Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON – IJTIMOIY DAVLAT'

YANGI O’ZBEKISTON – IJTIMOIY DAVLAT Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangi O‘zbekiston / Ijtimoiy davlat / Harakatlar strategiyasi / ijtimoiy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yusupov Jamshid Shakar O‘G‘Li, Turdiyeva Shaxlo Akram Qizi, Saidxonov Muhammadxon Zokirjon O‘G‘Li, Abduazizov Abdumalik A’Zam O‘G‘Li

Yangi izlanishlar bo’lgani sayin yangi o’zgarishlar ham amalda o’z isbotini topaveradi.Bu maqola ham aynan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar hamda ularning amaldagi natijasini dunyoga tarannum etishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON – IJTIMOIY DAVLAT»

YANGI O'ZBEKISTON - IJTIMOIY DAVLAT

*Yusupov Jamshid Shakar o'g'li, 2Turdiyeva Shaxlo Akram qizi, Saidxonov 3Muhammadxon Zokirjon o'g'li, 4Abduazizov Abdumalik A'zam o'g'li

*SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti tyutori 2SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti tyutori 3SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti talabasi 4SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215749

Annotatsiya. Yangi izlanishlar bo'lgani sayin yangi o'zgarishlar ham amalda o'z isbotini topaveradi.Bu maqola ham aynan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar hamda ularning amaldagi natijasini dunyoga tarannum etishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: yangi O'zbekiston, Ijtimoiy davlat, Harakatlar strategiyasi, ijtimoiy.

Аннотация. По мере проведения новых исследований новые изменения находят свое подтверждение на практике. Целью данной статьи является информирование мира о новых реформах, проводимых в Узбекистане, и их практических результатах.

Ключевые слова: новый Узбекистан, Социальное государство, Стратегия действий, социальная.

Annotation. As new researches are made, new changes find their proof in practice. This article is aimed at announcing the new reforms implemented in Uzbekistan and their practical results to the world.

Key words: new Uzbekistan, Social state, Action strategy, social.

"Ijtimoiy davlat" tushunchasi "Inson qadri" tushunchasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ushbu g'oyaning tub negizida, avvalo, inson qadrini ulug'lash, aholiga xizmat qilishdek olijanob maqsad mujassam. Ijtimoiy davlat har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratib beradi. U ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo'yicha samarali siyosat olib boradigan davlat modelidir. Shuningdek, ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo'lgan iste'mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo'yilishini nazarda tutadi. Shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi, bandlikni ta'minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambag'allikni qisqartirishni talab qiladi. Mamlakatimizda keyingi yillarda aholi turmush darajasini yuksaltirish, bandlikni ta'minlash, kafolatlangan sifatli ta'lim, malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ham ana shunday ezgu maqsad mujassam. "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida ham aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator normalar o'z ifodasini topgan. Xususan, amaldagi Konstitutsiyamizning 37-moddasiga qo'shimchalar kiritilib, "Har kim munosib mehnat qilish, erkin kasb tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega"ligi belgilanmoqda.

Ijtimoiy davlat mohiyati qanday? Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, "ijtimoiy davlat" tushunchasi ilk bor 1850-yilda Lorens fon Shteyn tomonidan qo'llanilgan. U davlatning vazifasi ijtimoiy tenglik va shaxsiy erkinlikni o'rnatish, quyi va kam ta'minlangan tabaqalarni boylar va qudratlilar darajasiga ko'tarishdan iborat, deb hisoblagan. Milliy davlatchiligimiz tarixini o'rganganimizda ham "ijtimoiy davlat" tushunchasi shunga o'xshash nomlarda ko'plab uchrashiga guvoh bo'lamiz. Masalan, IX-X asrlarda yashab ijod qilgan Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida fozil shahar haqida bildirilgan fikrlar aynan "ijtimoiy davlat" tamoyilining mazmun-mohiyati hisoblanadi. Shunga o'xshash fikrlarni Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi buyuk ajdodlarimiz asarlarida ham uchratish mumkin. Prezidentimiz ushbu tushunchani izohlar ekan, "Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag'allikni qisqartirish, demakdir", deya ta'rif bergan edi. Nazarimizda, buyuk bobolarimiz orzu qilgan va o'z asarlarida keltirgan "fozil shahar" ham aynan shu "ijtimoiy davlat"dir.

Ijtimoiy davlat xususiyatlari, funksiyalari va xalqaro tajriba. Globallashuv jarayoni va bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanayotgan davrda olimlar ijtimoiy davlatning o'ziga xos belgilari mavjud ekanini ta'kidlaydi va Lorens fon Shteyndan farqli ravishda ushbu jihatlarga quyidagilarni kiritadi:

— aholining daromadlari va boyliklarini yirik mulkdorlarga daxl qilmasdan qayta taqsimlash imkonini beruvchi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining yuqori darajasi;

— ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti;

— ko'p tarmoqli va aralash iqtisodiyot;

— fuqarolik jamiyatini shakllantirish;

— davlat tomonidan turli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish;

