Научная статья на тему 'METHODOLOGY OF DEVELOPING NATIONAL PRIDE IN STUDENTS IN TEACHING PEDAGOGICAL SCIENCES (EXAMPLE OF PRIMARY CLASS STUDENTS)'

METHODOLOGY OF DEVELOPING NATIONAL PRIDE IN STUDENTS IN TEACHING PEDAGOGICAL SCIENCES (EXAMPLE OF PRIMARY CLASS STUDENTS) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim islohoti / shaxs / ta’lim / tarbiya / rivojlanish / ma’lumot / demokratik jamiyat / ma’naviyat / ma’rifat / faoliyat / prinsip / ijodkorlik / tashabbuskorlik / qadriyatlar / oliy ta’lim muassasasi. / образовательная реформа / личность / образование / воспитание / развитие / информация / демократическое общество / духовность / просвещение / активность / принцип / творчество / инициатива / ценности / вуз.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.A. Raximov

o'qituvchilarning roli bilimlarni uzatishdan tashqariga chiqadi; o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini qamrab oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL ACTIVITY IN THE ACTIVITY OF THE FUTURE TEACHER

роль учителей выходит за рамки передачи знаний; освещает духовно-нравственное развитие учащихся.

Текст научной работы на тему «METHODOLOGY OF DEVELOPING NATIONAL PRIDE IN STUDENTS IN TEACHING PEDAGOGICAL SCIENCES (EXAMPLE OF PRIMARY CLASS STUDENTS)»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© A.A. Raximov1^_

10'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Samarqand, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: o'qituvchilarning roli bilimlarni uzatishdan tashqariga chiqadi; o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishini qamrab oladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning asosiy tamoyillarini aniqlash va tahlil qilishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot adabiyotlarni ko'rib chiqish, amaliy tadqiqotlar va ta'lim bo'yicha mutaxassislar va o'qituvchilar bilan suhbatlardan foydalangan holda sifatli tadqiqot metodologiyasidan foydalanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar o'qituvchilarni tayyorlashda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning bir qancha asosiy tamoyillarini ajratib ko'rsatadi. Keys tadqiqotlari va suhbatlar shuni ko'rsatadiki, ushbu tamoyillarni birlashtirgan dasturlar o'qituvchilarni ko'proq empatik, madaniyatli va o'z talabalarining har tomonlama rivojlanishiga sodiq bo'lishiga olib keladi.

XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat tamoyillarini o'qituvchi ta'limiga singdirish o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan bo'lajak pedagoglarni tayyorlash uchun juda muhimdir.

Kalit so'zlar: ta'lim islohoti, shaxs, ta'lim, tarbiya, rivojlanish, ma'lumot, demokratik jamiyat, ma'naviyat, ma'rifat, faoliyat, prinsip, ijodkorlik, tashabbuskorlik, qadriyatlar, oliy ta'lim muassasasi.

ПРИНЦИПЫ ДУХОВНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ_

© А.А. Рахимов1^

1Узбекистон-Финляндский педагогический институт, Ташкент, Узбекистон_

AHHOTa^

ВВЕДЕНИЕ: роль учителей выходит за рамки передачи знаний; освещает духовно-нравственное развитие учащихся.

Iqtibos uchun: Raximov A.A. Bo'lajak o'qituvchi faoliyatida manaviy-marifiy faoliyat prinsiplari // Inter education & global study. 2024. №6. B.167-176.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является выявление и анализ основных принципов духовно-просветительской деятельности, имеющих решающее значение в подготовке и профессиональном развитии будущих учителей.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в этом исследовании используется качественная методология исследования с использованием обзора литературы, тематических исследований и интервью с экспертами в области образования и учителями.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты подчеркивают несколько ключевых принципов духовного образования в педагогическом образовании. Тематические исследования и интервью показывают, что программы, интегрирующие эти принципы, могут сделать учителей более чуткими, культурными и привести к всестороннему развитию своих учеников.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование показывает, что внедрение принципов духовно-просветительской деятельности в педагогическое образование имеет большое значение для подготовки будущих педагогов, которые будут способствовать всестороннему развитию учащихся.

