Научная статья на тему 'OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING SAMARALI USULLARI'

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tarbiya / tyutor / pedagogik mahorat / rivojlanish / psixologik muhit.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yakubova Nodira.Xusainovna, Djumaniyozova Malika.Kadirovna

Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviyatni yuksaltirishning samarali uslublari,ma’naviy ma’rifiy ishlarni to’g’ri tashkil qilish,ma’naviy ma’rifiy ishlarning maqsadlarini aniqlash,bu maqsadlarni amalga oshirishda samarali mexanizmlardan foydalanish,ma’naviy ma’rifiy ishlar orqali talabalarning ta’lim tarbiya samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING SAMARALI USULLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING SAMARALI

USULLARI

*Yakubova Nodira.Xusainovna, 2Djumaniyozova Malika.Kadirovna

1,2TATU Urganch filiali Telekommunikatsiya fakulteti tyutorlari https://doi.org/10.5281/zenodo.11219410

Annotatsiya. Ushbu maqolada Oliy ta'lim muassasalarida ma'naviyatniyuksaltirishning samarali uslublari,ma'naviy ma'rifiy ishlarni to'g'ri tashkil qilish,ma'naviy ma'rifiy ishlarning maqsadlarini aniqlash,bu maqsadlarni amalga oshirishda samarali mexanizmlardan foydalanish,ma'naviy ma 'rify ishlar orqali talabalarning ta'lim tarbiyasamaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan.

Kalitso'zlar: ta'lim tarbiya,tyutor,pedagogikmahorat,rivojlanish,psixologikmuhit.

Аннотация. В данной статье рассмотрены эффективные методы повышения духовности в высших учебных заведениях, правильная организация духовно-просветительской работы, определение целей духовно-просветительской работы, использование эффективных механизмов в реализации этих целей, методы духовного воспитания, повышения эффективности деятельности студентов. 'образование через научную работу.

Ключевые слова: образование, воспитатель, педагогическое мастерство, развитие, психологическая среда.

Abstract. This article discusses effective methods of increasing spirituality in higher educational institutions, the correct organization of spiritual and educational work, the definition of the goals of spiritual and educational work, the use of effective mechanisms in the implementation of these goals, methods of spiritual education, improving the effectiveness of students 'education through scientific work

Keywords: education, educator, pedagogical skills, development, psychological environment.

Kirish : Oliy ta'limda muassalarida yoshlarni ma'naviyatli,yuksak iqtidor egasi bo'lishi tarbiya jihatidan ham ta'lim jihatidan ham oldingi o'rinlarda turishi talabalarning nafaqat balki o'qituvchi, tyutorlar har birini o'rni alohida muhimdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son qarorining "Konsepsiyani amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari" sifatida" yoshlarda vatanga sadoqat,tadbirkorlik,irodalilik, mafkuraviy immunitet,mexr-oqibatlilik,

ma'suliyatlik,bag'rikenglik, kabi muhim fazilatlarni yoshlikdan tarbiyalash,ayniqsa ma'naviy tarbiyani shakllantirishda oila va ta'lim muassasalari o'rtasida samarali xamkorlik mexanizmini yo'lga qo'yish vazifa qilib belgilanligi ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash, oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yo'nalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Mazkur o'quv-seminarlari oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ullar faoliyatini yanada jadallashtirish, ularning bugungi

kunda dunyoda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Yangilanyotgan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami kundan kunga kengayib bormoqda. Davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari, tashabbuslari bilan shiddat bilan taraqqiyot sari intilish O'zbekiston hayotida misli ko'rilmagan darajadagi rivojlanishning yuksak pog'onalarini ko'rib guvohi bo'lib turibmiz.

Insonlarning tinch-hotirjam yashashi, ularning manfaatlarini himoya qilish,"yurtimizni jahon arenasiga chiqarish, obro'yini ko'tarish, Prezidentimizning ta'birlari bilan aytganda, "xalqni rozi qilish" yo'lida qilinayotgan barcha ishlar, islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotida muhim strategik masala sifatida qaralmoqda.