— davlatning har bir inson uchun munosib turmush sharoiti, ijtimoiy ta'minot va shaxs sifatida o'zini o'zi anglash yo'lida teng boshlang'ich sharoitlarni ta'minlash maqsadlarini tasdiqlash;

— fuqarolar oldidagi ijtimoiy javobgarlik;

— sug'urta ijtimoiy to'lovlarining rivojlangan tizimi va byudjetni tashkil etuvchi soliqlarning yuqori darajasi, ijtimoiy sohaga to'lovlarning yuqori miqdori;

— aholining barcha guruhlari uchun xizmat ko'rsatish va ijtimoiy xizmatlarning rivojlangan tizimi;

— byudjet ijtimoiy to'lovlarining mavjudligi;

— ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta'minot va bandlik davlat tizimlarining mavjudligi;

— jamiyatning barcha muhtoj a'zolarini istisnosiz ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi mavjudligi;

— fuqarolarning farovonlik darajasi uchun javobgarlikni davlat o'z zimmasiga olishi.

Hozirgi zamon tajribasiga ko'ra, Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy davlat g'oyasi turli normativ-huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlangan. Xususan, Germaniyada uning ijtimoiy davlat ekani Konstitutsiya darajasida belgilangan. Shuningdek, ijtimoiy davlatning Skandinaviya va kontinental modellari ham mavjud bo'lib, bunda davlatlar o'z fuqarolarining ijtimoiy farovonligi, ta'lim, sog'liqni saqlash sohalariga, bolalar va yoshlarga, keksalarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish uchun mas'ul bo'ladi. Ijtimoiy davlat tor ma'noda o'z faoliyatida aholiga nafaqalar to'lashni, jamiyatga xizmat ko'rsatishni amalga oshiradi va uy-joy bilan ta'minlash bilan bog'liq masalalarni hal qiladi. Keng ma'noda nafaqat aholini bevosita qo'llab-quvvatlashga qaratilgan sezilarli darajada ko'p sonli dasturlarni, balki iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etishga qaratilgan chora-

tadbirlarni, shu jumladan, bandlik va u bilan bog'liq masalalarni hamda kompleks makroiqtisodiy boshqaruvni amalga oshiradi.

Ijtimoiy davlatning o'ziga xos funksiyalari mavjud bo'lib, olimlarning aksariyati ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ko'rsatadi:

— aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash;

— korrupsiya, qashshoqlik va ishsizlikka qarshi kurash;

— yosh tadbirkorlarga yordam;

— aholi bandligi va daromadlari doimiy o'sishini ta'minlash;

— jamiyatning barcha a'zolarini ijtimoiy sug'urta bilan ta'minlash;

— ta'lim, sog'liqni saqlash va ma'naviy-madaniy rivojlanishning qulayligini ta'minlash;

— ehtiyojmand shaxslarni moddiy qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish;

— jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish, imtiyozlarni qayta taqsimlash orqali munosib turmush sharoitlarini yaratish;

— ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish.

Umuman olganda, ijtimoiy davlatda mehnatga layoqatli har bir insonning bandligi ta'minlanadi. Uning munosib hayot kechirishi uchun yetarli miqdordagi ish haqi belgilanadi, ishchi uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratiladi, ishsizlikdan himoyalanish, sifatli ta'lim, malakali tibbiy xizmat olish huquqlari real amalga oshiriladi. Bolalar, ayollar, keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, migrantlar va ularning oila a'zolari har tomonlama qo'llab-quvvatlanadi.

Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o'zgarishlar. So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularning aksariyati ijtimoiy sohaga yo'naltirilganini ko'rishimiz mumkin. Xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ehtiyojmand qatlamlarini qo'llab-quvvatlash va ularga davlat tomonidan kafolatlar tizimi orqali yordam ko'rsatish yo'lga qo'yilgan. Odamlarning farovon va hayotdan rozi bo'lib turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, bandlikni ta'minlash va daromadini oshirish, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish, turmush sharoiti va sifati jihatidan tabaqalanishga yo'l qo'ymaslik kabi masalalarga davlat siyosati darajasida alohida e'tibor qaratilmoqda. Ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli ta'lim berish, malakali tibbiy yordam ko'rsatish, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bo'lgan shaxslarni, migrantlar va ularning oila a'zolarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash davlatimizning doimiy diqqat markazida. Davlat byudjetining asosiy qismi aynan shu kabi masalalarga yo'naltirilayotgani ham fikrimizning amaliy tasdig'idir. Alohida ta'kidlash joizki, ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lgan oilalar, ayollar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun respublika miqyosida joriy etilgan "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "mahallabay" ishlash tizimi ham ijtimoiy davlatning mohiyatini va hayotiy ko'rinishini namoyon etmoqda. Shu o'rinda mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijobiy natijalari ham diqqatga sazovor. Chunonchi, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 27 foizdan 70 foizga oshib, 2 millionga yaqin bolaning bog'cha bilan qamrab olingani xalqaro tashkilotlar tomonidan e'tirof etilmoqda. Oliy ta'lim muassasalari 2,5 barobarga oshishi, ya'ni ularning soni 198 taga yetishi, o'z navbatida, oliy ta'limga qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga ortishiga zamin yaratdi. Shu qatorda, 40 dan ziyod oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berilishi ulardagi ta'lim sharoiti va sifati sezilarli darajada yuksalganiga hissa qo'shganini qayd etib o'tish ham adolatdan bo'ladi. Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlarini uy-joy bilan ta'minlash ijtimoiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. Ta'kidlash