Ключевые слова: образовательная реформа, личность, образование, воспитание, развитие, информация, демократическое общество, духовность, просвещение, активность, принцип, творчество, инициатива, ценности, вуз.

Для цитирования: Рахимов А.А. Принципы духовно-педагогической деятельности в деятельности будущего учителя. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 167-176.

PRINCIPLES OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL ACTIVITY IN THE ACTIVITY OF THE FUTURE TEACHER_

© Asomiddin A. Raximov1®

1 Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the role of teachers goes beyond the transmission of knowledge; covers the spiritual and moral development of students.

AIM: the purpose of this study is to identify and analyze the main principles of spiritual and educational activity, which are of decisive importance in the training and professional development of future teachers.

MATERIALS AND METHODS: this study uses a qualitative research methodology using a literature review, case studies and interviews with educational experts and teachers.

DISCUSSION AND RESULTS: the results highlight several key principles of spiritual education in teacher education. Case studies and interviews show that programs that integrate these principles can make teachers more empathetic, cultured, and leads to commitment to the all-round development of their students.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSION: the research shows that inculcating the principles of spiritual-educational activities in teacher education is very important for preparing future educators who will help the comprehensive development of students.

Key words: educational reform, personality, education, upbringing, development, information, democratic society, spirituality, enlightenment, activity, principle, creativity, initiative, values, higher education institution

Respublikamizda ro'y berayotgan ta'lim islohoti sharoitida barkamol avlod o'z Vataniga, xalkiga, ona yeriga, millatiga, ota - onasiga sodiq bo'lgan har tomonlama kamol topgan insonlarni tarbiyalash eng muxim axamiyat kasb etadi. Yangilangan davlat tizimida tarbiya mazmuni maksad va vazifalari xam yangilanadi. Bu yangilanish avvalo tarbiyani insonparvarlik va demokratiya prinsipi asosida qurilishi bilan farqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek " ta'lim-tarbiya - har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan e'tibor qaratilmoqda" [1, 353]. Darhaqiqat bugun ta'lim va tarbiya jarayonini sifatli tashkil qilish har qachongidan ham dolzarb bo'lib turibdi.

Tarbiyani insonparvarlashtirish va demokratiyalash prinsipi talabalar, o'qituvc hi -tarbiyachilar ijodiy faollik va mustaqilligini rivojlantirishi ularni turli xil ijtimoiy foydali ishlarni amalga oshirishda hamkorligini ta'minlash uchun dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

Talaba-yoshlarda ijodiy faollik, aqliy zakovat, axloqiy salohiyat, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni keng qamrovli ijtimoiy -foydali ishlarga faol ishtirok etishlarini shakllantirish uchun, oliy ta'lim muassasalarida olib boriladigan ma'naviy -ma'rifiy faoliyatning alohida o'rni bor.

Shunga ko'ra biz ushbu maqolada ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy faoliyat, uni rejalashtirish, tashkil etish prinsiplari, shakllari xususida fikr yuritamiz.

O'z yurtiga, Vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg'ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizning ozod va demokratik O'zbekistonning munosib o'g'il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma'naviyat soxasidagi ishlarimizning asosiy yo'nalishini tashkil etishi darkor. Shunga asosan ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni aniq rejalashtirish, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya tizimini yaratish, uning shakllari, metodlarini yosh avlod ma'naviy-ma'rifiy dunyokarashini shakllantirishga qaratishni taqozo qiladi. Har qanday tarbiya, tadbir, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yig'indisi ma'lum qoidalar, talablarga rioya qilinganda, yoinki,

For citation: Asomiddin A.Raximov. (2024) Principles of spiritual and educational activity in the activity of the future teacher, Inter education & global study, (6), pp. 167-176. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ularga asoslangan taqdirdagina maqsadli bo'ladi. Bu qoidalar, talablar, asoslar pedagogika fanida «prinsiplar» deb nomlanadi.

