Научная статья на тему 'YANGI OʼZBEKISTON TARAQQIYOTI POYDEVORI'

YANGI OʼZBEKISTON TARAQQIYOTI POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
143
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Аvval — inson / keyin — jamiyat va davlat / сначала-человек / затем-общество и государство

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Salomov, Oʼktam Raximovich

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida inson qadrini ulugʼlash va orzu-umidlarini roʼyobga chiqarish davlat siyosatining muhim maqsadlaridan biri ekaniga alohida urgʼu berildi. Jumladan, “Аvval — inson, keyin — jamiyat va davlat” degan gʼoyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligi, bu jarayonda, eng avvalo, taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, farzandlarimizning xalqaro standartlar asosida bilim olishini taʼminlash kunning muhim talabi ekani qayd etildi. Yoshlarning sifatli taʼlim olishini taʼminlash borasidagi tub islohotlar zamirida yosh avlodning barkamol boʼlib ulgʼayishiga qaratilgan yuksak eʼtibor, oʼgʼil-qizlarni bilimli va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash gʼoyasi mujassam.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FOUNDATION OF THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN

В послании президента Шавката Мирзиеева Олий Мажлису и народу Узбекистана особо подчеркнуто, что одной из важнейших целей государственной политики является прославление человеческого достоинства и осуществление надежд. В частности, было отмечено, что идея "сначала-человек, затем-общество и государство" должна быть глубоко внедрена в нашу Конституцию и законы, а также в нашу повседневную жизнь, в процессе чего, прежде всего, важно вывести качество образования на новый уровень, обеспечить образование наших детей на основе международных стандартов.

Текст научной работы на тему «YANGI OʼZBEKISTON TARAQQIYOTI POYDEVORI»

Column of the Chairman of the Editorial Board

THE FOUNDATION OF THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN

YANGI O'ZBEKISTON

TARAQQIYOTI POYDEVORI

ФУНДАМЕНТ РАЗВИТИЯ

НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

DOI:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7496328

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida inson qadrini ulug'lash va orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish davlat siyosatining muhim maqsadlaridan biri ekaniga alohida urg'u berildi. Jumladan, "Avval — inson, keyin — jamiyat va davlat" degan g'oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligi, bu jarayonda, eng avvalo, ta'lim sifatiniyangi bosqichga olib chiqish, farzandlarimizning xalqaro standartlar asosida bilim olishini ta'minlash kunning muhim talabi ekani qayd etildi. Yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash borasidagi tub islohotlar zamirida yosh avlodning barkamol bo'lib ulg'ayishiga qaratilgan yuksak e'tibor, o'g'il-qizlarni bilimli va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash g'oyasi mujassam.

Yangi O'zbekistonni yaratishdagi ezgu maqsadlarga erishishda bilim va tarbiyaning muhimligi, bu borada esa ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan eng katta investitsiyaga e'tibor berishning naqadar muhimligiga alohida urg'u berildi.

Oliy ta'limda tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyozlarning soni bir necha barobarga oshirilishi ham qayd etildi va bularning barchasi inson omili hamda yosh avlod barkamolligiga qaratilganligini ta'kidlash joiz. Zero, taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalari ham aynan shu masalalar zamirida qurilgan.

Farg'ona politexnika institutida ham so'nggi yillarda talabalarning sifatli ta'lim olishi hamda ta'lim va fan integratsiyasini ta'minlash, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017 yilda ta'lim muassasamizga talabalarning qamrovi 1497 nafarni tashkil qilgan bo'lsa, joriy o'quv yilida bu ko'rsatkich 15 ming nafarga yetdi. Bundan ko'rinib turibdiki so'nggi 5 yilda institutdagi talabalarning qamrovi bir necha barobarga oshgan. Bu jarayon ta'lim sifatiga aslo ta'sir ko'rsatmasligi lozim. Joriy o'quv yilida oliygohning 31 ta bakalavriat ta'lim

