INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ABDULLA AVLONIY - PEDAGOGIKA SOHASINING BUYUK YETAKCHISI
Abduxakimova Umida Baxodirovna
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi
Qo'chqorov Jonibek O'tkir o'g'li
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7149911
Annotatsiya. Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi adibning boy pedagogik merosi ta'lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o'quvchilar qalbida shakllantirishda, axloqiy va ma'naviy barkamol tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o'rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.
Kalit so'zlar: tarbiyaviy asar,o'zbek milliy madaniyati,madaniy hayoti, jadidchilik harakati,ilmiy va pedagogik faoliyati.
АБДУЛЛА АВЛОНИ - ВЕЛИКИЙ ЛИДЕР В ОБЛАСТИ ПЕДАГОГИКИ
Аннотация. Становится потребностью времени изучение того, что тесная связь взглядов Абдуллы Авлони в области образования с менталитетом, образом жизни, национальными ценностями узбекского народа служила национальной школой и ценным ресурсом в развитии воспитательных вопросов посредством богатого педагогического наследия писателя, формировании его в сердцах учащихся, воспитании их нравственно и духовно совершенными.
Ключевые слова: воспитательная работа, узбекская национальная культура, культурная жизнь, джадидское движение, научно-педагогическая деятельность.
ABDULLAH AVLONI - A GREAT LEADER IN THE FIELD OF PEDAGOGY
Abstract. It becomes a need of the time to study that the close connection of Abdulla Avloni's views in the field of education with the mentality, lifestyle, national values of the Uzbek people served as a national school and a valuable resource in the development of educational issues through the rich pedagogical heritage of the writer, shaping it in the hearts of students, educating them morally. and spiritually perfect.
Keywords: educational work, Uzbek national culture, cultural life, Jadid movement, scientific and pedagogical activity.
KIRISH
Taniqli ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy, XIX asr oxiri XX asr boshidagi o'zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma'rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, to'quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Abdulla Avloniyning ota-onasi savodli kishilardan bo'lganlar. U O'qchidagi eski maktabda, so'ng madrasada o'qidi (1885-1886). Abdulla Avloniy yozda ishlab ota-onasiga yordamlashar, boshqa vaqtda o'qir edi. U mustaqil mutolaa bilan shug'ullandi. O'ta iqtidorli bo'lgan Abdulla Avloniy 15 yoshidan she'rlar yoza boshlaydi. Arab, fors, rus tillarini o'rgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u ma'rifatparvar sifatida tanildi va ijtimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
Abdulla Avloniy xalq orasida ilg'or fikrlarni tarqatishda, ilm va ma'rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli katta ekanligini juda yaxshi bilar edi. 1907 yili "Shuhrat",
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
"Osiyo" nomli gazetalarni chiqarib unga muharrirlik qildi. U matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida mana shu gazetalarning birinchi sonlarida fikr yuritib, "Matbuot har bir insonga o'z xolini ko'rsatuvchi, olamdan xabar beruvchi, qorong'u kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, himmat g'oyalari"ni yoyuvchidir deb, misol tariqasida baliq suvsiz yashay olmasligi kabi inson ham ilmsiz yashamog'i mumkin emasligini uqtirgan.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim o'zgarishlardan biri maktab-o'quv ishlarida o'zgarish bo'ldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qo'shilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri bo'lib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, so'ngroq Degrezlikda (1903-1914) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da Abdulla Avloniyning ilk o'quvchilaridan marhum Yusuf Tohiriy o'zining Avloniyning Mirobodda tashkil qilgan maktabi haqidagi xotiralarida juda sirli tuyulgan maktab va uning donishmand muallimi haqida yozilgan. Unda shunday yozilgan edi:
"Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo'l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobadda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqida shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug'i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: "Mirobadda maktab 6 oyda o'qish-yozishni o'rgatarmish, jug'rofiya, hisob, tabiatni o'rganish degan darslar o'qitilarmish", - degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko'rishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to'rttamiz borishga jazm qidik.
Maktab pastakkina, nim qorong'u bo'lib, masjid yo'lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorug'lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg'ir tushib turardi. Lekin xonada o'quvchilar va domlaning shogirdlari ko'p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho'qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O'qishga qabul qilindik. Ko'p o'tmay ko'z oldimizga yangi bir dunyo ochilganiga to'la ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo'lsalar ham mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o'qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo'shab, Mirobaddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to'ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi.
TADQIQOT NATIJALARI
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari katta ahamiyatga molik. XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o'rganish sohasida uning "Turkiy guliston yoxud axloq" asari shular jumlasidandir.
Bu asar axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asar bo'lib, unda insonlarni "yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi" bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan bu asar o'ziga xos tarbiyaviy asar hisoblanadi.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib "Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, Allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo'l uzatmoq kabidur", -deydi. Uning
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
fikriga ko'ra, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g'oyat katta ahamiyatga egadir.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o'stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug'ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning "diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikrning quvvat, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur".
Ayni zamonda muallif ta'lim va tarbiya uzviy bog'liq ekanini ham ta'kidlaydi: "Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo'lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrulmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur" - deydi.
Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" kitobida ma'rifatparvalik g'oyalarini targ'ib qiladi va unda ilm to'g'risida shunday deydi: "Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g'oyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimini, harakatimizni oyina kabi ko'rsatur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...". Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, "Bizlarni jaholat, qorong'ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzug' ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himatimiz, g'ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog'lidur".
MUHOKAMA
Avloniy o'zining asarlarida ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yo'lida qo'llanmasa, u o'likdir degan fikrlarini aytgan. Shuning uchun u yoshlarni ilm olishga uni sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi.
Abdulla Avloniy o'z ona tilini mukammal bilish, har bir so'zni o'z o'rnida ishlatish, milliy adabiy tilining taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilish zarur, - deydi. U so'zlashuv odobiga ham alohida e'tibor beradi. So'zning inson qadr-qimmatini belgilashdagi mohiyatiga yuqori baho berib, "So'z insonning daraja va kamolini, ilm va fazilini o'lchab ko'rsatadurgan tarozusidir. Aql sohiblari kishining tilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so'zlagan so'zidan bilurlar", - deydi.
O'zining kitobida Avloniy har bir kishi o'z vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy bo'lsa, o'z shogirdlarining ko'ngliga ma'rifat ishqini solishi, xalq o'rtasida ma'rifat tarqatishi zarurligini ta'kidlagan. Hozirgi zamonga muvofiq kishi bo'lmoq uchun ilm va ma'rifatni egallashimiz kerak degan shiorni o'rtaga tashlagan. XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langan. Uning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qiladi. Shu ma'noda Avloniyning siymosi, ilmiy va pedagogik faoliyati o'zbek xalqi uchun qadrlidir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoyev.Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. "Xalq so'zi", 2017-yil 4-avgust .
2. Shavkat Mirziyoyev.O'qituvchi va murabbiylar - yangi O'zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O'qituvchi va murabbiylarkuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi," Xalq so'zi", 2020-yil 1-oktyabr. № 207. (7709) 3-bet.
3. Abdulla Avloniy..Turkiy guliston yoxud axloq - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. - 96 6et.