Научная статья на тему 'YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI'

YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
877
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquq / madaniyat / huquqiy ong / davlat / jamiyat

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilnoza Orziqulovna Norboyeva

Ushbu maqolada yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy madaniyat va huquqiy ongni yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy siyosiy jarayonlarni huquqiy tahlil qilingan. Huquqiy madaniyat va huquqiy ongning nima ekanligiga, uning jamiyatdagi o’rniga to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI

Dilnoza Orziqulovna Norboyeva

TVCHDPI Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi talabasi

norboyevadilnoz05@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy madaniyat va huquqiy ongni yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy - siyosiy jarayonlarni huquqiy tahlil qilingan. Huquqiy madaniyat va huquqiy ongning nima ekanligiga, uning jamiyatdagi o'rniga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: huquq, madaniyat, huquqiy ong, davlat, jamiyat

Huquqiy demokratik davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borayotgan mustaqil O'zbekistonda fuqarolar huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirish g'oyat darajada muhim, dolzarb muammodir. Mamlakatimizning rivojlanishi va istiqboli, keng ko'lamda o'tkazilayotgan iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma'naviy o'zgartirishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan huquqiy ongi va bilimi hamda huquqiy madaniyat darajasiga bog'liqligi o'z-o'zidan ayon.

Huquqiy ong - huquqni anglash demakdir, odamlarning ham amaldagi huquqga, ham ularning o'zlari istalgan huquqga munosabatini ifoda etadigan tassavvur va his-tuyg'ularning mujassamidir. U tabiatan huquq bilan mushtarakdir va shu sababli mavjud iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ikkilamchidir. Huquqiy ong jamiyatning, turli ijtimoiy guruhlarning obyektiv ravishda kelib chiqqan ehtiyojlari va manfaatlarining bevosita ta'sirida shakllanadi, o'zgarib turadigan obyektiv sharoitlar va jarayonlar ta'siri ostida doimiy rivojlanib boradi. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir qismidir va shu sababli unga falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlar ta'sir etib turadi.

Huquqiy ongni rivojlantirishga jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi qonunlarning loyihalarini keng omma (halq) orasida muhokama qilinishi, barcha o'quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o'rgatish-o'rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televideniya, vaqtli matbuotlarda huquqiy bilimlarni keng targ'ib va tashviq qilish; aholining mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o'rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

rivojlantirish; oshkoralikni ta'minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o'rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san'atda huquqiy bilimlarni tarqatish, o'ylaymizki huquqiy ongni rivojlantirishning omillari bo'lib hisoblanadi.

Aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun asosiy e'tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997 - yil 29 - avgustda qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi"da ham belgilab berilgan. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat ham moddiy ma'naviy, ahloqiy va boshqa mafkuraviy omillar asosida shakllanib hamda rivojlanib boradi.

Huquqiy madaniyat fuqarolarning yetukligi va ongliligini ko'rsatuvchi me'yordir. Huquqiy ong, bilim va tasavvurlar insonda tasodifiy ravishda paydo bo'lmaydi. Uni insonning tug'ma xususiyati deyish ham mumkin emas. Inson onadan dono-yu donishmand bo'lib ham tug'ilmaydi. Kishidagi huquqiy ong, huquqiy bilim va madaniyat ta'lim tarbiya, o'qish o'rganish, mehnat qilish, amaliy faoliyat, hayot tajribasi, ajdodlar merosi va namunasi asosida shakllanib, rivojlanib uzluksiz takomillashib boradi. Huquqiy bilimlar va huquqiy ongning yuzaga kelishi va rivojlanishi cheksiz jarayondir. U jamiyat taraqqiyoti asosida yuzaga keladigan obyektiv talab va ehtiyojlar, mavjud imkoniyatlar, shart sharoitlar asosida shakllanadi.

Inson jamiyatda, davlatda yashar ekan, uning huquqiy ongini shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar bilan bog'lanmog'i lozim. Huquqiy madaniyatsiz jamiyat kelajagini tassavur etib bo'lmaydi. Yoshlarning qalbi va vujudiga go'daklik paytidan boshlab odob ahloq, huquqiy qonun qoidalar haqidagi ilk tasavvur va tushunchalarni singdirishga jamiyatning asosi bo'lgan oilaning roli va ahamiyati beqiyosdir.

Qonunlarimiz asoslaridan xabardor bo'lish yoshlar o'rtasida qonunbuzarlik holatlarini, odob ahloqimizga zid hatti-harakatlarning oldini olishda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini o'stirishda o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Qonunlarni yaxshi bilgan yoshlargina ularga rioya qiladi. Bunday inson o'zini ham oilasini ham, halqi davlatini ham himoya eta oladi. Qonun talablariga qat'iy rioya etish, qonunlarimizga yuksak ehtirom ko'rsatish, qonun oldida hamma-prezident va oddiy fuqaro ham, erkagu ayollar ham, yoshlaru keksalar ham, tadbirkorlaru mansabdor shaxslar ham teng va ma'sul ekanini, bu masalada hech kimda alohida imtiyoz yo'qligini chuqur idrok etish, ana shu qadriyatni ongiga mukammal singdirish barcha yoshlar uchun muhim fazilat hisoblanadi.

Shunday qilib, ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo'lgan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy turmush rivojlanishiga aks ta'sir ko'rsatadi. Huquqiy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

g'oyalar, bilim va tasavvurlar, huquqiy nazariyalari jtimoiy hayotning barcha tomonlariga kirib borib, fuqarolarning ongidan o'rin olib odamlar hulq atvoriga, amaliy faoliyatiga mafkuraviy va psihologik ta'sir etadi. Huquqiy ong odamlarni ma'lum tarzda o'zlarini idora qilishga, jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar doirasida faoliyat ko'rsatishga undaydi.

Kishilar huquqiy ongi va bilimi rivojlanganlik darajasini ularning ijtimoiy-huquqiy faolligiga qarab aniqlash mumkin. Jamiyat a'zolarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy ma'naviy sohalarda, o'z-o'zini boshqarish organlarida faol ishtirok etishlari huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi o'sib borayotganligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2003. - 40 b.

2. Davlat va huquq nazariyasi. Mas'ul muharrirlar H.B.Boboyev, H.T.Odilqoriyev -T.:

"Iqtisodiyot va huquq dunyosi" nashriyot uyi, 2000.-.

3. Islomov Z.M. Davlat va huquqning umumnazariy muammolari:huquqni tushunish, huquqiy ong va huquq ijodkorligi. T.:TDYUI,2005. -187b.

4. Odilqoriyev X. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. -T.: Sharq, 2002.-320 b.

5. Saidov A.X., Tadjixanov U., Toshqulov J.O'. Mustaqillik va huquqiy mafkura. T., 1995. -117 b.

6. Xalilov E.H. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o'rni. Pravosoznaniye v strukture obshestvennoyjizni.-T.: O'zbekiston, 1997. -48 b.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-sonli farmoni. QHMMB: 06/19/5618/2452-son 10.01.2019y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.