Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON MARD O‘G‘LONLARI'

YANGI O‘ZBEKISTON MARD O‘G‘LONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
milliy va umuminsoniy qadriyatlar / milliy urf-odatlar / oila / mahalla / ahloqiy madaniyat / tarix o‘qitish metodikasi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Usmonova Matluba Nosirovna

Zamonaviy sharoitda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish, ularning yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri aniqlash, ular o‘rtasidagi o‘ziga xos bog‘lanishlarni, urf-odatlar, marosimlar, qoidalarga bo‘lgan munosabatini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz fuqarolari va o‘quvchilari orasida milliy-mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish, shuningdek, bugungi kunda jamiyatda kuchayib borayotgan loqaydlik, beparvolik, milliy qadriyatlarimizga bepisandlik kabi ijtimoiy illatlar jamiyat va davlat uchun zararli ekanligini yoritib berish g‘oyat dolzarb. Ushbu maqolada avloddan avlodga meros bo‘lib qoladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarix darslarida tarbiyalash usullari haqidagi fikrlar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON MARD O‘G‘LONLARI»

YANGI O'ZBEKISTON MARD O'G'LONLARI

Usmonova Matluba Nosirovna

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internat oliy toifali

tarix fani o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214790

Annotatsiya. Zamonaviy sharoitda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur va har tomonlama o'rganish, ularningyosh avlod tarbiyasida tutgan o'rni va rolini to'g'ri aniqlash, ular o'rtasidagi o'zigaxos bog'lanishlarni, urf-odatlar, marosimlar, qoidalarga bo'lgan munosabatini aniqlash muhim o'rin tutadi. Mamlakatimiz fuqarolari va o'quvchilari orasida milliy-mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish, shuningdek, bugungi kunda jamiyatda kuchayib borayotgan loqaydlik, beparvolik, milliy qadriyatlarimizga bepisandlik kabi ijtimoiy illatlar jamiyat va davlat uchun zararli ekanligini yoritib berish g'oyat dolzarb. Ushbu maqolada avloddan avlodga meros bo'lib qoladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarix darslarida tarbiyalash usullari haqidagi fikrlar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, oila, mahalla, ahloqiy madaniyat, tarix o'qitish metodikasi.

Аннотация. Глубокое и всестороннее изучение национальных и общечеловеческих ценностей в современных условиях, правильное определение их места и роли в воспитании молодого поколения, конкретных связей между ними, обычаев, обрядов, правил важно для определения взаимоотношений. Весьма актуально совершенствовать национально-идеологическое воспитание среди граждан и студентов нашей страны, а также пролить свет на то, что такие социальные пороки, как равнодушие, безразличие, неуважение к нашим национальным ценностям, которые сегодня возрастают в обществе, наносят вред обществу и государству. В данной статье выдвигаются идеи о методах воспитания национальных и общечеловеческих ценностей, которые передаются из поколения в поколение на уроках истории.

Ключевые слова: национальные и общечеловеческие ценности, национальные традиции, семья, соседство, нравственная культура, методика преподавания истории.

Abstract. Deep and comprehensive study of national and universal values in modern conditions, correct determination of their place and role in the education of the young generation, specific connections between them, customs, rituals, rules it is important to determine the relationship. It is very urgent to improve national-ideological education among the citizens and students of our country, as well as to shed light on the fact that social evils such as indifference, indifference, disrespectfor our national values, which are increasing in society today, are harmful to society and the state. In this article, ideas about methods of education of national and universal values that are inherited from generation to generation in history lessons are put forward.

Keywords: national and universal values, national traditions, family, neighborhood, moral culture, history teaching methodology.

