Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLAR ASOSIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLAR ASOSIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
26
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’naviy yuksalish / ommaviy-madaniy tadbirlar / jamiyat / mavzuli kechalar / madaniyat / dunyoqarash / g‘oya / qadriyatlar / milliy tarbiya.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Mavluda Mamasodiqovna Najmetdinova

Ushbu maqolada ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma’naviy, dunyoqarashini rivojlantirish istiqbollari, ommaviy-madaniy tadbirlarning o‘rni va roli shuningdek, o‘tkaziladigan tadbirlarning mazmun-mohiyati va ularning jamiyatdagi vazifasi hamda tarbiyaviy ahamiyati falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga ommaviy-madaniy tadbirlarning yoshlar ma’naviy dunyoqarashigi ta’siri masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLAR ASOSIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

p y v HW^ ,1

EURASIAN JOURNAL OF

YANGI O'ZBEKISTONDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLAR ASOSIDA YOSHLAR MA'NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Mavluda Mamasodiqovna Najmetdinova

Farg'ona davlat universiteti Musiqa ta'limi va madaniyat kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10677566

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11th February 2024 Accepted: 18th February 2024 Online: 19th February 2024

KEYWORDS Ma'naviy yuksalish, ommaviy-madaniy tadbirlar, jamiyat, mavzuli kechalar, madaniyat, dunyoqarash, g'oya,

qadriyatlar, milliy tarbiya.

Ushbu maqolada ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy, dunyoqarashini rivojlantirish istiqbollari, ommaviy-madaniy tadbirlarning o'rni va roli shuningdek, o'tkaziladigan tadbirlarning mazmun-mohiyati va ularning jamiyatdagi vazifasi hamda tarbiyaviy ahamiyati falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga ommaviy-madaniy tadbirlarning yoshlar ma'naviy dunyoqarashigi ta'siri masalasi ham ko'rib chiqiladi.

Kirish. Jamiyatimizda ro'y berayotgan ma'naviy yuksalish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy uyg'onish jarayonlari bilan bog'liqdir. Bu esa bevosita yoshlar axloqiy tarbiyasini yuksaltirish masalalarida ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda mamlakatda o'tkaziladigan tadbirlardan, jumladan, ommaviy-madaniy tadbirlardan oqilona foydalanish alohida ahamiyatga ega.

Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda tadbirlarni o'ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda joylarda yoshlarning imkoniyatlariga qarab, ularni ahloqiy tarbiyasiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta, milliy-ma'naviy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish orqali amalga oshirish lozim.

Turli mavzuda tashkil etiladigan tadbirlar, masalan, «Ichkilik va giyohvandlikka qarshi kurash», «Jinoyatchilikka qarshi kurash», «Diniy eksterimizm» mavzulariga bag'ishlangan, gigiyena yoki reproduktiv salomatlik bo'yicha davra suhbatlari va rejalar madaniy tadbirlar tashkilotchilarining asosiy ishlaridan hisoblanib, yoshlar tarbiyasi, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik, mehr-oqibat kabi tushunchalarni kengaytirishga xizmat qilishi lozim.

Yangi O'zbekistonda yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy tadbirlarni tashkil etishda quyidagi jixatlarga rioya qilish maqsadga muvofiq: madaniy tadbirlarda yuqori interaktivlikka erishish, o'zini-o'zi tarbiyalash jarayonini tashkil etish, tadbirga kompleks yondashish, tadbirning ma'naviy-axloqiy, milliy, tarbiyaviy ruhda bo'lishi, inson va jamiyat manfaatlariga uyg'unligi va h. k.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Ommaviy madaniy tadbir tashkilotchilari yoshlarning dunyoqarashini o'stirishsh, ularning bilimdonligini oshirish va ma'naviy-ahloqiy tarbiyalash maqsadida tarbiyaviy va madaniy-ma'rifiy ishni uzviy xolda tashkil qilishlari talab etiladi. Yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish uchun tashkil etiladigan madaniy-ma'rifiy ish aniq maqsadga yunaltirilgan ijtimoiy harakatgaaylanib ketgan bo'lishi lozim. Yoshlarni qanday qilib mabnaviy-axloqiy tarbiyalash kerakligini aniq rejalashtirmay turib, ular orasida bu boradagi tarbiyaviy ishni samarali olib borib bo'lmaydi. Bu borada ish olib boradigan xar bir shaxs shu tarbiyaning mohiyati, usullari, shakllari to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishi zarur.

Madaniy tadbirlar asosida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarda axloqiy fazilatlar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: yoshlar o'rtasidagi turli munosabatlarni muvofiqlashtirish; yoshlar faoliyatining insonparvar qadriyatlari va mo'ljallarini belgilab berish; yoshlarni ijtimoiylashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Asosiy qism. Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka erishish uchun, bu tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishda tarbiyaviy ta'sirga alohida e'tibor berish hamda o'zini-o'zi tarbiyalash jarayoni kechishiga undaydigan mexanizmlarni ishga solish lozim. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va o'zini-o'zi tarbiyalashda yoshlarning fazilatlarini rivojlantirish va kundalik odatlarni ijobiy tomonga o'zgartirishga undaydigan extiyojlar asosiy mazmun kasb etadi. Bu ehtiyojlar haqida so'z borganda, milliy, ma'naviy-axloqiy va insonparvar qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashning ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim.

Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy tadbirlarning yuqori tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi va ko'zlangan maqsadga erishishi uchun tashkilotchining bu tadbirlar orqali yoshlarning ma'naviy tarbiyasini yuksaltirishga asoslanishi va shu vazifalarni bajarishni maqsad qilib olishi hamda bunga erishish uchun zarur muxit yaratishi lozim. Madaniy tadbirlarni tashkil qiluvchi shaxsyoshlarda o'zini-o'zi tarbiyalashni yo'lga qo'yishi uchun ularga istiqbolni aniq ko'ra bilishlarida, unga erishish yo'llarini izlab topishida, yuksak ideallarga ega bo'lishlarida yordam berishi va imkoniyat yaratishi lozim.

Bu borada tashkilotchi madaniy tadbirlar orqali yoshlarda xalqimizning quyidagi milliy xususiyatlarini rivojlantirishni nazarda tutishi kerak: jamoa timsoli bo'lgan oila, maxalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi, ota-ona, maxalla-kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat-e'tibor;millatning o'lmas ruhi bo'lgan ona tiliga muxabbat; kattaga - hurmat va kichikka - izzat, mehr-muxabbat, go'zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom, sabr-bardosh va mehnatsevarlik, halollik, mehr-oqibat va xokazo. Shuningdek, madaniy tadbirlarni tashkil qilishda va o'tkazishda tashkilotchi quyidagi umumbashariy qadriyatlarga asoslanib stsenariylar yaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilar:qonun ustuvorligi;inson haq-huquqlari va xurfikrlilik;turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjixat yashash, diniy bag'rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik, o'zga xalqlarning ilg'or tajribalari va madaniyatini o'rganish va xokazo.

Shu bilan birga, yoshlar o'zini-o'zi tarbiyalash bilan muntazam ravishda shug'ullanish, jamiyatning, Vatanning faqat bugungi manfaatlari haqidagina emas, balki uning kelajagi to'g'risida ham g'amxo'rlik qilish ruhida tarbiyalash taqozo etiladi. Milliy ma'naviyatimiz asoschilari, buyuk ajdodlarimizning, allomalarimizning hayoti va faoliyati yoshlarimiz uchun

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

insoniy ideal, yorqin axloqiy namuna, xaqiqiy ibratdir. Ularning axloqiy fazilatlari, xaqiqiy olijanobligi, odamiyligi, mexribonu g'amxo'rligi, kamtarinligi, xalqona qadriyatlarga sodiqligi, millat kelajagi uchun fidoyiligi - yangi O'zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblanmish komillikka intiluvchi har bir faol yigit-kiz uchun ilxomlantiruvchi manba bo'lib xizmat qiladi.

Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda samaradorlikka erishish uchun bu tadbirlar interfaollikka asoslanishi zarur. Lekin har qanday tadbir ham interfaol bo'lavermasligini unutmaslik kerak. Madaniy tadbirni interfaol holatda o'tkazmoqchi bo'lgan shaxs, avvalo, interfaol jarayonning mohiyatini to'g'ri tushunib olishi kerak. Kuzatishimizdan ma'lum bo'ldiki, ayrim «eski qolip»da ishlab o'rgangan tashkilotchilar interaktiv jarayonni yoshlarning savol-javoblari sifatida tushunishmoqda. Interfaol jarayon yoshlarning mustaqil fikr yuritishlariga ko'proq imkoniyat yaratishni taqozo etadi va o'zaro muloqotga kirishishda yoshlarning ham faolligi nazarda tutiladi.

Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy tadbirlarni interaktiv tarzda o'tkazish bilan birga, bu tadbirlarning milliy ruhda bo'lishiga aloxida e'tibor qaratish lozim. Shunday qilinganda bu tadbirlar yosharni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat kiladi. Zero, millatni milliy tarbiya shakllantiradi. Milliy tarbiya xalq ma'naviy tarbiyasining muhim yo'nalishi hamdir. Madaniy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy ma'naviy merosimizga asoslanib, tayanib tayyorlanishi va o'tkazilishi lozim. Madaniy tadbirlar kechalar, tomosha va teatrlashtirilgan kontsertlar, ko'rik-tanlovlar, ko'rgazma, badiiy kompozitsiya, quvnoqlar va zukkolar tanlovlari kabi shakllarda o'tkaziladi. Ularning xar biri o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, shunga monand ravishda, ularni o'tkazish uslubiyati ham bir-biridan farq qiladi. Madaniy-ma'rifiy tadbirlar orasida eng ko'p qo'llanayotgan shakllardan biri mavzuli kechalardir.

«Mavzuli kecha» atamasi dastlab muayyan bir mavzuga bag'ishlangan va oqshom paytlari o'tkaziladigan tadbirlarni anglatgan. Bunday tadbirlar jumlasiga uchrashuv kechalari, xotira kechalari, she'riyat kechalari, vatanparvarlik mavzusidagi kechalar, qo'shiq kechalari raqs kechalari va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday tadbirlar avvallari yoshlar darsdan bo'shagandan keyin, oqshomda, kechkurunlari o'tkazilgani sababli «kechalar» nomi bilan atalgan. Biroq, vaqt o'tishi bilan bunday tadbirlar kunduzlari ham o'tkazilgan. Lekin, ularning dastlabki nomi - «kechalar» saqlanib qolavergan. Shuning uchun xozirgi davrda kunduzi yoki ba'zan ertalab o'tkaziladigan ana shunday tadbirlarning ham «kechalar» deb atalishidan ajablanmaslik lozim. Mavzuli kechalarning kontsertlar, spektakllar va boshqa san'at janrlaridan asosiy farki shundaki, bu tadbirlar jarayonida teatrlashtirilgan ommaviy xarakatlar yuzaga keladi. Bu tadbir davomida ijrochi va tomoshabinlar bir butunlikni tashkil etadi. Shuning uchun mavzuli kechalar, o'z mohiyatiga ko'ra, ommaviy bayramlarga juda yaqin turadi. Mavzuli kechalar ta'lim oluvchi yoshlar uchun qadrli hisoblanadigan va muxim ahamiyat kasb etadigan biror voqea yoki sanaga bag'ishlab o'tkaziladi. Masalan, «milliy yuksalish - bizning g'oya», «Diniy bag'rikenglik» mavzularidagi kechalar mavzularning muximligini ta'kidlash bilan birga, shu masalalarga jamoa yoki guruhning munosabati ham ifodalanadi. Mavzuli kechalarni tayyorlash bosqichi juda muxim ahamiyatga ega. Chunki ana shu bosqichda kechani tayyorlash buyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

