UDK: 316; 911.3
Muxitdinov 1.1. Geografiya kafedrasi asosiy doktoranti Farg'ona Davlat Universiteti https://orcid.org/0000-0002-3071-1044
YANGI KONSTITUTSIYADA JINOYAT SODIR ETGANLIKDA GUMON QILINUVCHI VA AYIBLANUVCHINING HUQUQLARI
KAFOLATLANISHI
Annotatsiya
Tarixiga nazar tashlar ekanmiz, farovon jamiyat qurishni orzu qilgan, inson qadri ustuvor bo 'lgan, adolatli davlat qurishni o Z oldiga maqsad qilgan har qanday xalq, mashaqqatli va sharafli yo'lini bosib o'tganiga guvoh bo'lamiz. Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni bo'lib o 'tgan umumxalq referendumida xalqimiz o 'zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etishi bilan, yangi tahrirdagi O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Yangi taxrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-xuquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini qayd etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.
Kalit so 'zlar: xalq farovonligi, konstitutsiya, yangi O 'zbekiston, tuzum, tartib o'rnatish, tashkil etish, ta'lim olish, jinoyatchi.
Muxitdinov I. I.
basic doctoral student of the Department of Geography
Fergana State University
GUARANTEE OF THE RIGHTS OF THE SUSPECT AND THE ACCUSED IN THE NEW CONSTITUTION
Abstract
Looking at our history, we see that any nation that dreams of building a prosperous society, values human dignity, and strives to build a just state has gone through a difficult and honorable path. In the national referendum held in our country on April 30, 2023, our people showed their high political consciousness, legal culture and worldview, and the new version of the Constitution of the Republic of Uzbekistan was adopted. The newly revised Constitution of the Republic of Uzbekistan created a solid foundation for the further sustainable development of the socio-political, socio-economic and legal spheres of statehood. Our head of state noted the guarantee of equality of
citizens of our country, regardless of gender, race, nationality, religion, social origin, and created the ground for modern democratic development.
Key words: public welfare, constitution, new Uzbekistan, system, establishment of order, organization, education, criminal.
"Konstitutsiya va qonun ustuvorligi - farovon hayot garovi " Sh.Mirziyoyev KIRISH
Hozirgi vaqtda yer yuzidagi barcha davlatlar o'zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Lekin ularning hammasi ham o'z konstitutsiyasiga ega emas. To'g'ri, ularda konstitutsiya o'rnini boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar bajarishi mumkin, konstitutsiya deb atalmish qat'iy belgilab qo'yilgan qonun-qoidalar majmuasiga ega emas. O'zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi chinakan quvonchdir. Baxtimiz qomusi hisoblanmish konstitutsiyamizda fuqarolarimizning davlat va jamiyat oldidagi huquq va burchlari milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda dunyo hamjamiyati miqiyosidagi xalqaro huquq meyorlari asosida belgilab berilgan. "Konstitutsiya" so'zi lotincha so'z bo'lib, "tuzum", tartib o'rnatish", "barpo etish", "tashkil etish" degan ma'nolarni beradi. Insoniyat ongli hayot kechira boshlagach, tartib-qoidalarga, asta-sekin qonunlarga ehtiyoj paydo bo'la boshlagan. Taraqqiyotning o'ziga xos bosqichlaridan so'ng Yer yuzidagi davlatlarda asosiy qoida sifatida Konstitutsiya shakllanib borgan. "Konstitutsiya" atamasi qadimgi Rimda ma'lum bo'lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo'lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta'sir o'tkazgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O'zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Referendum ko'p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat'iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo'ldi.
So'nggi yillarda xalqimiz yangi ulug'vor marralar sari ildam qadamlar tashlagancha barcha to'siq va qiyinchiliklarni yengib o'tib, mohiyatan bir-birini taqozo etuvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalardagi izchil islohotlarni amalga oshirmoqda. Bugun yangi O'zbekiston demokratik prinsiplar, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan prinsip va normalarga asoslangan, bosh maqsadi xalq uchun erkin, obod hamda farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatga aylandi. Shunday ezgu maqsadlardan biri aholining keng qatlami va saylovchilar xohish-irodasi bo'lmish konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdan iborat bo'ldi. Negaki, davlat va jamiyatda tub o'zgarishlar ro'y berayotgan bir paytda tabiiy ravishda
Konstitutsiyaga jiddiy o'zgartishlar kiritish taqozo etiladi. Zero, har qanday demokratik islohotlar chin ma'noda xalqchil konstitutsiyaviy asosga ega bo'lsagina, yanada bardavom bo'ladi, ko'zlangan ezgu maqsadlarga erishadi.
