Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH MASALALARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik jamiyati / demokratik jamiyat / huquq / huquqiy davlat / huquqiy ong / huquqiy madaniyat / ijtimoiy ong / shaxs tarbiyasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A’Zam Abdiyevich Abdullaev

Maqolada fuqarolik jamiyati rivojida yoshlar ijtimoiy faolligining oshishi taraqqiyot omili ekanini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilib fuqarolik jamiyati tushunchasining zamonaviy ijtimoiy-falsafiy jihatlarini metodologik nuqtai nazardan shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojida yoshlar ijtimoiy faolligining oshishi qonuniyatlari ochib berish, bu jarayonda innovatsion g'oyalarning o'rnini ko'rsatishga va amaliy ko'rsatmalar berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH MASALALARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

YANGI O'ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH

MASALALARI

A'zam Abdiyevich Abdullaev

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

Maqolada fuqarolik jamiyati rivojida yoshlar ijtimoiy faolligining oshishi taraqqiyot omili ekanini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilib fuqarolik jamiyati tushunchasining zamonaviy ijtimoiy-falsafiy jihatlarini metodologik nuqtai nazardan shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojida yoshlar ijtimoiy faolligining oshishi qonuniyatlari ochib berish, bu jarayonda innovatsion g'oyalarning o'rnini ko'rsatishga va amaliy ko'rsatmalar berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: fuqarolik jamiyati, demokratik jamiyat, huquq, huquqiy davlat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ijtimoiy ong, shaxs tarbiyasi.

Yangi O'zbekistonda huquqiy madaniyatni tarkib toptirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Huquqiy madaniyat yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning yoshlarni shaxs sifatida kamol toptirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, taraqqiyot istiqbolarini belgilash nuqtai nazardan dolzarb vazifadir. Huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayoni mustaqillik bilan chambarchas bog'liqdir. Mustaqillik huquqiy madaniyatning negizidir. Shunga ko'ra mustaqillik poydevoriga qurilgan huquqiy madaniyat bu:

- O'z taqdirini o'zi belgilash huquqi;

- Milliy boyliklarga egalik qilish huquqi;

- Xalqimizga o'z milliy ma'naviyatiga tayanib yashash imkonini bergan voqelik;

- Tenglar ichida tenglik demokratik o'zgarishlarning kafolati demakdir;

O'zbekiston hukumatining yoshlar huquqiy madaniyatini va shakllantirish hamda rivojlantirish borasida olib borayotgan siyosati ikkita muhim vazifani hal etishni ko'zda tutadi;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi murojati, shuningdek biz tahlil qilayotgan mavzuning dolzarbligini quyidagilar bilan belgilanadi:

ANNOTATSIYA

453

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

Birinchidan, mazkur mavzuning bugungi kun sharoitidan kelib chiqib, jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohatlarni inobatga olgan holda yetarli darajada ilmiy tadqiq etilmaganligi;

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasida yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishdan iborat ijtimoiy-ma'rifiy tizim faoliyatining nazariy-huquqiy masalalari bo'yicha kompleks tadqiqotlarning kamligi;

Uchinchidan, fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadini ko'zlagan O'zbekiston Respublikasida bunday jamiyatning asosi bo'lgan turli xil ijtimoiy tuzilmalar, nodavlat tashkilotlar hamda faoliyatini yanada takomillashtirish hayotiy zaruratga aylanganligi;

Turtinchidan, yoshlarni ijtimoiy faolligini o'zida mujassam etuvchi jamoat tashkilotlari muammolarini o'rganish, tahlil qilish va ular asosida bu muammolarni hal etishning ilmiy asoslangan chora tadbirlarni ishlab chiqishning zarurligi;

Beshinchidan, O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng yoshlarning ijtimoiy faolligini yuzaga chiqaruvchi jamoat tashkilotlari faoliyatini o'zbek xalqining milliy an'analari va tarixiy qadriyatlariga asoslangan holda huquqiy tartibga solishda yuzaga keladigan muammolarning yechimini topish zarurati yuzaga kelganligi va boshqalar. Shu jihatdan ayta olamizki,fuqarolarning huquqiy madaniyati masalasi doimo sotsiologlar, huquqshunoslar, faylasuflar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, tarixchi olimlarning diqqat e'tiborida bo'lgan.

- O'zbekiston Respublikasida asta-sekin takomillashib borayotgan fuqarolarning huquqiy madaniyat tizimining mohiyati, o'ziga xos jihatlari va fuqarolik jamiyatini qurishda tutgan o'rni hamda rivojlanish yo'nalishlarini tadqiq etish;

- Huquqiy madaniyat hodisasining tarkibi, tuzilishi, tizimiy xususiyatlarini o'rganish:

- Huquqiy madaniyat tamoyillari va funksiyalarini tahlil qilish:

- Huquqiy madaniyatga doir xalqaro huquqiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish va qiyosiy tahlil qilish;

- Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida vujudga kelgan nazariy va amaliy muammolarni aniqlash va ularni takomillashtirish borasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;

- Ushbu tizimni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy xulosalarni shakllantirish.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlari e'tiborga molikdir: "Albatta, bu haqida ko'p gapirish mumkin, lekin ana shu miqdor ko'rsatkichlarini sifat ko'rsatkichlariga aylantirish, shu asosda

17-aprel, 2024

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

_Eçonomiçs_opportunitiesJoRealizeHumanPotentiaL

ommaviy axbort vositalarini haqiqiy to'rtinchi xokimiyat bo'lib maydonga chiqishiga erishish milliy media maydonimizda fikrlar va qarashlar rang-barangligini ta'minlash bugungi kunda dolzarb vazifa bo'lib qolayotganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Bu o'rinda axborot kommunikativ tizimning jamiyat hayotidagi o'rni tobora salmoqli bosimga ega bo'lib borayotganligini nazarda tutmoq kerak"1.

