Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON SHAROTIDA MAISHIY XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

YANGI O’ZBEKISTON SHAROTIDA MAISHIY XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
95
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maishiy xizmat / ijtimoiy me’yorlar / soha rivojlanganligi / hayot sifati / ish o‘rinlari / xizmatlar bozori / iste’mol va xizmatlar / raqamli xizmat / innovatsion rivojlanish. / Бытовое обслуживание / социальные стандарты / развитие отрасли / качество жизни / рабочие места / рынок услуг / потребление и услуги / цифровой сервис / инновационное развитие.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Artikova Shoxida Ilyasovna

Maqolada maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish xizmat ko‘rsatish korxonalarining barqarorligi, ularning xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida ko‘rsatilib, zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish sifatiga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy, amaliy taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье показано развитие сферы бытовых услуг как важный фактор повышения устойчивости предприятий сферы услуг, эффективности их хозяйственной деятельности, представлены научнометодические, практические предложения и рекомендации по удовлетворению спроса на качество расширяющихся современных видов услуг.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON SHAROTIDA MAISHIY XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

YANGI O'ZBEKISTON SHAROTIDA MAISHIY XIZMAT KO'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Artikova Shoxida Ilyasovna

SamlSI "Raqamli iqtisodiyot" kafedarasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya. Maqolada maishiy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish xizmat ko'rsatish korxonalarining barqarorligi, ularning xo'jalik faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida ko'rsatilib, zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish sifatiga bo'lgan talabini qondirish bo'yicha ilmiy-uslubiy, amaliy taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar. Maishiy xizmat, ijtimoiy me'yorlar, soha rivojlanganligi, hayot sifati, ish o'rinlari, xizmatlar bozori, iste'mol va xizmatlar, raqamli xizmat, innovatsion rivojlanish.

Аннотация. В статье показано развитие сферы бытовых услуг как важный фактор повышения устойчивости предприятий сферы услуг, эффективности их хозяйственной деятельности, представлены научно-методические, практические предложения и рекомендации по удовлетворению спроса на качество расширяющихся современных видов услуг.

Ключевые слова. Бытовое обслуживание, социальные стандарты, развитие отрасли, качество жизни, рабочие места, рынок услуг, потребление и услуги, цифровой сервис, инновационное развитие.

Abstract. The article shows the development of the household service industry as an important factor in increasing the stability of service enterprises, the efficiency of their economic activity, and presents scientific-methodical, practical proposals and recommendations to meet the demand for the quality of expanding modern types of services.

Key words. Household service, social standards, industry development, quality of life, jobs, services market, consumption and services, digital service, innovative development.

Kirish. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo'nalishlardan biri milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish, aholining maishiy xizmatlarga bo'lgan talabini maksimal qondirish asosida ularning hayot sifatini yanada yaxshilashdan iboratdir. SHuning uchun respublikamizda maishiy xizmat ko'rsatish sohasini yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda ushbu xizmatlar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ko'plab turlariga ichki talabni oshiradi hamda ist'emol bozorida mutanosiblikni saqlashda muhim rol o'ynaydi.

Xizmat ko'rsatish sohasida maishiy xizmat o'ziga xos o'ringa ega. Bu soha asosan xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlik yo'li bilan rivojlanadigan sohadir.

Uning ahamiyati, eng avvalo, yangi shi o'rinlarini yaratish evaziga aholi farovonligini oshirish, xizmat turlarini ko'paytirish orqali xizmatlar bozorini to'ldirish, aholining zamonaviy maishiy xizmatlarga talabini qondirish bilan izohlanadi. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarida mehnatni tashkil qilish usullarini takomillashtirish hamda samaradorlikka erishish zarur.