talabalar keng miqyosda jalb etiladi. Bu holat mavzuli kecha ishtirokchilarning passiv kuzatuvchi emas, balki tadbirning faol qatnashchilariga aylanishini ta'minlaydi.

Madaniy tadbirlar - eng avalo milliy g'oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g'oyalarga sadoqat tuyg'ularini tarbiyalashga, shuningdek, kishilarni ma'naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash, ularning mohiyatini anglab yetishga qaratilgan tizimli shakllar, usullar, vositalar va maqsadli amaliy harakatlar majmuidir. Yuqorida aytib o'tganimizdek, biron-bir asarni asar mazmun-mohiyatidan uning janri aniqlanganidek, madaniy tadbirlar ham tashkil etilayotgan tadbirning mohiyatidan, ichki mazmunidan kelib chiqqan holda turli shakllarga ega boladi. Yoshlarga ko'p bilim, tarbiya, ma'naviy ozuqa berishga qaratilgan turini ma'naviy - ma'rifiy tadbir deb atasak, to'g'ri bo'ladi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ham ta'lim - tarbiyaning muhim yo'nalishi sifatida uning asosiy maqsadi muayyan masala bo'yicha bilim berish bilan birga anglangan xatti - harakatga yo'naltirishdan iboratdir. Bunday tadbirlarni tashkil etishning ikkita asosiy yo'nalishini ko'rsatib o'tish muhimdir: Birinchidan, insoniy fazilatlarni ulug'lash, yuksak ma'naviyatli kishilar hayoti va faoliyatini ta'riflash, ularni ibrat, namuna qilib ko'rsatish orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan esa - muayyan illatlarni qoralash, ulardan xalos bolishga da'vat, targ'ibot qilish orqali amalga oshiriladi va bunda erishilgan yutuqlarni xolisona e'tirof etib, yo'l qo'yilgan kamchiliklar xolisona nuqtayi nazardan baholanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlarda ulug' ajdodlarimizning hayot yo'li, qoldirgan merosini biryoqlamalikka berilmay, to'g'ri va haqqoniy aks ettirishga, faqat o'tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmasdan, bugungi kunda yon - atrofimizda faoliyat ko'rsatayotgan ilg'or zamondoshlarimizni o'rnak sifatida ko'rsata bilish muhim ahamiyatga egadir.

O'tmish va kechagi kun bilangina yashab qolmasdan, bugungi kundagi murakkab voqelikka tayanib, jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng zamonaviy, ta'sirchan usullari va vositalaridan foydalangan holda ish olib borish hayotning qat'iy talabidir1. Madaniy tadbirlarda bugungi murakkab an'naviy, jarayonlarni ilmiy - amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, buzg'unchi g'oyalarning kimga va nimaga qarshi qaratilganligini aniqlash, ma'naviy tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyatga ega. Ana shundagina ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar mazmun - mohiyati bilan odamlar qalbiga va ongiga yetib boradi.

Ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishda quyidagi jixatlarga rioya qilish maqsadga muvofiq:

- ommaviy-madaniy tarbirlarda yuqori interaktivlikka erishish;

- ommaviy-madaniy tarbirlarda o'zini-o'zi tarbiyalashjarayonini tashkil etish;

- ommaviy-madaniy tadbirga kompleks yondashish;

- ommaviy-madaniy tadbirning ma'naviy-axloqiy ruhda bo'lishi;

- inson va jamiyat manfaatlariga uyg'un bo'lishi shular jumlasidandir.

Ommaviy-madaniy tadbirlarni o'tkazish bilan shug'ullanadigan muassasa va tashkilotlar

turli-tuman bo'lib, ulardan xar biri muayyan turdagi tadbirlarni o'tkazishga ixtisoslashadi: ommaviy-madaniy tarbirlarni olib boruvchi har bir muassasa va tashkilotlar o'z mohiyati, xususiyati, imkoniyatlaridan kelib chiqib, o'ziga xos shakl-tadbirlardan foydalanadi. Jumladan, drama teatrlari spektakllardan, professional musiqa-cholg'y ansambllari kontsertlardan,

