Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON SHAROITIDA RAQOBAT MUHITI VA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINING O’ZARO ALOQASI'

YANGI O’ZBEKISTON SHAROITIDA RAQOBAT MUHITI VA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINING O’ZARO ALOQASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tovar va moliya bozori / raqobat muhiti / investitsiya jozibadorligi / monopoliya / xususiy mulk.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Berdaliyev Javohir

Ushbu tezisda Yangi O’zbekiston sharoitida raqobat muhiti va investitsiya jozibadorligining o’zaro aloqasi bayon etilgan. Shuningdek iqtisodiyotda raqobat muhiti va investitsiya jozibadorligining o’zaro aloqasini mustahkamlanishidagi to’sqinliklar va ularga barham berish yo’llari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON SHAROITIDA RAQOBAT MUHITI VA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINING O’ZARO ALOQASI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA RAQOBAT MUHITI VA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINING O'ZARO ALOQASI

Berdaliyev Javohir

O'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston

(jberdialiyev@mail.ru) https://doi.org/10.5281/zenodo.13326029 Annotatsiya: Ushbu tezisda Yangi O'zbekiston sharoitida raqobat muhiti va investitsiya jozibadorligining o'zaro aloqasi bayon etilgan. Shuningdek iqtisodiyotda raqobat muhiti va investitsiya jozibadorligining o'zaro aloqasini mustahkamlanishidagi to ' sqinliklar va ularga barham berish yo 'llari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tovar va moliya bozori, raqobat muhiti, investitsiya jozibadorligi, monopoliya, xususiy mulk.

KIRISH

Tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish orqali samarali raqobat muhitini yaratish maqsadida mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish, narxni ortiqcha tartibga solishdan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga ta'sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda1. Shu bilan birga, oldimizda davlat ishtirokidagi xo'jalik yurituvchi subyektlar monopoliyasining iqtisodiyot

raqobatbardoshligiga salbiy ta'sirini yanada kamaytirish, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tartibga solish yukini pasaytirish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan vazifalar turibdi.

Ya'ni, qonun hujjatlarida tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligining barcha asosiy kafolatlari mustahkamlangan bo'lsa-da, Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra oxirgi yillarda O'zbekistonda to'g'ridan to'g'ri investitsiyalarning sof oqimi ko'rsatkichi pastligicha qolib YIMga nisbatan 0,5 — 1,2 foizni tashkil etmoqda, Iqtisodiy erkinlik indeksida mamlakatimiz 180 ta davlat orasida 114-o'rinni egallamoqda, Investitsiya faoliyatini erkinlik indikatori bo'yicha ko'rsatkich 100 dan 20 ga teng bo'lmoqda.

Hozirgi kunda iqtisodiyotda raqobat muhiti va investitsiya jozibadorligining o'zaro aloqasini mustahkamlanishida quyidagilar to'sqinlik qilmoqda:

Davlatning iqtisodiyotdagi haddan ziyod yuqori ishtiroki

Narxlarning haddan ortiq tartibga solinishi

Imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishning samarasizligi

Biznes subyektlariga tartibga solish yukining yuqoriligi va tarmoqni tartibga soluvchi organlarning o'z sohasida raqobatni rivojlantirishga manfaatdor emasligi

Tabiiy monopoliya holatini suiiste'mol qilish Raqobatga qarshi harakatlarga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari takomillashmaganligi

Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi

tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston respublikasi

prezidentining farmoni, 06.07.2020 yildagi pf-6019-son-

https://lex.uz/docs/-4887654

Hozirgi kunda tovar va moliya bozorlarida davlat ishtirokidagi xo'jalik yurituvchi subyektlar ustun mavqega ega. Buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin, monopol tashkilotlarning 80 foizi davlat ulushiga ega yoki davlat ulushiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat qilinadi.

Yana shuni ta'kidlash kerakki hozirda davlat tomonidan narxlarni tartibga solish 30 dan ortiq tovar va xizmatlarga nisbatan amalga oshirilmoqda.