Darxakikat, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat ham ma'lum prinsiplarga amal qiladi. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat prinsiplari - bu ta'lim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyalash maksadida tashkil etiladigan ma'rifiy tadbirlarning yo'nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlariga ko'yiladigan asosiy talablarga amal qilishni ifodalaydigan koidalardir.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat prinsiplari o'qituvchi-tarbiyachilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi talablar, qoidalar yig'indisi hisoblanib, u barkamol insonni tarbiyalashning vazifalari bilan belgilanadi va umuminsoniy tarbiya to'g'risidagi ta'limotga hamda ilmiy pedagogik ma'lumot erishgan yutuqlarga asoslanib, uning qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ma'naviy-ma'rifiy faoliyat jarayonida bu prinsiplarga rioya kilish uning samaradorligini oshiradi, sifat ko'rsatkichini rivojlantiradi.

Hozirgi zamon jahon va milliy pedagogika nazariyalariga asoslanib, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat prinsiplarini quyidagicha guruhlash mumkin: ma'naviy-ma'rifiy aoliyatning ijtimoiy yo'nalganlik prinsipi; ixtiyoriylik, mustaqillik, o'yin va romantika prinsipi; ishda ijodkorlik, tashabbuskorlik, yangilikka intilish nuqtai nazaridan yondashish pritsipi; ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning rejaliligi va tadbirlarning talaba-yoshlarlar kuchiga mos bo'lishini ta'minlash prinsipi; ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning muntazamliligi, davomiyligi, uzviyligi va ta'sirchanligi prinsipi; ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish prinsipi.

Endi mazkur ma'naviy-ma'rifiy faoliyat prinsiplarini tavsiflashga o'tamiz:

1. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning ijtimoiy yo'nalganligi prinsipi. Bu prinsip ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning g'oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-madaniy rivojidan kelib chiqqan holda, darsdan va auditoriyadan tashqari tashkil qilinadigan ishlar mazmunini, to'garak, klublar, birlashmalar faoliyatini mamlakat taraqqiyoti bilan bog'lanishi, shuningdek, fan, texnika, madaniyat, san'at yutuqlariga asoslanishni nazarda tutadi.

2. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga ishtirok etishning ixtiyoriyligi prinsipi.

Bu prinsip ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat fakultativlar, to'garaklar, turli seksiyalar, klublar va x.k. larga ishtirok etadigan talabalarning qiziqishi, istak-xohishi, qobiliyatiga qarab tanlash va bunda ularning ixtiyoriy bo'lishini ta'minlashga qaratiladi. Ixtiyoriylik prinsipi, talabalar ixtiyoriyligini inobatga olib, ularni toliqtirmaslik va zo'riqtirmaslik uchun, ta'lim muassasalarida tashkil qilinadigan darsdan tashqari ishlarning ikkitadan ortiq bo'lmasligini inobatga olishni ham nazarda tutadi.

3. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatda talabalar-yoshlar mustaqilligi, tashabbuskorligi, ijodkorligini hisobga olish prinsipi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bu prinsip talabalarning qiziqishlari, tashabbuslari asosida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish lozimligini nazarda tutadi. Har qanday tadbir, avvalo talabalarning mustaqilligiga asoslanishi, o'qituvchi-tarbiyachi ularni ruxlantirishi, faoliyatini rivojlantirishi lozim. Shunda talaba-yoshlarda tashabbuskorlik, qiziqishlar, ijodiy qobiliyat rivojlanadi. Har qanday tadbirni ular yuqori ko'tarinki ruhda qiziq ish bilan, tashabbus bilan mustaqil ijro etishga o'rganadilar. Ularda o'z-o'zini boshqarish his-tuyg'usi taraqqiy etadi.

