O'quvchilarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirish
Sevinchbegim Adham qizi Tursunqulova [email protected] Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Fuqarolik tarbiyasi nima ekanligi va u fuqarolar uchun qanchalik kerakligi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Fuqarolik tarbiyasi jamiyatda yashayotgan shaxslarning o'z huquq va burchlarini bilishi, tushunishi va amalda qo'llashi uchun juda muhimdir. Shunday ekan ushbu maqola o'quvchilar uchun albatta foydali bo'ladi.
Kalit so'zlar: fuqarolik, huquq va erkinliklar, huquqiy tarbiya, Konstitutsiya, yoshlar
Formation of civic education in students
Sevinchbegim Adham kizi Tursunkulova [email protected] Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after
Alisher Navoi
Abstract: This article provides information about what Civic education is and how much it is needed for citizens. Civic education is very important for people living in society to know, understand and practice their rights and duties. Therefore, this article will definitely be useful for readers.
Keywords: citizenship, rights and freedoms, legal education, Constitution, youth
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyalari fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdekezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy, siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror toptirish fuqarolik jamiyatining asosiy talabi sanaladi.
Fuqarolik tarbiyasi quyidagilarga e'tibor qaratishi lozim.
1. Huquq va erkinliklar-Fuqarolik tarbiyasi insonga o'zining asosiy huquq va erkinliklarini o'rganish va himoya qilishda yordam berishi kerak. Bu huquqlarga so'z erkinligi, fikr erkinligi, e'tiqod erkinligi, tenglik, adolatli sudlov huquqi va shaxsiy daxlsizlik kiradi.
2. Demokratiya-Fuqarolik tarbiyasi demokratik qadriyatlarni o'rgatishi, demokratik jarayonlarda shaxslarning ishtirokini rag'banlantirishi kerak. Bu saylovlarda qatnashish, ovoz berish, nodavlat tashkilotlatiga a'zo bo'lish, norozilik bildirish huquqi kabi masalalar kiradi.
3. Majburiyatlar-Fuqarolik tarbiyasi shaxsning jamiyatdagi mas'uliyatini tushunishiga yordam berishi kerak. Bu majburiyatlarga soliq to'lash, atrof-muhitni muhofaza qilish, yo'l-harakat qoidalariga rioya qilish, inson huquqlarini hurmat qilish va jamiyatdagi boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish kiradi.
4. Adolat-Fuqarolik tarbiyasi insonlarga adolat tushunchasini tushunishga yordam berishi kerak. Bunga qonunning teng qo'llanilishi, adolatli sudlov, inson huquqlari va qonun ustuvorligi kabi masalalar kiradi.
Shu sabablarga ko'ra fuqarolik tarbiyasi insonning jamiyatda yanada ongli, mas'uliyatli va erkin bo'lishiga ko'maklashadi va bu orqali yanada adolatli, demokratik va barqaror jamiyat barpo etishga hissa qo'shadi.
Jamiyat tomonidan qonunchilik yo'li bilan belgilangan talablar fuqaro xulqini baholash, xatti-harakatlari mohiyatini yahlil qilish uchun mezon bo'lib xizmat qiladi ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko'rinishlar, harakatlaryoki odatlar ma'qullanadi yoki aksincha qoralanadi.
Fuqarolik tarbiyasi bu fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o'quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, vatan, jamiayat manfaatlari yo'lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy obyekti fuqarolik sanaladi.
Fuqaro-fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat, davlat a'zosi bo'lgan shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondashuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublikdir.
Huquqiy tarbiya-o'quvchilar o'rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o'ziga xos o'rin tutadi. 1993-yil mart oyida e'lon qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi"da qayd etilganidek, "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta'limotni, chuinonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo'jalik, ma'muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qununlarini yuksak darajada hurmat qilish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, Xalqaro tashkilotlar faoliyati haqida o'quvchilarning umumiy tasavvurlarini shakllantirishdan iboratdir".
Hozirgi yillarda O'zbekiston hududida fuqarolik tarbiyasi juda ham tuzatishlarga muhtojdir. Nima sababdan deganda o'z fuqarolik huquqlarini tushunmaydigan, bilmaydigan oilalar ko'payib bormoqda. Shu sababli fuqarolik tarbiyasi nima ekanligini jamiyatning kop sonli qismi bilishmaydi va hech qanday tushunchalarga ham ega emaslar. E'tibor berilgan bo'lsa ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda davlat siyosatida birinchi o'rinda fuqarolik tarbiyasi, vatanni sevish, jamiyatni hurmat qilish kabi g'oyalar ustuvor hisoblanadi. Misol uchun Yaponiyaning judaham tezlikda taraqqiy etganiga nazr tashlaydigan bo'lsak ularda xalqning juda jipslashib birikkaniga, xalq o'z vatanini qadrlashiga va fuqarolik tarbiyasi yuqori cho'qqidaligiga guvoh bo'lamiz.
Albatta birinchi navbatda oilalarni o'zgartirish kerak, Chunki, oila o'zgarsagina jamiyat ham o'zgaradi. Farzand tarbiyasini birinchi o'rinda oiladan oladi. Shunday ekan har bir fuqaro islohot qilishni o'zidan boshlamog'i kerak. Fuqarolik tarbiyasini kamol toptirishda yoshlar, fuqarolar o'rtasida vatanparvarlik hissini uyg'otish va ayniqsa bu ishni bolalakdan boshlab singdirib borish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
2. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.
3. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.
4. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.
5. Sattorov V. N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 710-719. (2023)
6. Sattorov V. N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 734-745 (2023).
7. Sattorov V. N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no. 02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995
8. Sattorov V. N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no. 02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414
9. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.
10. Professor. M. X. To'xtaxodjayeva "Pedagogika" Toshkent-2010
11. B. X. Xodjayev "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti" Toshkent-
2017
12. J. Hasanboyev "Pedagogika"-2011
13. X. Ibragimov, Sh. Abdullayeva "Pedagogika nazariyasi" Toshkent-2008