Maishiy xizmat ko'rsatish faoliyati ko'p qirrali jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayon korxona xodimlari va resurslarini samarali boshqarish, xizmat ko'rsatish standartlariga rioya qilish, ko'rsatilayotgan xizmatlarning iste'molchilar talablariga mos kelishi orqali ta'minlanadi. Bu esa maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarida mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishni talab etadi. Bugungi kunda xizmat ko'rsatish faoliyati iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarishga qaraganda samarali bo'lib bormoqda, chunki xizmat ko'rsatish korxonalarida moliyaviy mablag'larni aylanishi tezroq, ham dastlabki faoliyatni boshlash uchun kam sarmoyalar talab etiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish bo'yicha iqtisodchi olim va mutaxassislar tomonidan o'zlarining tadqiqotlarida fikr va mulohazalarini keltirib o'tishgan. Ular tomonidan "maishiy xizmat" va ushbu tushunchaning yanada mukammalroq asoslarini o'z davridagi mavjud holatlar bo'yicha ko'rsatib o'tishgan. M.T.Roze va M.B.Rossinskiylarning fikriga ko'ra, maishiy xizmatlarga «uy mehnatini u yoki bu darajada almashtiradigan yoki qisqartirishga imkon beradigan xizmatlar»ni kiritishdi.

V.V.YUximenko maishiy xizmatlarni insonning maishiy turmush bilan bog'liq ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan turli ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shaklidagi mehnati yoki harakatining iste'mol qiymatini o'zida aks ettiradi .

A.I.Garaninning fikricha «Maishiy xizmatlar, ma'lumki pullik xizmatlarning tarixiy shakllangan muayyan majmui va turlari hisoblanib, korxonalar tomonidan aholining yakka tartibdagi buyurtmalarini bajarishga hamda ularning shaxsiy daromadlari asosida to'lov qilinadigan xizmatlardir».

Maishiy xizmatlar nafaqat ehtiyojlarni qondirish, balki aholi ehtiyojlari shakllanishini maqsadga yo'naltirilgan holda, ularning bo'sh vaqtlarini tejash uchun imkoniyat yaratadi. V.M.Dmitrevning fikricha: «maishiy xizmat - bu samarali harakat sifatida mehnat unumdorliginig natijai bo'lib, yo moddiy-ashyoviy predmetlarda gavdalanadigan, yo sezilarli natijalarni ifodalaydigan aniq ko'rinishdagi faoliyat turi hisoblanadi». YA.S.YAdgarovning fikricha: «Maishiy xizmat aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatish sohasida o'ziga xos moddiy ishlab chiqarish sifatida aniqlanadi»

I.V.Bushueva, A.V.Osipova va N.A.Platonovalarning fikricha, «zamonaviy sharoitda maishiy xizmat tushunchasi sifatida aholining ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo'lgan maishiy ehtiyojlarini, muayyan hudud doirasida mahalliy boshqaruv organlari va davlat, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik shaklida aholi turli qatlamlarining ijtimoiy jihatdan zaruriy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlar» sifatida ta'riflash maqsadga muvofiq. Bunda

mualliflar maishiy xizmatlarning iqtisodiyotdagi beqarorlik sharoitidagi o'mi va ahamiyatini yoritishga alohida wg'u berishga harakat qilishgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Maishiy xizmat ko'reatish sohasini rivojlantirish orqali xizmatlar turi va sifati bo'yicha mavjud bo'lgan ilmiy tadqiqotlarni o^ganish, aholiga turli xizmatlar ko^satishni ta'minlash, qiyosiy solishtirish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanish.

Tahlil va natijalar. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida vujudga kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlar maishiy xizmat ko'reatish sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yaratish, innovatsion iqtisodiyotga mos maishiy xizmat ko'reatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularning milliy va xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini hamda xizmatlar sifatini oshirish sohada iqtisodiy o'sishga erishishda muhim omil hisoblanadi.