o'rinliki, so'nggi olti yilda mamlakatimizda 500 mingga yaqin yangi uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Uy-joyga bo'lgan ehtiyojni qondirish bo'yicha birinchi marta ayollar va yoshlarga, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish tizimi yo'lga qo'yildi. Mazkur tizim qonuniy, adolatli va shaffof ishlashi uchun onlayn platformalar ishga tushdi. Ayniqsa, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta'minlash va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Yoshlar bandligini ta'minlashda ilg'or zamonaviy usullardan foydalangan holda, yigit-qizlarimizdan 5,2 mingi "Future Skills Uzbekistan" va "Bir million dasturchi" loyihalari doirasida IT kasblariga, 6,4 mingi "Yoshlar 1+1" va "Tadbirkor ayol" loyihalari doirasida tadbirkorlik ko'nikmalari va xorijiy tillar bo'yicha o'qitildi. Yoshlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida "Ishga marhamat", band bo'lmagan aholiga xizmat ko'rsatuvchi "Monomarkaz", tuman va shahar kasb-hunarga o'qitish markazlari, mahallalarda kasb-hunarga o'qitish maskanlari faoliyat yuritmoqda. Yuqorida keltirilgan keng ko'lamli islohotlarni yanada mustahkamlash va bardavom bo'lishini ta'minlash zarurati "ijtimoiy davlat" tamoyilini Konstitutsiyada aks ettirishni taqozo etmoqda. Shu sababdan ham umumxalq muhokamasidagi aksariyat taklif va mulohazalar aynan ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan edi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar ham, asosan, "ijtimoiy davlat" tamoyilini mustahkamlashga qaratilgan. Shu o'rinda, Asosiy qonunimizda mamlakatimizning ijtimoiy davlat ekanini mustahkamlab qo'yish Yangi O'zbekistonning mazmun-mohiyatiga ham shaklan, ham ma'nan mos bo'ladi, desak adashmagan bo'lamiz.

Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy davlat masalalari. 2G22-2G26-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Misol uchun, uning "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" nomli to'rtinchi ustuvor yo'nalishida ijtimoiy davlat negizini tashkil etuvchi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, 43-maqsad bevosita har bir inson uchun munosib sharoit yaratish va turmush darajasini muntazam yaxshilab borishga yo'naltirilgan.E'tirof etish kerak, Taraqqiyot strategiyasining maqsadlariga erishishda Prezidentimiz asosiy e'tiborni birinchi galda Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya hisoblangan ta'limni rivojlantirishga qaratish kerakligini ta'kidladi. Jumladan, joriy yilda 70 ta yangi maktab qurilishi, 46G maktab kengaytirilishi, xususiy investitsiyalar ishtirokida 1GG ta maktab qurish loyihasi boshlanishi, kelgusi besh yilda ularning sonini mingtaga yetkazish belgilab olingani ham bejiz emas. Endilikda mamlakatimizda nafaqat maktab qurilishi va sifatli ta'limga, shu bilan birga, sifatli ta'lim negizini yaratuvchi "sog'lom turmush tarzi hamda sog'lom va sifatli ovqat bilan ta'minlash"ga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Mazkur tajriba 2G22-yildan boshlab Qoraqalpog'iston va Xorazmda yo'lga qo'yilib, 285 ming boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun bepul ovqatlanish yo'lga qo'yilgan edi. Joriy yildan esa ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilib, buning uchun davlat byudjetidan yetarli mablag' ajratildi. Ma'lumki, maktab bitiruvchilarini kasbga o'rgatish masalasi yoshlarning bandligini ta'minlash borasida ustuvor yechimlardan biri sanaladi. Maqsad — yoshlarni ham bilimli, ham kasbli qilish va natijada ularni ish bilan ta'minlash. Bu yo'nalishda ham aniq tizimli mexanizm ishlab chiqildi, ya'ni joriy yildan boshlab yangi dastur amalga oshirilib, unga ko'ra, har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta'lim standartlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Uzluksiz ta'limning bir qismi bo'lgan oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan yoshlarni qo'llab-

quvvatlash yuzasidan joriy yilda imtiyozli ta'lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko'paytirilib, 1,7 trillion so'm, ilm-fan va innovatsiyalarga esa 1,8 trillion so'm ajratilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Lex.uz sayti.

2. Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 7 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag'ishlangan tabrigi

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarida Parlamentga murojaatnomasi

4. "2021-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasida kambag'allikni qisqartirish strategiyasi"

5. https://pravacheloveka.uz/oz/news/yangi-ozbekistonning-barpo-bolishiislohotlarning birinchi-bosqichi-natijalari-va-keyingi-taraqqiyot-vazifalari

6. https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-ijtimoiy-davlat_387619.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.