O'zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida belgilangan beshta,uning uzviyligini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan yettita ustivor

yo'nalishlarda belgilangan vazifalar va bunda ko'zda tutilgan maqsadlarning barchasining markazida "INSON"ning turishi, bir so'z bilan aytganda, chiqarilayotgan barcha xujjatlarning mazmunida shu yurtda yashayotgan xalqimizning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning farovon turmush tarzini yaxshilash, insonlar mehnatini qadrlash, yurtimizning jahon hamjamiyati oldida nufuzi, obro'yini oshirish va boshqa ulug' maqsadlar qo'yilganligidan dalolat berib turibdi.Bunday ulug' ishlarni amalga oshirishda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning ahamiyati beqiyosdir.

"Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat - bu insonlarning ma'naviy, ma'rifiy, ahloqiy qarashlariga oid tushunchalarni qamrab oladigan jarayonlardan hisoblanib, aniq reja asosida o'tkaziladigan tadbirlar asnosida amalga oshiriladigan ishlar majmuasidir" Ma'naviy-ma'rifiy ishlar haqida olimlarimiz juda turli xil fikrlarni aytib o'tganlar. Madaniy oqartuv ishlari, madaniy-ma'rifiy ishlar, ma'naviy-ma'rifiy ishlar,madaniy tadbirlar kabi nomlar bilan atalib kelingan. Ushbu sanab o'tilganlarning barchasi deyarli bir xil mazmunga ega, ammo hozirgi kunga kelib asosan "ma'naviy ma'rifiy ishlar" deb yuritish an'anaga aylangan.Yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarga juda katta strategik masala sifatida qaralib kelinmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning deyarli barchasi shu yurtda istiqomat qilayotgan insonlarning orzu-istaklarining ro'yobi uchun qilinayotgan ishlardir, deb qarasak, bizningcha to'g'ri bo'ladi. Barkamol avlod, komil inson, yosh avlod tarbiyasi kabi vazifalar aynan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni tashkil etish orqali amalga oshiriladigan jarayonlardir. Bu jarayonlarning barchasining markazida insonlarning farovon hayot kechirishlari, xalqimizni ehtiyojlarini qondirish, ularning yaxshi yashashi, sharoitlarini yaxshilash kabi vazifalar yotadi. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida bu faoliyatning muhimligini unutmasligimiz lozim. Zero, davlatimiz rahbari aytib o'tganlaridek, "barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish Hammamizga ma'lumki, "ma'naviyat va ma'rifat" tushunchalarining ko'pincha birgalikda qo'llanishi ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ta'lim va tarbiya uyg'unligini nazarda tutadi. Ayniqsa, ta'lim muassasalarida buning ahamiyati,dolzarbligi yuz barobarga oshadi. Aytib o'tganimizdek, ma'naviyat bevosita ma'rifat tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir. Chunki, bilish orqali juda ko'p muammolarni bartaraf qilish mumkin.

Manbalarda, "Ma'rifat (arabcha «arafa» - «bilmoq» so'zidan) - ta'lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g'oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini,madaniyatini o'stirishga qaratilgan faoliyat" deb berilgan. "Ma'rifat" tushunchasi bilish, bilim, ma'lumot, tanish, tanishish

ma'nolarida ham qo'llanilib kelinmoqda. Darhaqiqat, uning ma'nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifat degani bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, degani bo'lib, insonparvarlik ma'naviyati zaminidagina o'z mohiyatiga ega bo'ladi. Kishilarning bilimini, madaniyati oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiyaga ham ma'rifat deb ham qaraladi. Bu so'z ilm-u urfon ma'nolarida ham ishlatiladi. Ma'rifat tushunchasi kengroq ma'noda qo'llanilib, bilim va ma'naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o'zida mujassam qilgan. Bu ikki sermazmun tushunchalarning birga qo'llanishi ta'lim-tarbiya masalalarining barcha jihatlarini, odob, axloq, tarbiya,o'qish, bilim olish, o'rganish, mutolaa qilish, ilmli bo'lish, jamiyatga nafi tegadigan inson bo'lish va h.k. kabi qarashlar, fikrlarni o'zida qamrab oladi.

O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar qatorida ma'naviy-ma'rifiy ishlarga ham alohida o'rin berilgan. Jumladan, 2021-yil 6-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosimida Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlar haqida so'zlagan nutqlarida "Harakatlar strategiyasidan -Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyilni asosiy g'oya va bosh mezon sifatida ilgari surganda, uni tinglagan, eshitgan har bir inson keyingi amalga oshiriladigan islohotlarda millat, yurt va Vatan taraqqiyotini his etdi. Taraqqiyot strategiyasida jamiyatni yanada rivojdantirish uchun muhim bo'lgan barcha siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy masalalar bilan bir qatorda ma'naviy va ma'rifiy masalalarning qo'yilishi ham ushbu sohaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilaydi.

Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug'lash, erkin fuqarolik jamiyati. Yoshlar o'z dunyo qarashida milliy - ma'naviy qadriyatlarga tayanmasa, ularning ongi va tafakkuridan mutlaqo begona qadriyatlar joy oladi. O'zining milliy ma'naviy qadriyatlariga nisbatan bepisandlik bilan qarash shakllanadi. Yoshlarning milliy- ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan munosabatinig hozirgi holatini o'rganish, ularning amaliy faoliyatlarida ko'proq qaysi qadriyatlar muhim bo'lib borayotganini aniqlashga yordam beradi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsadularning milliy- madaniy meros va qadriyatlarga nisbatan ishonch va e'tiqodni mustahkamlashdan iborat. Yoshlarning milliy-ma'naviy qadriyatlarga nisbatan ishonch va e'tiqodining mustahkam bo'lishi O'zbekiston tanlagan o'ziga hos va mos taraqqiyot yo'li talablaridan kelib chiqadi hamda yoshlar oldiga aniq vazifalarni qo'yadi.

I.Ergashev jamiyat ma'naviy hayotida milliy qadriyatga munosabat muammolarini quyidagi omillarga bog'laydi :

1. Mustaqillik ulug' ne'mat va qadriyat ekanini chuqur idrok etgan holda,umummaqsad yo'lida yoshlar ozod shaxs va erkin fuqaro sifatida jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini chuqur anglab, faollik ko'rsatishi ularning qalb amriga aylanishi lozim.

2. Jamiyatni erkinlashtirish va ma'naviyat demokratiya hamda yoshlar dunyoqarashidagi milliy- ma'naviy qadriyatlarga tayanish bilan ham uzviy bog'liq.Mamlakat, xalq, millatning buguni va kelajagiga daxldor bo'lgan qadriyatlar haqida o'z fikrini ochiq va erkin bildirish ayrim salbiy holatlarning oldini oladi. Eng muhimi,fikrni erkin aytish muhim. Yoshlar fikriga hurmat bilan qarash, o'zgalar fikriga tayanish, milliy- ma'naviy qadriyatlarni tiklash orqali jamiyatda siyosiy- huquqiy madaniyat yuksalib boradi.

3. Demokratik jamiyatda milliy- ma'naviy qadriyatlarni tiklashga ehtiyoj ortib, fikrlar xilma- xilligi, munozara madaniyati shakllanadi. Faqat o'z fikrini o'tkazish, o'zgalar fikrini bo'g'ib qo'yish hollariga barham beriladi.

4. Milliy - ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi tufayli yoshlar o'z erkinligi va mustaqilligini qadrlaydigan, unga hurmat bilan qaraydigan, shu tuyg'uga ko'proq ehtiyoj sezadigan bo'lib boradi. Madaniy merosga nisbatan befarqlik va loqaydlik kabi ayrim illatlar barham topadi.

5. Bugun rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan ayrim shaxslar faoliyatida uchraydigan, qadriyatlarimizga to'g'ri kelmaydigan salbiy illatlarga barham berish imkoniyati tug'iladi.

6. Mustaqil mamlakatda har bir yoshning qaysi sohada ishlashidan qat'iy nazar, avvalo, ozod va erkin shaxs, inson sifatida o'zligini anglamog'i zarur bo'ladi. O'zlikni anglash esa ma'naviy qadriyatlarni chuqur o'rganish, asrab- avaylab rivojlantirish orqali amalga oshadi.

Xulosa:Yuqoridagi keltirilganlardan xulosa qiladigan bo'lsak,oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy muhitni yaxshilash tarbiya bilan bevosita bo'g'liq.Yoshlarni tarbiyalashda milliy g'urur tuyg'usini ular ongiga socha olsak bu eng katta yutug'imizdir.

REFERENCES

1. V.Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. Toshkent, 2017 yil.33b.

2. Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // Xalq so'zi. -2018. -15 avgust

3. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 496 http://oac.dsmi-qf.uz

4. Karimov I.A. Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish-oliy saodatdir. 2007. 38-bet

5. Shavkat Mirziyoyev "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi"

6. Ergashev I. Yoshlarning ijtimoiy faolligi. -T.: "Akademiya", 2020. 15-16- betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.