Prezidentimiz joriy yilning 20 iyunida Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari bilan uchrashuvda yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim ekanini alohida ta'kidlab o'tgan edi. Bu ayni haqiqatdir. Zero, har qanday Konstitutsiya hayotiy bo'lishi lozim, ya'ni u mamlakatning ijtimoiy va huquqiy voqeliklariga, xalqning orzu-umidlari va kelajak istiqboliga, xususan, zamon talabiga mos kelishi kerak.
Davlatimiz rahbari yangilanayotgan Konstitutsiyamiz Xalq - qonunlarning yagona manbai va muallifîdir hamda - barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi, degan tamoyillarga asoslangan holda ishlab chiqilsagina tom ma'noda xalqimiz xohish irodasining ifodasi haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo'lishini alohida ta'kidladilar.
Ushbu maqola sarlavhasidagi yangi konstitutsiyada jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi va ayiblanuvchining huquqlari kafolatlanishi
deb nomlanishi bejiz emas, yangilangan Konstitutsiyamizda nafaqat aholining farovon hayot kechirishi, yutr tinchligi va inson xuquqlari bo'yicha balki sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari va gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo'llash bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida bir qator muhim o'zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu o'zgarishlarning ba'zilariga to'xtalib o'tamiz.
1. Yangilangan konstitutsiyamizning VII bobi shaxsiy huquq va erkinliklar deb nomlangan bo'lib ushbu bobning 26-moddasida Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas11. Bundan ko'rinib turibtiki har bir inson yoki jinoyat sodir etgan shaxs har qanday holatda ham qadr-qiymati daxlsiz ekanligi va qiynoqqa solinishi mumkin emasligi qatiy belgilab qo'yildi.
2. Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas. Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas. Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart12. Ushbu
11 Yangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 26- modda
12 Yangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 27- modda
konstitutsiyaviy qoidalar zamirida har bir shaxsning daxlsizlik huquqiga ega ekanligi, hech qaysi shaxs asoslanmagan holda hibsga olinmasligi va sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligini alohida e'tirof etilgan.
3. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo'li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o'zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadi. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin. Hech kim o'ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. Agar shaxsning o'z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo'lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o'ziga nisbatan insoniy muomalada bo'linishi hamda inson shaxsiga xos bo'lgan sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas13.
3. Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e'tiboran o'z tanloviga ko'ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to'g'risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning so'roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega. Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta'minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi14.
4. Inson huquq va erkinliklari kafolatlari. Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash - davlatning oliy majburiyati etib belgilandi. Inson va davlat organlari o'rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta'sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo'lishi kerakligi belgilanmoqda. Ushbu qoidalar inson huquqlari ustuvorligini ta'minlaydi, davlat idoralarining o'z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirishda mas'uliyatini oshiradi hamda insonga me'yoridan ortiq huquqiy ta'sir choralari qo'llanilishining oldini oladi.
NATIJA VA MUHOKAMA
Konstitutsiyamiz hamisha yurtimizni, xalqimizni o'ta tahlikali vaziyatlarda yakka-yu yagona to'g'ri yo'lni topish va kelajakga ishonch bilan
13 Yangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 28- modda
14 Yangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 29- modda
qarashda asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugun yangilangan Konstitutsiya to'g'risida uning ma'no mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida gapirar ekanmiz, asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson uning huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo'yilganini yana bir marta asos qilib ko'rsatishimiz zarur. Aynan ana shu qat'iy talabni nafaqat qonunlarimiz va huquqiy meyyorlarimizda belgilab berish balki bu ustuvor prinsipni hayotimizga tadbiq qilish o'ta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun barcha fuqarolarimiz hamda yoshlarimiz o'z huquq va burchlarini chuqur anglab olishi, huquqiy madaniyati va salohiyatini yanada oshirishi va mustahkamlashi lozim.
XULOSA
Yangilangan konstitutsiyada yurtimizdagi barchani insonlarni emin erkin yashashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Oz navbatida jinoyat sodir etganda ayiblanuvchi va gumonlanuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari alohida e'tirof etilganligi va tartibga solinganligi muxim ahamiyat kabs etdi.
Demak, Konstitutsiyamiz bosh qomusimiz jamiyatimiz taraqqiyoti va yurtimiz tinchligi xalqimiz faravonligi yolida xizmat qilishiga barchamiz ishonamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi -O'zbekiston, 2023.
2. SH.Mirziyoyev Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T.: O'zbekiston, 2017.
3. O'z Res Jinoyat kodeksiga sharx
4. O'z Res jinoyat presessual kodeksi
5. O'z Res Kons sharxlar