1Sayfullayev B.S., RustamovV.K.. Madaniy tatlbirlarni tashkil ctish mahorati. -TowKeHT.: «Fan va texnologiya», 2016, -B. 14.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'quv muassasalari dars, lektsiya, seminar kabi shakllardan foydalanib, ular orqali o'z faoliyatini olib boradi. Shuningdek, yoshlar bilan mavzuli kechalar, o'tkir zehnlilar baxslashuvla-ri, ilmiy baxslar, munozara, ijodiy uchrashuv, quvnoqlar va zukkolar kabi shakldagi tadbirlarning qiziqarli bo'lishi ularning tarbiyaviy samaradorligi keskin oshadi. Shu bilan birga yosh avlod axloqiy tarbiyasi bilan shug'ullanadigan madaniyat xodimida ma'naviy-axloqiy tarbiyaning ko'rinishi yuksak darajada bo'lishi kerak. "Aks xolda ulg'ayib borayotgan yosh avlodni ma'naviy qashshoq, madaniyatdan ancha orqada qolishiga axloq normalariga zid tarbiya topishiga omil bo'lishi mumkin"2.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning muhim vazifalaridan biri jamiyatning barcha sohalarida yoshlarning faolligini rivojlantirish uchun sharoit yaratishdir. Yoshlarning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirishda madaniyatning barcha shakl usullaridan, jumladan, musiqali dam olish dasturlarini tashkil qilish, san'at ko'rgazmalariga tashrif buyurish turli xil ommaviy bayramlarni o'tkazish orqali amalga oshirish mumkin.

Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, yoshlarga iqtisodiy bilimlarni berishda, ularning madaniy saviyasini oshirishda, har tomonlama sog'lom, jismonan baquvvat, ma'nan zukko va topqir bo'lib ulg'ayishlarida, fan-texnika yutuqlarini, huquqiy bilimlarni targ'ib qilishda, bunda albatta yuqorida ta'kidlaganimizdekmuhim ahamiyat kasb etadi. So'nggi yillarda hukumatimiz tomonidan madaniy-ma'rifiy ishlarga jiddiy e'tibor berila boshlandi. Bu esa madaniyat xodimlariga bo'lgan ishonch va munosabatni yanada kuchayishiga olib keldi. Chunki ulg'ayib borayotgan yosh avlodni ma'naviy qashshoqlikdan olib chiqadigan kadrlar - ilm-fan namoyondalari bilan bir qatorda madaniyat va san'at xodimlaridir. Shuningdek, madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatiga olohida e'tibor berilishining bosh sabablaridan biri, mamlakatimizda hozirgi vaqtda 6 mingdan ortiq madaniyat uylari, 17 ming kutubxona-axborot resurs markazlari, 320 ta muzey hamda 120 ta madaniyat va istiroxat bog'larida ishlayotgan 12 ming kishidan iborat xodimlarning yarmidan ko'prog'i o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan soha xodimlari ekanligidir . Ularni oliy ma'lumotga ega bo'lishlari uchun bugungi kunda mamlakatimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy tadbirlarning yuqori tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi va ko'zlangan maqsadga erishishi uchun mazkur tadbirlar orqali yangi O'zbekistonda bajarishi lozim bo'lgan asosiy vazifalarga asoslanishi va shu vazifalarni bajarishni maqsad qilib olishi hamda bunga erishish uchun zarur muhit yaratishi lozim. Buning uchun esa, ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil qilish orqali yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish va tarbiyalashni yo'lga qo'yish kerak. Bu esa ularda istiqbolni aniq ko'ra bilishlarida, unga erishish yo'llarini izlab topishlarida, yuksak ideallarga ega bo'lishlarida yordam beradi.

Yoshlar axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularning bilimdonligini oshirish maqsadida tarbiyaviy hamda ommaviy-madaniy tadbirlarni

2Eyp0H0B E. KOMM^ MHCOHHM TapÔMfl^awga MWTMMoMM-MagaHMM ^ao^MAT TM3MMMHMHT ypHM Ba po^M. -TowKeHT: Fo^yp Fy^oM HOMMflam HawpMëT-iwaTÔaa MwoflMM yfiw. HwTMMoMM-MagaHMM ^ao^MATHMHr go^3ap6 Myaiwiwo^apM. (M^MMM Março^a^ap Tyn^aMM). 2011. -E. 68

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

uzviy xolda tashkil qilib, olib borish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, ta'lim muassasalarida olib boriladigan ommaviy-madaniy tadbirlar aniq maqsadga yo'naltirilganligi bilan alohida ajralib turishi lozim. Chunki tashkil qilinadigan mazkur tadbirlar yoshlarning ma'naviy ehtiyoji, jamiyat oldidagi burchi, ma'naviy dunyoqarashini boyituvchi manba bo'lmog'i kerak. Yoshlarni qanday qilib ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish kerakligini aniq rejalashtirmay turib, bu boradagi tarbiyaviy ishlarni samarali olib borib bo'lmaydi. Bu borada ish olib boradigan har bir mas'ul xodim shu tarbiyaning mohiyati, usullari, shakllari to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishi zarur.

Ommaviy-ma'naviy tarbirlarning tarbiya jarayonida axloqning burch, vijdon, or-nomus kabi bir qator kategoriyalari bilan uyg'unlashtirilgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, o'tkaziladigan tadbirlarning asosida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi g'oyalar bo'lishini tashkil etishi kerak.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi va ko'zlangan maqsadga erishishi uchun belgilangan vazifalarni bajarishni aniq maqsad qilib olishini hamda bunga erishish uchun zarur muhit yaratishi lozim. Shuningdek, tashkil qilinadigan mazkur tadbirlar "Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini keng targ'ib qilish va ommalashtirish yosh avlodni, hozirgi yoshlarimizni ma'naviy tarbiyalashning asosi bo'lmog'i kerak"3.

