Научная статья на тему '“YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASİ” DA DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVI MASALALARI'

“YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASİ” DA DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
181
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” / Uchınchı Renessans / davlat va jamiyat boshqaruvi / fuqarolik jamiyati / mahalla / oila / ma’naviyat. / "Strategy of New Uzbekistan" / Third Renaissance / state and public administration / civil society / neighborhood / family / spirituality.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ne’matullayev, Azizjon Nurullayevich

Ushbu maqolada muhtaram Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlarning ahamiyati, mazkur kitobda yoritilgan davlat va jamiyat boshqaruv masalalarining mazmun-mohiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF STATE AND SOCIETY MANAGEMENT IN THE "NEW UZBEKISTAN STRATEGY"

This article analyzes the significance of measures to implement the tasks identified in the book "New Strategy of Uzbekistan" by the esteemed President, the content and essence of the issues of state and public administration covered in this book.

Текст научной работы на тему «“YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASİ” DA DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVI MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023

'YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASi" DA DAVLAT VA JAMIYAT

BOSHQARUVI MASALALARI

Ne'matullayev Azizjon Nurullayevich

Termiz davlat Pedagogika instituti 2-kurs magistranti.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada muhtaram Prezidentimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi " kitobida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlarning ahamiyati, mazkur kitobda yoritilgan davlat va jamiyat boshqaruv masalalarining mazmun-mohiyati tahlil qilingan.

Kalit so 'zlar: "Yangi O 'zbekiston strategiyasi ", Uchinchi Renessans, davlat va jamiyat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati, mahalla, oila, ma'naviyat.

ABSTRACT

This article analyzes the significance of measures to implement the tasks identified in the book "New Strategy of Uzbekistan" by the esteemed President, the content and essence of the issues of state and public administration covered in this book.

Key words: "Strategy of New Uzbekistan", Third Renaissance, state and public administration, civil society, neighborhood, family, spirituality.

KIRISH

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O'zbekistonning yaqin besh yildagi taraqqiyot strategiyasidan ko'zlangan maqsadlar, belgilangan vazifalarni amalga oshirish tamoyillarini jamlagan "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli kitobida Yangi O'zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo'yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritilgan. Ushbu asar "Yangi O'zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g'oyaviy-ma'naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko'lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir", - degan so'zlar bilan boshlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Harakatlar strategiyasi"ning mantiqiy davomi sifatida nashr etilgan ushbu kitob konseptual ahamiyatga ega bo'lib, unda mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar aniq bayon etilgan. Mazkur kitob o'quvchilarda Yangi O'zbekistonning zamonaviy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarish uchun belgilab olingan strategik yo'l to'g'risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan bo'lib o'tgan saylovoldi uchrashuvlarida bildirilgan fikr-mulohazalar, amaliy taklif va tashabbuslar Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasini yanada takomillashtirishga xizmat qildi. Yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida "Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz" mavzusida so'zlagan nutqida kelgusi besh yilga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlar haqida so'z yuritildi. Unda davlatimiz rahbari "El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat'iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko'rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o'ziga xos umumxalq muhokamasidan o'tkazdik. Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta'minlash maqsadida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo'yildi", - deya ta'kidladi. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Unda jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi faoliyat "inson - jamiyat -davlat" degan yangi tamoyil asosida tashkil etilishi belgilab berildi.

Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo'nalishdan iborat:

Birinchi yo'nalish erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilgan. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o'tkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qo'shimcha manbalar bilan ta'minlanib, mahallaning alohida jamg'armasi shakllantiriladi. Markaziy idoralar transformatsiya qilinib, ixcham va samarali boshqaruv tizimi yaratiladi, bir xil yo'nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi;

Ikkinchi yo'nalish adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta'minlash vazifalarini qamrab olgan. Bu borada sudlov tizimi va advokatura instituti, huquq-tartibot organlari faoliyati takomillashtiriladi. Tadbirkor va mulkdorlar huquqlarining himoyasi kuchaytiriladi. Korrupsiyaga barham berishga davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalari safarbar etiladi. Bunda aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, korrupsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etish choralari ko'riladi;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Uchinchi yo'nalish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi rejalarni qamrab oladi. Bu borada 2030-yilga borib, jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga chiqish maqsad qilingan bo'lib, bunga xususiy sektorni rag'batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan erishiladi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish choralari ko'riladi. Shuningdek, aholini uy-joy va toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, zamonaviy yo'l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, jamoat transporti hamda hududlararo qatnovlarni yaxshilash bo'yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi;