Bugungi kundа milliy vа umuminsoniy qаdriyаtlаrgа qаrshi tаhdidlаr ortib bormoqdа. Аjdodlаrimiz аsrlаr dаvomidа аsrаb-аvаylаb kelgan qаdriyаtlаr xаlqimizni, millatimizni birlashtiruvchi kuchdir. Shuning uchun ham o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ularda millat kelajagi va taqdiri uchun immunitet xosil qilish masalasi biz pedagog o'qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifalardandir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev o'sib kelayotgan yosh-avlod tarbiyasiga to'xtalar ekan: "Ta'lim tizimining ma'naviy-axloqiy mazmunini oshirish, yoshlarga mustaqillik g'oyalariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g'oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo'yicha keng ko'lamli ish olib borish dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Jamiyat hayotida dunyoviy va diniy omillar o'rtasidagi sog'lom muvozanatni to'liq ta'minlashga yordam beradigan, kuchli tarbiyaviy salohiyatga ega xalqimizning ma'naviyatini asrlar mobaynida mustahkamlashga xizmat qilib kelgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, azaliy an'ana va urf-odatlarning qadrsizlanishiga, deideologizatsiyaga yo'l qo'yish hollari uchramoqda. Dunyoqarashi keng, ma'nan barkamol insonni shakllantirishga xizmat qiladigan g'oyaviy tarbiya mexanizmining ta'siri kamaygani sezilmoqda. Jumladan, uzluksiz ta'lim tizimida milliy g'oya turkumidagi fanlarga yetarlicha e'tibor berilmayotganligi yosh avlod qalbi va ongida mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantrish bo'yicha ishlarning samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda"1deb takidlaganlariham bejiz emas. Shu maqsadda yurtimizdagi barcha ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash orqali Vatan taqdiriga mas'uliyat hissini, ertangi kunga ishonchni kuchaytirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish davr talabi hisoblanadi.

Xususan, mamlakatimizda kelajak avlod kadrlarini tayyorlash hamda ularning bo'sh

v a

q

t l a r i

n i

Shunday ekan, Respublikamizda ayni damda 45 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat2 o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning metodikasi va modelini, mezonlarini ishlab chiqish va pedagogik shart-sharoitlarini yaratish pedagogika nazariyasida muhim o'rin tutadi.Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari ta'lim-tarbiya jaarayonida qay darajada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning metodik xizmati asosan o'qituvchi shaxsiga yo'naltirilgandir.Viloyat va tumanlarda metodik xizmat ko'rsatuvchi mutaxassislarning asosiy vazifasi o'qituvchilarning ma'naviy-siyosiy saviyasini va pedagogik mahoratini oshirib borishdan iborat. Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida muammoliva mavzuli seminarlar, ilmiy-metodik konferensiyalar, pedagogik o'qishlar, ilg'or-tajriba maktabi, ochiq-ijodiy namunaviy darslar, trening-seminarlar tashkil etilgan bo'lib, bunda to'quvchi shaxsini kamol toptirishda kerak bo'ladigan barcha metod va texnologiyalar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan o'tkazib kelinmoqda.

s Ilg'or pedagogik tajriba shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar ahil jamoada tashkil etilgandagina tarbiyaviy ishlarni olib borish va muvaffaqiyatni ta'minlash osonroq bo'ladi. Yaxshi tashkil ktilgan, sog'lom jamoada o'quvchilarning fikri katta tarbiyaviy kuchga ega bo'lib, tarbiya jarayonida pedagoglarning asosiy tayanchiga aylanadi. Shu bilan birga aytish kerakki, milliy va l-

1 Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. 298-299 b.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-iyul 2021-yildagi "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha

qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori //PQ-5188-son t

i

s

umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashva qadriyatlarni ta'lim muassasalarida tarbiyalashning o'ziga xos pedagogik shart-sharoitlarni talab qiladi.