4. Tarbiyaviy tadbirlarning o'yin faoliyati, romantika shaklida bo'lish prinsipi. Bu prinsipni asosan kichik va o'rta maktab o'quvchilariga qo'llash maqsadga muvofiq. Chunki kichik va o'rta maktab yoshi o'quvchilari asosan o'yin faoliyatiga ko'proq ehtiyoj sezadilar. Ammo bu ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat tarbiyaning yo'nalishiga, mazmuniga, metodlari, tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilarining o'zaro munosabatlariga ko'yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan qoidalarga qaratilgandir.

5. Ma'naviy - ma'rifiy faoliyatda talabalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipi. Ushbu prinsipda tadbirlarning vazifalari, mazmuni talaba-yoshlarning yosh va tayyorgarlik darajalariga mos bo'lib, ular sog'ligiga, dunyoqarashiga ma'naviy-axloqiy salohiyatiga aqliy zakovatiga salbiy ta'sir ko'rsatishdan yiroq bo'lishi lozim.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning kayd etilgan prinsiplariga asoslanilsa, ularning yaxlitligi, o'zaro hamkorligi, bir-birini to'ldirilishiga e'tibor qaratilib, ulardan samarali foydalanilsa, talabalarning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlanuvchanlik faoliyatlari maqsadli yo'lga ko'yilishi, barkamol insonning to'liq shaxs bo'lib shakllanishi kafolatlanadi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni maqsadli tashkil qilish, yo'naltirish uning mazmunini aniq belgilash va rivojlantirish bilan belgilashdir. Agar mazmun va reja nomutanosibligi tashkil etilsa, ko'zlangan maqsad amalga oshmaydi. Shunga ko'ra inson noto'g'ri tarbiyalanadi, bundan jamiyat ham, insonlar ham, odamning o'zi ham aziyat chekadi. Demak mazmunni aniq belgilash va uni to'g'ri rejalashtirish darkor. Aks holda buyuk mutafakkir Bedil, aytganidek, agar me'mor dastlabki g'ishtni to'g'ri qo'ymasa, devor yulduzlarga yetsa ham qiyshiq bo'lib qolaveradi. Bedilning bu fikri ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga daxldordir. Modomiki shunday ekan, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat mazmunini aniq tasavvur qilish, uning yo'nalishlarini to'g'ri belgilash va rejalashtirish lozim.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatini anglatadigan, uni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan ichki olamini boyitadigan, vijdoni, iymoni, e'tiqodi, dunyokarashini, mafkuraviy saloxiyatini mustaxkamlaydigan, umuminsoniy qadriyatlarni bilish, targ'ib qilish, yoxud muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq aqliy zakovati va ma'naviy-axloqiy salohiyatini tarkib toptirish, rivojlantirish jarayonidir. Shunga ko'ra jamiyatni, ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy-madaniy rivojlantirishda oliy ta'lim muassasalarida

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha mazmunini belgilash va rejalashtirish talabga muvofiqdir.

Tashkiliy-tarbiyaviy ishlar

II. Mafkuraviy (G'oyaviy-siyosiy) tarbiya talabalar ijtimoiy faolligi va o'qishga munosabatini kuchaytirish.

III. Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, bilish faolligini oshirish.

IV. Umuminsoniy, milliy axloq va xulk madaniyatini tarbiyalash.

V. Go'zallik, nafosat va badiiy tarbiya.

VI. Mehnatsevarlik va mehnat ahliga muhabbat tarbiyasi.

VII. Iqtisodiy va ekologik tarbiya hamda tabiatni muhofaza qilish

VIII. Yoshlarning huquqiy bilimdonligini oshirish.

IX. Sog'lomlashtirish va talabalar jismoniy barkamolligi to'g'risida g'amxo'rlik

qilish.