To'rtinchi yo'nalishga asosan adolatli ijtimoiy siyosat yuritish hamda inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta'lim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e'tibor markazida bo'ladi. Bu borada oliy toifali o'qituvchilarning oylik maoshini 2025-yilga borib, ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish ko'zda tutilgan. Yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o'rtasida uzviylikni ta'minlashga qaratilgan Milliy ta'lim dasturi ishlab chiqiladi. Aholi salomatligini mustahkamlash uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshi ham ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkaziladi. Viloyat, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar ko'lami kengaytiriladi. Davlat tibbiy sug'urta tizimi ishga tushirilib, mablag' aniq bemorga bog'langan holda ajratiladi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish muhim vazifa bo'lib qoladi;

Beshinchi yo'nalishga asosan ma'naviy va ma'rifíy sohalarda islohotlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san'atni yuksaltirish, yoshlarni sog'lom e'tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o'zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Zero, bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona va ahil oila bo'lib yashayotgani, fidokorona mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shayotgani e'tiborga loyiq. Bu borada O'zbekiston Respublikasining Prezidenti: "Bizning davlat siyosatimizda bundan buyon ham barcha millat va elat vakillarining milliy o'zligini, ona tili va madaniyatini, dini, urf-odat va an'analarini saqlab qolish va rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi", -deya alohida ta'kidlab o'tgani bejizga emas;

Oltinchi yo'nalishga asosan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu boradagi barcha sa'y-harakatlarni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

uyg'unlashtirishga e'tibor qaratiladi. Xususan, Orolbo'yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantirish, Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish masalalari diqqat markazida bo'ladi. Mamlakatimizda bo'lib o'tgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi konferensiyada qabul qilingan qaror va hujjatlarning izchil bajarilishi uchun xalqaro hamkorlar bilan zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

Yettinchi yo'nalishda mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar o'z ifodasini topgan. O'zbekiston Qurolli Kuchlarining qudratini yanada oshirish, harbiylarning jangovar shayligi, jismoniy va ma'naviy tayyorgarligini kuchaytirishga e'tibor qaratiladi. Xalqaro hamkorlikda pragmatik va chuqur o'ylangan tashqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya davom ettiriladi. Avvalo, qo'shni mamlakatlar va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan o'zaro manfaatli va ko'pqirrali aloqalar kengaytiriladi.

Xulosa qilib aytganda, "Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi"da aks etgan maqsad va vazifalar mamlakatimizda "Inson qadri uchun" degan ustuvor tamoyilni to'la ro'yobga chiqarish - davlatimiz rahbarining ezgu sa'y-harakatlarida bosh mezon bo'lib qolganligidan dalolat beradi. Muhtaram Prezidentimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobining mazmun-mohiyati, undagi g'oyalarni yaqin va o'rta istiqbolda amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60- son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-87-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni. "20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" // Veb-sayt O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotari milliy bazasi-www.lex.uz.

4. Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 464 bet.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

5. Sh.M. Mirziyoyev Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. - Toshkent: O'zbekiston, 2019. - B. 149.

6. A. Erkayev. Ma'naviyat — millat nishoni. - Toshkent: "Ma'naviyat", 1997. -166 bet.

7. A. Ibrohimov, H. Sultonov, N. Jo'rayev. Vatan tuyg'usi. — Toshkent: «Sharq», 1996. N. Kornilov. Tasawuf. I kitob. Toshkent, «Yozuvchi», 1996.

8. A. Qodirov An'anaviy jamiyat va uni modernizasiyalashtirish strategiyasi. -Toshkent: 2006.

9. Ibragimovich, N. R. (2020). Social And Philosophical Fundamentals Of National Development. The American Journal of Applied sciences, 2(07), 45-49.

10. Norliev, R. I. (2020). SOCIAL AND PHILOSOPHICAL FUNDAMENTALS OF NATIONAL DEVELOPMENT. Theoretical & Applied Science, (7), 321-323.

11. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis). The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04),

12. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

13. Норлиев, Р. (2021). Узбекистан миллий тараккиётининг янги боскичида маънавий юксалишнинг ижтимоий-фалсафий асослари. Общество и инновации, 2(2), 99-104.

14. Рустам Норлиев (2021). Социально-философские основы духовного роста на новом этапе национального развития Узбекистана. Общество и инновации, 2 (2), 99-104. doi: 10.47689/2181-1415-vol2-iss2-pp99-104

42-45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.