma777@bk. ru

Mazkur maqolada qariyalarning ijtimoiy faolligi insoniyatning o 'tmish ma'naviy-merosini o'zlashtirish va yangilanayotgan O'zbekistonda avlodlararo vorisiylikni ta'minlash, yoshlar tarbiyasida keksalarning o'rni tobora ortmoqda. Qariyalarning ijtimoiy faolligi insoniyatning o 'tmish ma 'naviy-merosini o 'zlashtirish va yangilanayotgan O'zbekistonda avlodlararo vorisiylikni ta'minlash kabi masalalar ilmiy-falsafy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: avlodlararo voriysiylikijtimoiy faollik, qarish, zamonaviy gerontologiya, tabiiy fiziologik qarish, qarilik, ijtimoiy gerontologiya, gerontologiya, ruhiy qarish, keksalik, sog 'lom keksalik, keksalik ontologiyasi.

In this article, the social activity of the elderly is to master the past spiritual heritage of humanity and to ensure intergenerational succession in modernizing Uzbekistan, the role of the elderly in the education of young people is increasing. Issues such as the social activity of the elderly, assimilation of the past spiritual heritage of humanity, and ensuring intergenerational succession in modernizing Uzbekistan have been analyzed from a scientific and philosophical point of view.

Key words: intergenerational succession, social activity, aging, modern gerontology, natural physiological aging, aging, social gerontology, gerontology, mental aging, old age, healthy old age, ontology of old age.

Dunyo sivilizatsiyalari rivojida insonning ma'naviy-axloqiy kamoloti va ijtimoiy faolligining asosini tashkil etuvchi mezon avlodlararo voriysiylikni ta'minlash omili ekanligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, jamiyat ijtimoiylashuvida, avlodlararo voriysiylikni ta'minlashda, yoshlar tarbiyasida keksalarning o'rni tobora ortmoqda. Qariyalarning ijtimoiy faolligi insoniyatning o'tmish ma'naviy-merosini o'zlashtirish va yangilanayotgan O'zbekistonda avlodlararo vorisiylikni ta'minlash, jamiyat hayotining barcha sohalari - iqtisod va

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

siyosat, fan va din, huquq va axloq, san'at va adabiyot, ta'lim va tarbiya, ma'naviyat va madaniyatning muhim vositasi sifatida namoyon bo'lmoqda.

Qariyalarning ijtimoiy-ma'naviy faolligi keksa yoshdagi insonlarning ijtimoiy guruhi shakllanishiga olib keldi. Natijada qariyalarning ijtimoiy jarayonlardagi munosabatini yuksaltirish, avlodlararo vorisiylikni ta'minlashni taqozo etmoqda. Bu jarayon hozirgi vaqtda ijtimoiy munosabatlarda keksalik holatidagi jiddiy o'zgarishlarda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Shu bois, hozirgi davrda qariyalarning ijtimoiy faolligi yangilanayotgan o'zbekistonda avlodlararo voriysiylikni ta'minlash omillarini ijtimoiy-falsafiy, ma'naviy jihatlarini tizimli tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, O'zbekistonning yangi qiyofasi, uchinchi Uyg'onish davri poydevori yaratilayotgan bugungi kunda ma'naviy omillarga, ularning jamiyat rivojidagi o'rni va ahamiyati masalalariga ehtiyoj yanada kuchayib bormoqda. Zero, "ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish"1 Yangi O'zbekistonni barpo etishning muhim vazifasiga aylandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dunyoning bir qator ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida insoniyatning qarishi jahon hamjamiyatini qamrab oluvchi global va ko'p qirrali muammo sifatida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, "2015-yildan 2050-yilgacha 60 yoshdan oshgan dunyo aholisi salmog'i 12 foizdan 22 foizga qariyb ikki barobar ortadi. 2020-yilga kelib, 60 yosh va undan katta yoshdagilar soni 5 yoshgacha bo'lgan bolalardan ko'p bo'ladi. 2050-yilda qariyalarning 80 foizi past va o'rta daromadli mamlakatlarda yashaydi. 2030-yilga kelib, dunyoda har 6 kishidan 1 nafari 60 yosh va undan katta yoshdagilar bo'ladi. Ayni paytda 60 yosh va undan katta yoshdagi aholi ulushi 2020-yildagi 1 milliarddan 1,4 milliardga oshadi. 2050 yilga borib, 60 va undan katta yoshdagi dunyo aholisi ikki barobarga (2,1 milliard) oshadi. 2020 yildan 2050 yilgacha 80 yosh va undan katta yoshdagilar soni uch baravarga ortib, 426 million kishiga etishi kutilmoqda. Aholining qarish sur'ati o'tmishdagiga qaraganda ancha tez davom etmoqda. Oqibatda esa barcha mamlakatlar o'zlarining sog'liqni saqlash va ijtimoiy tizimlarini ushbu demografik o'zgarishlardan yuqori darajada foydalanishga tayyor bo'lishini ta'minlash uchun katta muammolarga duch kelmoqda»2. Bizningcha, jamiyatda qarish jarayoni individual xarakterga ega bo'lib, insonlarni bir jarayondan ikkinchi holatga o'tishi, ya'ni yosh chegarasini oshib borishi, keksa yoshdagi insonni aqliy va xatto jismoniy mehnat faoliyatini saqlab qolgan qariyalarning ijtimoiy faollini shakllanishiga olib keladi.

