Научная статья на тему 'YANGI OʻZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA ABDULLA AVLONIYNING ,,TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ’’ ASARINING AXLOQIY-FALSAFIY AHAMIYATI'

YANGI OʻZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA ABDULLA AVLONIYNING ,,TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ’’ ASARINING AXLOQIY-FALSAFIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
30
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloq / xulq / odob / tarbiya / jamiyat / millat / axloqiy kategoriya va tamoyillar / ilm / vatan / hilm / nafs / vijdon / iqtisod / din / yaxshi xulq va yomon xulq. / morality / behavior / manners / education / society / nation / moral categories and principles / science / homeland / science / ego / conscience / economy / religion / good behavior and bad behavior.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Toʻlanboyeva, Qorakoʻz, Sulaymonov, Jasur

Ushbu maqolada Abdulla Avloniyning ,, Turkiy Guliston yoxud axloq “ asarida ilgari surilgan axloqiy, pedagogik tamoyillar, taʼlim va tarbiya jarayonlarida axloqning oʻrni hamda inson hayotidagi axloqiy xususiyatlarning ahamiyati falsafiy tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ETHICAL-PHILOSOPHICAL SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI'S WORK "TURKISH GULISTON OR MORALITY" IN THE EDUCATION OF NEW UZBEKISTAN YOUTH

In this article, the ethical and pedagogical principles, the role of ethics in education and training processes, and the importance of ethical characteristics in human life, presented in Abdulla Avlani's work "Turkish Gulistan or Ethics" are philosophically analyzed.

Текст научной работы на тему «YANGI OʻZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA ABDULLA AVLONIYNING ,,TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ’’ ASARINING AXLOQIY-FALSAFIY AHAMIYATI»

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA ABDULLA AVLONIYNING ,,TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ'' ASARINING

AXLOQIY-FALSAFIY AHAMIYATI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11669956

Qorako'z To'lanboyeva

Sharq falsafasi va madaniyati tarixi kafedrasi 3-kurs hind-ingliz guruhi talabasi Ilmiy rahbar: Jasur Sulaymonov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi mudiri, PhD https://orcid.org/0000-0003-0050-8907 nihatchetin@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abdulla Avloniyning ,, Turkiy Guliston yoxud axloq " asarida ilgari surilgan axloqiy, pedagogik tamoyillar, ta 'lim va tarbiya jarayonlarida axloqning o'rni hamda inson hayotidagi axloqiy xususiyatlarning ahamiyati falsafiy tahlil etiladi.

Tayanch tushuncha va iboralar: axloq, xulq, odob, tarbiya, jamiyat, millat, axloqiy kategoriya va tamoyillar, ilm, vatan, hilm, nafs, vijdon, iqtisod, din, yaxshi xulq va yomon xulq.

ABSTRACT

In this article, the ethical and pedagogical principles, the role of ethics in education and training processes, and the importance of ethical characteristics in human life, presented in Abdulla Avlani's work "Turkish Gulistan or Ethics" are philosophically analyzed.

Basic concepts and expressions: morality, behavior, manners, education, society, nation, moral categories and principles, science, homeland, science, ego, conscience, economy, religion, good behavior and bad behavior.

KIRISH

Abdulla Avloniy o'z faoliyati davomida ilm, ziyo, yuksak tarbiya kabi tushunchalarni millatga tanitish, o'sib kelayotgan avlodni ayni shu xususiyatlar bilan o'stirish maqsadida mehnat qilgan ziyolilarimizdan biridir. Maktab ochish, ularni

darsliklar bilan ta'minlash, ta'lim bera oluvchi shaxslarni tarbiyalash masalalariga katta hisa qo'shgan deb ayta olamiz. ,, Turkiy Guliston yoxud axloq " asari ham aynan insonni yetuk shaxs bo'lib tarbiyalanishiga bag'ishlangan, o'z davrining yirik salmoqli asarlaridan biridir.

,,Turkiy Guliston yoxud axloq " asari yozilish tili ham sodda va ravon, o'z davrining, shu jumladan bizning ham har bir o'quvchi kitobxonga qulaydir. Muallif so'zlarining isboti sifatida Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning aytgan muborak gaplarini hamda sahobalarning so'zlarini mos ravishda keltirib ketgan. Bu hayotimizdagi uchraydigan axloqiy me'yorlar va uning ahamiyatini diniy jihatdan ham tushuntirib ketishdir.