Yangi O'zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirish uchun ularga istiqbolni aniq ko'rsata olishlari, unga erishish yo'llarini izlab topishlari, yuksak ideallarga ega bo'lishlari uchun imkoniyat yaratishlari zarur. Bunga erishish uchun esa, o'zini-o'zi tarbiyalash bilan muntazam ravishda shug'ullanish, jamiyatning, Vatanning faqat bugungi manfaatlari haqidagina emas, balki uning kelajagi to'g'risida ham g'amxo'rlik qilish ruhida tarbiyalashni taqozo etadi. Ma'naviyatimiz asoschilari, buyuk mutafakkir-allomalarimizning hayoti va ijodiy faoliyati yoshlarimiz uchun insoniy ideal, yorqin axloqiy namuna, haqiqiy ibratdir. Ularning yuksak axloqiy fazilatlari, xaqiqiy olijanobligi, odamiyligi, mehribonu g'amxo'rligi, kamtarinligi, xalqona qadriyatlarga sodiqligi, millat kelajagi uchun fidoyiligi - yangi O'zbekistonimiz taraqqiyotining poydevori hisoblanadi.

O'quv yurtlari rahbarlari yoshlar bilan ishlash va ma'naviy masalalari bo'yicha o'rinbosarlari lavozimining ta'sis etilishi ommaviy-madaniy tadbirlarning miqdoriy jihatdan o'sishi uchun ham asos yaratildi. Ommaviy-madaniy tadbirlarning o'tkazilishi bo'yicha statistika yuritilmasa ham, bunday tadbirlarning miqdori jiddiy o'sganini guvohi bo'lamiz.

Tadbirlarning har biri o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, shunga monand ravishda, ularni o'tkazish uslubiyati ham bir-biridan farq qiladi. Ommaviy-madaniy tadbirlar orasida eng ko'p qo'llanayotgan shakllardan biri mavzuli kechalardir. "Mavzuli kecha" atamasi dastlab muayyan bir mavzuga bag'ishlangan va oqshom paytlari o'tkaziladigan tadbirlarni anglatgan. Bunday ommaviy-madaniy tadbirlar jumlasiga uchrashuv kechalari, xotira kechalari, she'riyat kechalari, vatanparvarlik mavzusidagi kechalar, qo'shiq kechalari, raqs kechalari va

30epy3a Acrçap. Mycwrça Ba mhcoh MatHaBMam -TowKeHT: "feôeKMcraH MM^MM энгцмк^опе1цмflсм, flaB^aT M^MMM HanipuëTM. 2000. -E. 5

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

boshqalarni kiritish mumkin. Bunday tadbirlar avvallari odamlar ishdan bo'shagandan keyin, oqshomda, kechqurunlari o'tkazilgani sababli "kechalar" nomini olgan.

Biroq, vaqt o'tishi bilan bunday tadbirlar kunduzlari ham o'tkazila boshlagan. Lekin, ularning dastlabki nomi - "kechalar" saqlanib qolgan. Shuning uchun hozirgi davrda kunduzi yoki ba'zan ertalab o'tkaziladigan ana shunday tadbirlar ham "Kechalar", - deb ataladi. Aslida, "Kecha" deb, "Biror narsaga bag'ishlangan, odatda rasmiy va badiiy qismdan iborat bo'ladigan kechki umumiy yig'ilish"4 dir. Mavzuli kechalarning kontsertlar, spektakllar va boshqa san'at janrlaridan asosiy farqi shundaki, bu tadbirlar jarayonida teatrlashtirilgan ommaviy harakatlar yuzaga keladi. Bu tadbir davomida ijrochi va tomoshabinlar bir butunlikni tashkil etadi. Shuning uchun mavzuli kechalar, o'z mohiyatiga ko'ra, ommaviy-madaniy bayramlarga juda yaqin turadi.

Mavzuli kechalar xalq uchun va jamoa uchun qadrli hisoblanadigan va muhim ahamiyat kasb etadigan biror voqea yoki sanaga bag'ishlab o'tkaziladi. Mavzuli kechalarni tayyorlash bosqichi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki ana shu bosqichda kechani tayyorlash bo'yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bo'lg'usi tomoshabinlar keng miqyosda jalb etiladi. Bu holat mavzuli kecha ishtirokchilarning passiv kuzatuvchi emas, balki tadbirning faol qatnashchilariga aylanishini ta'minlaydi. Mavzuli kechalarni o'tkaziladigan joylarga karab turlarga bo'lish sababi shundaki, yuqorida sanab o'tilgan joylarda o'tkaziladigan mavzuli kechalar ishtirokchilar-ning tarkibi, yoshi, kasbi, jinsi, ijtimoiy mavqei kabi xususiyatlarga ko'ra farqlanadi. Bu farqlar faqatgina tashqi tafovut bo'lmasdan, ular mavzuli kechalarning o'tish jarayoniga, sahnadagi ijrochi bilan tomoshabin o'rtasidagi xissiy-emotsional aloqaning xususiyatlariga jiddiy ta'sir o'tkazadi. Masalan, ta'lim muassasasidagi vatanparvarlik mavzusida o'tkaziladigan mavzuli kecha istiroxat bog'ida o'tkaziladigan mavzuli kechadan jiddiy farq qiladi.

Ta'lim muassasasidagi mavzuli kecha ishtirokchilarining aksariyati o'quvchi-yoshlardan iborat bo'lca, istiroxat bog'idagi mavzuli kechaning tomoshabinlari turli yosh, jins, kasbga mansub odamlardan iborat bo'ladi. Ta'lim muassasasida o'tkaziladigan mavzuli kecha tomoshabinlarining sahnadagi ijrochilari, o'zlarining kursdoshlari, guruhdoshlapi bo'lganligi uchun ham ular bilan xissiy-emotsional aloqa o'rnatishi oson kechadi. Ular sahnadagi do'stlarining muvaffaqiyatini o'z muvaffaqiyati singari qabul qiladi. Ijrochilarning nuqsonlarini esa o'z nuqsoni singari xis etadi. Bunday holat ijrochilar bilan tomoshabinlar o'rtasidagi xissiy-emotsional uyg'unlikni ta'minlaydi. Ana shu uyg'unlik kechaning tarbiyaviy ahamiyati yuqori darajada bo'lishini kafolatlaydigan eng muhim jihatlardan biridir.