X. O'qituvchi-tarbiyachilar va OTMning ishchi-xodimlari bilan olib boriladigan ma'naviy - ma'rifiy hamda mafkuraviy is hlar.

XI. Ota-onalar va mahalla bilan ishlash.

XII. OTM dagi jamoat tashkilotlari (Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushma, xotin-qizlar qo'mitasi) bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar.

Yuqorida qayd etib o'tilganidek, oliy ta'lim muassasalarida barcha fanlarni o'kitish jarayonida talabalarning ma'naviy-ma'rifiy madaniyatini oshirishga va darsdan tashqari olib boriladigan ishlarga qaratilmog'i lozim. Bunda har bir talaba «ma'naviyat», «madaniyat» tushunchalarining tub ma'nosini anglab olishlari, milliy ma'naviyatimiz sarchashmalari, manbalaridan xabardor bo'lishlari, bu manbalardan mustaqil erkin ilm olish, o'rganish malakalariga ega bo'lishlari lozim. Bizningcha, oliy ta'lim muassasalarida tashkil qilinadigan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yo'nalishlari quyidagicha qamrab olinsa maqsadga muvofiqdir:

I yo'nalish: - mustakillik, bilimlar bayramini o'tkazish, yubiley sanalarga doir bayramlar, ustozlar va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Vatan himoyachilari kuni, diniy bayramlar («Ramazon» va «Qurbon» hayitlari), Hosil bayrami, Navro'z bayrami, Xotira va qadrlash kunini nishonlash, tarixiy obidalarga, respublika ziyoratgoxlariga ekskursiyalar uyushtirish, yil murabbiysi kabi ko'rik tanlovlarni o'tkazish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish rejalashtiriladi.

II yo'nalish: - mafkuraviy tarbiya talabalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olib, mamlakatimizning ichki va tashki siyosatiga doir ma'lumotlarni o'rganish, Prizidentimiz asarlarini o'qib o'rganish, Oliy majlis qarorlari, ma'lumotlari bilan tanishish, davlatimiz ramzlari mohiyatini o'rganish, davlat arboblarining faoliyatlari bilan tanishish kabi masalalar muhokamaga qo'yiladi.

SH yo'nalish: - aqliy mehnat madaniyati, bilish faolligi va o'qishga ongli munosabat, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash. "O'kishni o'rgan", "Mening qiziqarli mashg'ulotim", "Mening qiziqishlarim", "Inson va texnikaviy dunyo", "Mashhur

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

odamlar hayotidan", "Mening orzu va qiziqishlarim", "Men bilgan va bilmagan dunyo", "Fan taraqqiyoti uchun" kabi mavzularda suhbatlar, munozaralar, ilmiy amaliy anjumanlar o'tkazish, «O'yla, izla, top», «Quvnoqlar va zukkolar» o'yinlarini tashkil etish va h.k.

IV yo'nalish: - umuminsoniy axloq asoslarini tashkil etga n Islom dinida ta'lim-tarbiya masalalari, allomalarimiz ta'limotini o'rganish, "Odob-axloq saboqlari", "Ma'naviyat va hayot", "Hayot va turmush odobi" kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil etish, "Qizlar iffati", "Yigitlik g'ururi", "Ayol madaniyati" mavzularida baxs munozara, so'zlashish, kiyinish, muomala odobi bo'yicha suhbatlar, kechalar, anjumanlar o'tkazish.

V yo'nalish: - talabalar va professor-o'qituvchilar jamoasi estetik madaniyatini rivojlantirish maqsadida taniqli san'atkorlar, haqida ma'lumot berish, uchrashuvlar tashkil kilish, "Musiqa mening hayotim", "So'z qalbni yengar, kiyim husnni» mavzularida suxbat, "Jahon ichra - jahonim - Buxoroi Sharifim", "Men nechun sevaman, O'zbekistonni" nomli stendlar chiqarish, ijodkor, shoirlar, yozuvchilar, kompozitorlar, aktyorlar, rejissorlar bilan uchrashuvlar tashkil kilish, kitobxonlar konferensiyalarini uyushtirish: badiiy ijod to'garaklarini tashkil kilish, ekskursiyalarga borish, odob go'zalligi, xulq madaniyati, did va xulq qoidalari ko'rik tanlovlarini uyushtirish.