1 MaiHaBHH-MaipH^HH nm^ap TH3HMHHH Ty6gaH TaKOMH^amTnpnm Hopa-Tagônp^apH Tyrpncnga. Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacH npe3HgemuHHHr K^apopn // KpHyH xy^^araapn Ma"MyMoraapn mhothh 6a3acn, 26.03.2021 h., 07/21/5040/0243 -COH.

2 https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/ageing-and-health

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Yangi O'zbekistonda qariyalarning jamiyatdagi roli va ijtimoiy faoll igini oshirish, avlodlararo vorisiylikni ta'minlashda keksalarning ijtimoiy mavqei va xulq-atvoriga e'tibor berish, ijtimoiy madaniy barqarorlikni ta'minlashga erishishda ehtiyoj oshib bormoqda. SHunday ekan, qarish jarayoni individual-biologik xarakterga ega bo'lib, qariyalar faoliyatining to'xtash davri bir ijtimoiy maqomdan ikkinchisiga o'tish chegarasi sifatida qaraladi. Madomiki, keksa yoshdagi ijtimoiy moslashuv o'z-o'zini idrok etishi, hayotning o'zgaruvchan davriga moslashish (ayniqsa, nafaqaga chiqqandan keyin), yashash yoki yangi ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashish va jamiyatdagi o'zgarishlarga munosabat bildirish qobiliyatida namoyon bo'ladi.

Keksalik davrida qarish jarayoni bilan izohlanadi. Bu keksalikda inson hayotini yaxshilash uchun sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish zarur. Shu munosabat bilan, mamlakatimizda "katta va keksa yoshdagi fuqarolarga uzoq muddatli tibbiy yordam ko'rsatishning zamonaviy modelini yaratish, uyda ijtimoiy va tibbiy xizmat ko'rsatish hamda boshqa qator chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi gerontologik yordam sifati va qulayligini oshirish"3ga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni, 2015 yil 18 fevraldagi 2302-son qarori bilan tasdiqlangan «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturi, 2016 yil 28 dekabrdagi PQ-2705-son "Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi «Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o'rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 816-son Qarorlari Yangi O'zbekistonda qariyalarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish, avlodlararo vorisiylikni ta'minlashning muhim omili sifatida ahamiyat kasb etadi.

Keksalik jamiyat taraqqiyotning eng qadimgi davrlardan buyon insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Mangu yoshlik, uzoq umr va mangulik haqidagi afsona va rivoyatlar insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida turli xalqlarning ta'limotlarida o'rganilgan. Dastlab, inson qarishining muhim jihatlari xususida qadimgi yunon tabibi Gippokrat "qarishni tabiiy issiqlikning kamayishi va suvsizlanish natijasi"4, antik davr faylasuflari Platon, "qorong'ulikka, ayniqsa, o'rta

3 Узбекистан Республикаси Президентининг 2018 йил 7 декабрдаги ПФ-5590-сон «Узбекистан Республикаси соглщни садлаш тизимини тубдан такомиллаштириш буйича комплекс чора-тадбирлар тугрисида»ги Фармони

4 Меер-Штейнег Т., Зудгоф К. История врачевания в древности и Средние века. Этнография Москва Ломоносов

2022. - 216 с.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

yoshdagi turmush tarzi ta'sir qilishini"5, Aristotel, "qarish jarayonini tug'ilishdan boshlab issiqlikning asta-sekin kamayishi bilan izohlab, inson hayotini yoshlik, etuklik va qarish"6 kabi bosqichlari ochib bergan.

