Научная статья на тему 'YАNGI О‘ZBEKISTОNDА QADRIYATLAR SOHASIDAGI O‘ZGARISHLARNING O‘ZIGА XOSLIGI'

YАNGI О‘ZBEKISTОNDА QADRIYATLAR SOHASIDAGI O‘ZGARISHLARNING O‘ZIGА XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qadriyat / qаdriyаtlаr sоhаsi trаnsfоrmаtsiyаsi / ulug‘ аjdоdlаrimiz qоldirgаn tаrixiy qаdriyаtlаr / milliy va umuminsоniy qadriyatlar / aksiоlоgiyа qоnunlаri. / value / transformation of the value field / historical values left by our great ancestors / national and universal values / laws of axiology.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — To‘Xtayev, Xakim Primovich

Maqolada, mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab, undan qat’iyat bilan borayotgan davlatimiz qadriyatlar sohasidagi o‘zgarishlarning tahlili bosib o‘tilgan davr mobaynida sohada erishilgan natijalarni atroflicha o‘rganish, hamda mamlakatni taraqqiy ettirishda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy merosni asrab-avaylash va boyitish, butun о‘zbek xаlqining аksiоlоgik ruhini о‘stirish vа dunyоqаrаshini mustаhkаmlаsh dаvlаt оldidаgi dоlzаrb vаzifа sifаtidа qо‘yilganligiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF CHANGES IN THE SPHERE OF VALUES IN THE NEW UZBEKISTAN

The article analyzes changes in the sphere of values of our country, which has chosen the path of independent development and is resolutely following it, a detailed study of the results achieved in this area over the period, as well as loyalty to universal values in the development of the country, the preservation of national heritage, attention is paid to the , that enrichment and enrichment, education of the value spirit of the entire Uzbek people and strengthening of the worldview. set as an urgent task for the state.

Текст научной работы на тему «YАNGI О‘ZBEKISTОNDА QADRIYATLAR SOHASIDAGI O‘ZGARISHLARNING O‘ZIGА XOSLIGI»

YANGI O'ZBEKISTONDA QADRIYATLAR SOHASIDAGI O'ZGARISHLARNING O'ZIGA XOSLIGI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.11628108

To'xtayev Xakim Primovich

O'zbekiston Milliy universiteti Falsafa va mantiq kafedrasi professori v.b. tel. 90-912-43-64 xakim.tuxtayev@mail. ru O'zbekiston, Toshkent shahri.

ANNOTATSIYA

Maqolada, mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlab, undan qat 'iyat bilan borayotgan davlatimiz qadriyatlar sohasidagi o 'zgarishlarning tahlili bosib o 'tilgan davr mobaynida sohada erishilgan natijalarni atroflicha o'rganish, hamda mamlakatni taraqqiy ettirishda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy merosni asrab-avaylash va boyitish, butun о 'zbek xalqining aksiologik ruhini о 'stirish va dunyoqarashini mustahkamlash davlat oldidagi dolzarb vazifa sifatida qo 'yilganligiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: qadriyat, qadriyatlar sohasi transformatsiyasi, ulug' ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, aksiologiya qonunlari.

ХАРАКТЕРИСТИКА ИЗМЕНЕНИЙ В СФЕРЕ ЦЕННОСТЕЙ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

АННОТАЦИЯ

В cmambe npoeoóumcM anaAU3 изменений в сфере цеHHocmeü нaшей cmpaHhi, выбрaвшей путь незaвисимoгo pa3eumrn и решителbнo идущей no нему, noдрoбнoе исследoвaние резулbтaтoв, docm^^mhix в этoй oблaсти 3a першд , a тaкже вернoстb oбщечелoвеческим ценнoстям в рaзвитии cmpami, сoxрaнению нaциoнaлbнoгo нaследия, уделяется внимaние тoму, 4mo oбoгaщение и oбoгaщение, вoсnитaние ценнoстнoгo дуxa всегo узбекскoгo нaрoдa и укрепление мирoвoззрения. noстaвили в тчестве неoтлoжнoй зaдaчи перед гoсудaрствoм.

Ключевые слова: ценнoстb, трaнсфoрмaция ценнoстнoгo шля, истoрические ценшсти, oстaвленные нaшими великими предтми, нaциoнaлbные и oбщечелoвеческие ценнoсти, зaкoны aксиoлoгии.