Biz bu asar bilan tanishib chiqar ekanmiz, axloqiy kategoriyalar, axloqiy tamoyillarning barchasiga alohida shaklda sharh berilganiga guvoh bo'lamiz. Ularning farqli hamda o'xshash jihatlarini ajratib olish bu shaklda qulayroq. Shuningdek, har bir tushuntirishdan so'ng nazmni ham uchratamiz mumkin. Bu kitobxon uchun yana-da zavq beradi. Xuddi so'z o'yini kabi. Abdulla Avloniy axloqiy kategoriya va tamoyillarni hayotimizdagi uchraydigan odatiy holatlar orqali ochib bergan. Barcha qatlamlar uchun birdek tushunarli bo'lishi bo'lishi ko'proq manfaatli.

Muallif eng birinchi navbatda yaxshi xulq hamda yomon xulqlarga ta'rif va izohlar berishdan avval axloq nima ekanligini tushuntiradi. Keyingi navbatda sirasi bilan yaxshi xulq va yomon xulqni alohida shaklda tahlil etadi.Ularni har birini ifodalashda insonga qanday foydalar berishi, aksi bo'lganda, qanday muammolar boshiga kelishini keltiradi.

Axloq insonning yaxshi fazilatlarga undaydigan, yomonliklardan qaytaruvchi ilm ekanligini ta'kidlaydi. Umuman olganda axloq har bir inonning insoniylik xususiyatini ifodalovchi tushunchadir, axloqsiz inson mavjud bo'lmaydi. Faqatgina uning xususiyatlari har kimda har xil akslanadi. Biror shaxsga nisbatan ,,axloqsiz" deya nisbat berishimiz mantiqsizlikdir. Axloqni tushunish va unga ta'rif berishda haligacha turli qarashlar, o'zaro tortishuvlar mavjud. Ammo asosiy masala axloqning o'rganish obyekti. Uni shakllantirish aynan Abdulla Avloniy izohlaganidek, o'ziga xos ilmdir. Axloqning negzida xulq turadi. Xulq yakka bir insonga tegishli bo'lgan jihatlardan biri. Xulq go'daklikdan tarbiyalanishi lozim. Unga qanday ishlov berilsa, u shunday natija ko'rsatadi. Bu borada muallif Payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v) ning so'zlarini keltiradi: ,,Bir tog'ning o'rnidan ko'chib ketganini eshitsangiz, ishoningiz, ammo bir odamning xulqi boshqa bo'ldi deb eshitsangiz ishonmangiz". Demakki, yaxshini yomondan, halolni xaromdan ajratmoqlikni kichiklik paytidan uqtirib borilishi talab etiladi. Shu jihatga ko'ra, Axloq ulamolari xulqqa yaxshi xulq

va yomon xulq kabi nisbat berganlar.1 Muallif so'zlariga ko'ra, agar nafs tarbiya topib, yaxshi amallarga odat qilsa, ,,yaxshi xulq", agar nafs tarbiyalanmay, yomon ishlarga odat qilsa, u ,,yomon xulqdir" Bu so'zlarni o'qib hamma ishlatadigan odatdagi so'zlar deguvchilar ham bo'lishi mumkin. Lekin mana shu keltirilgan fikrlarni anglab, uning amaliyotini o'zida jam qila bilish asosiy masala. Shuning uchun ham asarda Alloh taolo har bir insonga asl xilqatiga qobiliyat va iste'do dli, yaxshini yomondan ajrata olish in'om qilingan. Ammo bularni yuzaga chiqarib, kamolga yetkazish uchun tarbiya kerak bo'ladi.

Tarbiyani Abdulla Avloniy ,, pedagogika" bola tarbiyasining fani deb baholagan. Tarbiya insondagi axloqning qanday mezonlarga xizmat qilishini belgilovchi vositadir. U katta bir mas'uliyat talab etadi. Go'daklik chog'idan tarbiyani ijobiy xususiyatlarini berib borsa, undagi xulq go'zal bo'ladi. Ota-onalarning o'zidagi mavjud xulqi bolaning ham shakllanayotgan xulqi va axloqiga asosiy ta'sir etadigan omil hisoblanadi. Shu bois xalqimizda shunday maqol bor: ,, Qush uyida ko'rganini qiladi". Tarbiya axloqiy xususiyatlarini go'zallashtiruvchi kuchdir. Xuddi dori-darmon kabi insonga darmondir. Muallif shuning uchun ham tarbiyachilarni tabib deb ataydi. Shuningdek, inson tug'ilganidan qanday bo'lsa, shunday xulq va axloqliy bo'ladi, bu o'zgarmaydi deyilgan gapni inkor etadi. Chunki har qanday inson tug'ilgach, u tarbiya topadi. Ya'ni insonni ma'lum shaxs tarbiyalashi majbur deyilmaydi, uni jamiyat, tashqi muhitning o'zi ham tarbiyalab qo'yadi. Bundan tashqari, tarbiyaning dastlabki ildizi bu oiladir, insonning yashashni boshlagan uyi.