O'rta asr Sharq mutafakkirlari Forobiy «Risolalar» 7ida qarilikning ijtimoiy-axloqiy jihatlari, Abu Rayhon Beruniy «Hindiston»8 asarida inson qarishining ilmiy-falsafiy va tabiiy asoslarini, Ibn Sino «Tib qonunlari»9 kitobida keksalikning tibbiy-biologik xususiyatlarini falsafiy-metodologik jihatlari tadqiq qilingan. XIX-XX asrda Abdurauf Fitrat, Mahmudxo'ja Behbudiy asarlarida insonning tabiiy va ijtimoiy keksalik muammolari umummilliy ahamiyatini asoslaganlar.

MDH olimlaridan Z.A.Butueva, A.Komfort, L.V.Mityakina, I.A.Podolskaya, I.V. Jdanova, L.V.Proxorova, O.P.Kashina, A.V.YArkin, R.E.Gergilov, N.A.Borisov, N.R.Xupeniya, A.T.Rostova, I.G.Shestakova, E.M.Orlova, L.R. Asxanova kabilar keksalikning insonlar sog'lig'idagi ba'zi o'zgarishlari genetik ahamiyatga ega bo'lsa-da, aksariyat odamlarning etnik kelib chiqishi yoki ijtimoiy-iqtisodiy holati kabi xususiyatlariga bog'liq ekanlgi qayd etganlar. Z.A.Butueva "Odamlar bolaligida, xatto rivojlanayotgan homilada yashayotgan muhit ularning shaxsiy xususiyatlari bilan birgalikda qarishlariga ham muayyan ta'sir ko'rsatadi"10, deya hayot davomida sog'lom xulq-atvorni saqlash, xususan, to'g'ri ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik oshirib borish kerakligini ta'kidlaydi. Bizningcha, jismoniy va aqliy salohiyatni yaxshilash inson salomatligining muhim omillaridan hisoblanib qarishga oid sog'liqni saqlash choralarini ishlab chiqishda nafaqat keksalik bilan bog'liq yo'qotishlarni engillashtiradigan individual va ekologik, ijtimoiy-psixologik yondashuvlarni ham hisobga olish muhimdir.

O'zbek faylasuf olimlari M.Abdullaeva, N.Aliqoriev, A.Begmatov, M.Bekmurodov, M.Ganieva, N.A.Shermuxamedova, Z.M.Muxamedova, N.Jo'raev, T.Mahmudov, A.Umarov, O.Fayzullaev, A.Xolbekov, X.SHayxova, SH.M.Sodiqova, S.M.Kalanova, D.A.Rahmonov, A.T.Turgunova, X.F.Akramov, R.X.Xudayberganov, R.T.Zohirov va boshqalar keksalarni avlodlaro munosabatlarni mustahkamlashdagi ma'naviy-axloqiy va ijtimoiy-madaniy vazifalarini atroflicha tadqiq qilganlar11.

5 Платон. Диалоги . (Серия:PROВЛАСГЬ-Античные мыслители) / Пер. с древнегреч.и Вступ. ст.В.С.Соловьева Москва РИПОЛклассик 2021. - 576 с.

6 Аристотель. Сочинения в четырех томах. - М.: Мысль, 1976-1984.

7 Форобий Абу Наср. Рисолалар. - Тошкент: Фан, 1975. - 143 б., Аль-Фараби. Китаб ал-хуруф. / Естественнонаучные трактаты. Пер. с арабского. - Алма-Ата: Наука, 1987. - 496 с.

8 Беруний Абу Рай^он. Х,индистон. Танланган асарлар. - Тошкент: Фан, 1965. - 2-том., Беруний Абу Райхон. Х,икматлар. - Тошкент: Ёш гвардия, 1973.

9 Ибн Сино. Тиб конунлари. - Тошкент: Юлдузча, 1983.

10 Бутуева З.А. Роль ценностных ориентаций в социализации пожилых и старых людей: Социально-философский аспект: диссертация ... кандидата философских наук. - Москва, 1999. - 165 с.

11 Ушбу муаллифлар асарлари диссертациянинг «Фойдаланилган адабиётлар руйхати» да берилган.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Jumladan, N.Shermuxamedova «Inson falsafasi» kitobida qarilikning tabiiy-ijtimoiy va falsafiy-metodologik jihatlarini ochib bergan 12 , Z.M.Muxamedova "Qariyalarning ijtimoiy faolligining bioetik omillarni ahloqiy jihatlarini" 13 , Sh.M.Sodiqova "Qarilik - tabiiy moddalarning hammasiga daxldor falsafiy kategoriyadir. Xatto ilmiy g'oyalar ham eskirishi, o'z kuchini yo'qotishi, qarishi mumkinligini"14, R.T.Zohirov "Yangilanayotgan O'zbekistonda an'anaviylik va zamonaviylikning mutanosibligiga amal qilish balan bir qatorda oila a'zolarining gender tengligini ta'minlash, keksalarga ehtirom, bolalar tarbiyasiga ota-onalarning mas'uliyatini oshirishda davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilayotganligi"15 kabi qarilik bilan bog'liq jihatlarini tahlil qilganlar.