Xizmat ko'reatish sohasida maishiy xizmatlar o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lib, ushbu soha asosan xususiy mulkchilik munosabatlariga asoslangan tadbirkorlik orqali rivojlanadigan sohadir. Uning ahamiyati, avvalambor, sohada yangi ish o'rinlarini yaratish hisobiga aholi turmush darajasini oshirish, zamonaviy maishiy xizmat turlarini ko'paytirish orqali respublikamizning maishiy xizmatlar bozorini rivojlantirish, muayyan daromad olish evaziga uning bir qismini soliq to'lovlari bilan davlat byudjetining daromadini shakllantiradi. Bunda maishiy xizmat ko'reatish sohasining rivojlanish omillari va shart-sharoitlarini tadqiq etish hamda sohada mavjud muammolarni aniqlash muhim ahmiyatga ega.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, maishiy xizmatlar nafaqat ehtiyojlarni qondirishda, balki aholi ehtiyojlari shakllanishini maqsadga yo'naltiгilgan holda, ularning bo'sh vaqtlarini tejash uchun imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarini hozirgi rivojlanish bosqichida maishiy xizmat ko'reatish sohasida kichik korxonalarning keng miqyosda rivojlanishi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi, aholining qo'shimcha daromadlari oshishi, ish bilan bandlik va ish o'rinlari sonining yuksalishiga, shuningdek asosiy ishdan tashqari nostandart ish bilan bandlikni ta'minlash imkoniyatini yaratadi.

Maishiy xizmat ko^satish faoliyatini tartibga solishning me'yoriy usullari vazifalariga ijtimoiy me'yoгlaгni ishlab chiqish kiradi. Ko'pgina ilmiy ishlarda ularni xududiy darajada ishlab chiqarish va joriy etish zarurati asoslab beriladi. Bundan shu narsa ifodalanadiki, ijtimoiy me'yoгlaгning ishlab chiqilmasligi hududiy darajada kelgusida sohaning rivojlanishi uchun to'sqinlik qiladi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholiga maishiy xizmat ko'reatish me'yoñarining joriy qilinishi murakkablashmoqda. Bundan tashqari, bu ko^satkichlaming qiymat ko'гinishida ifodalanishi inflyasion moyillik mavjud sharoitida ulardan foydalanish statistik ma'lumotlaг olishda real voqielikka ega bo'lish imkoniyatini chegaralaydi. Shuning uchun maishiy xizmat ko'reatish sohasida ijtimoiy me'yoгlaгni qabul qilishda xususiy jarayonlar rivojlanishi holatini ham hisobga olish zarur. Bunda xususiy jarayonlar bo'lib bozor kon'yukturasi talablari, iqtisodiy mohiyatning o'zgaгishi, aholining ijtimoiy qatlamlari tabaqalanishi,

inflyasion jarayonlar, raqobatchilik muhiti, keng aholi qatlamining past darajadagi xarid qobiliyati, yuqori soliq to'lovlari kabilar hisoblanadi.

Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish ko'p funksiyali soha bo'lib, qulay yashash sharoitlarini yaratadi, fuqarolarning o'z-o'zini tarbiyalashi, dam olish va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun vaqtini tejashga ham yordam beradi. Soha rivoji aholi farovonligini yuksaltirish, hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham, aholiga maishiy xizmatlar butun mintaqa, ayniqsa mahalliy moliya va va ijtimoiy sohasining juda istiqbolli yo'nalishidir.

Bugungi kunda jahon va milliy iqtisodiyotda ro'y berayotgan tarkibiy o'zgarishlar hamda ushbu jarayonlarga pandemiyaning inqirozli ta'siri hamon saqlanib qolmoqda. Aksariyat odamlar yangi zamonaviy mutaxassisliklarni o'rganishga, majbur bo'lmoqda. Turmush qiymatining oshishi tufayli ko'pchilik qo'shimcha daromad olish uchun bir nechta joylarda ishlashga muhtoj bo'lmoqda. Bunday sharoitda maishiy xizmat ko'rsatishning ahamiyati past, lekin muhim bo'lishi mumkin, chunki ular mutaxassislarni qayta tayyorlash, korxonalarni qayta tashkil etish zaruratini keltirmaydi.