VI yo'nalish: - mehnat ilg'orlari, kahramonlari, faxriylari bilan uchrashuvlar uyushtirish: ijtimoiy-foydali mehnat shanbaliklari, yakshanbaliklarga ishtirok etish: texnik ijodiy to'garaklarga, klublarga, remont - qurilish otryadlari ishiga katnashish: "Mehnatning qadriga yet", "Kasb va mehnat", "Kasbim-faxrim" stendlarini chiqarish: kasblar, mehnat qaxramonlari vitrinalari, "Shahrimiz mustaqillik yillarida" fotomontajini chiqarish va h.k.

VII yo'nalish: - iqtisodiy tarbiya va tabiatni muhofaza qilish: iqtisodiy bilim, tejamkorlik to'g'risida ma'lumotlarini berib borish: o'quv xonasi jihozlarini darslik, o'quv qo'llanmalarini asrash to'g'risida suhbatlar o'tkazish: "Iqtisod va maorif", "Suv obi-hayot" stendlarini tashkil kilish: iqtisodchil ar, hisobchilar, bank xodimlari bilan uchrashuvlar, savol - javob kechalarini tashkil qilish.

VIII yo'nalish: - talaba-yoshlarning huquqiy bilimdonligini oshirish bo'yicha: talaba-yoshlarda yuksak fuqarolik sifatlarini tarbiyalash, mustaqil Respublika konstitutsiyasi, qonunlariga hurmat his-tuyg'ularini o'stirish: milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat, diniy ekstremizm va fundamentalizmga murosasiz bo'lishni shakllantirish: xalq deputatlari, huquqni himoya qilish organlari xodimlari bilan suhbat, uchrashuv, savol-javob kechalarini uyushtirish: "O'z uyingni o'zing asra", "Militsiya - mening qo'riqchim", "Huquqiy onglilik - davr talabi" ko'rgazmali stendlar tashkil qilish: Yo'l harakati qoidalari, "Yosh huquqshunos" to'garagini tashkil etish: "Siz qonunni bilasizmi?" ko'rik tanlovini o'tkazish.

IX yo'nalish: - sog'lomlashtirish va talabalar jismoniy barkamolligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish. O'quv muassasalarida ertalabki sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tashkil qilish: jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat darslari, to'garaklarini faoliyatini takomillashtirib borish: Talaba-yoshlar harakat organlarini chiniqtirishga e'tiborni kuchaytirish: sport seksiyalarini tashkil qilish: o'quv yilida o'tkaziladigan sport o'yinlari, musobaqalari jadvallarini ishlab chiqish: "Kichik universiada", "Olimpiada rezervlari" kabi sport o'yinlarini muntazam o'tkazish, sog'lom turmush tarzi va uni faol amalga oshishini keng targ'ib qilish: "Sog'lom tanda sog' aql" ko'rik tanlovini o'tkazish.

X yo'nalish: - o'qituvchi-tarbiyachilar va talaba-yoshlar o'rtasida olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat. "Ma'naviyat - millat gultoji", "Islom ma'naviyat mash'ali", "Hadis ilmi - hayot ilmi", "Ma'naviyatimiz darg'alari" mavzularida suhbatlar, kechalar uyushtirish, "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi", "Mehnat qonunlari", "Oila kodeksi", "Jinoyat kodeksi", "Ta'lim to'g'risida qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" kabi qonun va meyoriy hujjatlarni o'rganish soatlarini o'tkazish, "O'qituvchilik sha'ni", "Tarbiyachilar mahorati", "Kasb madaniyati", "Yosh avlod murabbiysi" mavzularida kechalar uyushtirish.