Xullas, qariyalarning ijtimoiy faolligi hamda ularni avlodlararo voriysiylikni ta'minlashdagi o'rni, mamlakatimizda qariyalarning ijtimoiy faolligini oshirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Shuningdek, qariyalarning ijtimoiy faolligi yangilanayotgan O'zbekistonda avlodlararo voriysiylikni ta'minlash omili ekanligini ijtimiy-falsafiy jihatdan tizimli tadqiq etilgan. Halqimizning milliy qadriyatlari, an'analari va mentalitetining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, insonning ma'naviy-ruhiy tarbiyasida qariyalarning ijtimoiy faolligini oshirishning ahamiyatiga bog'liq jihatlarni milliy identifikatsiya talablari asosida yoritib berilgan. Avlodlararo voriysiylikni ta'minlashda qariyalarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda Yangi O'zbekistonda qariyalarning yoshlar ma'naviy-kamolotining yuksalishidagi tutgan o'rni kabi xususiyatlar ilmiy-falsafiy jihatdan tadqiq qilingan.

REFERENCES

1. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021 y., 07/21/5040/0243-son.

2. https://www.who .int/news-room/fact-sheets/detail/ageing-and-health

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son «O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni.

4. Meer-SHteyneg T., Zudgof K. Istoriya vrachevaniya v drevnosti i Srednie veka. Etnografiya Moskva Lomonosov 2022. - 216 s.

12 Шермухамедова Н.А. Инсон фалсафаси. - Тошкент: "Innovatsiya-Ziyo", 2021. - 391 б.

13 Мухамедова З.М. Биоэтика. - Тошкент: 2007. - 120 б.

14 Содикова Ш.М. Кариялари кадр топтан юрт. - Тошкент: "Янги аср авлоди", 2015. - 212 б.

15 Зодиров Р.Т. Оилада авлодлараро муносабатларни мустадкамлаш: анъанавийлик ва замонавийлик Фал... фан. буйича фалс. доктор. (PhD) дис. автореф. - Карши, 2020. - 41 б.

XULOSA

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

5. Platon. Dialogi . (Seriya:PROVLAST-Antichniye misliteli) / Per. s drevnegrech.i Vstup. st.V.S.Soloveva Moskva RIPOLklassik 2021. - 576 s.

6. Aristotel. Sochineniya v chetirex tomax. - M.: Misl, 1976-1984.

7. Forobiy Abu Nasr. Risolalar. - Toshkent: Fan, 1975. - 143 b., Al-Farabi. Kitab al-xuruf. / Estestvenno-nauchniye traktai. Per. s arabskogo. - Alma-Ata: Nauka, 1987. - 496 s.

8. Beruniy Abu Rayhon. Hindiston. Tanlangan asarlar. - Toshkent: Fan, 1965. - 2-tom., Beruniy Abu Rayxon. Hikmatlar. - Toshkent: Yosh gvardiya, 1973.

9. Ibn Sino. Tib qonunlari. - Toshkent: Yulduzcha, 1983.

10. Butueva Z.A. Rol sennostnix orientatsiy v sotsializatsii pojilix i starix lyudey: Sotsialno-filosofskiy aspekt: dissertatsiya ... kandidata filosofskix nauk. - Moskva, 1999. - 165 s.

11. Shermuxamedova N.A. Inson falsafasi. - Toshkent: "Innovatsiya-Ziyo", 2021. -391 b.

12. Muxamedova Z.M. Bioetika. - Toshkent: 2007. - 120 b.

13. Sodiqova Sh.M. Qariyalari qadr topgan yurt. - Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2015. - 212 b.

14. Zohirov R.T. Oilada avlodlararo munosabatlarni mustahkamlash: an'anaviylik va zamonaviylik. Fal... fan. bo'yicha fais. doktor. (PhD) dis. avtoref. - Qarshi, 2020.

15. X,acaHOB, M. H., X,a$H30B, A., TonpoB, P. X., & EomaöoeB, X. K. (2022). AEY HACP OOPOEHH ^mArAH ^ABP^ArH H.HM-OAH BA TALHHM-TAPEHtf.

16. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3(10), 582-586.

17. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

18. PaMaroB, ^.C., BanneB, H.A., & XacaHOB, M.H. (2022). XIX ACP^A XHH^HCTOH^ArH H^THMOHH - OAHCAOHH ^APAEHHAP. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.

41 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.