Mamlakatimizda maishiy xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishi bilan ish o'rinlari sonining ko'payishiga olib keladi. Bundan tashqari, korxonalar pensionerlar, nogironlar, to'liq ish kunida ishlashga qodir bo'lmagan shaxslar - ish topish qiyin bo'lgan aholi toifalari bilan qo'shimcha to'ldirilishi mumkin bo'ladi. Maishiy xizmat ko'rsatishning ushbu xususiyatlariga asoslanib uning mohiyatini quyidagicha talqin etamiz: «maishiy xizmat - bu insonlarning hayotiy faoliyatidagi ijtimoiy takror ishlab chiqarish doirasidagi kasbiy va ijtimoiy foydali faoliyati bo'lib, aholining maishiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan, pirovard natijalarga erishishda bevosita iste'molchilarning ishtirokini talab qiladigan, bozor konyunkturasiga tez moslashadigan hamda rivojlanishi aholining turmush farovonligi bilan shartlanadigan serqirra va murakkab tushunchadir»1.

1 Muallif tomonidan ishlab chiqildi

1-rasm. Maishiy xizmatlar bozorining shakllanish mexanizmi2

Maishiy xizmatlar ko'rsatish sohasining rivojlanishi bilan maishiy xizmatlar bozori ham rivojlanib boradi. Uni maishiy xarakterdagi xizmatlar ayirboshlanishi sifatida talqin qilishimiz mumkin (1-rasm).

Agarda bozorni insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini samarali hal qilishga yo'naltirilgan xo'jalik mexanizmi sifatida qaraydigan bo'lsak, maishiy

: muallif ishlab chiqildi

xizmatlar sohasining kengayishi bilan iste'mol bozorida ortiqcha yuklanishning oldi olinadi, iste'mol tovarlari taqchilligi kamayadi hamda aholi ehtiyojlarining yanada to'laqonli qondirilishiga imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun ham maishiy xizmatlar sohasi iste'mol bozorining ajralmas qismi sifatida aholining individual ehtiyojlarini qondirishga, har bir individga qulay va ommabop bo'lgan maishiy xizmat turlarini taklif qilishga qaratilgan.

Maishiy xizmatlar bozorining asosiy ishtirokchilari quyidagilar:

- maishiy xizmat yaratuvchilar: korxona va alohida shaxslar;

- iste'molchilar: jismoniy va yuridik shaxslar.

Maishiy xizmatlarning mohiyatini yoritish va rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarimiz sohaning muhim jihatlarini aniqlash imkonini berdi. Shunday qilib, maishiy xizmatlar, shu qatorda aholiga maishiy xizmatlar ko'rsatish sohasi quyidagi o'ziga xos jihatlarga ega:

- maishiy xizmatlarning almashtirib bo'lmasligi;

- maishiy xizmatlarning turlicha yo'naltirilganligi: insonlarga, narsa yoki buyumlarga, jamoaga, korxona va tashkilotlarga;

- maishiy tavsifdagi xizmatlar muayyan iste'molchiga uning individual hohish-istaklari va talablari asosida ma'lum qo'shimcha vaqt.

Xulosa va takliflar. Ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish quyidagi masalalarning hal etilishini talab etadi:

- investitsion va moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish orqali aholiga maishiy xizmat ko'rsatishning samarali tizimini tashkil qilish;

- aholiga maishiy xizmatlar ko'rsatishning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;

- zamonaviy maishiy xizmatlar ko'rsatish infratuzilmasini shakllantirish;

-maishiy xizmatlar ko'rsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish;

- sohada malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

- maishiy xizmatlar sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Axborotnomasi 2022 yil

2. Свириденко Ю.П.. Сфера услуг: Проблеми и перспективы развития. - М.: Изд «Кандир», 2001. - С. 5.

3. Artikova S. I., Abduraxmonov S. A. O. G. L., Abduraxmonov S. A. O. G. L. Maishiy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishining iqtisodiy ahamiyati //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 11. - С. 1182-1189.

4. Bakhromovna S. K. Directions of improving the regulatory legal base of tourism sphere development in Uzbekistan //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. - 2022. - Т. 2. - №. 1.1 Economical sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.