Avloniy tarbiya vaqti haqida so'z yuritar ekan, o'sha davrdagi jamiyatda kuzatilayotgan noqisliklarni, ilmsizliklarni keltirib o'tadi. Bola tarbiyasida ota-ona, muallimlar va uni o'rab turgan atrof-muhit o'z aksini ko'rsatadi. Ammo bu davrda bularning hech biri qoniqarli holda emas va maishiy turmushdan ajralib, ilm yo'lini tutmagan. Tarbiya qilishlik ham alohida ilmsir. Uni ikki turda: badan tarbiyasi va fikr tarbiyasi kabi qismga ajratiladi. Ikkisi ham bir biriga uzviy bog'langan. ,,O'zida yo'q narsani qanday bolaga bersin", deya dard bilan aytilgan jumlalar vaziyat qanchalik jiddiy ekanligini ifodalaydi. Shu sababdan ota-ona ilm yo'lini tutmas ekan, tarbiyaning vazifasini bajara olmaydi.

Keyingi navbatda fatonat tushunchasi beriladi. Bu aql egasi bo'lishlik. Aql sohiblari e'tiqodda ham ilg'ordir. Aql insonning ruhiga yo'lboshchilik qiladi.

Muallif yaxshi xulqlarga to'xtalar ekan, bir orada aqsom ilmi haqida keltirib o'tadi. Ta'kidlanishicha, bu diniy va dunyoviy ilmlarni teng tutmoqlikdir. Avloniy bejizga keltirib o'tmagan . Chunki hamma davrda bu masala dolzarbdir. Ham diniy,

i

https://n.ziyouz.com/books/axloq_va_odob/Abdulla%20Avloniy.%20Turkiy%20Guliston%20yoxud%20axloq.pdf

ham dunyoviy ilmlarni o'rganish va ikkisi tarozining pallasi kabi zarur ekanligini tushunish har qanday jamiyatdagi oliy maqsaddir.

Avloniy iqtisodni alohida ta'kidlaydi. Sababi insonning har bir faoliyati iqtisod bilan bog'liq. Iqtisod deyilganda faqatgina mol,davlat, ya'ni moddiyat tushunilmaydi. Iqtisod aqlli insonlarning ishidir. Har narsada iqtisod kerak. Agar bunga e'tibor berilmasa, hatto yuksak madaniyat va sivilizatsiyalar tanazzulga uchraydi. Avloniy o'z davrining mavjud holatini tushunib, anglagan holda kelgusi davrlarda iqtisodga amal qilmaydigan millat, davlat yutqazishini ta'kidlaydi.

Meni yana e'tiborimni tortgan qism hifzi lison tushunchasidir. Bunga ko'ra, har bir millat vakili o'z ona tilini asrab, uni saqlashi tushuniladi. Har qanday millatning mavjudligi, uning qudrat belgisi sifatida tan olingan tushuncha bu tili va adabiyotidir. Avloniy bejizga jon kuydirib hifzi lison haqida eslatib o'tmaydi. O'sha davr uchun dolzarb bo'lgan millat sifatida birlashish va bu millatning tilini kelguvsi avlodga yetkazish masalalari bugungi kunda ham ahamiyatlidir. ,,...O'z yerinda ishlatmak va so'zlamak lozimdur. Zig'ir yog'i solub moshkichiri kabi qilub, aralash -quralash qilmak tilning ruhini buzadur... " Bundan tashqari, inson dilidagi so'zlarini tili bilan bayon etar ekan, aql bilan ish yuritishi kerak ekanligini ta'kidlaydi. Chunki odamzodning ilmi, dunyoqarashi, aql-zakovati uning aytgan so'zlaridan ma'lum bo'ladi.

Keyingi navbatda yomon xulq qanday tushunchalar bilan ifodalanishini ko'rishimiz mumkun. Avloniy yomon xulqlar haqida bahs etar ekan, g'azabga to'xtaladi. G'azab har bir insonning ichki ruhiyatidagi mavjud kuchdir. Uning nazorati aql bilan bo'lishi kerak. Asarda Aflotunning fikri keltiriladi: ,,Hayajon ila paydo bo'lgan bir hol, albatta, pushay-monlik ila tamom bo'lur. G'azab g'azab qilinuvchidan ko'proq g'azab qiluvchig'a zarar qilur. Aqlni g'azabga soluvchi inson nafsini haroratli o'tga yoqmish o'lur. Nadomatdan avval matonatni ixtiyor qiluvchilar hech bir tahlika va azobga duchor o'lmaslar". G'azab dastlab hissiyotimizda akslangan qiziqqon bir kuch,agar u matonat bilan bostirilmasa, so'nggida pushaymonlik bilan yakun topadi.