CHARACTERISTICS OF CHANGES IN THE SPHERE OF VALUES IN

THE NEW UZBEKISTAN

ABSTRACT

The article analyzes changes in the sphere of values of our country, which has chosen the path of independent development and is resolutely following it, a detailed study of the results achieved in this area over the period, as well as loyalty to universal values in the development of the country, the preservation of national heritage, attention is paid to the , that enrichment and enrichment, education of the value spirit of the entire Uzbek people and strengthening of the worldview. set as an urgent task for the state.

Key words: value, transformation of the value field, historical values left by our great ancestors, national and universal values, laws of axiology.

KIRISH

Xalqimizning XX asr so'nggi choragida erishgan eng katta yutug'i - mustaqillik tufayli mamlakatda ijtimoiy hayotning hamma sohalarida tubdan yangilanishlar, keng ko'lamli islohotlar yuz berdi. «Bunday tarixiy burilish pallasida ulug' ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy qadriyatlar yana qadrini rostladi, jahondagi ilg'or, demokratik mamlakatlardagi hayot qurish yo'liga o'tildi» [1,367]. Odamlarning ongi va tafakkuri, turmush tarzida yuz bergan o'zgarishlar jamiyatdagi ijtimoiy-aksiologik qadriyatlar sohasidagi o'zgarishlarga olib keldi.

Mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlab, undan qat'iyat bilan borayotgan davlatimiz qadriyatlar sohasidagi o'zgarishlarning tahlili bosib o'tilgan davr mobaynida sohada erishilgan natijalarni atroflicha o'rganish, bu yo'nalishdagi islohotlar mohiyatini chuqur anglash imkoniyatini beradi.

Shuningdek, mazkur serqirra davrning xalqimiz ma'naviyati rivojida alohida ahamiyatga ega bosqich bo'lganligini ko'rsatadi. Bu esa mustaqillik yillarida ushbu jarayonning natijadorligiga erishish borasidagi islohotlarning muntazamligini ta'minlash vazifasining bajarilish holati, aniqroq aytganda, qadriyatlar sohasi transformatsiyasidagi o'zgarishlarni kuzatish mumkin bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Aksiologiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tabiati, tarkibi, standartlari va bahosi, qadriyat hodisasini moddiy va ma'naviy jarayonlar rivojidagi ahamiyati, obyekt va subyekt qadriyatini turli xalqlar, millat va elatlar hayotidagi o'rni o'rganiladi. Fransuz faylasufi Pol Lapi (1869-1927-yy.) bu fanni ifodalash uchun «Iroda mantig'i» asarida grekcha axios (qiymat) va logos (nazariya) asosida aksiologiya so'zini shakllantirgan.

G'arb falsafasi tarixida faylasuflar qadriyatni juda erta o'rganishgan. Qadimgi Yunonistondagi Pifagorchilar qadriyatning mohiyati sonda, masalan, salomatlik «7», adolat esa kvadrat sonda, deb hisoblashgan. Aflotunning fikricha, qadriyat aqlning mohiyati bo'lib, g'oyani odamlar sezgi orqali idrok etadi va u iyerarxik tizimga ega. Arastu qadriyat inson manfaatida yotadi, deb hisoblagan bo'lsa, Epikurning fikricha, baxt - qadriyat. Stoiklar fazilatni qadriyat deb bilishgan. O'rta asrlar xristian ilohiyotshunosligi Xudoni oliy qadriyat, zohidlik, xudoga intilish, keyingi hayotga umid qilishni esa eng ulug' qadriyatlar deb hisoblagan. Uyg'onish davri faylasuflari oqilona hayot kechirishni, erkinlik va tenglikka intilishni, inson mavqei va qadr-qimmatini yuksaltirishni insoniy qadriyat deb bilishgan. G'arb qadriyatshunosligi subyektiv oqimining F.Nisshe[2], U.Djeyms, J.Dyu'i, E.Fromm[3,447], R.Uil'yams kabi bir qancha mashhur namoyandalari ham bor. G'arb mamlakatlarida XX asrning boshlarida U.Djeyms qarashlari, keyinchalik Jon Dyu'i g'oyalari keng yoyilgan.