Professor Usmon Qoraboyev ta'kidlashicha, "Ta'lim muassassasida o'tkaziladigan mavzuli kechalar o'z shakl va mazmuni jixatidan ko'p janrli hisoblanadi. Uning asosiy janrlari esa quyidagilardan iborat: xronika kechalari; xikoya kechalari; portret kechalari; an'anaviy kechalar va xokazo". Usmon Qoraboyevning fikrlariga yana shuni qo'shimcha qilishimiz mumkinki, mavzuli kechaning bitta janri bo'yicha o'tkazilayotgan tadbirning tarkibiga yana boshqa bir necha janrlar ham kiritilgan bo'lishi mumkin. Masalan, portret kechalari janri bo'yicha o'tkazilayotgan mavzuli kechaning tarkibi badiiy o'qish (monolog, she'rni ifodali

4y36eK tm^MHMHT M30X,AM ^yfam A.MaflBa^weB TaxpwpM ocTMfla. -TowKeHT: Y36eKMcraH MM^MM энцммопе1цмк flaB^aTM^MMM HawpMëm 2-WM^fl. 2006. -E. 361

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'qish), sahna asarlaridan parchalar, qo'shiqlar, raqslar va xokazolardan iborat bo'lishi mumkin.

Ijrochi va tomoshabin o'rtasida vujudga keladigan o'ziga xos va juda yaqin xissiy-emotsional munosabatlar o'tkaziladigan mavzuli kechalarning tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo'lishi uchun imkoniyat yaratadi. Shu imkoniyatdan amalda qanday foydalanilayotganligini o'rganish maqsadida bir necha maktablar va oliy o'quv yurtlarida o'tkaziladigan mavzuli kechalarni kuzatdik va tahlil qildik. Kuzatgan bayram-kechalarining aksariyati yuqori g'oyaviy-badiiy saviyada o'tdi. Ayniqsa, ommaviy-madaniy tadbir sifatida rivojlanib borayotgan "Til bayrami", "Kitob bayrami", "Alifbe bayrami", "Xech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!" mavzusidagi kechalar yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi.

"Til bayrami"da yig'ilgan yoshlar Til insonlarning o'zaro aloqa vositasi bo'lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'mati ekanligi hamda millatlarning millatdan ajratib turuvchi belgilardan biri ekanligi haqida she'rlar aytib, qo'shiqlar kuyladilar. Shuningdek, "Kitob bayrami"da o'quvchi-yoshlar kitob kishilarning bilim olishi va dunyoqarashining kengayishi, kasb sirlarini egallashi uchun xizmat qilishi haqida bayram ishtirokchilari o'z fikrlarini bildirib o'tdilar. An'anaviy bayram tusini olib borayotgan "Alifbe bayrami"ning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, unda har bir o'quvchi o'zining olgan bilimi natijalarini namoyon qiladi. Bu bayram tadbirlari o'quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi 5.

"Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" mavzusidagi kechada yoshlar yoshlar ma'naviyatini bksaltirishga doir fikrlar, vatanparvarlik mavzusida she'rlar o'qidilar hamda raqs va qo'shiqlar ijro qildilar. "Madaniy hayotimiz ravnaqi yo'lida hoyat muhim ahamiyatga ega bo'lgan bu ishlarni amalga oshirish, ro'yobga chiqarishda..."6 sohaga tegishli bo'lgan muassasa xodimlari o'zlarining munosib hissalarini qo'shishlari lozim. Shuning uchun ham, yoshlarimizning axloqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy-madaniy tadbirlar juda muxim o'rin tutadi. Chunki har bir o'tkaziladigan ommaviy-madaniy tadbir asosida, yuqorida ta'kidlaganimizdek, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi g'oyalar yotadi. Shuningdek, ommaviy-madaniy tadbirlarni o'tkazishda ta'lim hamda madaniy-ma'rifiy muassasalar imkoniyatlarini birlashtirish yanada yuqori samara berishi aniqlandi.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning nazariy asoslarini ilmiy tahlil qilishda ularning mohiyati va ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o'rnini bilish muhim axamiyatga egadir. Bugungi kunda ommaviy-madaniy tadbirlar ko'lamining kengayib borishi va ma'lum darajada murakkablashuvi undan turli soxalarning o'zaro alokasini, ilmiy asosda markazlashgan, rejali boshkaruvni talab etmoqda. Bu esa ommaviy-madaniy tadbirlarning ilmiy jihatlarini o'rganishni taqazo etmoqda.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning ilmiylik tamoyili bir qator belgilarda namoyon bo'ladi. Ular orasidaob'ektivlik belgisi alohida ahamiyatga ega. Chunki ommaviy-madaniy

5 Kppa6oeB y. Y36eK xa^K,u 6afipaiw^apM. -TowKeHT. WapK, HawpMeT-MaT6aa aK^ngop^MK KOMnaHMACM 6ow TaxpupMATM. 2002. -E. 199-200

