Научная статья на тему 'YANGI OʻZBEKISTON ISLOHOTLARI – MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH OMILI'

YANGI OʻZBEKISTON ISLOHOTLARI – MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH OMILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
17
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / strategiya / aura / islohot / huquqiy asos / qonun / qaror / ijtimoiy muhit / farmon / drayver / intellectual / pozitsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil O‘g‘li

Ushbu maqolada bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar asosi o‘z tarixi va qadriyatlarini anglay olgan hamda jamiyat hayotiga daxldor bo‘lgan ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashning bosh omili ekanligi borasidagi fikr mulohazalar o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI OʻZBEKISTON ISLOHOTLARI – MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH OMILI»

YANGI OZBEKISTON ISLOHOTLARI - MA'NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH OMILI

*Botirova Sevara Mamurovna, 2Tursunov Ramziddin Abdixalil o'g'li

1Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Gumanitar fanlar kafedras

mudiri, p.f.f.d. (PhD)

1Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (Ma'naviyat asoslari) mutaxassisligi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11214302

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar asosi o'z tarixi va qadriyatlarini anglay olgan hamda jamiyat hayotiga daxldor bo'lgan ma'naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashning bosh omili ekanligi borasidagi fikr mulohazalar o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, strategiya, aura, islohot, huquqiy asos, qonun, qaror, ijtimoiy muhit, farmon, drayver, intellectual, pozitsiya.

Аннатация. В данной статье отражено мнение о том, что основой реформ и обновлений, реализуемых сегодня в Новом Узбекистане, является главный фактор воспитания духовно зрелых личностей, понимающих свою историю и ценности и участвующих в жизни общества.

Ключевые слова: глобализация, стратегия, аура, реформа, правовая база, закон, решение, социальная среда, указ.

Abstract. This article reflects the opinion that the basis of the reforms and renewals being implemented in New Uzbekistan today is the main factor in educating spiritually mature individuals who understand their history and values and are involved in the life of society.

Key words: globalization, strategy, aura, reform, legal framework, law, decision, social environment, decree.

Qaysiki millat yoki jamiyat hozirgi davrda o'zining porloq istiqboli hamda ertangi kuni uchun muayyan tarzdagi ijtimoiy qulay muhit va taraqqiyot uchun zamin yaratish, kelgusi avlodlar, o'z farzandlari taqdiri uchun qayg'urar ekan, ularni rivojlantirish va taraqqiy ettirish uchun muayyan sohaga katta e'tibor qaratadi. Hammaga ma'lumki yuksak marra va maqsad uchun harakat qilishda samarali va to'g'ri yo'lni tanlay bilish va undan yuqori darajada foydalanish natijaning mukammal hamda to'la-to'kis tarzda amalga oshishini ta'minlaydi. Bu jarayonlarda o'z oldiga har qaysi jamiyat va davlat muayyan yo'lni va strategiyani tanlab oladi. Xususan, bu sohada mamlakatimizda ham bir qator islohotlar hamda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda deyish mumkin.

Mamlakatimizda hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi, "taraqqiyot drayveri" sifatida kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarga alohida e'tibor va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shu bilan birga yoshlarga imkoniyat va qulayliklar bilan bir qatorda yuksak ishonch ham bildirilmoqda. Shu o'rinda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga qarata aytgan fikrlari so'zimiz isboti hisoblanadi: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va

tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi"[1]. Bevosita bildirilgan bunday yuksak ishonch hamda yaratib berilayotgan imkoniyatlarga munosib javob berish yoshlardan talab qilinadigan asosiy vazifa hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz hayotida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-marifiy islohotlarga, chiqarilayotgan qonunlar, qarorlar, farmon hamda farmoyishlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, yoshlarga oid islohotlarda yangi davrni vujudga keltirdi deb bemalol ayta olamiz. Har qanday islohotlar hamda imkoniyatlar, jamiyat hamda davlat hayotida ro'y berayotgan ijtimoiy jarayonlarning tub zamirida ham ma'lum bir asos, tayanch mavjud bo'ladi. Yoshlarga oid islohotlarning ham bevosita tub zamiriga e'tibor qaratadigan bo'lsak, uning o'ziga xos tarzdagi huquqiy asoslari mavjud. Ulardan birinchisi hamda asosiylaridan biri bu 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonun hujjari 4 bob hamda 33 moddani o'z ichiga oladi. Qonun hujjatining birinchi moddasida: "Ushbu qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat"[2] deb qayd etilgan. Unda mamlakatimizda yoshlar masalalari, ularga berilgan imkoniyatlar hamda qulayliklar, mas'ul mutasaddi tashkilotlar va davlat organlari, umuman olganda ko'plab masalalar to'g'risida ma'lumot hamda ko'rsatmalar berib o'tilgan va uning huquqiy asosi bilan mustahkamlangan. Shu bilan birga ushbu qonun hujjatida yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati alohida izohlar bilan ochib berilgan. "Yoshlarga oid davlat siyosati - davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularni intellektual ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi"[3] hisoblanadi.

