RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
VITAGEN YONDASHUV ASOSIDA O'SMIR YOSHDAGI O'QUVCHILARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Namazov Shuxrat
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti stajyor-
tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7994002 Annotatsiya. Mazkur maqolada vitagen yondashuv asosida o'smir yoshdagi o'quvchilarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar, huquqiy madaniyatini rivojlantirishda jahon tajribasi, pedagogik-psixologik jihatlar ma'naviy barkamol yosh-avlodni tarbiyalash, o'quvchilar, talaba-yoshlarni jamiyat hayotiningma'naviy sohalarida, adolatli demokratik fuqarolik jamiyati qurish yo'lida professional kasb egasi bo'lib voyaga yetkazishda huquqiy madaniyatning ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: fuqarolik jamiyati, vitagen yondashuv, o'smir yoshdagi o'quvchilar, pedagog, psixolog, demokratik, adolatlilik, huquqiy madaniyat, ma'naviyat, yoshlar
Jahon hamjamiyati jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida insonparvar fuqarolik jamiyatini barpo etishda ko'plab mamlakatlar tomonidan ta'lim tizimi orqali fuqarolarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Shu jumladan, O'zbekiston ham "inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish" ni asosiy maqsad qilib, ayni damda "...jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo'shni davlatlar bilan do'stona munosabatlarini hamkorlik, o'zaro qo'llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib", ushbu oliy maqsadlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida dasturulamal qilib belgilab qo'ygan. Ta'lim tizimi eng rivojlangan ko'plab mamlakatlarda insonparvar fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida siyosiy elita tomonidan aniq maqsadli strategiyalar ishlab chiqilmoqda. Xususan, Finlandiyaning "100 ta ijtimoiy innovatsiya" dasturida ham ta'lim tizimi orqali chinakam vatanparvar fuqaroni tarbiyalashga e'tibor qaratmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 09.01.2019 yildagi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi farmonida ham huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilishi lozimligi, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashish zarurat" ekanligi ta'kidlanib, bunda ta'lim muassasalari, xususan, maktab ta'limida ham huquqiy savodxonlikni oshirish masalasi uchun alohida bob ajratilgan.
Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizda huquqiy fanlarni o'qitish tizimi orqali aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda, hozirgi kunning eng dolzarb masalasi - inson qadrini ulug'lashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu maqsadlarni amalga oshirishda, tabiiyki, voyaga yetmagan shaxslarning, xususan, o'smir yoshdagi o'quvchilarning huquqiy madaniyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Chunki kelajakda chinakam huquqiy-demokratik davlat qurish uchun hozirdan bu masalaga alohida e'tibor qaratish, ularning huquq va erkinliklarini tushintirish, hayotda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarda o'z huquq va erkinliklarini himoya qilishni va o'z navbatida boshqalarning
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
huquqini hurmat qilishni o'rgatish yangi va chuqurlashtirilgan huquqiy madaniyatni rivojlantirishda asos bo'lib xizmat qiladi.
Tan olish kerakki, qariyb 30 yil davomida ta'lim tizimida huquqiy fanlarning samaradorligiga juda kam e'tibor qaratildi. Va nihoyat, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning PQ-4166-son 07.02.2019-yildagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori asosidagina mamlakatimizda yagona bo'lgan mutaxasisligi huquqiy fanlar o'qitiladigan Toshkent davlat yuridik universiteti "monopoliyasi"ga barham berilib, joylarda huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o'qitilishiga ruxsat berildi. Bu esa tez orada o'zining ijobiy natijasini ko'rsata boshladi. Aholining huquqiy madaniyati oldingiga nisbatan asta-sekin ko'tarilib bordi, huquqiy fanlarga nisbatan qiziqish yanada ortdi, o'zgalarning huquqini hurmat qilish jamiyatda sezilarli darajada namoyon bo'la boshladi.
Asosiy maqsadi demokratik davlat barpo etish hisoblangan har qanday mamlakatning huquqiy madaniyatini rivojlantirilishi yuqori sifatli ta'limga asoslanadi. Bu yo'lda davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatishini talab qiladi.
O'smir yoshdagi o'quvchilarning kichik (maishiy) va katta (siyosiy) huquqlarini vitagen yondashuv - hayotiy tajribalar asosida o'rgatish, o'zlarini shaxsiy ravishda rivojlantirishlari va ijtimoiy hayotga faol qatnashishlarini rag'batlantirish hozirgi kundagi dolzarb masala hisoblanadi. Bu mavzu o'smir yoshdagi o'quvchilar uchun ularning jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy sohalarda qanday huquqlari mavjudligini bilishlari hamda huquqlari buzilgan taqdirda o'z-o'zini himoya qila olish ko'nikmasining shakllanishi bilan juda muhimdir. Huquqlari bilan tanishgan o'smir yoshdagi o'quvchilar sodiq va samarali fuqarolar sifatida to'g'ri yo'nalishni tanlaydilar, o'zgalarning huquqlarini hurmat qiladilar. Bu esa jamiyatning umumiy sifatini yaxshilashga yordam beradi.
O'quvchilar huquqlariga e'tiborni yo'naltirib, ularni rivojlantirishi uchun maktab, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar zamonaviy texnologiyalarga ega bo'lish lozim. O'smir yoshdagi o'quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishda ta'lim muassasalarida huquqiy fanlarning mavjudligi, ularning amaliyotda qo'llanishi, huquqiy madaniyatning rivojlanishida vitagen yonashuv asosida kazuslar yechimini o'rgatish va huquqiy madaniyatni tashkil etishga ko'maklashuvchi o'quv-uslubiy texnologiyalarning zamonaviyligi muhim omil hisoblanadi.