cc

®

6

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACT

RESEARCH

yo'nalishiga qo'shimcha tarzda hamda mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda 15 ta yangi yo'nalish ochildi, magistratura mutaxassisliklari soni esa 14 tadan 18 taga yetkazildi. Darslar faqat nazariya bilan cheklanib qolmasdan, talabalarning ilmiy tadqiqotlar olib borishi, ilmiy maqolalar yozishi hamda amaliyotga yo'naltirilgan. Bu esa, ularga ilmiy salohiyatini yanada oshirish imkonini beradi. Ushbu jarayonda ular 332 mingdan ortiq adabiyot fondiga ega bo'lgan Axborot-resurs markazi xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Institutda tayyorlanayotgan kadrlar raqobatbardoshligini oshirish va ta'lim sifatini mustahkamlash maqsadida, amaliyotga yo'naltirilgan ta'limning turli mexanizmlaridan foydalanib kelinmoqda. Xususan, 3 kurs talabalari uchun "5+1" hamda 4-kurs talabalari uchun esa "4+2" ta'lim modellari asosida mos ravishda 20-33 foiz kreditlarini talabalarga amaliyot asosida o'rganish imkoniyati berildi. Birinchi bosqichda 4800 nafardan ortiq talabalar mazkur ta'lim modeli asosida ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida bilim hamda ko'nikmalarini oshirdilar. Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulbtetining 3,4-bosqich talabalari uchun mazkur ta'lim modeli jarayon jadvaliga kiritildi.

Institutda dekanat va talabalarga xizmat ko'rsatish bo'limlari faoliyati muvofiqlashtirildi. Bunda, kredit-modul tizimida tahsil oladigan talabalar uchun axborot-maslahat ishlari va ularning kontingentini boshqarish tamoyillari bir o'quv yiliga eksperiment sifatida talabalarga xizmat ko'rsatish departamentiga berildi. Dekanatlarning vazifalari optimallashtirilib, ularga fakulbtetning kadrlar siyosati, strategiyasi, ta'lim sifati hamda institut reytingi bilan bog'liq ishlari taqsimlandi.

Birinchi va ikkinchi bosqichlar uchun optimallashgan o'quv rejalarning ishlab chiqilishi, talabalarda fundamental bilimlarning yetishmagan qismini o'zlashtirish va mustahkamlashga asos bo'ldi. Shuningdek, potoklarga jamlanib ma'ruzalar o'qishning yangi mexanizmi kuchli professorlarning ma'ruzalarini eshitishga yo'l ochdi. Mazkur amalga oshirilgan islohotlar har bir talaba uchun shaxsiy ta'lim traektoriyasini yaratish imkonini beradi.

Xalqaro maydonda faoliyat yurita oladigan, raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida oliygohimiz shu kunga qadar 110 dan ortiq xorijiy oliy ta'lim muassasasi va 20 ta xalqaro tashkilolari bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Shu bilan birga 3 ta universitet bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, AQSh, Italiya, Frantsiya, Germaniya, Koreya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Portugaliya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning tajribali va malakali professor-o'qituvchilari, soha mutaxassislari Farg'ona politexnika institutidagi ta'lim jarayoniga jalb etildi va ular bugungi kunda talabalarimizga saboq bermoqda.

2022-yilda institutda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan jami 17 ta markaz faoliyati yo'lga qo'yildi. Markazlar bir paytning o'zida bir necha kafedra va spin-off korxonalarini qamrab oladi. Oliygoh strukturasida markazlar alohida o'rin egallagan bo'lib, kafedralardagi ilmiy -tadqiqot ishlari, malakaviy amaliyot, stajirovkalar ushbu markazlarda olib borilmoqda. Shuningdek, hozirda markazlar tarkibida 14 ta spin - off korxonalari mavjud bo'lib, ular orasidan 2 ta korxonaning Farg'ona politexnika instituti ta'sischiligida mas'uliyati cheklangan jamiyat sifatida faoliyati yo'lga qo'yildi. Oliygohimiz nafaqat mamlakatimiz

© ®

va mintaqada, balki dunyoda professional va xalqaro darajada raqobatbardosh kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalaridan biriga aylanmoqda. O'ylaymizki, bu borada erishayotgan yutuqlarimizda Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda ta'lim, xususan oliy ta'limni yanada rivojlantirish borasidagi g'amxo'rligi va ko'rsatmalari asosiy mezon bo'lib xizmat qilmoqda.

Yurtboshimiz tomonidan 2023 yilning "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb e'lon qilinganligi ham bejiz emas. Zero, Prezidentimiz ham o'z murojaatlarida "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'lidir" deb ta'kidlab o'tdi. Ta'lim sifatini oshirish hamda kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shadigan yosh avlodni tarbiyalash yo'lidagi daxldorlik hissini anglash ham ustuvor maqsadlarimizdan biridir.

O'ktam Raximovich Salomov,

Tahririyat kengashi raisi, Farg'ona politexnika instituti rektori.

CC

®

8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.