6 Mup3MeeB W.M. Xa^K,uMM3HMHr po3M^Mm 6M3HMHT $ao^MATMMM3ra 6epw^raH энг O^MM 6axogup. -TowKeHT: Y36eKMCTOH. HMMy. 2018. 2-TOM. -E. 221

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

tadbirlarning tarbiyaviy ta'sir kuchini ko'rsatishida kerak bo'lgan ob'ektivlikning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ulardan okilona foydalanish lozim bo'ladi.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning nazariy asoslari yaxlit tizimni tashkil etadi va ular ommaning ijtimoiy-madaniy faoliyatida yagona jarayonning ajralmas qismini sifatida ifodalaydi. Ommaviy-madaniy tadbirlarning nazariy asoslari faoliyatning mavjud konuniyatlarini aks ettiradi va barchasi birgalikda belgilangan tadbirlarning xarakterini, mazmunini va shakllarini belgilab beradi. Demak, ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil qilishda faoliyatning o'ziga xos tashkiliy xususiyatlarini hisobga olish etish muhim o'rin tutadi. Chunki turli xil ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil kilishda ularning o'ziga xos xususiyatini bilish shu soxaga oid bilimlarni konkretlashtiradi, ularni amalga oshirishda aniqlik kiritadi va ommaviy-madaniy tadbirlar mohiyati va xususiyatini to'larok yoritib berishga yordam beradi.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning yana bir xususiyati ular, asosan, mahalliy aholi uchun, ularning real hayotidan olingan materiallar asosida tuziladi. Tadbirlarning bosh kahramoni sifatida muayyan joyda mexnat qilib, maxalliy aholi orasida namuna bo'layotgan kishilar namoyon bo'ladi. Masalan, "Xotira va kadrlash kuni"ga bag'ishlangan bayramni olaylik. Bunda maxalliy joyda yashaydigan urush katnashchilari, mehnat fahriylarining ko'rsatgan jasoratlariga asosiy urg'u beriladi. Urush qahramonlarining o'z so'zlarini eshitish tadbirni jonlantiradi va ta'sirchanligini oshiradi.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning yana bir o'ziga xos xususiyatlaridan biri ommani tadbir katnashchisiga aylantirishdir. Joylarda uyushtiriladigan tadbirlarning ommaviy deb atalishining boisi shundaki, u omma uchun uyushtiriladi va ommaning ishtirokida o'tadi. Ommaviy-madaniy tadbirlarda hammani birdayqatnashtirish qiyin. Shunday bo'lsa-da, ommani ham faollashtirish, tadbir ishtirokchisiga aylantirish yo'llarini topib, ular ham jalb qilinsa joylarda tashkil qilingan ommaviy tadbirlar jonliroq chiqishi mumkin.

Bugungi kunda, davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatini yanada takomillashtirish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Zero, milliy davlatchiligimizni qayta tiklashda ko'p asrlik beqiyos ma'naviy merosimiz, tarixu madaniyatimiz, dinu tilimiz, muqaddas urf-odatlarimizning yana qad rostlashida sezilarli qadamlar qo'yildi. Milliy g'ururimiz, oriyatimiz tiklanmoqda, qalbimizda asl vatanparvarlik tuyg'ulari uyg'onmoqda.

Joylarda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy tadbirlar muammosiga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi hukumatining ma'naviyat va madaniyatni rivojlantirish borasidagi hujjatlar ommaviy-madaniy tadbirlarni rivojlantirish borasida muhim nazariy asos bo'lib hizmat qiladi. Bu esa, madaniyatsohaga oid normativ-huquqiy baza, ushbu sohadagi institutsional tizim va madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtiradi. Shuningdek, yosh avlod ongida an'anaviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissi shakllanadi, etnik madaniy an'analarni asrash va ularga asoslangan xalq ijodiyoti rivojlanadi. Ayniqsa, madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish ommaviy-madaniy tadbirlarni yanada kengroq tadqiq va targ'ib etishga va uning nazariy asoslari aniqlashda yaqindan yordam beradi.

Ommaviy-madaniy tadbirlarning nazariy asoslarini ilmiy tahlil qilish madaniyat sohasida islohotlar o'tkazish, mamlakatning innovatsion rivojlanish yo'liga o'tishi, jamiyatni rivojlantirishning maqsad va ahamiyatini anglashga xizmat qiluvchi madaniy muhitda intellektual va madaniy rivojlangan kadrlarni tayyorlash uchun uslubiy asos bo'lib xizmat

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

qiladi. Shuningdek, joylarda ommaviy-madaniy tadbirlarning amalga oshirilishi madaniyatning ustuvorligiga urg'u berish orqali jamiyat hayoti sifatining yanada yuqori darajasiga erishish, xalqimizda vatanparvarlik va milliy g'urur hissini tarbiyalash, fuqarolarni ahil, ma'naviyatli, mas'uliyatli, mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida shakllantirish, madaniyat sohasidagi xizmatlar bozorini kengaytirish imkonini beradi.