Shu bilan birga qadriyatlarning tavsifi, miqyosi va o'rni doirasida tadqiqotlar olib borganlar. Ularning fikricha, «an'analarning umumiy g'oyasi umumijtimoiy kategoriyadir, chunki uni obyektiv asosi borliqni hamma shakllari bilan bog'langan»[4,36]. V.V.Grechaniyning mulohazasi esa quyidagicha, «aksiologik atamalar sistemalar tuzilishini maqsadga muvofiq holatini hamda ular faoliyatini biror maqsadga yo'naltirilganligini ifodalash uchun qo'llash mumkin bo'lgan umumfalsafiy tushunchadir» [5,19].

Bizning mamlakatimizda ushbu mavzuning ildizlari qadimgi Sharq tarixi va qadriyati, «Avesto» asari va u yaratilgan zamonlarga, mumtoz xalq og'zaki ijodida saqlanib qolgan g'oya va qarashlar shakllangan davrlarga borib taqaladi. Keyinroq bu mavzu Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Marg'inoniy, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy, Bobur va boshqa allomalarimizning g'oya va qarashlarida, ularning faoliyati va amaliy ishlarida o'z ifodasini topgan. Bu borada xalqimizning mustaqillik yillaridagi bunyodkorlik ishlari, davlatimiz rahbarlarining mustaqillik yillaridagi faoliyati, asarlari va dasturlarida qadriyatlar masalasiga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta'kidlash zarur albatta. Shu bilan birga, J.Tulenov, E.Yusupov, Z.G'ofurov, H.Shayxova, I.Saifnazarov, Q.Nazarov, O.Musurmonova, U.Qoraboyev, G.Tulenova, G.Maxmudova, M.Nurmatova, M.Qahhorova, Sh.Madayeva, R.Ro'ziyeva, N.Temirova, A.Qambarov, M.Mavrulova, M.Komilova kabi mutaxassislar bizning tadqiqotimizda ko'rib chiqilayotgan mavzuning ba'zi masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishganini qayd etish lozim.

Ayni vaqtda, tahlillar shuni ko'rsatadiki, mustaqillik yillarida qadriyatlar rivojining asosiy bosqichlari, bu borada qo'lga kiritilgan yutuqlar va natijalarga ta'sir ko'rsatgan omillar tadriji bilan bog'liq masalalar hanuzgacha mustaqil ilmiy ish mavzusi sifatida alohida tahlil qilinmagan. Shu bilan birga, mustaqillik yillaridagi

aksiologik taraqqiyotning mezonlari va tamoyillari, qadriyatlarni barqarorlashtirish bo'yicha muassasalar faoliyati dinamikasini tadqiq qilish va bugungi O'zbekistondagi islohotlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatini o'rganish, ushbu jarayonning umumiy qonuniyatlari va o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash katta e'tiborni talab etmoqda.

Tadqiqotni amalga oshirishda tarixiy va analitik tahlil, induksiya, deduksiya kabi usullardan foydalanilgan.

NATIJA.

Mamlakatni taraqqiy ettirishda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy merosni asrab-avaylash va boyitish, o'zgarishlar mobaynida har bir insonga o'z iqtidorini namoyon qilish imkoniyatini yaratish kabi tamoyillar ushbu davr uchun ustuvorlik qiladi. «Jamiyatni demokratik tamoyillar asosida yangilash vazifasi bu jarayonning asosiy qismi, milliy qadriyatlar sohasini rivojlantirishda tayanch ustunga aylandi. Bunday serqirra ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta'sirida dunyoviy demokratik davlat barpo etish tamoyillariga amal qilindi hamda ushbu yo'nalishda xalqaro talablar va me'yorlar doirasida o'z qiyofasini namoyon etmog'i lozim edi va ushbu yo'nalishda ham muhim yangilanishlar amalga oshirildi»[6,67]. Jumladan, O'zbekiston mustaqillik ramzlariga, o'z Konstitutsiyasi, madhiyasi, gerbi va bayrog'iga ega bo'ldi.

Bu ishlarni amalga oshirishda avvalo, butun o'zbek xalqining aksiologik ruhini o'stirish va dunyoqarashini mustahkamlash davlat oldidagi dolzarb vazifa sifatida qo'yildi. Bu borada esa jamiyatimiz siyosiy hayotidagi demokratlashtirish jarayonin i amalga oshirishda xalqimizning ming yillarga teng qadriyatlari, an'ana va odatlarini asrash, millat mentalitetiga ehtiromda bo'lishga ahamiyat qaratildi. Shuningdek, mamlakatimizni yangilashga qaratilgan tub o'zgarishlarning ro'y berish jarayonida ham milliy davlatchilik, ham jahon tajribasini umumlashtirib, amaliy foydalanish hukumat faoliyatining asosiy yo'nalishini tashkil qildi. Sohada mentalitet va qadriyatlarga alohida hurmat bilan yondashilgani jamiyat aksiologik qonunlarida, xalq tafakkurida ham tub o'zgarishlarga olib keldi.