Bu borada tadqiqotlar olib borgan H.Giesecke o'z tadqiqotlarida maktablarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta'limi o'quvchilarda shakllantirilishi kerak bo'lgan qadriyatlarni uzatishga qanday hissa qo'shishi mumkinligining uchta jihatini ko'rsatib o'tadi. Unga ko'ra, birinchi navbatda, bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishining asosiy qismi ularning yoshi va zamon modasidan kelib chiqadigan tanlovlar bilan bog'liq bo'lib, ularning bir qismi ommaviy axborot vositalari, ya'ni bolalar o'z hayotlarini olib boradigan ijtimoiy sohalar, faqat kichik bir qismini o'qituvchilar tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, o'qituvchilar o'quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish jarayonini mustaqil shaklda yarata olmaydilar, ular faqat to'ldiruvchi va tuzatuvchi pozitsiyada aralashishlari mumkin. O'qituvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va qadriyatlar nuqtai nazaridan maktabdan tashqarida ta'sir o'tkaza olmasligi bu sohadagi pedagoglarning ta'sirini cheklaydi.3

Ikkinchidan, xolislik tamoyiliga ko'ra, o'qituvchilar mafkuradan yuqori darajada, asosan kasbiy tashvishlar bilan ishlaydilar. Maktabning maqsadi "to'g'ri" qadriyatlarni targ'ib qilish yoki ularni o'quvchilarning ongi va qalbiga o'tkazish bo'lishi bilan birga, maktablar davlat muassasasi bo'lganligi sababli, ular konstitutsiya ko'rsatmalarga, umumiy huquqiy qoidalar va qarorlarga va shundan kelib chiquvchi qadriyatlar va me'yorlarga bog'liqdir. Ammo bu milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasida maktablarning rolini ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini anglatmaydi. Maktablar vositachi va tarbiyachi rolida mustahkam pozitsiyada qolaveradi.

Va nihoyat, milliy qadriyatlar ijtimoiy munosabatlar va xatti-harakatlarda qanchalik mujassamlangan bo'lsa, ular tushunarli va tajribali bo'ladi. Maktabning qadriyatlarni tarbiyalash jarayoniga ta'siri qo'llab-quvvatlash va yordam berishga asoslanadi.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bolalikdan mavhum emas, balki ularni hayotda ijtimoiy

3 Giesecke H. Was kann die Schule zur Werteerziehung beitragen?, (Eds: Sabine Gruehn, Gerhard Kluchert, Thomas Koinzer), Was Schule macht: Schule, Unterricht und Werteerziehung. Basel:Beltz Verlag, 2004, p. 236.

O'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi

Muvaffaqiyatga erishishga intilish, lulqi va faoliyatini ongli na/oral qilisb kuchaytiriladi.Tengdoshlari bilan tenglik asosida munosabatlartajribasi boyitiladi. ijtimoiy faollik.bilishga intilish va o'zini namoyon qilish motivlari rivojlantiriladi.

"YangiO'zbekiston farzandi" milliy vatanparvarlik kompetensiyasi uzluksizligi ta'minlanadi. 'Og'zaki tarbiya davri" tugatilib. tarbiyalashning vertikal tizimi yo'lga qo'yiladi.Millat fidoiylari.buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo'li ta'lim tarbiya jarayonlariga keng singdirilishi

Ktirhli ma'naviyatli. mustaqil llkilaydiyan. Vatan taqdiri va kelajagi tichun javohyarlikni o'z /immasiga oladigan jaholatga qarshi ma'rifal bilan kurashuvehi o'quvchi-yushlarni shakllantirish

O'quvchl yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning innavatsiun vusitalari, namunaviv \ulq layfxaklari, raqamli pedagogik rvsurslari./amonaviy xulq modvllarini varatish

xatti-harakatlar sifatida idrok etishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy ta'lim va qadriyatlar ta'limi ikki xil tushuncha sifatida bir-biriga bog'langan. Qadriyatlarni o'rganish, asosan, shaxsiy harakatlar chegaraga, ya'ni qoidalar va me'yorlarga yetib kelganida va o'zaro ta'sir bilan muvozanatlashganda sodir bo'ladi. Ota-onalar va o'qituvchilar bolaning ichki dunyosini xushmuomalalik bilan bog'laydigan ichki hisob-kitoblarga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan, maktablarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta'limi maxsus va yangi soha emas, u allaqachon qilingan yoki qilinishi kerak bo'lgan narsalarni, mavzularni ta'kidlash va tushuntirishdan iboratdir4.