XI yo'nalish: - ota-onalar va mahalla bilan ishlash. O'quv yurti hududida talaba -yoshlar ota-onalarining pedagogik ma'lumotlarini aniqlash maqsadida "Aholining ma'naviy-ma'rifiy" bilimdonligi ko'rik tanlovlarini tashkil qilish: "Bir bolaga yetti maha lla ota-ona" mavzusida suhbat, kechalar uyushtirish: sinf, guruh ota-onalar majlislarini amalga oshirish: "Ochiq eshiklar kuni" tadbirini o'tkazish: ota -onalar komiteti faoliyatini yo'lga qo'yish: "Ota-onalar burchagi", "Oila va jamiyat" seminarlarini tashkil qilish: talaba-yoshlar, ota-onalar bilan bayramlar, kinofil'mlar ko'rish, teatrlarga borish tadbirlarini yo'lga qo'yish "Obod mahalla", "Mahalla - madaniyat o'chog'i", "Mas'uliyatl i oila" uchrashuvlari, kechalarini tashkil qilish va o'tkazish.

XII yo'nalish: - oliy ta'lim muassasasi jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat. Yoshlar ittifoqi, kasaba uyushmasi, xotin -qizlar qo'mitasi kabi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyatni yo'lga qo'yish, jamoat tashkilotlarini ng ilmiy, texnik, madaniy, sport va fizkultura uyushmalarini tashkil kilish. Darsdan so'ng talaba-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy ishlari ustidan pedagogik rahbarlikni yo'lga qo'yish. Qayd qilingan ma'naviy-ma'rifiy yo'nalshdagi ishlar o'quv yilida rejalasht iriladi. Yillik reja asosida oylik va haftalik boshqariladigan ishlar tuziladi.

Yuqorida kayd etib o'tilgan yo'nalishlarda ma'naviy-ma'rifiy faoliyat olib borish maqsadida ishlar o'quv yilida yoki bosh yilga mo'ljallab tuziladi va rejalashtiriladi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat turli shakllarida tashkil etiladi. Buni taxminan uch guruhga bo'lish mumkin:

Yakka tartibdagi (Individual) ishlar.

To'garak ishlari.

Ommaviy ishlar.

Yakka tartibdagi ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga olimpiadalar, iqtidorli talabalar bilan o'tkaziladigan tanlovlar, konkurslar, ko'rgazmalar kiradi. Garchi bu shakldagi tadbirlarga ko'pchilik ishtirok etsada unda har bir ishtirokchi yakka holda ishtirok etishi, o'quv yurti, viloyatini tadbirning ma'lum turi bo'yicha yakka tartibda himoya qilga ni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

uchun uni yakka shakldagi ma'naviy-ma'rifiy faoliyat deb ataymiz. Fan olimpiadalari -bu bilimlarga qiziqishini rivojlantirishning eng muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy qiymati shundaki, garchi ma'lum fan bo'yicha o'tkazilsada, unda tuziladigan yakka holatdagi topshiriqlar, savollar talabani ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi, bilim olishga intilishini kuchaytiradi.

Yakka tartibdagi ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning tanlov va ko'rgazma shaklidagi turi ham talaba-yoshlarga ijodkorlikni, maqsadga intiluvchanligini rivojlantiradi. Masalan: talaba "Mohir qo'llar", "Texnik ijodkorlik", "She'riyat maskani" kabi tanlovlar va ko'rgazmalarda ishtirok etib, har biri o'z ijodkorligi, qobiliyati, iste'dodini namoyish etadi. Bu tanlovlar oliy ta'lim muassasasidandan boshlanib, respublika miqyosida o'tkazganligi tufayli talabada mas'uliyat, faxr, sha'n uchun kurash his-tuyg'ularini tarbiyalaydi.