Bu mavzu haqida ko'p narsalarni o'rganish, amaliyotda qo'llash va huquqiy bilimlarni rivojlantirish ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning olibgina qolmay, yosh o'quvchilarning jamiyat taraqqiyotiga ko'proq hissa qo'shilishiga yordam beradi.
Jahon tajribasini olib qaralganda, rivojlangan davlatlarda o'smir yoshdagi o'quvchilarida huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Huquqiy bilimlarni oshirish: o'quvchilarga huquqiy tushunchalarini o'rgatish va ijtimoiy masalalarda qo'llashga qodir bo'lishlari uchun huquqiy darslarga alohida e'tibor qaratishadi.
2. Qonun ustuvorligini hurmat qilish: O'quvchilar qonunga bo'ysunish, og'ir jazolardan qo'rqishga emas, qonunlarga rioya qilishga, o'zgalarning huquq va manfaatlarini hurmat qilishga tayyorlanadi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun
3. Huquqiy tadqiqotlar amalga oshirish: O'quvchilar huquqiy tadqiqotlar amalga oshirib, ijtimoiy muammolarga yechim topish ko'nikmalariga ega bo'lishadi.
4. Huquqiy diskussiyalar tashkil qilish: O'quvchilar huquqiy masalalar yuzasidan o'zaro muloqotlar olib borish, muhokama va muzokara tashkil etishadi.
5. Amaliy mashqlar: Huquqiy tarbiya davomida amaliy mashqlar tashkil etilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tashriflar amalga oshiriladi, sudlarda ishtirok etishadi.
6. Huquqiy xizmatlar huquqiy madaniyatni rivojlantirishning bir qismi sifatida huquqiy xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarda jarayonlar bilan tanishishadi.
O'smir yoshdagi o'quvchilarda huquqiy madaniyatini rivojlantirish uchun bu usullar va boshqa ko'nikmalar foydali hisoblanadi. Bu, ularni jamiyat a'zolari sifatida huquqlarini kafolatlashga va muammolarni hal qilishga tayyorlaydi.
O'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalash, o'quvchilar, talaba-yoshlarni jamiyat hayotining ma'naviy sohalarida, adolatli demokratik fuqarolik jamiyati qurish yo'lida professional kasb egasi bo'lib voyaga yetkazish uchun huquqiy madaniyatning pedagogik ta'sir vositalaridan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O'smir yoshdagi o'quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari jamiyatda turli sohalarda parallel ravishda rivojlantirilsa, aniq maqsadga erishish jarayoni osonlashadi.
Birinchidan, ma'naviy-axloqiy soha: ta'lim muassasalaridan tashqari oilada, jamoat joylarida o'quvchilarga o'zining va boshqalarning huquqlariga hurmat ko'rsatish, yaxshi axloq va madaniyatli turmush tarziga ega bo'lish. Masalan, o'zbek millatiga xos bir salbiy odat bor, oilada maishiy ishlarni ko'proq kichik yoshlilarga, hattoki bolalarga bajartirishadi. Ayrim hollarda favqulotda tamaki yoki alkogol mahsulotlariga ehtiyoj sezilganda ham katta yoshililar o'rniga voyaga yetmaganlar do'konga borishiga to'g'ri keladi. Sotuvchi esa, qonunchilikda mumkin bo'lmasa-da o'z manfaati yo'lida ushbu tovarlarni hatto yosh bolalarga ham tutqazadi. Bu bolalar ruhiyatiga salbiy ta'sir etibgina qolmay, uning qiziqishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Bunga faqat ta'lim muassasasi, mahalla mas'ullarigina emas, balki jamiyatda hamma bir bo'lib kurashishi lozim.
Ikkinchidan, ijtimoiy sohaga alohida e'tibor qaratilishi lozim. Afsuski, ayrim hollarda o'smir yoshdagi o'quvchilarning sha'ni, qadr-qimmatiga, hattoki hayotiga bo'lgan tajovuzlar ham uchrab turmoqda. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi haqida OAV orqali aholi o'rtasida targ'ibotlarni kuchaytirish, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy roliklarni ko'paytirish, buzilgan huquqlarni qayta tiklash va ushbu tajribalarni ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda amaliyotga tadbiq etish muhim hisoblanadi.
Keyingi omil, iqtisodiy soha. Mehnat bozorida bolalar mehnatidan to'liq voz kechish zarur. Yaqin yillarga qadar bolalar huquqi qo'pol ravishda buzilib, paxta yig'im-terim mavsumida majburiy mehnat orqali ularning mehnatidan foydalanildi. Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari ham buni ko'rib, ko'rmaslikka majbur bo'lishdi. Qo'shtirnoq ichidagi "vatanparvarlik" hissini namoyon etish uchun ham ayrim xonadonlar oilaviy ushbu ishlarga o'zini bag'ishladi. Bu, aslida, bolalar huquqining qo'pol ravishda buzilishi ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas.
Jamiyatdagi ushbu nuqsonlar bartaraf etilsagina, biz kutgan - inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
barpo eta olamiz. Buning uchun, albatta, hamma bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi,
Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilishimiz, va o'z navbatida voyaga yetmagan, xususan,
o'smir yoshdagi o'quvchilarning huquqlarini himoya qilishimiz zarur.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil. Toshkent.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/4149765
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning PQ-4166-son 07.02.2019-yildagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori
4. Tursunboyevich, Ozod Abduganiev. "Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 1888-1897.
5. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the postsoviet world.Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.
6. https://ziyonet.uz
7. https://lex.uz/
8. https://uza.uz/oz
9. https://kun.uz/
10. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.
11. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.
12. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.
13. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.
14. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.
15. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.
16. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.
17. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).