Yuqorida ko'rsatilgan ma'lumotlardan shuni ko'rish mumkinki, ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni sindirishda "Yangi O'zbekiston mard o'g'lonlari" tamoyilli Konsepsiya tadqiqot natijasida yaratildi. Ushbu Konsepsiya o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga olib chiqadi. Xususan:

- Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy qilish maqsadida darsdan tashqari mashg'ulotlar ko'lamini kengaytirish ko'zda tutiladi: Masalan, 5-8 sinflarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimiz jasoratlarini bugungi harbiylarimiz jasoratiga bog'lab, Vatan himoyachisi ko'nikmasini shakllantirish;

- Har yili o'quvchilar o'ratsida "Turon qoplonlari" nomli harbiy sport musoboqalari o'tkazish. Bunda "Temur tuzuklari" bilimdonlari, kamondan o'q otish, qurolni yig'ish, sport qurolida o'q otish, "Yashil chiroq", birinchi tibbiy yordam ko'rsatish kabilar.

- Tarixiy siymolar hayotini "Besh tashabbus" doirasida teatrlarda badiiy talqin etish, milliy qadriyatlarni ulug'lashga chaqirish.

- "Milliylik-ma'naviyatda" nomli etnik-folklor ko'rik-tanlovlarni o'tkazish.

- Ta'lim muassasalarda "Milliy qadriyatlar burchagi"ni tashkil etish.

- Individual kompetensiyaviy yondashuv asosida "Motivatsion kundalik"ni o'quvchilarga berib, yaxshi xulqlarni shakllantirishga to'g'ri yo'l ko'rsatish.

- Taqdimotlar, savol-javob kechalari, davra suhbatlari, kitobxonlik, mahallalardagi ma'naviyat, adabiyot, tarix, san'at namoyondalari va mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etish.

Yangi Konsepsiya ota-onada - mas'uliyatni, o'qituvchida - majburiyatni, o'quvchida -ishonchni, ta'lim-tarbiyada sifatni, mahallada nazoratni yanada kuchaytiradi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda - barkamol shaxs tarbiyasi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

14 yoshdan 16 yoshgacha o'quvchilarda xulqi va faoliyatini nazorat qilish ongli ravishda kuchaytiriladi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimi shakllantiriladi. Ona Vatanga sadoqat, halollik, adolat kabi fazilatlar rivojlanadi. Ijtimoiy faollik

4 Giesecke H., 2004, 238-b.

"Yangi O'zbekiston mard o'g'lonlari" tamoyili asosida milliy va umuminsoniy qadriyatldar ruhida tarbiyalash bosqichlari

3-bosqich

• 11 yoshdan 13 yoshgacha o'quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy an'analarga qiziqish uyg'otish, rolli, syujetli o'yinlar, rasm chizish va boshqalar asosida millatni Vatanni, muqaddas davlat ramzlarini o'rgatish. Muloqot, kuzatish va taqlid orqali kattalarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish yordamida boshqalarning xulqiga baho berish ko'nikmasini hosil qilish. O'yin, rivoyat va naqllar yordamida fuqarolik, boshqalarga g'amxo'rlik hissini tarbiyalab borish.

• 13 yoshdan 14 yoshgacha o'quvchilarda Vatanga sadoqat, Yangi O'zbekiston-ma'rifatparvar davlat, huquqiy, ekologik madaniyat,halollik, adolat kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar hayotiy tamoyil va kompetensiyalar shakllantiriladi.O'z xulqini ongli nazorat qilib, ma'naviy-axloqiy ko'nikmalarni, ijtimoiylashuv jarayonida zarur fazilatlar tarbiyalab boriladi.O'smirlik yoshiga mos shaxsiy xislatlar va iroda kuchaytriladi. Bu yoshdagi bolaning jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash maqsadida o'z-o'ziga xizmat qilish, mustaqil bilim olish, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik tushunchalari rivojlantiriladi.