Davlat ko'magini ko'rsatishning monopoliyaga qarshi tartibga solish vositalari mavjud emasligi berilayotgan imtiyoz va preferensiyalarning samarasizligiga olib kelmoqda va raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

So'nggi yillarda 40 mingdan ziyod xo'jalik yurituvchi subyektlarga, ya'ni faoliyat yuritayotgan subyektlar umumiy sonining 12 foiziga soliq imtiyozlari berilgan. Bunday vaziyat tovar va moliya bozorlarida teng bo'lmagan sharoitlarni vujudga keltiradi.

Vazirlik va idoralarning o'zlari nazorat qiluvchi tarmoqlarda ham hattoki raqobatni rivojlantirish bo'yicha faoliyati sustligicha qolmoqda.

Tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliya subyektlariga tabiiy monopoliya sohasiga kiritilmagan tovarlar bozorlaridagi raqobatni cheklash uchun o'z mavqeyidan foydalanishni man etilganligiga qaramasdan, bugungi kunda bir qator o'zaro bog'liq raqobat ta'minlash imkoniyati mavjud bo'lgan bozorlar, misol uchun, temir yo'llari transporti sohasida — temir yo'llari chiptalarini sotish, yuk vagonlarini ta'mirlash, vagon-restoranlar xizmatlari, vagonlarni tozalash va boshqa bozorlar amalda monopollashtirilgan.

Raqobatni cheklashga yo'l qo'ymaslik bo'yicha preventiv va oldini oluvchi choralar tizimi shakllanmagan, yirik korxonalarni qo'shib yuborish va qo'shib olish bo'yicha bitimlar ustidan tahlil o'tkazish va samarali monopoliyaga qarshi nazoratni amalga oshirish mexanizmi o'rnatilmagan, savdolar jarayonida raqobatni cheklashni oldini olishning huquqiy mexanizmlari samarasizligicha qolmoqda, monopoliyaga qarshi organ faoliyati samaradorligining eng muhim ko'rsatkichlari ishlab chiqilmagan.

Yuqoridagi to'sqinliklarni bartaraf qilish uchun iqtisodiyotni transfotmatsiya qilish talab etiladi.

i

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Shu asosida transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari2 va xo'jalik birlashmalari ro'yxati ham shakllantirildi.

Ya'ni, mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, davlat ulushi saqlanib qolayotgan ayrim tarmoqlar va yirik korxonalarda bozor mexanizmlariga o'tishning kechikayotganligi yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, xususiy kapitalni faol jalb qilgan holda yangi ish o'rinlari yaratish talab etiladi.

Hulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligi3ni oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko'rish ishlari nazarda tutilgan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun albatta: Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo'yicha, "pastdan-yuqoriga" tamoyili asosida, yangi tizimni yo'lga qo'yish.

2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish

Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog'liqni saqlash, ta'lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo'jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.

Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o'rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o'rnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish

Surxondaryo viloyatida "Investorlarga ko'mak markazi", Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan "Biznesga ko'maklashish markazi" va Toshkent shahrida "Ilg'or loyihalar va injiniring markazi" va har bir tumanda "Innovatsiya va texnologiya markazlari" tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatish ka'bi ishlarni amalga oshirish zarurligi ilgari surildi.

ADABIYOTLAR:

[1] Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo'yicha

www.in-academy.uz

qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. PF-6019-(06.07.2020);

[2] Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida. PF-6096-(27.10.2020);

[3] "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida. PF-60-(28.01.2022)

[4] O'zbekiston respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida. PF-5495-(01.08.2018)

[5] Старик Д.Э. Расчёты эффективности инвестиционных проектов. Учеб.пособие.-М.: ЗАО «Финстатинформ», 2001.

[6] www.antimongov.uz

[7] www.lex.uz

[8] www.stat.uz

2 "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadaUashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston respublikasi prezidentining farmoni, 27.10.2020 yildagi pf-6096-son-https://lex.uz/ru/docs/-5068824#-5070783

3 "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston respublikasi prezidentining farmoni, 28.01.2022 yildagi pf-60-son-https://lex.uz/uz/docs/-5841063

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.