Shu bilan birgalikda, yurtimida yoshlarning barcha qatlami orasida ijtimoiy faollik hamda muayyan tarzdagi kasb-hunarga o'rgatish, ularga ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'yicha mutloqo yangi "Yoshlar daftari" tizimining joriy etilganligi, unda asosan muayyan tarzdagi doimiy moddiy manbaaga ega bo'lmagan hamda ijtimoiy jihatdan hayotda o'z o'rnini topa olmayotgan va yoki topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlarga yo'nalish berish, ular uchun alohida imtiyozlar yaratish, tadbirkorlik hamda kasb-hunarga o'qitish orqali hayotning turli sohalarida o'z o'rnini topishiga ko'maklashish va aholi orasida kambag'allikni qisqartirish jarayonlarida yoshlar qatlami faolligini oshirish masalasi ilgari surilgan deyish mumkin. Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz rahbari boshchiligida o'tkazilayotgan ko'plab uchrashuv va anjumanlarda ham yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda daxldorlik hissini shakllantirish masalalari kun tartibida asosiy vazifalar sifatida belgilangan.

Mamlakatimizda 2020-yil 25-dekabr yurtimiz yoshlari hayotida o'chmas iz qoldirgan hamda katta ijtimoiy o'zgarishlarga, g'ayrat va shijoatlariga shijoat qo'shgan kun, ya'ni Respublika "Yoshlar forumi" bo'lib o'tgan kun bo'ldi. Ochiq muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda yoshlar o'zlarining amaliy taklif va tashabbuslari, fikr-mulohazalari bilan o'z faolliklarini namoyon qilishdi. Har bir soha, har bir tarmog'da yoshlarni qiynayotgan muammolar

davlat rahbariga ochiq-oydin, dadil tarzda bayon etildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalarning xotin-qizlariga oliy talim muaasasalariga kirish uchun davlat grantlari ko'paytirildi. Bu kabi hayrli tashabbuslar jamiyatning kam ta'minlangan qatlamida vatanga bo'lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada yuksalishiga zamin yaratdi. 2021-2022-o'quv yilidan boshlab kirish imtixonlarida eng yuqori ball toplagan talabalar uchun Prezident grandi joriy etildi. O'zini ilm-fan bilan bog'lagan, o'z oldiga yuksak marralarni maqsad qilib qo'ygan yoshlar uchun bunday grandlar ularning amaliy ish faoliyatida rag'batlantiruvchi vosita sifatida o'zgacha ishtiyoq va kuch bag'ishlaydi. Yoshlarning muamolarini o'rganish, ular bilan tizimli ishlash, yoshlar bilan ta'sirchan ishlash mexanizmalarini shakllantirish maqsaadida "Yoshlar murojaati" platformasi yaratilmoqda. Bu platforma orqali yoshlar o'zlarining taklif murojaatlarini tegishli tashkilot hamda muassasalarga yetkazishi mumkin. Yoshlar bandligini taminlash, uyushmagan ishga muhtoj yoshlar qatlamiga zarur shart sharoit yaratish maqsadida "yoshlar kichik sanoat" zonalari qurilishi rejalashtirilgan va hozirda yurtimizning ko'plab tumanlarida loyihaning yakuniy bosqichi amalga oshirilmoqda. Ish o'rinlarining yaratilishi natijasida yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ular sonini kamaytirishda katta ijobiy natija beradi. "Yoshlar kichik sanoat zonalari" loyihasi tadbiq etilishi orqali ularda o'z tumani, o'zining mahallasida ishlash imkoniyati yaratiladi.

Hozirgi texnika taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yoshlarning axborot texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar bilan ishlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida "Bir million dasturchi" loyihasi dorasida 300 ming yoshlarni bepul o'qitish rejalashtirilgan. Bu orqali esa, texnika asrida har tomonlama yetuk, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanadigan yoshlar qatlamini shakllantirish bosh maqsad hisoblanadi. Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan biror bir sohani topish mushkul hisoblanadi. Malakali dasturchi yoshlarni tayorlash orqali dasturiy ta'minot sohasidagi ko'plab muammo hamda kamchiliklarga barham beriladi.

Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, hozirgi kunda mamlakatimiz nafaqat ichki siyosat masalasida, balki jahon miqyosida ham qonun ijodgorligi va tashabbuskorligida faol pozitsiyaga va o'z o'rni hamda imidjiga ega davlat hisoblanadi, ayniqsa yoshar masalasida. Xususan, xalqaro siyosiy maydonda o'zining mustahkam o'rni va ahamiyatiga ega bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambliyasining 72-sessiyasida nutqqa chiqqan mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev jahon miqyosida yoshlar masalalariga alohida to'xtalib: " Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O'zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o'z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo'nalishlaridan biri darajasiga ko'tarish bo'yicha qat'iy majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi kerak"[4] deb ta'kidlaydi. Hozirgi kunda ushbu ilgari surilgan taklif hamda tashabbusning

amaliy ijrosi sifatida har yili Samarqand shahri mezbonligida yilning avgust oyida Xalqaro Yoshlar huquqlari to'g'risida konvensiya loyihasi (26-moddadan iborat) muhokama jarayonlari davom etmoqda. Ushbu qonun loyihasida yoshlarning huquqlari, erkinliklari, ularga munosib mehnat sharoitlarining va imtiyozlarning yaratib berilishi, ijtimoiy himoya va boshqa bir qator normalar o'z aksini topgan deyish mumkin.

Lekin, shuni ham hisobga olish kerakki, jamiyat hayotida sodir bo'layotgan barcha o'zgarish hamda islohotlar, voqea va hodisalar jamiyat hayotining barcha qatlamlarini ijtimoiy faollik darajasida qamray olmaydi. Ba'zi hollarda huquqiy savodxonlik va faol fuqorolik pozitsiyasi, daxldorlik hissining mavjud emasligi sabab bo'lsa, yana ayrimlariga mavjud ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatmoqda. Ushbu holatlar jamiyat barcha qatlamining mavjud imkoniyatlar va islohotlardan, yangilik hamda qulayliklardan bexabar bo'lishga sabab bo'lmoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, hozirgi kunda jamiyat hayotida va umuman barcha sohada o'zining har tomonlama faolligi, ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarda yetakchiligi hamda tashabbuskorligi bilan ajralib turadigan, o'zida ibrat va namuna hislatlarini shakllantirgan yoshlarga jamiyatda mavjud, ijtimoiy nofaol yoshlar bilan ishlash, ya'ni "tengdosh tengdoshga" shiori ostidagi ishlarni tizimli va aniq tarzda tashkil etish hamda amalga oshirish ijtimoiy qatlamlarning o'zaro munosabatda bir biriga psixologik va insoniylik jihatidan ta'sir samarasi yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Ushbu tizim orqali, maktab ta'limi jarayonidan boshlash ijtimoiy qatlamlarning sifat jihatidan teng hamda yuqori sifatli samara berishini ta'minlaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, hozirda yoshlarga juda ko'plab hamda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan imkoniyatlar yaratib berilmoqda hamda uning huquqiy asoslari mustahkamlab borilmoqda. Bu jarayonlar va bugungi davrda yoshlardan faqat ushbu imkoniyatlardan unumli hamda samarali foydalanish vazifasi talab qilinmoqda. Ushbu davrda barcha yoshlar o'zida daxldorlik va faol fuqorolik pozitsiyasini namoyon qilgan holda harakat qilishi oqilona yo'l hisoblanadi. Zero, davlatimiz rahbari bejizga yoshlarga yuksak ishonch bilan: "Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g'ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko'nglim tog'day ko'tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman"[5] deb ta'kidlamagan edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqidan.Toshkent. 29.12.2020

2. "Yoshlarga oid davlat siyosati" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 1-modda. 14.09.2016

3. "Yoshlarga oid davlat siyosati" to'g'risisdagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 3-moddasining 1-bandi. 14.09.2016

4. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambliyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan. 20.09.2017.

5. Sh.Mirziyoyev. Yoshlar Forumida so'zlagan nutqidan. 25.12.2020.

6. S.Botirova. O'quvchilarning kommunikativ va nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirish modeli. Jamiyat va innovatsiyalar - Общество и инновации- Society and innovations. Tom 4, № 2(2023). -B. 204-207. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp116-125.https://president.uz/oz/lists/view/1063.

7. S.Botirova MeTogw ^opMHpoBaHHa no3HaBaTe^bHoro HHTepeca c Hcn0^b30BaHHeM нетраAнцнонннх $opM 3aHATHH no HcropHH Y3ÔeKHCTaHa. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy konferensiyasi. - Toshkent, 2022. - P. 283-286.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.