• , bilishga va o'zini namoyon qilishga intilish motivlari, ota-onaga, kattalarga hurmat hissi, fuqarolik yoshiga mos ichki shaxsiy pozitsiyasi shakllantiladi. Kasblar to'g'risida tasavvur kengaytiriladi, mehnatga qiziqishi ortadi hamda o'z burch va vazifalarini vijdonan bajarish ko'nikmalari hosil qilinadi. Zukkoligi, ijtimoiy faoliyatga jalb etish, jismoniy salomatligini ta'minlash, turli kasb-hunarlarga yo'naltirish, jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish, o'z qilmishi uchun qonun, jamiyat va ota-ona oldida mas'uliyat hissini shakllantirish. Mobil vositalardan foydalanish madaniyatini o'stirish.

Ushbu rasmda keltirib o'tilgan bosqichlar orqali ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o'quvchilarining ijtimoiy hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik shartlari asosiy ta'sir etuvchi omil bo'lib xizmat qilishini ham ta'kidlash lozim.

Ixtisoslashtrilgan maktab-internat o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash - bu millati, tili, dinidan qat'iy nazar, ularda Vatanga sadoqat tuyg'usini shakllantirish,

ularda fuqarolik burchini va majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar qilib tarbiyalashga yo'naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari, oila-mahalla,-maktab va boshqa tashkilotlar vertikal tarzda tizimli, maqsadli faoliyatdir.

Ixtisoslashtrilgan maktab-internat o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon bo'lib, madaniy-ma'rifiy tadbirlar va tarbiyaviy tadbirlardan tashqari "Vatanparvarlik asoslari" darslaridagi metodlar, pedagogik texnologiyalar jarayonigacha yangilangan darslar majmuasidan iboratdir. Quyidagi ixtisoslashtrilgan maktab-internat o'quvchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplar hisoblanadi:

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o'quvchilari o'rtasida tarbiyaviy soatlar, ertalabgi saflanish, ma'naviyat kunlari, oyliklari kabi tadbirlarda Amir Temur avlodlari yoki Amir Temur tarixi bilimdonlari, sarkardalarning shonli yo'llari, Manguberdi izdoshlari, "Temur tuzuklari bilimdoni", Buxoriy avlodlari, Marg'inoniy izdoshlari, Moturidiy va Naqshband davomchilari, Islom sivilizatsiyasi bilimdoni shiori ostida ochiq darslarni o'tishdan eng asosiy maqsad ham maktab o'quvchilarining vatanparvarlik e'tiqodini shakllantirishdir. Vatanni sevmoq uchun, dastavval, uning ma'nosini, tarixini, taqdiri va istiqbolini chuqur anglab yetmoq kerak.

Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy siftalarini oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda:

• xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an'analari, urf-odatlari va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish;

• milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhini singdirish orqali keng jamoatchilik kuchi va tajribasiga tayanish zarur.

Xulosa shuki, o'sib kelayotgan barkamol avlodni tarbiyalashda milliy iftixor hissini qaror toptirishning muhim shartlari:

birinchidan, yosh avlodga o'zligimiz, muqaddas an'analarimizni anglash tuyg'ularini,

xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu fazilatlarini, jamiyat oldida turgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;

ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi kunda mavjud bo'lgan hurfikrlilikka tayangan holda yoshlarni xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g'oya - milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash. O'yin yakuni sifatida odamlar nega taqiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishlari, oilaviy hayotga zid bo'lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishlarining sabablari aniqlanadi. Ushbu yakuniy xulosalar kichik guruhlarda ham ishlab chiqilishi mumkin.

uchinchidan, yoshlarni O'zbekistonga munosib voris bo'la oladigan baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash; to'rtinchidan, yosh avlodni ulug' ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. 298-299 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-iyul 2021-yildagi "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori //PQ-5188-son

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2-aprel 2021-yildagi "Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirish Konsepsiyasi"//PQ-5050

4. Giesecke H. Was kann die Schule zur Werteerziehung beitragen?, (Eds: Sabine Gruehn, Gerhard Kluchert, Thomas Koinzer), Was Schule macht: Schule, Unterricht und Werteerziehung. Basel:Beltz Verlag, 2004, p. 236.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.