Yangi O'zbekistonda «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi»[7] yangi tahrirda qabul qilinishi ana shu o'zgarishlar debochasi edi.

Shu o'rinda aytish mumkinki, «ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiga o'tish istiqlolning dastlabki yillarida unga xos va mos aksiologiya qonunlari va tamoyillari endigina shakllanayotgan jamiyatning hayotiy zaruratiga aylandi. Bu boradagi ishlar ko'lami nihoyatda serqirra va ko'r tarmoqli bo'lib, o'z navbatida, murakkab vazifalarni bajarish bilan bog'liq turli jabhalarni mujassamlashtirishni talab qilar edi»[6,363].

Ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda olib borilgan ishlar avvalo, xalqimiz vakillarining erkin hayotga xos fikrlashi, ongi-tafakkurida ijobiy o'zgarishlar yuz berishi hamda ishonch tuyg'usining ortishi kabi maqsadlarga yo'naltirilgan edi. O'sha davrda aksiologiya qonunlari va qadriyatlar o'zgarishlarining asosiy mezonini aks ettirgan bu jarayon sohadagi faoliyatning mohiyatini ifoda etadi. Ayni vaqtda aksiologiya qonunlari amaliyotining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash ham istiqlolning ilk yillaridagi faoliyatga xos edi.

MUHOKAMA.

Ta'kidlash kerakki, islohotlarning birinchi bosqichi kechgan 1991-2000-yillar mobaynida demokratik tamoyillar asosida tashkil etilgan «Nuroniy», «Mahalla», «Yoshlar Ittifoqi» kabi tashkilotlar jamiyatimiz a'zolari ongi-tafakkuridagi o'zgarishlarga, qadriyatlar borasidagi yangilanishlarga o'z hissasini qo'shdi. Bu fuqarolik institutlari yangi asr yoshlarini tarbiyalash ishiga mas'uliyat bilan yondashdilar. Chunki, XXI asr nafaqat globallashuv balki qadriyatlar sohasi o'zgarishlari bilan uzviy aloqador jarayonlarni boshlab yuborgan yangilanishlar bilan tavsiflangani ma'lum.

Istiqlolga erishilgan dastlabki yillarni o'z ichiga olgan birinchi bosqich faol demokratik o'zgarishlar va jamiyat modernizatsiyasi boshlangan taraqqiyot davri sifatida xarakterlanadi. Bu jihatdan Z.Islomov ta'kidlaganidek, «mamlakatimiz jamiyat hayotini modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari borilgan istilohlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar bilan birga, ijodiy sohalarga ham bevosita taalluqli bo'lgani shubhasiz» [8,264].

Shu bilan birga, ma'rifat va madaniyat, badiiy ijod sohalariga mustaqillikni mustahkamlashga katta hissa qo'shadigan omil sifatida yondashilib, ularga e'tibor kushaytirildi. Oqibatda «ommaviy axborot vositalarining turi va soni ortib bordi, nashriyotlar, gazeta va jurnallar ko'paydi. Ayni paytda ushbu o'zgarishlarga mos ijtimoiy-siyosiy yangilanishlarni ifodalaydigan yangi va zamonaviy tuzilmalarni takomillashtirish, qadriyatlar omilining tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini mustahkamlashga e'tibor qaratildi. Jamiyat hayotining ko'plab sohalaridagi bunday serqirra jarayonda nafaqat ijtimoiy darajada, balki shaxsiy darajada ham aksiologiya qonunlari amaliyotida siyosiy barkamollik va madaniyatning o'sishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi»[9,160].

Ayni shu asosida qadriyatlar sohasining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalar bilan bog'liq amalga oshirilayotgan tadrijiy islohotlar jarayonidagi zamonaviy mezonlarini yaratishga alohida ahamiyat qaratildi. Bundan maqsad aksiologiya qonunlari sohasida ham mustaqil taraqqiyot imkoniyatlarini amalda ko'rsatishga yordam beradigan natijalarga erishish, qadriyat sohasidagi quruq shiorlar

va bir tomonlama yondashuvlardan amaliy ishga o'tish samarasini namoyon qilishdan iboratdir.