Jaholat haqida so'z yuritilar ekan, bu tushunchani insoniyat uchun tanazzul keltiruvchi asosiy omil deb ayta olamiz. Jaholat deganda keng ma'noda tushunish kerak. Uning ko'lami juda katta, ta'siri ham shunga yarasha. Jaholatni Abdulla Avloniy bir so'z bilan yomon xulqlarning boshlig'dir deb ataydi. Xulqimizdagi barcha illarlarning kelib chiqish sababi aynan jaholatga borib taqaladi. Asarda ta'kidlanishicha, jaholat ilmsiz, hech bir ishni farqiga bora olmaydigan nodonlikdir. Jaholatga botgan johil ahli hech yerda izzat va hurmat topmas ekan. Ularning biror masalani mushohada etishga aql va farosatlari yetmaydi. Chunki jaholatda aql va ilm yo'qdir. Shu boisdan ham nodon do'stdan ziyrak dushman afzaldir.

Xasosat- faqir va muhtojlikdan saqlanish maqsadida xasis va baxillik qilishlik sifatida tushuniladi. Bu ham qaysidir ma'noda har bir davrning jamiyatida kuzatiluvchi jarayon. Bugungi kunimizda ham nafsning ortidan xasosatga berilish uchramoqda. Aslida buning ortida ilmsizlik turadi. O'rganish va ilm olishlik orqali nafsning tarbiyasi haqida qobiliyatli bo'lish mumkin.

XULOSA

Shu zaylda asarda yana bir qancha axloqiy tushunchalarga ta'rif berib o'tilgan. Ularni har biriga to'xtatib o'tmadik. Bugungi kunimizda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan, ijtimoiy hayotimizda tez-tez duch kelinadigan vaziyatlarni yoritishga harakat qildik. Umuman olganda, ,, Turkiy Guliston yoxud axloq " asari to'laqonli ravishda axloq xususiyatlarini tushuntirib beradi. Bu asar orqali davr nuqtai nazaridan ham umumiy ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Chunki axloqiy masalalar insoniyatning paydo bo'lganidan boshlab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Axloq falsafasi Falsafaning to'g'ri va noto'g'ri haqida fikr yuritadigan bo'limidir, deyiladi.2 Biz yuqorida keltirib o'tganimizdek, axloq insoniy xususiyatdir. Insonga shakl va mazmun beruvchi omildir. Xulq esa axloqni shakllantiruvchi asos hisoblanadi. Agar biz xulqni yaxshi sifatlar va fazilatlar bilan tarbiya qila olsak, yuksak axloq yarata olamiz. Xulosa sifatida shularni keltirish mumkin. Birinchidan, bu ,, Turkiy Guliston yoxud axloq " o'z davrining axloqqa bag'ishlangan salmoqli asarlaridan bo'lishi bilan birga, biz uchun qimmatli manba bo'lib ham xizmat qiladi. Ya'ni har bir axloqiy tushunchaga tarif berilayotganda qo'shimcha faylasuf, mutafakkirlarning muhokama etilayotgan tushunchaga mos fikrlarini keltirgan.

Ikkinchidan, axloq va u bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalarga g'arb nuqtai nazardan xoli holatda tahlil etiladi. Bu bizning dunyoga bera oladigan variantimiz. Shuningdek, Yangi O'zbekiston yoshlari tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Jamiyatimizning ertangi yuksalishida beminnat xizmat qila oladi.

Shu bilan birga ta'riflangan har bir kategoriya va tamoyillar qanchalar ahamiyatli ekanligiga baho beriladi. Biz o'sha davr ruhidagi axloqda uchrayotgan qusurlarni ham keltirilganligini guvohi bo'lamiz. Sabab va oqibatlarini tahlil etish uchun obyektiv nigoh bilan yondoshilsa kifoya.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Abdulla Sher ,,Axloqshunoslik'' T.: ,,O'AJBNT'' Markazi, 2003, 256 b.

2. https://plato .stanford.edu/entries/kant-moral/

3. https://plato .stanford.edu/entries/moral-theory/

2 https://plato.stanford.edu/entries/moral-theory/

4. Abduvohid Ochildiyev ,,Madaniyat falsafasi'' T.: ,,Muharrir nashriyoti'' 2010.

5. https://n.ziyouz.com/books/axloq va odob/Abdulla%20Avloniy.%20Turkiy%20G uliston%20yoxud%20axloq.pdf

6. Сулаймонов, Ж. Б. (2023). АБДУРА^МОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА КОНФУЦИЙ ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ УМУМИЙ ВА ФАРКЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(21), 583-590.

7. Bakhtiyorovich, S. J. (2023). Analysis of the Phenomenon of" Assabiya" In the Socio-Philosophical Concept of Abdurahman IBN Khaldun. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(6), 219-223.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.