Yuqoridagilarni umumlashtirib, shunday xulosaga kelish mumkin: birinchidan, mamlakatda o'tkaziladigan ommaviy-madaniy tadbirlar shaxsning g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy, xususan ma'naviy ongi va madaniyati ravnaqiga o'ziga xos tarzda ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchidan, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimi, millatning milliy g'ururi ob'ektiv shart-sharoitlar va sub'ektiv omillar o'zgarishlariga mos ravishda amalga oshadi. Uchinchidan, ommaviy-madaniy tadbirlarda fuqarolar tomonidan o'tmish ma'naviy badiiy merosni o'zlashtirish, millatning ma'naviy ma'naviy-intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatning taraqqiyot imkoniyatlari, ijodkorning ijod erkinliklario'z aksini topadi. To'rtinchidan, mamlakatda tashkil qilinadigan ommaviy-madaniy tadbirlarda mutafakkir olimlarning millat manfaatlari yo'lida qilgan xizmatlari, shuningdek, millatning milliy g'ururini shakllantirishga yo'naltirilgan badiiy ijod merosining tarixi hozirgi davr ma'naviy taraqqiyotining asosi ekanligi ko'rsatib beriladi. Beshinchidan, ommaviy-madaniy tadbirlartarixiy merosni ijodiy rivojlantirish, ularni zamonaviylashtirish ijodiy faoliyatlarning samaradorligini va istiqbol mo'ljallarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa. Xulosa qilinganda, yoshlaraning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirishda madaniy-ma'rifiy tadbirlar juda muxim o'rin tutadi. Bunday tadbirlar oldindan tuzilgan reja va stsenariy asosida, yoshlarni jalb etgan xolda tayyorlansa va o'tkazilsa, ularning tarbiyaviy ahamiyati yana ham yuksak bo'ladi va bunday ruhdagi madaniy-ma'rifiy tadbirlar -tarbiyaning kuchli vositasi. Lekin bunday tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish uchun o'quv yurtlarining imkoniyati xar doim ham yetarli bo'lavermaydi. Shuning uchun madaniy tadbirlarni o'tkazishda o'quv yurtlari va madaniy-ma'rifiy muassasalarning imkoniyatlarini birlashtirish yuqori samara beradi.

References:

1. Sayfullayev B.S., RustamovV.K.. Madaniy tatlbirlarni tashkil ctish mahorati. -Тошкент.: «Fan va texnologiya», 2016, -В. 14.

2. Буронов Б. Комил инсонни тарбиялашда ижтимоий-маданий фаолият тизимининг урни ва роли. -Тошкент: Гофур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. Ижтимоий-маданий фаолиятнинг долзарб муаммолари. (илмий мацолалар туплами). 2011. -Б. 68.

3. Ижтимоий-маданий фаолиятнинг долзарб муаммолари (илмий мацолалар туплами). -Тошкент: Абдулла Кодирий номидаги Тошкент давлат маданият института. 2011. -Б. 122.

4. Феруза Асцар. Мусица ва инсон маънавияти. -Тошкент: Узбекистон миллий энгциклопедияси, Давлат илмий нашриёти. 2000. -Б. 5.

5. Узбек тилининг изошли лугати. А.Мадвалиев тах,рири остида. -Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедик Давлатилмий нашриёти. 2-жилд. 2006. -Б. 361.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

6. Корабоев У. Узбек хал;и байрамлари. -Тошкент. Шар; нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси бош тах,ририяти. 2002. -Б. 199-200.

7. Мирзиёев Ш.М. Хал;имизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий бах,одир. -Тошкент: Узбекистон. НМИУ. 2018. 2-том. -Б. 221.

8. Нажметдинова, М. (2022). Оммавий-маданий тадбирларнинг назарий асослари. Общество и инновации, 3(3/S), 473-479.

9. Нажметдинова, М.М. (2022). ОММАВИЙ-МАДАНИЙ ТАДБИРЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. Science and innovation, 1(1), 892-903.

10. Нажметдинова, М. М. (2022). ОММАВИЙ-МАДАНИЙ ТАДБИРЛАРНИ ТАШКИЛ КИЛИШНИНГ ИННОВАЦИОН ОМИЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 584-588.

11. Najmetdinova, M. (2022). ОММАВИЙ-МАДАНИЙ ТАДБИРЛАРНИНГ ЁШЛАР МАЪНАВИЙ ДУНЁКАРАШИНИ ЮКСАЛТИРИШДАГИ УРНИ. Science and innovation, 1(B6), 282-287.

12. Нажметдинова, М. (2022). Общественно-культурные мероприятия теоретические основы. Общество и инновации, 3 (3/S), 473-479.

13. Najmetdinova, M. (2022). THE ROLE OF PUBLIC-CULTURAL EVENTS IN RAISING YOUTH'S SPIRITUAL OUTLOOK. Science and Innovation, 1(6), 282-287.

14. Kizi, S. O. S., & Mamasodikovna, N. M. (2022). УЗБЕК МУСИКА САНЪАТИ ВА МАДАНИЯТИ МАСАЛАЛАРИГА ДОИР. Oriental Art and Culture, 3(1), 585-588.

15. Najmetdinova, M. M. (2023). YOSHLARNING ESTETIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA-AJDODLAR MEROSINING TUTGAN O'RNI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1185-1191.

16. Нажметдинова, М., & Журабоева, Х. (2023). МАКОМ САНЪАТИ ВА УНИНГ ЁШЛАР МАЪНАВИЙ ДУНЁКАРАШИГА ТАЪСИРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(2), 813-817.

17. Камбаров АА, М. С., & Нажметдинова, М. М. (2021). Узбек санъати тарихи. Фаргона нашриёти.

18. Najmetdinova, M. (2023). YOSHLAR AXLOQIY TARBIYASINI YUKSALTIRISHDA OMMAVIY- MADANIY TADBIRLARNING FALSAFIY TAHLILI. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(6), 17-24.

19. Mirzakarimova, R., & Najmiddinov, G. (2023). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA DARSINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(6 Part 2), 25-30.

20. Нажметдинова, М. . (2023). ФАРГОНА ХАЛК ТЕАТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ МАСАЛАСИГА ДОИР. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(8), 61-65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.