Jamiyatda yashaydigan yosh yoki keksa qonun doirasida ish yuritishi zarur. Demak, huquqiy bilim kun tartibida turadi. Binobarin, oldimizda qo'yilgan maqsadga erishish uchun bugungi yangi O'zbekistonga erkin va mustaqil, ravon fikrlaydigan, O'zbekiston hayotida doimiy, faol ishtirok etadigan,mustaqil so'zini aytishga qodir, ayni paytda o'z vazifasi va burchlarini to'g'ri anglab yetgan fuqarolar fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur. Mazkur fuqarolarni tarbiyalash zamon va taraqqiyot zaruriyatidir. Yoshlarning huquqiy madaniyati bu avvalo qonunlarini bilish va tushunish, uni hayotning ijobiy tomonlarga tatbiq etish, ijrosini ta'minlash, har bir shaxs yoki fuqaroning jamiyat xayotidafaol ishtirok etishi, ayni paytda mazkur faollikni boshqalarga ham singdirish hamda huquqlarini bajarishni talab etishidir.

Har bir yoshning ichki his tuyg'usi o'zining tashqi odobini namoyon qiladi. Huquqiy madaniyatga ega bo'lgan har bir yosh jamiyat jamoa talablariga zid ish bilan shug'ullanmaydi. Qonun qoidalarga hurmat bilan qaraydi. O'z faoliyatida huquqiy malaka bilimlarini ijobiy tomonga buradi,qonun-qoidalarga amal qilib ish yuritadi.

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy tadbirlardagi ishtirokida siyosiy madaniyatning namoyon bo'lishi bilan, asosiy e'tibor tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati, o'tkazish tartibi va ulardan kutilayotgan natijalarga ishora qilishi lozim. Ayniqsa, bu borada yoshlarning yoshlik xususiyati hamda har bir yosh davrdan kelib chiqqan holda chora-tadbirlarni tanlash va shu orqali ularning siyosiy ongi va siyosiy tarbiyasiga shuning barobarida shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini ko'rsatadi. Xususan, katta maktab yoshdagilar ularning ijtimoiy faolligi, dunyoqarash va e'tiqodi, o'z hayotini o'zi belgilashi, erkin fikrlashi hamda manfaat va maslaklarni anglash jarayoni kechayotgan davr ekanligini hisobga olish lozimligi asoslanadi.

Ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-madaniy tadbirlardagi ishtiroki orqali huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutish lozim: 1) o'z yosh xususiyatlaridan kelib chiqib ma'lum ijtimoiy- madaniy tadbir yoki rituallarni muntazam o'tkazib borish; 2) har bir ijtimoiy-madaniy tadbirda aniq maqsad

1Мирзиёев Ш.М. Тащидий тахлил, катъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик-хар бир рахбар фаолиятини кундалик коидаси булиши керак. Т.Узбекистон, 2017 й. 45-47 бетлар.

17-aprel, 2024

455

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

ko'zlangan bo'lishi hamda undan kutilgan natija samara berishi aniq belgilangan bo'lishi lozim; 3) barcha rejalashtirilgan ijtimoiy-madaniy tadbirlardan so'ng uning kompleks taxlili o'tkazilib, erishilgan va ijobiy va salbiy natijalar muhokama etilishi kerak; 4) o'tkaziladigan ijtimoiy-madaniy tadbirlarda mutaxassis shaxslarning shaxsan ishtiroki hamda o'quvchi yoshlarning tadbir mohiyatini idrok etish imkoniyati ta'minlanishi darkor; 5) ijtimoiy-madaniy tadbirlarning har biri yoshlarning har tomonlama ijtimoiylashuvi jarayoniga ijobiy ta'sir etishiga erishish muhim.

Xulosa qilib, huquqiy madaniyatni asosan, har-bir inson ichki his tuyg'usi, ichki dunyosining madaniyati umuminsoniy urf-odatlar, an'analar va huquqiy bilim, ilmlarga bo'lgan munosabatlar belgilab beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatini kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T. O'zbekiston, 2017 y. 45-47 betlar.

2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi.T.: "O'zbekiston" 2020. -B.230-23.

3. Qirg'izboyev M. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi - T.: "Sharq", 1998.-B. 6.

4. Jo'raev S.A. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot (ilmiy tahliliy maqolalar to'plami). - T.: Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti nashr., 2003.-B.41 bet.

5. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. Darslik. 2 tomli. 1-tom / Mas'ul muharrir akademik Sh.Z.O'razaev - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1998. - B.7.

456

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.