Hozirgi kunda o'quv yurtlarida eng ko'p tarqalgan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat shakli bu to'garak ishidir. Oliy ta'lim muassasalaridagi fan to'garaklari, badiiy havaskorlik, foto, radio, kinoxavaskor to'garaklari, "Yosh adabiyotshunos", "Yosh kitobxon", "Yosh pedagog" kabi to'garak va klublar xam katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

To'garaklar va klublarda ishtirok etish talaba-yoshlarga bilish qobiliyatlari, ijodiy tafakkurini rivojlantirish bilan birga ularda yurt, Vatan, xalq oldidagi mas'uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi va shuning uchun ham yosh avlodning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning yana bir shakli ommaviy tadbirlardir. Bunga ertaliklar, mavzuiy kechalar, disputlar, savol-javob kechalari, anjumanlar, festivallar, sport bayramlari va o'yinlari, ekskursiyalar va x.k.lar kiradi.

Shunday kilib, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat keng qamrovlidir. Zero, ma'naviyat va ma'rifat - Oliy qadriyat. U xalqimizning urf-odatlarini, mutafakkirlarimizning sermazmun ta'limotlarini, tarixiy milliy qahramonlarimizning hayot yo'lini, istiqlol, erk uchun kurashganlarning mashaqqatli turmush saxifalari o'zida aks ettiradi. Shuning uchun ham u oliy qadriyat. U o'z yo'nalishlariga ko'ra komil insonni tarbiyalash kabi buyuk maqsadni amalga oshiradi.

Yuqorida aytilgan fikrlar, ishlarni amalga oshirsak, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat o'z muddaosiga yetgan, barkamol avlodni shakllantirishga tamal toshi ko'yilgan bo'ladi. Buning uchun esa doimo izlanish, xarakat kilish lozim. Ma'naviy - ma'rifiy faoliyatda bu boradagi bor imkoniyatlardan maksimal foydalanishlari zarur. Shunday qilib, ta'lim muassasalarida tashkil qilib o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat talaba-yoshlarni bilimga chanqoqliklarini oshirib, aqliy saloxiyat va zakovatlarini rivojlantirish bilan birga, ularni ma'naviy barkamol bo'lib tarbiyalanishlar

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2019. - 400 b.

2. Prezident Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori. Yangi O'zbekiston. www.lex.uz

3. Prezident Sh.Mirziyoyevning Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori. // Xalq so'zi. 2018-yil, 15- avgust

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining o'z lavozimiga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqi. "Yangi O'zbekiston" ijtimoiysiyosiy gazetasi. 2021-yil 7-noyabr.

5. V.Alimasov, Y.Manzarov. O'zbekistonda ma'naviy-ma'rifiy soha: nazariya va amaliyot. Toshkent, 2014.108b.

6. V.Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. Toshkent, 2017 yil, 33b.

7. Madaniyat va san'at atamalari izohli lug'ati/ Taxrirchi: B.Sayfullayev. - Toshkent; 2014.-B. 87.

8. B.Sayfullayev B.,Rustamov V. Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati: o'quv qo'llanma. -Toshkent; 2017. -B.47.

9. Genkin D.M.. Massoviye prazdniki. -Moskva; 1998. -S. 45. 9. O'zbek tilining izohli lug'ati /Taxrirchi: Z.Ma'rufov. -Moskva, 1981. -B.198.

10. Umarov B, Olimov Sh. Oliy o'quv yurtlarida ma'naviy-ma'rifiy tarbiya asoslari. -T: «Fan», 2004.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

H Raximov Asomiddin Anorboyevich, dotsent, [Рахимов Асомиддин Анорбоевич, доцент], [Asomiddin A. Raximov, associate professor]; manzil: Spitamen shoh ko'chasi, 166-uy. O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti. Samarqand [adrec: проспект Спитамен, 166. Узбекско-Финляндский педагогический институт. Самарканд], [address: Spitamen avenue, 166. Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute. Samarkand]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.