Davlatimizning o'sib kelayotgan avlod ta'lim-tarbiyasi, sog'lom voyaga yetishi borasidagi ijtimoiy siyosati ham e'tiborga loyiq. Misol tariqasida Vazirlar Mahkamasi 2000 yilda qabul qilgan ««Sog'lom avlod» davlat dasturi» to'g'risidagi qarori; Respublikada 2015-yilni «Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilinishi hamda shu yo'nalish asosida davlat dasturi qabul qilinganing ahamiyati kattadir.

«Garchand mazkur markazning ustuvor vazifalari «milliy g'oya va mafkura masalasi bilan bog'liq dolzarb muammolarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta'sirini o'rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo'lgan zararli g'oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berishdan iborat" bo'lsada, butun yil davomida Davlat dasturidan o'rin olgan ko'plab yo'nalishlarda faoliyat olib borildi»[10].

«Hukumat tomonidan qadriyatlar sohasi o'zgarishlarining mezoni bo'lgan «Islohotlar islohot uchun emas, avvalo, inson uchun», degan mashhur tamoyilga asoslanib ish ko'rilgani istiqlol yillaridagi jarayonning muhim jihatlaridan biridir. Ushbu tamoyillarga amal qilinishi qadriyatlar sohasining ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar bilan bog'liq asoslarini bosqichma-bosqich va tadrijiy yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda chuqur demokratik islohotlarni olib borish imkonini berdi»[11].

Aksiologiya qonunlari rivojiga doir islohotlarga misol qilib, 1997-yil 9-yanvarda «Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi»ning tashkil etilishi haqidagi Qaror qabul qilinishini ko'rsatish mumkin. Sanalgan tarixiy hujjatlar o'tgan davr mobaynida qadriyat borasidagi natijalarning yildan yilga o'sib borayotganini isbotlaydi. Albatta, sohadagi islohotlarni jadallashtirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni katta. Shuning uchun istiqlol yillarida OAVning nufuzini ko'tarish, jamiyat va davlat hayotini demokratlashtirishdagi o'rni va ahamiyatini kuchaytirishga katta e'tibor qaratilib, har bir kishining axborot olishi hamda shaxsiy fikrini erkin bayon ifodalash tamoyili hayotga tadbiq e'tildi. Mustaqil taraqqiyot borasida to'plangan jahon tajribasi dalolat berganidek, OAV erkinligini ta'minlamasdan turib, yurtimizda huquqiy -demokratik davlat hamda yuksak darajada shakllangan aksiologiya qonunlari ustuvor hayotni vujudga keltirib bo'lmaydi. Bu haqda, mashhur siyosatshunos G.Lasuell OAVlarning to'rtta asosiy vazifasi borligini ta'kidlagani bejiz emas: «1) dunyoga teran nigoh bilan boqish (axborot yig'ish va yoyish); 2) umumxalq fikrini shakllantirish; 3) muharrirlik (axborotni tanlash va tahlil etish); 4) ma'rifat va qadriyatlarni targ'ib etish»[12].

Aksiologiya qonunlari amaliyotida va qadriyatlar sohasida ko'pgina ijobiy o'zgarishlarga, matbuotda senzuraning bekor qilinishi esa uning erkin faoliyat yuritishiga sabab bo'ldi. Sohadagi huquqiy va iqtisodiy islohotlar, keng ko'lamli o'zgarishlar natijasida ommaviy axborot vositalarining soni keskin ravishda oshdi. Mustaqillikning dastlabki o'n yilliklarida «Xalq so'zi» gazetasi, «Tafakkur» va «Jahon adabiyoti» jurnallari sohaning haqiqiy liderlari sifatida jamiyat qadriyatlar sohasining ko'zgusiga aylandi.

Yana bir qayd etilishi lozim bo'lgan jihat bu davrda xalqimizning e'tiqodi bilan bog'liq qimmatli asarlarning taqdim etilgani bo'ldi. Muqaddas Qur'oni Karimning o'zbek tilida chop etilishi, Imom al-Buxoriyning «Al-jome as-sahih» ko'p jildli asari nashrining boshlangani, shuningdek, Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan «Qur'on» ma'nolari tarjimasining taqdim etilishi va boshqalar ham jamiyat qadriyatlar sohasi o'zgarishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

XULOSA qilish mumkinki, O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va o'z taraqqiyot yo'lidan borishi qadriyatlar sohasi rivojining asosi ekanligi jihatdan tahlil qilinsa, mamlakatimizda bu sohaga oid yangilanish jarayonlariga xos xususiyatlar va rivojlanish bosqichlarini ilmiy dalillar vositasida o'rganish barcha sohalarda o'tkazilgan islohotlar mohiyatini his qilishda alohida ahamiyat kasb etishi oydinlashadi.

Hozirgi kunda aksiologiya qonunlari amaliyotining ajralmas qismi hisoblangan ushbu jarayonni xalqimizning kelajak rejalariga mos kelishini ta'minlash, bu ishga aloqador boshqaruv va tashkiliy tuzilmalar faoliyatida yuksak natijalarga erishish usul va imkoniyatlarni qo'llash sohadagi izlanishlarning davom etishini taqozo etadi.

Mamlakatimizda aksiologiya qonunlari amaliyotini samarali bo'lishini tashkil qilishni tizimli ravishda amalga oshirilishi kutilgan natijani berishi mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Левитин Л. Узбекистан тaрихий бурилиш пaллaсидa.-Тoшкент: Узбекистан, 2001. (Levitin L. Uzbekistan is at a turning point in history. -Tashkent: Uzbekistan, 2001.)

2. Нищше Ф. HpaBCTBeHHoro nAeanbi ташего времени. - М.: 1893. (Nischshe F. Moral ideals of our time. - M.: 1893) // https://www.google.co.uz/books/edition;

3. Фрoмм Э. Ататомия челoвеческoй декруктивнoсти. - М.: HayKa. 1994. (Fromm E. Anatomy of human destructiveness. - M.: Science. 1994.)

4. BacnreHKo В.А. Ценнoсть и oценкa. - Киев: HayKoBa дyмкa, 1982. - 36 c. (Vasilenko V.A. Value and evaluation. - Kyiv: Naukova Dumka, 1982. - 36 p.|)

5. Гречaний В. Истинa и ценшсть. - Л.: ЛГУ. 1987. - 19 c. (Grechany V. Truth and value. - L.: Leningrad State University. 1987. - 19 p.)

6. MycTaKH. Y36eKHCTOH TapHXH. - TomKeHT: AKageMHa, 2013. - E. 67. (History of independent Uzbekistan. - Tashkent: Academy, 2013. - B. 67.)

7. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (matn). Rasmiy nashr. - Toshkent: O'zbekiston, 2023. - 80 b (Constitution of the Republic of Uzbekistan. (text). Official publication. - Tashkent: Uzbekistan, 2023. - 80 p.)

8. Hc.omob 3. Y36eKHCTOH модерннзацнaпаm Ba geMOKparHK TapaKKneT capH. -TomKeHT: Y36eKHCTOH, 2005. -E.264 (Islamov Z. On the path of modernization and democratic development of Uzbekistan. -Tashkent: Uzbekistan, 2005. -V.264.)

9. Can$Ha3apoB H.C. MatHaBHfi 6apKaMO..HK Ba cnecHH MagaHHaT. - TomKeHT: fflapK, 2011. -E.160. (Saifnazarov I.S. Spiritual maturity and political culture. -Tashkent: Sharq, 2011. -V.160.)

10. MaHÖa: "MH..HH roa Ba Ma^Kypa" H.MHH-aMa.HH MapKa3HHHHr 2015 finnrn ^aonnaTH xaKHgarn X,HCO6OT. - Pecny6.HKa MatHaBHar Ba Matpn^ar MapKa3HHHHr

^opnfi apxHBH, 2018 hh.. (Source: Report on the activities of the Scientific and Practical Center "National Idea and Ideology" for 2015. - Current archive of the Republican Center for Spirituality and Enlightenment, 2018.)

11. Ha3apoB naxpyrgHHOB ffl. Ba öomKanap. Y36eKHCTOH ^aMHaran geMOKpaT.amTHpnm Ba aHrnnam, MaM.aKarHH мogepннзaцнa Ba HC.OX, KH.Hm fiynnga. -TomKeHT: AKageMHa, 2005. - E.773. (Nazarov K. Pakhrutdinov Sh. and others. Uzbekistan is on the path of democratization and renewal of society, modernization and reform of the country. -Tashkent: Academy, 2005. - B.773.)

12. Lasswell H.D. The Use of Content Analysis in Studying Social Change. // Social Science Information, 1968, № 1/ -E.18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.